Baʼzida farzandni yolgʻiz tarbiyalayogan ona nikoh guvohnoma mavjud emasligi sababli turmush oʻrtogʻidan aliment undirish imkonsiz, deb oʻylaydi.
Ammo Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 96-moddasida har bir ota-ona oʻzining voyaga yetmagan farzandi uchun aliment toʻlashi shart ekanligi belgilangan.
Mana shu qoidalarga koʻra ota aliment toʻlashdan bosh torta olmaydi.Agar oʻz farzandini tan olmasa bunday hollarda qoʻshimcha tekshiruvlar, ekspertiza oʻtkazilishi mummkin.
Bolaning manfaatlari uchun ota-onadan aliment undirishda ularning ish joyiga egaligi ahamiyatga ega emas.
Oila kodeksining 99-moddasiga binoan aliment toʻlovi agarda ota ona oʻrtasida alohida kelishuv mavjud boʻlmasa sud tomonidan bolalar soniga qarab belgilanadi.
Ular quyidagicha:
ota-onaning har oydagi ish haqi va (yoki) boshqa daromadining:
bir bola uchun —toʻrtdan bir qismi;
ikki bola uchun —uchdan bir qismi;
uch va undan ortiq bola uchun —yarmisi miqdorida undiriladi.
Bunda har bir bola uchun undiriladigan aliment miqdori qonunchilik bilan belgilangan mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 26,5 foizidan kam boʻlmasligi kerak.
Aliment undirish uchun fuqarolik sudiga murojaat qilish mumkin.