

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" /><link rel="stylesheet" href="/css/iphone.css" />
    <style type="text/css">
        .contents-caption DIV {
            float: right;
        }

        .mobilnav TD {
            height: 32px;
        }

        .mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        #userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }

        #fancybox_div {
            display: none;
        }

        #divContextRasporka {
            width: 270px;
        }

        #tddivContext {
            background-color: White;
        }

        #backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }

        #header {
            background: #2263a9;
            border-top: 1px solid #1F61A7;
            height: 34px;
            text-align: center;
            width: 100%;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }

        .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
            display: none;
        }
    </style>
    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { window.scrollTo(0, 1); }, 100);
        }
        function scrolPageTop() {
            document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
        }
    </script>
</head>
<body class="details" style="margin: 0;">
    <form method="post" action="./-3343077" id="form1">
<div class="aspNetHidden">
<input type="hidden" name="__VIEWSTATE" id="__VIEWSTATE" value="67qKrer9qL53Z1+/oF+Uu/kenpnlXxKiMCG/rW4LT+xGMq3dYWo4LiU0eV4efiV96bhC47Ry/4zkJfp9fD4/xBHSHoLMkMe83+TapS9Z1atNPk3Ih9BF/lV+BQLW8M0s45mzcyv0r5SZ79xySJVm0vRb1Jw8AJgvyAfhKUPU2C6lVAdKG0ods+NmhcfOnLR/lDWCvd8ZMaFKyFbwoTpAdg==" />
</div>

<div class="aspNetHidden">

	<input type="hidden" name="__VIEWSTATEGENERATOR" id="__VIEWSTATEGENERATOR" value="5F4F4618" />
</div>
        <div id="header">
            <div style="float: left; left: 27px; position: absolute; top: 10px;">
                <a id="backButton" href="javascript:history.back()">Орқага</a>
            </div>
            <a href="/m">
                <img src="/img/icons/logo_sm.png" border="0">
            </a>
            <div style="float: right; left: -30px; position: relative; top: 10px;">
                <a id="backButton" href="javascript:scrolPageTop()">Юқорига</a>
            </div>
        </div>
        <div id="page">
            
