1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING BOJXONA ChEGARASI ORQALI OLIB OʻTILAYOTGANDA KOʻZDAN KEChIRISh MAJBURIY BOʻLGAN TOVARLAR ROʻYXATINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-noyabrdagi PF-5582-sonli “Bojxona maʼmuriyatchiligini takomillashtirish va Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2006-yil 9-martdagi PQ–302-son qarori 12-bandini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotganda koʻzdan kechirish majburiy boʻlgan tovarlar roʻyxati ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi:
respublikaning bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan va koʻrsatib oʻtilgan Roʻyxatga kiritilgan tovarlarning puxta koʻzdan kechirilishini taʼminlasin;
tovarlar respublikaning bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotganda ularni bojxonada koʻzdan kechirishni amalga oshirishning samaradorligi yuzasidan doimiy monitoring oʻrnatsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda koʻrsatib oʻtilgan Roʻyxatga eksport-import operatsiyalari tendensiyalariga koʻra oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 4-may,
75-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 19-son, 162-modda; 2008-y., 19-son, 161-modda; 2012-y., 38-son, 436-modda; 2013-y., 10-son, 127-modda)