28.04.2026 yildagi VII-30-51-13-185-K/26-son
ONLINE TRANSLATE
Xalq deputatlari Qoʻngʻirot tumani Kengashining qarori, 28.04.2026 yildagi VII-30-51-13-185-K/26-son
Date of entry into force
28.04.2026
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XALQ DEPUTATLARI QOʻNGʻIROT TUMANI KENGASHINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻngʻirot tumanidagi fermer xoʻjaliklari hamda qishloq xoʻjaligi korxonalariga 2026-yil vegetatsiya davrida ajratilgan suv limiti va haqiqiy olinadigan suv miqdorini tasdiqlash toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻngʻirot tumanidagi fermer xoʻjaliklari hamda qishloq xoʻjaligi korxonalariga 2026-yil vegetatsiya davrida ajratilgan suv limiti va haqiqiy olinadigan suv miqdorini tasdiqlash toʻgʻrisidagi Qoʻngʻirot tumani “Suv yetkazib berish xizmati” DM boshligʻi v.v.b N. Tureev taklifi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq, Xalq deputatlari Qoʻngʻirot tuman Kengashi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi PQ-5-sonli qarori ijrosi uchun rahbarlikka olinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Qoʻngʻirot tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasining 2026-yil 25-martdagi 01/03-32-sonli “Qoʻngʻirot tumanidagi fermer xoʻjaliklari hamda qishloq xoʻjaligi korxonalariga 2026-yil vegetatsiya davrida ajratilgan suv limiti va haqiqiy olinadigan suv miqdorini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi taklifi maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qoʻngʻirot tumanida vegetatsiya davrida qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorish uchun fermer xoʻjaliklari hamda qishloq xoʻjaligi korxonalari kesimida ajratilgan suv olish limitlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Qoʻngʻirot tumani “Suv yetkazib berish xizmati” Davlat muassasasi (Tureyev), Qoʻngʻirot tumani fermer, dehqon xoʻjaliklari hamda tomorqa yer egalari Kengashi tegishli muassasalar bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi PQ-5-sonli qaroriga asosan 2025-yilning vegetatsiya davri uchun ajratilgan limitlar asosida fermer xoʻjaliklariga suv yetkazib berish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni belgilasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Ushbu qarorning ijrosini taʼminlash tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosariga va tuman “Suv yetkazib berish xizmati” Davlat muassasasi (Tureev) ga yuklatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari Qoʻngʻirot tuman Kengashining agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasiga yuklatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash raisi MATMURATOVA MUNIRA XALILLAYEVNA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qoʻngʻirot tumani,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2026-yil 28-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII-30-51-13-185-K/26-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.