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                        
                        
                        
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <table style="width: 100%" border="0">
                <tr>
                    <td id="tddivAct" style="overflow: auto; vertical-align: top; padding: 0px !important;">
                        <div id="divAct" style="padding-top: 0px;">
                            <div id="mD" class="main-column document" style="margin: 0px; padding: 0px 2px 0px 2px; background: white;">
                                <div id="divBody">
                                    <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3343077" id="onLBC-3343077">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC21102"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.06.00 Nodavlat taʼlim tashkilotlari]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-3343077" id="onLS-3343077">[<b>TSZ:</b><div id="LS3702"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-3343118" id="-3343118">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-3343120" id="-3343120">Qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-3343122" id="-3343122">Nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3343123" id="-3343123"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3343125" id="-3343125">Nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini yanada rivojlantirish, taʼlimning yuqori sifatini taʼminlashda davlat va nodavlat taʼlim muassasalari oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini yaratish, shuningdek, nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish sohasidagi yuridik shaxslar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3343128" id="-3343128">1. Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklarining 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab yuridik shaxslar tomonidan mulkchilik va tashkiliy-huquqiy shakllaridan qatʼi nazar, nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatishni litsenziya asosida amalga oshirish tartibini joriy etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3343129" id="onLBC-3343129">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC21102"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.06.00 Nodavlat taʼlim tashkilotlari]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3343129" id="-3343129">2. Nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini yanada rivojlantirishning asosiy yoʻnalish va vazifalari etib quyidagilar belgilansin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3343130" id="-3343130">iqtidorli bolalar va isteʼdodli yoshlarni aniqlash va qoʻllab-quvvatlash orqali taʼlim-tarbiyaning yuqori sifatini taʼminlaydigan qulay shart-sharoitlar yaratish;</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3343131" id="onLBC-3343131">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6262"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.10.00 Pullik xizmat koʻrsatish;</span></div><div id="LBC21102"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.06.00 Nodavlat taʼlim tashkilotlari]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3343131" id="-3343131">sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish uchun anʼanaviy taʼlim xizmatlari bilan bir qatorda sifatli va ommabop taʼlim olishning muqobil imkoniyatlarini yaratadigan pullik taʼlim xizmatlari koʻrsatish bozorini jadal rivojlantirish;</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3343132" id="onLBC-3343132">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC9438"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.03.00.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha hamkorlik / 19.03.06.00 Fan va taʼlim sohasidagi hamkorlik]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3343132" id="-3343132">ilgʻor xalqaro tajribalarni inobatga olib, oʻqitishning innovatsion pedagogik shakllari, uslublari hamda zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish asosida taʼlim sohasidagi samaradorlik va natijaviylikni oshirish.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3343133" id="onLBC-3343133">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC21102"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.06.00 Nodavlat taʼlim tashkilotlari]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3343133" id="-3343133">3. Belgilansinki, nodavlat taʼlim xizmatlari faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar:</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3343134" id="onLBC-3343134">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC21100"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.00 Davlat taʼlim standartlari va talablari]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3343134" id="-3343134">oʻz faoliyatini davlat taʼlim standartlari va talablar asosida amalga oshiradi;</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3343135" id="onLBC-3343135">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7302"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3343135" id="-3343135">amaldagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarga qatʼiy rioya qilgan holda yuqori malakali pedagog va boshqa kadrlar bilan taʼminlash, taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish choralarini koʻradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3343137" id="-3343137">oʻqish muddati va shartlari, toʻlov miqdori, tomonlarning huquq va majburiyatlari hamda boshqa shartlar belgilangan shartnomaga muvofiq taʼlim oluvchilarning ota-onalari yoki boshqa qonuniy vakillari bilan oʻzaro munosabat oʻrnatadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3343138" id="-3343138">oʻz faoliyatini aholiga pullik taʼlim xizmatlarini koʻrsatish, xayriya fondlari va grantlardan kelib tushgan mablagʻlar, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3343139" id="-3343139">bitiruvchilarga davlat namunasidagi taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat beradi.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3343143" id="onLBC-3343143">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC21102"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.06.00 Nodavlat taʼlim tashkilotlari;</span></div><div id="LBC22708"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.01 Maktabgacha taʼlim va tarbiya;</span></div><div id="LBC22709"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim;</span></div><div id="LBC21105"><span class="iorRN">4.