toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.09.2016
Hujjat 08.06.2006 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
IXTISOSLAShTIRILGAN ULGURJI BAZA-KONTORALARNI SOLIQQA TORTISh TARTIBINI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 16-sentabrdagi PF-4841-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ulgurji va chakana savdoni liberallashtirish hamda uni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 23-fevraldagi PF-3722-sonli Farmonini ijro etish yuzasidan hamda ulgurji-xarid va tovar ayirboshlash operatsiyalarini kengaytirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va transport vositalarini sotib olish uchun ixtisoslashtirgan ulgurji baza-kontoralarining aylanma mablagʻlarini shakllantirishga koʻmaklashish maqsadida:
1. 2006-yil 1-iyundan boshlab Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi tizimiga kiruvchi respublika Ixtisoslashtirilgan ulgurji baza-kontoralari va ularning hududiy (viloyat, viloyatlararo va tumanlararo) bazalari uch yil muddatga yalpi daromad soligʻi toʻlashdan ozod etilsin.
2. 2006-yil 1-iyundan boshlab shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi tizimiga kiruvchi respublika Ixtisoslashtirilgan ulgurji baza-kontoralari va ularning hududiy (viloyat, viloyatlararo va tumanlararo) bazalari davlat maqsadli jamgʻarmalariga va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Maktab taʼlimi budjetdan tashqari jamgʻarmasiga savdo korxonalari uchun belgilangan amaldagi stavkalar boʻyicha yalpi daromaddan ajratmalar oʻtkazadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi Adliya vazirligi bilan birgalikda idoraviy normativ hujjatlarning ushbu qarorga muvofiq boʻlishini taʼminlasin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 8-iyun,
PQ-374-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 23-son, 206-modda; 2009-y., 52-son, 560-modda)