1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.03 Yoʻl va boshqa davlat jamgʻarmalari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.63.00 (Кучини йукотган) Taʼlim muassasalarini moliyalashtirish, moddiy texnika taʼminoti va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim;
2.Moliya / Budjet. Budjetdan tashqari jamgʻarmalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDA RESPUBLIKA MAQSADLI KITOB JAMGʻARMASINI TAShKIL ETISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Umumtaʼlim maktablari uchun darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalarni moliyaviy mablagʻlarni birlashtirish yoʻli bilan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan chop etish, yetkazib berish va sotilishining barqaror hamda uzluksiz moliyalashtirilishini taʼminlash, shuningdek ulardan maqsadli foydalanishni samarali boshqarish va amalda nazorat qilish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, “Kamolot” Oʻzbekiston yoshlar ijtimoiy harakati, Respublika “Mahalla” hayriya jamgʻarmasi, Umumtaʼlim maktablarining pedagoglar jamoatchiligi va oʻquvchilarning ota-onalari qoʻmitalarining yuridik shaxs maqomi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb yuritiladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Quyidagilar Jamgʻarmaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarini darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar bilan taʼminlash uchun moʻljallangan budjet va homiylik mablagʻlari, xalqaro moliya institutlarining kredit va grant mablagʻlari, darsliklarning ijara toʻlovlarini jamlash, ushbu mablagʻlardan samarali foydalanishni tashkil etish;
umumtaʼlim maktablari kutubxona fondlari, shu jumladan, ijara tizimi asosida darsliklar bilan oʻquvchilarni taʼminlash uchun darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalarni sotib olish va yetkazib berishni moliyalashtirish;
3. Respublika maqsadli kitob jamgʻarmasi Vasiylik kengashining tarkibi unga quyidagi asosiy vazifa va funksiyalarni yuklagan holda 1-ilovaga* muvofiq maʼqullansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan keyingi oʻquv yili uchun taqdim etilgan darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalarni ishlab chiqarish va sotish kvotalarini tasdiqlash;
Jamgʻarmaning foydalanish manba va yoʻnalishlari boʻyicha daromad va xarajatlarning prognoz parametrlari, shuningdek Jamgʻarma ijroiya direksiyasi tomonidan kiritiladigan Jamgʻarma tushumlari va mablagʻlaridan foydalanish toʻgʻrisidagi hisobotlarni tasdiqlash;
Jamgʻarma oldiga qoʻyilgan masalalarni hal etishga manfaatdor vazirliklar, idoralar, jamoatchilik va boshqa nodavlat tashkilotlarni jalb etish;
Jamgʻarma ijroiya direksiyasi faoliyatini Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish qismida nazorat qilish.
Respublika maqsadli kitob jamgʻarmasi ijroiya direksiyasining tashkiliy tuzilmasi boshqaruv xodimlari cheklangan soni 11 nafar, va uning hududiy boʻlinmalarida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar moliya boshqarmalarida va Toshkent shahrida xodimlarning chegaralangan soniga 2-ilovaga* muvofiq yana qoʻshimcha 1 kishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamgʻarmasining mablagʻlarini shakllantirish va foydalanish tartib-qoidalari toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq.
Belgilab qoʻyilsinki, Jamgʻarmaning ijrochi direktori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Jamgʻarmaning Vasiylik kengashi tavsiyasi bilan lavozimiga tayinlanadi va undan ozod etiladi.
5. Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari etib belgilansin:
budjet mablagʻlari;
darsliklarni ijaraga berishdan tushadigan toʻlovlar;
xalqaro tashkilotlar va moliyaviy institutlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslarning grantlari, kreditlari va homiylik yordamlari;
Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini joylashtirishdan olingan mablagʻlar;
Qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi ijara tizimini tadbiq etish boʻyicha tajriba doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan ochilgan maktablarning maxsus depozit subhisob raqamlarida toʻplangan mablagʻlarni belgilangan tartibda Jamgʻarmaga oʻtkazsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2006-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda birinchi sinf oʻquvchilarini, “Mehribonlik” uylari, ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab internatlarining tarbiyalanuvchilarini, kam taʼminlangan oilalarning bolalarini mazkur xarajatlarni Jamgʻarma hisobidan moliyalashtirish orqali darsliklar bilan bepul taʼminlash, shuningdek ijara asosida darsliklar bilan birlamchi taʼminlash tizimiga mablagʻlar ajratishni nazarda tutsin.