</span><span class="iorVal">13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3343143" id="-3343143">4. Maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim sohasida nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatadigan yuridik shaxslar ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qobiliyatli va iqtidorli farzandlarini tanlov asosida muassasadagi jami oʻquvchilar umumiy sonining 10 foizidan kam boʻlmagan miqdorda taʼlim xizmatlarini koʻrsatish evaziga kelib tushgan daromadlar hisobidan bepul (grant asosida) oʻqishga qabul qilishi belgilab qoʻyilsin. Keyingi yillarda oʻquvchilarni bepul (grant asosida) oʻqitishni davom ettirish boʻyicha qaror nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxs tomonidan taʼlim oluvchining oilaviy sharoiti va uning akademik natijalaridan kelib chiqqan holda qabul qilinadi.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3343147" id="onLBC-3343147">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6061"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.12.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunchilik va ijro organlari / 01.12.05.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi;</span></div><div id="LBC6076"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang);</span></div><div id="LBC6118"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar;</span></div><div id="LBC18911"><span class="iorRN">4.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik;</span></div><div id="LBC21102"><span class="iorRN">5.</span><span class="iorVal">13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.06.00 Nodavlat taʼlim tashkilotlari]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3343147" id="-3343147">5. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda aholiga nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslarga davlat mulki boʻlgan foydalanilmayotgan bino, obyektlar va inshootlarni davlat-xususiy sherikchilik shartlari asosida oʻrnatilgan tartibda sotishni tashkil etsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3343189" id="-3343189">6. Nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslarga ilgʻor xorijiy tajribalarni inobatga olgan holda quyidagilar tavsiya qilinsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3343190" id="-3343190">taʼlim jarayonini oʻqitishning eng zamonaviy texnologiyalaridan foydalangan holda fanlarni chuqurlashtirib oʻrgatish yoʻnalishida tashkil etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3343191" id="-3343191">oʻzlariga nom tanlashda vatanimizning mashhur va buyuk olimlari, jamiyat arboblari ismlaridan oʻrnatilgan tartibda foydalanish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3343193" id="-3343193">ilgʻor ilmiy-amaliy tajribani joriy etish hamda chuqurlashtirib oʻrganiladigan fanlarni chet tilida oʻqitish uchun taʼlim jarayoniga xorijiy pedagog va mutaxassislarni jalb qilish.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3343195" id="onLBC-3343195">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6061"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.12.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunchilik va ijro organlari / 01.12.05.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi;</span></div><div id="LBC6076"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang);</span></div><div id="LBC6117"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;</span></div><div id="LBC6144"><span class="iorRN">4.</span><span class="iorVal">03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish;</span></div><div id="LBC21102"><span class="iorRN">5.</span><span class="iorVal">13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.06.00 Nodavlat taʼlim tashkilotlari]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3343195" id="-3343195">7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi bilan hamkorlikda 2018/2019 oʻquv yili boshlangunga qadar har bir tuman (shahar)da davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibiga rioya qilgan holda maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim sohasida nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullanadigan kamida bittadan yuridik shaxsni tashkil etish choralarini koʻrsin.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3343198" id="-3343198"></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7451823" id="-7451823"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7451829" id="-7451829">8. Maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim sohasida nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullanadigan yuridik shaxslar 2030-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatda quyidagi toʻlovlardan ozod qilinsin:</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7451865" id="-7451865">(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-martdagi PF-51-sonli <a href="/m/acts/-7438953?ONDATE=21.03.2025 01#-7441374">Farmoni </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2025-y., 06/25/51/0261-son)</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3343200" id="onLBC-3343200">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6473"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.01.00.00 Umumiy qoidalar;</span></div><div id="LBC22722"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar;</span></div><div id="LBC6924"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.13.00 Mavjud korxona, bino, inshootlarni kapital taʼmirlash, texnik qayta jihozlash, kengaytirish va rekonstruksiyalash]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3343200" id="-3343200">barcha turdagi soliq va davlat maqsadli jamgʻarmasiga majburiy toʻlovlardan (yagona ijtimoiy toʻlovdan tashqari), bunda ozod qilinayotgan mablagʻlar ularni zamonaviy oʻquv vositalari bilan jihozlash, zarur mahsulotlar va jihozlar sotib olish, bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga bepul taʼlim xizmatlarini koʻrsatishga maqsadli yoʻnaltiriladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3343202" id="-3343202">mehnat shartnomasi asosida taʼlim-tarbiya jarayoniga jalb qilingan xorijiy oʻqituvchi va mutaxassislarning oylik ish haqidan yagona ijtimoiy toʻlov.