07.04.2026 yildagi VII-22-20-11-155-K/26-son
ONLINE TRANSLATE
Xalq deputatlari Dangʻara tumani Kengashining qarori, 07.04.2026 yildagi VII-22-20-11-155-K/26-son
Date of entry into force
08.07.2026
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XALQ DEPUTATLARI DANGʻARA TUMANI KENGASHINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2026-yilda Dangʻara tumani boʻyicha “Alkogol mahsulotlari”ni realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan “Alkogol mahsulotlari”ni realizatsiya qilish uchun yigʻimlarning cheklangan stavkalarini oshirish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2026-yilda Dangʻara tumani boʻyicha “Alkogol mahsulotlari”ni realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan “Alkogol mahsulotlari”ni realizatsiya qilish uchun yigʻimlarning cheklangan stavkalarini oshirish toʻgʻrisidagi tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi hamda Soliq inspeksiyasining murojaatiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1105-sonli Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy byudjetlar va byudjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, byudjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-387-sonli qaroriga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-, 24-moddalariga muvofiq xalq deputatlari Dangʻara tuman Kengashi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy byudjetlar va byudjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, byudjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar” toʻgʻrisidagi PQ-387-sonli Qarori bilan xalq deputatlari tuman Kengashlariga “Alkogol mahsulotlari”ni (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish huquqi uchun hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan “Alkogol mahsulotlari”ni (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish uchun yigʻimlarning cheklangan stavkalarini 20 foizgacha oshirish vakolati berilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 2026-yil uchun Dangʻara tumani hududida “Alkogol mahsulotlari”ni (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan “Alkogol mahsulotlari”ni (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish uchun yigʻimlarning miqdorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Tuman hokimining birinchi oʻrinbosari (I. Usmonov), tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻining birinchi oʻrinbosari (K. Latipov), tuman Soliq inspeksiyasi boshligʻi (T. Arzimatov)lar mazkur qarorni oʻz vaqtida va samarali bajarilishini hamda mazkur yigʻimlardan tushgan tushumlar toʻliq miqdorda tuman byudjetiga yoʻnaltirilishi yuzasidan chora-tadbirlarni belgilash vazifasi yuklatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Xalq deputatlari Dangʻara tumani Kengashi deputatlari “Alkogol mahsulotlari”ni (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan “Alkogol mahsulotlari”ni (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish uchun yigʻimlar boʻyicha jamoatchilik nazorati oʻrnatish tavsiya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar boʻyicha doimiy komissiyasiga, qarorning ijrosini taʼminlash tuman hokimining birinchi oʻrinbosari (I. Usmonov) zimmasiga yuklatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qaror eʻlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash raisi DADABOYEV KAYUM KADIROVICH
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fargʻona viloyati, Dangʻara tumani,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2026-yil 7-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII-22-20-11-155-K/26-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.