7. Jamgʻarma yagona ijtimoiy toʻlov hamda bojxona toʻlovlarini hisobga olmagan holda budjetga tushadigan barcha turdagi soliqlar va yigʻimlar, shuningdek davlat maqsadli fondlariga, maktab taʼlimi nodavlat fondiga majburiy toʻlovlardan ozod etilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 1-iyun,
363-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 1-iyundagi 363-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamgʻarmasining mablagʻlarini shakllantirish va foydalanish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirligi qoshidagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda jamgʻarma) faoliyatining maqsadi va asosiy vazifalari, Jamgʻarmani boshqarish tartibi, uning mablagʻlarini shakllantirish manbalari va foydalanish yoʻnalishlarini belgilaydi.
2. Jamgʻarma respublika umumtaʼlim maktablari kutubxona jamgʻarmalarini darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar bilan taʼminlashga yoʻnaltirilgan maqsadli moliya resurslarini jamlaydi.
4. Jamgʻarma yuridik shaxs hisoblanib, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy va tijorat banklarida oʻz mustaqil balansi, hisob raqami, shuningdek xorijiy valyutadagi hisob raqamiga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Gerbi tushirilgan muhriga ega.
5. Jamgʻarma faoliyatining maqsadi budjet va budjetdan tashqari manbalar hisobiga moliya mablagʻlarini birlashtirish yoʻli orqali umumtaʼlim maktablari kutubxona jamgʻarmalari uchun darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalarni nashr etish, yetkazib berish va tarqatishni barqaror va muttasil moliyalashtirishni taʼminlash hisoblanadi.
Umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarini darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar bilan taʼminlashga qaratilgan budjet va homiylik mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari kreditlari va grantlari, darsliklar uchun belgilangan ijara toʻlovlarini jamlaydi, ushbu mablagʻlarni samarali boshqarishni tashkil etish;
umumtaʼlim maktablari kutubxona jamgʻarmalari uchun darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalarni xarid qilish va yetkazib berish, shu jumladan oʻquvchilarni ijara tizimi asosida darsliklar bilan taʼminlashni moliyalashtirish;
nashriyotlar, bosmaxonalar va kitob savdosi tashkilotlariga darsliklarni ochiq savdosini rivojlantirishida qisqa muddatli maqsadli ssudalar ajratish orqali yordam koʻrsatish;
Jamgʻarma moliyalari kirimlari, ularni maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan monitoring va nazoratni amalga oshirish hisoblanadi.
III. Jamgʻarmani boshqarish
7. Jamgʻarmani boshqarishning yuqori organi Jamgʻarma Vasiylik kengashi hisoblanadi.
Vasiylik kengashining shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadi.
Jamgʻarma Vasiylik kengashining yigʻilishlari zaruriyat tugʻilganda, ammo yiliga kamida ikki marotaba oʻtkaziladi. Jamgʻarmada kredit va grantlari jamlangan Osiyo taraqqiyot banki hamda boshqa xalqaro moliya institutlari vakili Vasiylik kengashi yigʻilishlarida kuzatuvchi sifatida ishtirok etish huquqiga ega.
