Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirining
buyrugʻi
“Respublikadan olib chiqib ketilishi mumkin boʻlmagan biologik obyektlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 1-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2603-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi va “Urugʻchilik toʻgʻrisida”gi qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-apreldagi PQ-3683-son “Oʻzbekiston Respublikasida urugʻchilik tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2014-yil 18-iyuldagi 6-son “Respublikadan olib chiqib ketilishi mumkin boʻlmagan biologik obyektlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2603, 2014-yil 24-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 30-son, 378-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir I. ABDURAHMONOV
Toshkent sh.,
2026-yil 21-iyul,
49-son
Kelishildi:
Sogʻliqni saqlash vaziri E. ADILOV
2026-yil 25-iyun
Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L. KUDRATOV
2026-yil 25-iyun
Iqtisodiyot va moliya vaziri J. KUCHKAROV
2026-yil 9-iyul
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2026 y., 10/26/2603-1/0816-son)