19.03.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3097-11
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining buyrugʻi, 19.03.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3097-11
Date of entry into force
19.03.2026
Hujjat 19.03.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrugʻi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat yongʻin nazorati organlari faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 19-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3097-11]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-son “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-apreldagi PF-66-son “Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida davlat nazoratini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni va 2025-yil 20-oktabrdagi PQ-310-son “Favqulodda vaziyatlar organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qurilish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 28-oktabrdagi 228-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3097, 2018-yil 11-dekabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.12.2018-y., 10/18/3097/2314-son) bilan tasdiqlangan Davlat yongʻin nazorati organlari faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazir A. IKRAMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2026-yil 2-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining 2026 yil 2-martdagi 46-son buyrugʻiga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat yongʻin nazorati organlari faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 3-bandning uchinchi xatboshisidagi “va Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmalari” degan soʻzlar “favqulodda vaziyatlar boshqarmalari, Toshkent shahar va Toshkent viloyati favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 541-banddagi “Loyiha-smeta hujjatlarini” degan soʻzlar “Loyiha-smeta hujjatlarining arxitektura qismini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. 60-bandning oltinchi xatboshisidagi “qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektdan” degan soʻzlar “qurilishi tugallangan obyektni topshirish-qabul qilish va” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. 62-banddagi “Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi” degan soʻzlar “Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi xatboshidagi “Qurilish ishlari tugallangan obyektlarni” degan soʻzlar “Qurilishi tugallangan obyektlarni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi xatboshidagi “Qurilish ishlari tugallangan obyektning” degan soʻzlar “Qurilishi tugallangan obyektning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. 65-banddagi “qurilish ishlari tugallangan obyektni” degan soʻzlar “qurilishi tugallangan obyektni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. 66-banddagi “ShNQ 3.01.04 “Qurilish ishlari tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilish” degan soʻzlar “ShNQ 3.01.04 “Qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi xatboshidagi “Qurilish ishlari tugallangan obyektni DYON organi vakili uch ish kuni” degan soʻzlar “Qurilishi tugallangan obyektni DYON organi vakili oʻn ish kuni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi xatboshidagi “aniq asoslarini” degan soʻzlar “ularni koʻrib chiqishni rad etishning aniq asoslarini va qonunchilik hujjatlari normalarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. 72-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“72. Qurilishi tugallanganidan soʻng, davlat sirlari yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirlar bilan bogʻliq qurilishi tugallangan obyektlar, shuningdek davlat ahamiyatiga ega obyektlarda foydalanishga qabul qilish komissiyasi dalolatnomalarida DYON inspektorining imzosisiz yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-son qarori bilan tasdiqlangan Qurilishi tugallangan obyektni topshirish-qabul qilish va foydalanish uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentida nazarda tutilgan obyektlarda QR-kodli xulosasisiz faoliyat koʻrsatilayotganligi aniqlanganda, bu toʻgʻrisida zudlik bilan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, arxitektura va qurilish organlari hamda hududiy nazorat inspeksiyasi xabardor qilinadi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. 131-banddagi “mahalliy davlat hokimiyati organlaridagi” degan soʻzlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridagi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026 y., 10/26/3097-11/0262-son)