8. Jamgʻarma Vasiylik kengashining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
keyingi oʻquv yili uchun Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi taqdim etgan darslik va oʻquv-metodik qoʻllanmalarni nashrdan chiqarish va tarqatish kvotalarini tasdiqlash;
Jamgʻarma oldiga qoʻyilgan vazifalarni hal qilish uchun manfaatdor vazirliklar, muassasalar, jamoatchilik va boshqa nodavlat tashkilotlarni jalb qilish;
Jamgʻarma kirim va chiqimlarining manbalar va foydalanish yoʻnalishlari boʻyicha taxminiy parametrlarini, shuningdek, Jamgʻarma ijrochi direksiyasi kiritgan Jamgʻarmaga mablagʻning tushishi va sarflanishi yuzasidan hisobotini tasdiqlash;
darsliklar uchun ijara toʻlovlarini hisoblash va toʻlash tartibini belgilash;
darsliklar uchun yillik ijara toʻlovi hajmini belgilash;
Jamgʻarmaga xorijiy kredit va grantlarni jalb qilishda koʻmaklashish;
Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va undan foydalanish bilan bogʻliq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
9. Jamgʻarma ijrochi direksiyasi Jamgʻarmaning ijrochi organi boʻlib, joriy rahbarlikni amalga oshiradi hamda Jamgʻarma faoliyati uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga oladi.
Jamgʻarma ijrochi direksiyasi xarajatlari budjet tashkilotlari uchun oʻrnatilgan tartibda Vasiylik kengashi tasdiqlagan smeta xarajatlariga asosan, Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi bilan birgalikda umumtaʼlim maktablari kutubxona jamgʻarmasining Darslik va oʻquv-metodik qoʻllanmalari yillik balansini tuzish;
Jamgʻarma kirim va chiqimlarining taxminiy parametrlarini, shuningdek, Jamgʻarma Vasiylik kengashiga belgilangan muddatda taqdim etish uchun ularning bajarilishi yuzasidan hisobot tayyorlash;
umumtaʼlim maktablarining maʼlum toifadagi oʻquvchilarini bepul taʼminlash uchun darsliklar xarid qilinishi, shuningdek, ijaraga beriladigan va ochiq savdoga chiqariladigan darsliklarni yangilash xarajatlarini moliyalashtirish;
umumtaʼlim maktablari hisobiga darslik ijarasi uchun ota-onalardan kelib tushgan mablagʻlarni yuqori qimmatli va ishonchli aktivlarga aylantirish yoʻli bilan umumlashtirib boshqarish;
umumtaʼlim maktablari kutubxona jamgʻarmalarini Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar bilan taʼminlash boʻyicha moliya va xalq taʼlimi organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
nashriyot, bosmaxona va kitob savdo korxonalarining moliyaviy ahvolini oʻrganish asosida ularning aylanma mablagʻlarini vaqtinchalik toʻldirish uchun qisqa muddatli maqsadli ssudalar ajratish;
darsliklar va oʻquv metodik qoʻllanmalarni xarid etilishi moliyalashtirilgan Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanish ustidan nazorat oʻrnatish;
nashriyot, bosmaxona va kitob savdo korxonalariga ajratilgan ssudalardan samarali foydalanish va qaytarilishini taʼminlash boʻyicha monitoring olib borish.
11. Jamgʻarmaning ijrochi direktori Jamgʻarmaning Vasiylik kengashi tavsiyasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi.
IV. Jamgʻarma mablagʻlari manbaalarining shakllanishi va jamlanish tartibi
grantlar, kreditlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari — yuridik va jismoniy shaxslar, xalqaro tashkilotlar va moliyaviy institutlarning homiylik yordamlari;
Jamgʻarmaning erkin mablagʻlarini vaqtinchalik joylashtirilishidan olinadigan daromadlar;
Keyinchalik foydalanishga yaroqsiz boʻlgan darsliklarni utilizatsiya qilishdan tushgan tushumlar, yaʼni ularni makulatura qabul qilish punktlariga topshirishdan olinadigan daromadlar.
va boshqa qonunda taʼqiqlanmagan tushumlar.
13. Jamgʻarma mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Toshkent shahar Bosh boshqarmasi hisob kassa markazidagi Jamgʻarmaning yagona jamlangan hisob raqamida yigʻiladi.