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3343205" id="onLBC-3343205">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6055"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);</span></div><div id="LBC6067"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi;</span></div><div id="LBC7057"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar;</span></div><div id="LBC21102"><span class="iorRN">4.</span><span class="iorVal">13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.06.00 Nodavlat taʼlim tashkilotlari]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3343205" id="-3343205">9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zaruratdan kelib chiqib, maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim sohasida nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullanadigan yuridik shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan yangi oʻquv asbob-uskunalari va oʻquv materiallarini respublikaga olib kirishda (bojxona hujjatlarini rasmiylashtirish uchun toʻlovlar bundan mustasno) bojxona toʻlovlaridan ozod etish va ularning roʻyxatini tasdiqlashni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini oʻrnatilgan tartibda kiritsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3343207" id="-3343207">10. Belgilab qoʻyilsinki, yuridik shaxslar tomonidan nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatishda:</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3343211" id="onLBC-3343211">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6477"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.02.00 Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi (shuningdek, 07.07.02.02 ga qarang);</span></div><div id="LBC22722"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3343211" id="-3343211">Chet ellik oʻqituvchi va mutaxassislar jismoniy shaxslarga solinadigan daromad soligʻi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasiga ajratiladigan toʻlovlardan tuzilgan mehnat shartnomasi doirasida ozod qilinadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3343213" id="-3343213">chet ellik oʻqituvchi va mutaxassislarga ikki tomonlama aviachiptalarni xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlar (uzoq muddatli mehnat shartnoma asosida — bir yilda ikki martadan oshmagan holda) ish beruvchi tomonidan qoplanishi mumkin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3343216" id="-3343216">chet ellik oʻqituvchi va mutaxassislarning yashash joyi uchun toʻlovlar qisqa muddatli mehnat shartnomalariga asosan (bir oydan koʻp boʻlmagan muddatga) ish beruvchilar tomonidan amalga oshiriladi, uzoq muddatli mehnat shartnomalari doirasida ularning yashash joyi uchun toʻlovlar shartnoma shartlariga muvofiq ish haqi bilan birgalikda toʻlab beriladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4652486" id="-4652486">(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli <a href="/m/acts/-4643195?ONDATE=13.12.2019 00#-4647099">Farmoniga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3343219" id="onLBC-3343219">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC22716"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.15.00 Chet el fuqarolarining Oʻzbekistonga kelishi, ketishi va boʻlishi;</span></div><div id="LBC6117"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;</span></div><div id="LBC7702"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.07.00 Konsullik vazifalari (pasport-viza  ishlari, konsullik legalizatsiyasi) va yigʻimlar]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3343219" id="-3343219">12. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga tegishli vazirlik va idoralar buyurtmalariga asosan nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullanadigan yuridik shaxslar tomonidan ishga taklif qilinayotgan xorijiy oʻqituvchi va mutaxassislarning kirish vizalarini oʻrnatilgan tartibda konsullik va boshqa toʻlovlarni undirmagan holda rasmiylashtirish vazifasi yuklatilsin.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3343220" id="onLBC-3343220">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6055"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3343220" id="-3343220">13. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda quyidagilarni belgilaydigan hukumat qarorini qabul qilsin:</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3343222" id="onLBC-3343222">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC18911"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3343222" id="-3343222">nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish sohasida davlat-xususiy sherikchilik samarali mexanizmlarini joriy etish;</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3343224" id="onLBC-3343224">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6144"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3343224" id="-3343224">ilgʻor xorijiy tajribalarni inobatga olgan holda nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va tashkiliy-huquqiy shakllarini takomillashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3343225" id="-3343225">nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish bilan shugʻullanadigan yuridik shaxslar faoliyatini nazorat qilish mexanizmlari;</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3343227" id="onLBC-3343227">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6162"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.02 Alohida faoliyat turlarini litsenziyalash (shuningdek, 09.01.05.00 ga qarang)]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3343227" id="-3343227">nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyatiga litsenziya berish tartibi haqidagi nizomni tasdiqlash.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3343229" id="-3343229">14. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3343230" id="-3343230">qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3343231" id="-3343231">oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3343232" id="-3343232">15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.N. Yunusxodjayev zimmasiga yuklatilsin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-3343237" id="-3343237">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3343239" id="-3343239">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3343241" id="-3343241">2017-yil 15-sentabr,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-3343244" id="-3343244">PQ-3276-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3343249" id="-3343249"></div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-3343250" id="-3343250">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-3343251" id="-3343251"><strong>sharh</strong></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3343252" id="-3343252"></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3343254" id="-3343254"><p style="TEXT-INDENT: 26.95pt; LINE-HEIGHT: 130%">Mustaqillik yillarida taʼlim sohasida yoshlarga zamonaviy bilimlarni berish, ularning intellektual salohiyatini oshirish va jahon hamjamiyatida munosib oʻrin egallashiga qaratilgan tub oʻzgarishlar va islohotlar amalga oshirildi.</p>
