XALQ DEPUTATLARI OLTINKOʻL TUMANI KENGASHINING
Qarori
2026-yil Oltinkoʻl tumani boʻyicha “Alkagol mahsulotlari”ni realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan “Alkagol mahsulotlari”ni realizatsiya qilish uchun yigʻimlarning cheklangan stavkalarini oshirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1105-sonli Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-387-son qarori ijrosini taʼminlash va “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6- va 24-moddalariga asosan, xalq deputatlari Oltinkoʼl tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar” toʻgʻrisidagi 387-sonli qarori 2-xatboshi “v”-bandida xalq deputatlari shahar Kengashlariga “Alkagol mahsulotlari”ni (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan “Alkagol mahsulotlari”ni (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish uchun yigʻimlarning cheklangan stavkalarini 20 foizgacha oshirish vakolati berilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. 2026-yil uchun Oltinkoʻl tumani hududida “Alkagol mahsulotlari”ni (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan “Alkagol mahsulotlari”ni (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish uchun yigʻimlarning miqdorlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi (S. Ergashev), tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari (B. Yulchiyev), tuman soliq inspeksiyasi boshligʻi (B. Ummatqulov) bilan birgalikda mazkur qaror oʻz vaqtida va samarali bajarilishini taʼminlash choralarini koʻrsin.
4.Mazkur qaror qabul qilingan kundan boshlab 3 oydan keyin kuchga kirishi belgilab qoʻyilsin.
5. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining mahalliy byudjetni shakllantirish va ijro etish iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi (X. Asranov) hamda туман hokimining birinchi oʻrinbosari (S. Ergashev) zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi X. ISOMIDDINOV
Andijon viloyati, Oltinkoʻl tumani,
2026-yil 30-aprel,
VII-15-22-1-15-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.