V. Jamgʻarmaning istiqbol daromad va xarajatlarini tayyorlash, koʻrib chiqish va tasdiqlash
14. Istiqbol tushumlar loyihasini tayyorlash, koʻrib chiqish va tasdiqlash hamda Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish keyingi yilga davlat budjeti parametrlarini ishlab chiqish va tasdiqlash bilan bogʻliq holda amalga oshiriladi.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi zarur Darslik va oʻquv metodik qoʻllanmalar bilan taʼminlanganlik boʻyicha umumtaʼlim maktablari kutubxona jamgʻarmalarini har yili inventarizatsiya qilish va umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarini darsliklar bilan taʼminlanganligini oʻrganish asosida keyingi kalendar yili uchun darsliklarga boʻlgan ehtiyojning prognoz koʻrsatkichlarini chakana savdo tarmogʻi orqali, kutubxona jamgʻarmasi hisobidan bepul taʼminlanish va ijara asosida taʼminlanish kesimida har yili 1-iyunga qadar Jamgʻarmaning ijrochi direksiyasiga taqdim etish.
Bunda keyingi kalendar yili uchun oʻquvchilarning istiqbol kontingenti Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishilgan holda aniqlanadi.
Yakuniy ehtiyoj Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan aniqlanadi va keyingi oʻquv yili uchun predmetlar boʻyicha taʼlim tili, nomi va sinflar kesimida darsliklar va oʻquv metodik qoʻllanmalarni ishlab chiqarish va sotishga prognoz kvotalar shakllantirilgandan soʻng Jamgʻarmaga taqdim etiladi.
16. Ijrochi direksiya Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi bilan hamkorlikda har yili 1-iyulga qadar keyingi kalendar yil uchun Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlari istiqbol parametrlarini ishlab chiqadilar va Jamgʻarmaning Vasiylik Kengashiga koʻrib chiqishi uchun taqdim etadi.
17. Jamgʻarma daromadi va xarajatlarining prognoz parametrlari keyingi yil uchun davlat budjeti parametrlari tasdiqlangandan soʻng 5 kun ichida Jamgʻarmaning vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
VI. Jamgʻarma mablagʻlarini sarf qilish tartibi
18. Jamgʻarma mablagʻlari faqat quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
oʻrnatilgan tartibda shakllantirilgan va tasdiqlangan kvotalarga asosan budjet mablagʻlari hisobidan chop etilishi moʻljallangan darsliklar va oʻquv metodik qoʻllanmalarni xarid etish va yetkazish boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirishga;
har bir umumtaʼlim maktabi boʻyicha shakllantirilgan kvota asosida va ijara toʻlovlaridan tushgan mablagʻlar doirasida ijara tizimi uchun darsliklarni xarid qilish shartnomalariga toʻlovlarni amalga oshirishga;
nashriyotlar, bosmaxonalar va kitob savdo korxonalari uchun ularning aylanma mablagʻlarini toʻldirishga maqsadli ssudalar ajratishga;
jamgʻarmaning vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlangan smeta xarajatlariga koʻra amalga oshirilgan boshqa operatsion xarajatlarni qoplashga.
19. Jamgʻarma Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligiga quyidagi yoʻnalishlarda maktab kutubxonalarini darslik va oʻquv metodik qoʻllanmalar bilan taʼminlash boʻyicha xarajatlarni qoplashga mablagʻlar ajratadi:
1-sinflar uchun;
Mehribonlik uylari, maxsus maktab va maktab-internat tarbiyalanuvchilari boʻlgan oʻquvchilar uchun;
Ijtimoiy yordamga muhtoj boʻlgan oilalardagi oʻquvchilar uchun;
20. Xaridlar boʻyicha tasdiqlangan kvotalariga mos ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi darslik va oʻquv metodik qoʻllanmalarni nashr etish va yetkazish boʻyicha buyurtmalarni joylashtirishni tanlov asosida amalga oshiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi moliyalashtirishni ochish uchun ijrochi direksiyaga quyidagilarni taqdim etadi:
darslik va oʻquv metodik qoʻllanmalarni nashr etish va yetkazib berish boʻyicha shartnomalarning koʻchirma-nusxalarini;
yetkazib beruvchilar va umumtaʼlim maktablarigacha darsliklarni olib borishni taʼminlovchi tashkilotlar bilan yakuniy hisob-kitoblarni qilish uchun darslik va oʻquv metodik qoʻllanmalarni yetkazilishini tasdiqlovchi zaruriy hujjatlar.