<p style="TEXT-INDENT: 26.95pt; LINE-HEIGHT: 130%">Xususan, umumiy oʻrta taʼlim sifatini tubdan oshirish, intellektual, estetik va jismoniy barkamol avlodni shakllantirishni hamda yoshlarga taʼlim berishni yangi sifat darajasiga koʻtarish, shu jumladan, chet tillari, informatika hamda matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi muhim va talab yuqori boʻlgan boshqa fanlarni chuqurlashtirib oʻrgatish 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha <a href="/m/acts/-3107036#-3109146">Harakatlar strategiyasining </a>asosiy maqsadlaridan biri sifatida belgilangan.</p>
<p style="TEXT-INDENT: 26.95pt; LINE-HEIGHT: 130%">Xorijiy tajribalar davlat va nodavlat taʼlim muassasalari oʻrtasida sogʻlom raqobat fuqarolarning sifatli taʼlim olishga boʻlgan huquqini roʻyobga chiqarishga xizmat qilishini koʻrsatmoqda.</p>
<p style="TEXT-INDENT: 26.95pt; LINE-HEIGHT: 130%">Shuning uchun ham bir qator rivojlangan xorijiy mamlakatlarda nodavlat taʼlim sektorining umumiy oʻrta taʼlimdagi ulushi salmoqli boʻlib, Germaniyada 12 foizni, Fransiyada 17 foizni, AQSHda 18 foizni, Buyuk Britaniyada 20 foizni, Ispaniya, Irlandiya va Gollandiyada 30 foizni tashkil etadi.</p>
<p style="TEXT-INDENT: 26.95pt; LINE-HEIGHT: 130%">Hozirgi kunda respublikada 43 ta nodavlat umumiy oʻrta taʼlim maktabi tegishli litsenziyaga ega boʻlib, xalq taʼlimi tizimidagi 9680 ta maktabga nisbatan ularning ulushi 0,4 foizni tashkil etadi. Nodavlat umumiy oʻrta taʼlim maktablarining aksariyat qismi (27 ta) Toshkent shahrida joylashgan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Sirdaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida birorta nodavlat maktabi tashkil etilmagan.</p>
<p style="TEXT-INDENT: 26.95pt; LINE-HEIGHT: 130%">Faoliyat koʻrsatayotgan nodavlat taʼlim muassasalaridan 20 tasi boshlangʻich taʼlim (1 — 4-sinflar), qolgan 23 tasi umumiy oʻrta taʼlim (1 — 9-sinflar) bosqichlariga moʻljallangan, ulardagi 330 ta sinfda 6 mingga yaqin oʻquvchilar taʼlim-tarbiya oladi (davlat maktablari kontingentiga nisbatan 0,12 foiz).</p>
<p style="TEXT-INDENT: 26.95pt; LINE-HEIGHT: 130%">YUNESKO va “DGP Research & Consulting” konsalting tashkiloti hamkorligida jalb etilgan xorijiy ekspertlar guruhi tomonidan milliy taʼlim tizimini kompleks oʻrganish boʻyicha oʻtkazilgan tahlillarda taʼlim sifatini yaxshilashda raqobat muhitini shakllantirish, bunda xususiy taʼlim sektorini rivojlantirishga ustuvor yoʻnalish sifatida eʼtibor qaratish zarurligi alohida taʼkidlab oʻtilgan.</p>
<p style="TEXT-INDENT: 26.95pt; LINE-HEIGHT: 130%">Mavjud muammolarni amaliy bartaraf qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan nodavlat taʼlim muassasalariga uzoq muddatli imtiyozli kreditlar ajratish va avval ajratilgan kreditlar muddatini uzaytirish, taʼlim hamda unga tegishli xizmatlar boʻyicha barcha soliq turlari toʻlovlaridan 2021-yilgacha ozod etish, fanlarni chet tilida chuqurlashtirib oʻqitish va bu orqali taʼlim sifatini oshirish maqsadida taʼlim jarayoniga xorijlik oʻqituvchi hamda mutaxassislarni keng jalb qilish nazarda tutilgan.</p>
<p style="TEXT-INDENT: 26.95pt; LINE-HEIGHT: 130%">Oʻz navbatida, nodavlat taʼlim muassasalariga taklif etilayotgan xorijlik oʻqituvchi va mutaxassislarga viza berish, aviatransport, turarjoy, mehnatiga munosib haq toʻlash hamda soliqlardan ozod qilish kabi masalalar ham oʻz yechimini topgan.</p>
<p style="TEXT-INDENT: 26.95pt; LINE-HEIGHT: 130%">Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qobiliyatli va iqtidorli farzandlarini tanlov asosida muassasadagi jami oʻquvchilar umumiy sonining 10 foizidan kam boʻlmagan holda taʼlim xizmatlarini koʻrsatish evaziga -kelib tushgan daromadlar hisobidan bepul (grant asosida) oʻqitish belgilangan.</p>
<p style="TEXT-INDENT: 26.95pt; LINE-HEIGHT: 130%">Bundan tashqari, qarorda oʻrnatilgan tartibda akkreditatsiyadan oʻtkazilgan nodavlat taʼlim muassasalari bitiruvchilariga davlat namunasidagi taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat berish huquqi nazarda tutilgan.</p>
<p style="TEXT-INDENT: 26.95pt; LINE-HEIGHT: 130%">Yuqorida koʻrsatilgan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan tegishli vazirlik hamda idoralarga nodavlat taʼlim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish, qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha tegishli tartib va meʼyoriy-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritish topshiriqlari berilgan.</p>
<p style="TEXT-INDENT: 26.95pt; LINE-HEIGHT: 130%">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining qabul qilinishi xalq taʼlimi tizimida sogʻlom raqobat muhitini yaratish, nodavlat taʼlim muassasalari faoliyatini rivojlantirish, xorijiy oʻqituvchilarni jalb etish yoʻli bilan aniq hamda tabiiy fanlar, chet tillarni chuqurlashtirib oʻqitishga, bu esa, oʻz navbatida, yoshlarning dunyo mehnat bozorida raqobatdosh va yuqori malakali mutaxassis kadr sifatida jahon hamjamiyatida mamlakatimiz nufuzini oshirishiga, barkamol inson boʻlib shakllanishiga xizmat qiladi.</p>
<p style="TEXT-INDENT: 26.95pt; LINE-HEIGHT: 130%">Qaror nodavlat taʼlim muassasalari sektori kengayishi, respublikaning har bir tuman va shahridagi fuqarolar taʼlim xizmatlaridan foydalanishda tanlovga ega boʻlishi, yoshlarga munosib taʼlim-tarbiya berish kabi vazifalarni oʻz zimmasiga oladigan malakali xususiy tadbirkorlar faoliyatini qoʻllab-quvvatlaydi.</p></div></div><br /><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-3361744" id="-3361744">(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 38-son, 1033-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2025-y., 06/25/51/0261-son)</div></div></div>
                                </div>
                            </div>
                        </div>
                    </td>
                </tr>
            </table>
        </div>
        <script language="javascript">
       

