19.01.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1733-3
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining buyrugʻi, 19.01.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1733-3
Date of entry into force
21.01.2026
Hujjat 21.01.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TRANSPORT VAZIRLIGI HUZURIDAGI FUQARO AVIATSIYASI AGENTLIGI DIREKTORINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
BUYRUGʻI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi aviatsiya qoidalari “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi bortkuzatuvchilarining ishlarini tashkil etish qoidalari”ga (OʻzR AQ-95) oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 19-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1733-3]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-iyundagi PF-94-son “Maʼmuriy islohotlar doirasida transport sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2007-yil 20-sentabrdagi 145-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1733, 2007-yil 26-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 43-son, 439-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi aviatsiya qoidalari “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi bortkuzatuvchilarining ishlarini tashkil etish qoidalari”ga (OʻzR AQ-95) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil hamda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Direktor rinbosari O. LIM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2026-yil 5-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-н-son

Kelishildi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Transport vaziri I. MAXKAMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 28-noyabr
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 19-noyabr
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil oʻrinbosari J. URUNOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 18-noyabr
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 5-yanvardagi 7-н-son buyrugʻiga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi aviatsiya qoidalari “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi bortkuzatuvchilarining ishlarini tashkil etish qoidalari”ga (OʻzR AQ-95) kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Muqaddimaning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ushbu Aviatsiya qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi havo kemalari bortkuzatuvchilarining ishlarini tashkil etish tartibini belgilaydi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 11 va 30-bandlardagi “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi xodimlariga guvohnomalar berish va ularni tasniflash” Aviatsiya qoidalari (OʻzRAQ-61) (2004-yil 7-may, roʻyxat raqami 1349)” degan soʻzlar “Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimi guvohnomasini berish” Oʻzbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalari (OʻZR AQ-61) (roʻyxat raqami 3609, 2025-yil 24-fevral)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2026 y., 10/26/1733-3/0060-son)