21. Chakana savdo tarmogʻi orqali sotiladigan darsliklarni ishlab chiqarish uchun taqsimlangan ham kvotalariga ega boʻlgan nashriyotlar, bosmaxonalar va kitobsavdo korxonalariga aylanma jamgʻarmalari yetmay qolgan taqdirda Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligining taklifiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilab beradigan tartib asosida jamgʻarma mablagʻlari hisobidan ssudalar ajratilishi mumkin.
VII. Darsliklar boʻyicha hisob va hisobot hamda Jamgʻarmaga ijara toʻlovlaridan mablagʻlarning kelib tushishi ustidan nazorat
22. Darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar hamda ijara toʻlovlaridan mablagʻlarning kelib tushishi boʻyicha buxgalterlik hisobi va hisobot:
yuridik shaxs maqomiga ega umumtaʼlim maktablari;
yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan maktablar boʻyicha tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari tomonidan amalga oshiriladi.
23. Ijrochi direksiyaning hududiy vakillari talabnomalari boʻyicha tijorat banklari umumtaʼlim maktablari yoki tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlarining mos hisob raqamlaridan koʻchirmalar taqdim etadi.
hududdagi tuman va shahar maktablari boʻyicha ijara tizimining yuritilishi ustidan ishlarni muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
ijara toʻlovlari tushumlarining monitoringini olib boradi, hisobotlarni roʻyxatga oladi va yigʻadi hamda xalq taʼlimi hududiy organlari bilan hamkorlikda darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalarga buyurtmalarni umumlashtiradi;
ijara tizimini ishlatilishi masalalari boʻyicha bank tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi, ulardan hududlar va maktablar kesimida ijara toʻlovlari tushumlari boʻyicha aniq hisobotlarni muntazam olib turadi;
25. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent shahri va viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari, Jamgʻarma ijrochi direksiyasining hududiy vakillari oʻz hududlari boʻyicha darsliklar harakati va saqlanishi toʻgʻrisida umumlashtirilgan hisobotlarini Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Jamgʻarma ijrochi direksiyasiga har kvartalda, hisobotdan keyin keluvchi oyning 15 sanasidan kechiktirmasdan taqdim etishadi.
26. Jamgʻarma ijrochi direksiyasi buxgalterlik hisobini yuritadi va Jamgʻarma hisob raqamlari boʻyicha pul mablagʻlari harakatlari haqida hisobotlar tuzadi.
27. Jamgʻarma har yili Jamgʻarmaning hisob raqamlarini mustaqil auditorlik tekshiruvidan oʻtkazadi va hisobotlarni ommaviy axborot vositalarida chop etadi.
28. Jamgʻarma tomonidan moliyalashtirilgan darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalarni xarid qilish uchun sarflangan mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish uchun javobgarlik Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi zimmasiga yuklatiladi.
29. Ijara haqlarini toʻliq hisoblanishi va toʻlovlarining yigʻilishi, oʻz vaqtida naqd pul tushumlarini Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki oʻrnatgan tartiblar asosida bank muassasalariga topshirish boʻyicha javobgarlik umumtaʼlim maktablari hamda xalq taʼlimining joylardagi boshqaruv idoralari rahbarlari zimmasiga yuklatiladi.
30. Xalq taʼlimining hududiy boshqaruv idoralari darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalarning oʻz vaqtida va talab darajasida yetkazilishi boʻyicha nazorat olib boradilar.
31. Ijara haqlari toʻlovlari tushumlarini, darsliklarni oʻrnatilgan tartibda saqlanishi va foydalanilishini hamda maktablar tomonidan darsliklar va ijara haqlari boʻyicha dastlabki hisob-kitob hujjatlarini nazoratini olib borish Xalq taʼlimi va Moliya vazirliklarining tegishli hududiy boshqaruv idoralari hamda Jamgʻarmaning ijrochi direksiyasining hududiy vakillari tomonidan olib boriladi.