Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
“Toshshaharyoʻlovchitrans” davlat uyushmasini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, Respublika budjetidan amalga oshirilayotgan Toshkent shahar yoʻlovchilarni tashish transportini mablagʻ bilan taʼminlash xarajatlarini kamaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi:
“Toshshaharyoʻlovchitrans” davlat uyushmasining sobiq yotoqxonalari boʻlgan binolar va inshootlarni kimoshdi savdo orqali sotishda sotishdan tushgan mablagʻlarni, ulardan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-apreldagi 228-son
qaroriga muvofiq Respublika koʻchmas mulk birjasiga tegishli boʻlgan summani chegirib, Toshkent shahar yoʻlovchilar tashish transporti xodimlariga uy-joy fondi sotib olish uchun davlat uyushmasiga yoʻllasin;
“Toshshaharyoʻlovchitrans” davlat uyushmasi tarkibiga kiruvchi korxonalar, tashkilotlar va obyektlarni sotish hamda davlat tasarrufidan chiqarishda sotishdan olingan mablagʻlarning 60 foizi davlat uyushmasi har yili taqdim etadigan aniq texnik qayta jihozlash rejalari asosida shahar yoʻlovchilar tashish transportining harakatdagi sostavi parkini sotib olish va yangilash uchun “Toshshaharyoʻlovchitrans” davlat uyushmasiga yoʻllasin.
2. “Toshshaharyoʻlovchitrans davlat uyushmasi, “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi Davlat mulki qoʻmitasi, Adliya vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda “Shahar yoʻlovchilar tashish transporti toʻgʻrisida”gi Qonunning uning bozor munosabatlari sharoitlarida ishlashini nazarda tutuvchi loyihasini ishlab chiqsinlar va uni keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga kiritish uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.R. Yunusov zimmasiga yuklansin.