1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.05.00 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish (shuningdek, 08.01.06.00ga qarang) / 03.08.05.01 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish]
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
“DAVLAT TASARRUFIDAN ChIQARISh VA XUSUSIYLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA OʻZGARTIShLAR VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 14-fevraldagi OʻRQ-907-sonli “Davlat mulkini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 2024-yil 16-maydan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 19-noyabrda qabul qilingan “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, №1, 43-modda) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilsin:
birinchi qismidagi “aksiyali jamiyatlarga, masʼuliyati cheklangan jamiyatlarga” degan soʻzlar “xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “fuqarolarning” degan soʻz “jismoniy shaxslarning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
birinchi bandidan “mazkur hujjatlarda koʻzda tutilgan hollarda esa Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi qarorlaridan ham” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
ikkinchi bandi “bilan” degan soʻzdan keyin “ham” degan soʻz bilan toʻldirilsin;
uchinchi bandi “davlatlararo” degan soʻzdan keyin “hamda hukumatlararo” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
3. 3-modda quyidagi mazmunda boʻlgan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish shakllarini mehnat jamoasining oʻzi mustaqil tarzda belgilashi;”
ikkinchi bandidagi “yer osti boyliklari” degan soʻzlardan keyin “ichki” degan soʻz bilan, “suv” degan soʻzdan keyin “havo havzasi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
“— boshqa davlatlarning jismoniy va yuridik shaxslari davlat tasarrufidan chiqarilgan va xususiylashtirilayotgan obyektlari, ularning aksiyalarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan yoki u vakolat bergan idora tomonidan belgilanadigan tartib boʻyicha sotib oladilar”;
7. 7-modda chiqarib tashlanib, 8, 9, 10, 11, 12, 13, 14, 15, 16, 17, 18, 19, 20, 21 va 22-moddalar tegishincha 7, 8, 9, 10, 11, 12, 13, 14, 15, 16, 17, 18, 19, 20 va 21-moddalar deb hisoblansin.
birinchi qismining birinchi bandidagi “vakil qilgan idoralarga” degan soʻzlar “vakolat bergan davlat boshqaruvi idoralariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi bandining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kommunal obyektlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilish huquqi mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralariga beriladi”;
birinchi bandining toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining davlat mulkini davlat mulkiga va maʼmuriy-hududiy tizilmalar mulkiga (kommunal mulkka) ajratishni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi amalga oshiradi”;
ikkinchi bandining birinchi qismidagi “yuridik shaxslar” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari va boshqa davlatlarning yuridik shaxslari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismning uchinchi bandidagi “respublika mulkini” degan soʻzlar “davlat mulkini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi bandining toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“kommunal mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga oid boʻlsa, bu mulkning egasi boʻlgan mahalliy hokimiyat boshqaruv idoralariga beriladi. Buyurtmaning shakli va yigʻim miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oʻrnatadigan tartibda belgilanadi”;
“11-modda. Davlat korxonasini jamoa korxonasiga aylantirish
1. Davlat korxonasini jamoa korxonasiga aylantirish mehnat jamoasi aʼzolari tomonidan davlat mulkining (haqini bir yoʻla yoki boʻlib-boʻlib haq toʻlash orqali) sotib olishi yoki bu mulkining ularga tekin boʻlishi yoʻli bilan amalga oshiriladi.
2. Mol-mulk jamoa egalariga sotib olinishi chogʻida jamoa korxonasining ustavida har bir xodimning mol-mulkdagi hamda foydadagi ulushi belgilab qoʻyiladi, bunda ularning ish staji, maoshning miqdori va boshqa omillar eʼtiborga olinadi”.
uchinchi bandidagi “respublika (kommunal) mulki” degan soʻzlar “davlat yoki kommunal mulk” degan soʻzlar bilan almashtirilsin; “davlat mulki obyektlarini” degan soʻzlar “mulk obyektlarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
birinchi bandidagi “shu erdan pensiyaga ketgan mehnat faxriylariga” degan soʻzlar “mehnat faxriylariga, shu korxonadan pensiyaga chiqqan shaxslarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi bandi quyidagi mazmunda boʻlgan ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Davlat korxonasining mol-mulki shu korxona mehnat jamoasi tomonidan sotib olinayotganida korxona balansida turgan ijtimoiy infrastruktura hamda atrof-muhitni muhofaza qilish obyektlarining qiymati sotilayotgan obyekt narxiga qoʻshilmaydi”
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 7-may,
852-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 236-modda)