Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari vaqtincha saqlash hibsxonalarining ichki tartib qoidalariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 18-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2929-4]
1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2017-yil 14-avgustdagi 171-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2929, 2017-yil 12-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 37-son, 1015-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari vaqtincha saqlash hibsxonalarining ichki tartib qoidalariga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oliy sudi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. TASHPULATOV
Toshkent sh.,
2026-yil 11-noyabr,
743-son
Kelishildi:
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B. ZAXIDOV
2026-yil 18-sentabr
Bosh prokuror N. YOʻLDOSHEV
2026-yil 22-sentabr
Oliy sud raisining birinchi o'rinbosari A. USMANOV
2026-yil 25-sentabr
Sogʻliqni saqlash vaziri E. ADILOV
2026-yil 2-oktabr
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2026-yil 11-noyabrdagi 743-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari vaqtincha saqlash hibsxonalarining ichki tartib qoidalariga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
1. 1-bandning ikkinchi xatboshisi “bunday shaxslar VСHda” degan soʻzlardan keyin “surishtiruvchining yoki” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2. 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman), uning oʻrinbosari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi mintaqaviy vakillari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlari VСHga moneliksiz kirish huquqiga ega. Bunda VСH maʼmuriyati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman), uning oʻrinbosari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi mintaqaviy vakillari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlarining xavfsizligi taʼminlanadi.”.
3. 14 va 15-bandlardagi “227-moddasiga” degan soʻzlar “225-moddasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 20-banddagi “tergovchining” degan soʻz “surishtiruvchining, tergovchining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.11.2026 y., 10/26/2929-4/1144-son)