            //function tryResize() {
            //    try {
            //        document.getElementById("divAct").style.width = (screen.width - 15) + "px";
            //    }
            //    catch (err) {
            //        alert(err);
            //    }
            //}
            //tryResize();
        </script>
    </form>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>

<style type="text/css">
    #divCont {
        border: 1px solid red;
        padding: 0;
    }

    div#header {
        position: fixed;
        top: 0;
        width: 100%;
        z-index: 10;
    }

    /*#revision_act {
        background-color: white;
        color: red;
        float: left;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        height: 5px;
        margin-left: 0;
        opacity: 0.7;
        padding-bottom: 15px;
        position: fixed;
        text-align: center;
        top: 87px;
        width: 150px;
    }*/

    /*#obsolute_act {
        color: red;
        background-color: white;
        opacity: 0.7;
        position: fixed;
        width: 250px;
        text-align: center;
        height: 46px;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        top: 75px;
        padding-top: 10px;
    }*/

    .act_warning { /*mobilega kerakmi*/
        -webkit-animation: color-change 1s infinite;
        -moz-animation: color-change 1s infinite;
        -o-animation: color-change 1s infinite;
        -ms-animation: color-change 1s infinite;
        animation: color-change 1s infinite;
    }
</style>


<style type="text/css">
    TABLE#theTableID {
        display: none;
    }
</style>
