XALQ DEPUTATLARI ASAKA TUMANI KENGASHINING
Qarori
2026-yil Asaka tuman boʻyicha “Alkogol mahsulotlari”ni realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan “Alkogol mahsulotlari”ni realizatsiya qilish uchun yigʻimlarning cheklangan stavkalarini oshirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1105-sonli Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-387-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-, 24-moddalariga muvofiq xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyaning 2026-yil 3-fevral kungi 22-06/364-sonli xati hamda xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashi raisining 2026-yil 6-fevral kungi 2-05/25-sonli xatlari asos uchun qabul qilinsin.
2. Xalq deputatlari Asaka tuman Kengashining qaror loyihasi normativ-huquqiy hujjatlar portali (regulation.gov.uz)ga (ID 113782) jamoatchilik muhokamasiga joylashtirilganligi hamda takliflar kelib tushmaganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining Andijon viloyati hududiy boshqarmasining 2026-yil 17-aprel kungi 01-010/100-sonli xati hamda 16-sonli xulosasi va Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Andijon viloyati boshqarmasining 2026-yil 14-aprel kungi AN-182-sonli xulosasi inobatga olinsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar” toʻgʻrisidagi 387-sonli qarori 2-xatboshi “v”-bandida xalq deputatlari shahar Kengashlariga “Alkogol mahsulotlari”ni (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan “Alkogol mahsulotlari”ni (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish uchun yigʻimlarning cheklangan stavkalarini 20 foizgacha oshirish vakolati berilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
5. 2026-yil uchun tuman hududida “Alkogol mahsulotlari”ni (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan “Alkogol mahsulotlari”ni (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish uchun yigʻimlarning miqdorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. Asaka tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari-iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi v/b (Sh. Ibrohimov), Asaka tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari (T. Shakarimov), Asaka tuman soliq inspeksiyasi boshligʻi (I. Raximov) bilan birgalikda mazkur qaror oʻz vaqtida va samarali bajarilishini taʼminlash choralarini koʻrsin.
7. Mazkur qarorni nazorati Xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar boʻyicha doimiy komissiya zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi I. SULTONOV
Andijon viloyati, Asaka tumani,
2026-yil 20-may,
VII-19-38-1-17-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.