Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 06.08.1998 yildagi 338-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori , 06.08.1998 yildagi 338-son
Date of entry into force
06.08.1998
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 27.06.2001 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1998 YILDA MEVA-SABZaVOT MAHSULOTLARINI TAYYORLASh, QAYTA IShLASh VA SOTISh ChORA-TADBIRLARI HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sabzavot, hoʻl meva, poliz mahsulotlari, uzum yetishtirishni koʻpaytirish, tayyorlash, yetishtirilgan hosilni oʻz vaqtida va nobud qilmay qayta ishlash va sotish, shuningdek, respublika tashqarisida sotish bozorlarini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi tomonidan “Oʻzmevasabzavotuzumsanoatxolding” xolding kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi “Mevasabzavot”ning hududiy birlashmalari Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi bilan birgalikda ishlab chiqilgan 1998-yilda meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy turlarini yetishtirish sanoat turini qayta ishlash, isteʼmol va eksport qilishning 1, 1a, 1b, 1v, va 1g-ilovalarga* muvofiq prognoz koʻrsatkichlari maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 1, 1a, 1b, 1v, va 1g-ilovalar berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi zarurat boʻlganda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning barcha toifalarini qamrab oluvchi statistika hisoboti va tekshirish-qoʻshimcha shakllarini joriy etgan holda 1999-yildan boshlab meva-sabzavot mahsulotlari va uzum yetishtirish hamda ulardan foydalanishning prognoz balansi ishlab chiqilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
meva-sabzavot mahsulotlari va uzum “Oʻzmevasabzavotuzumsanoatxolding” xolding kompaniyasining ixtisoslashtirilgan xoʻjaliklarida va “Mevasabzavot”ning hududiy birlashmalarida ustuvor yetishtirilishini taʼminlasinlar, bunda prognoz balansiga muvofiq meva-sabzavot ekinlari va uzum yetishtirish uchun zarur yer maydonlari ajratilishiga alohida eʼtibor bersinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzmevasabzavotuzumsanoatxolding” xolding kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi Davlat bojxona qoʻmitasi “Oʻzdavstandart” markazi “Oʻzdavkarantin” Markaziy bank va tijorat banklari bilan birgalikda hududiy komissiyalar tashkil etsinlar, ularga hoʻl meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish, ularni sanoat yoʻli bilan qayta ishlash, ichki bozorni toʻldirishni va eksportni taʼminlash boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Oʻzmevasabzavotuzumsanoatxolding” kompaniyasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻshimcha resurslarni qidirib topsin va 1998-yilda qayta ishlash boʻyicha ishlab turgan ishlab chiqarish quvvatlarini ish bilan taʼminlashni oʻtgan yilgi darajaga nisbatan: sabzavotlar boʻyicha 2 baravar hoʻl meva boʻyicha 16 baravar uzum boʻyicha 13 baravar koʻpaytirishni taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash boʻyicha ishlab turgan quvvatlarni qayta roʻyxatdan oʻtkazsin, ularni qayta ixtisoslashtirish va zamonaviylashtirish, shuningdek investitsiya loyihalari tugallanishi va Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 18-iyuldagi 363-son qarori bilan tasdiqlangan mahsulotlar eksportini rivojlantirish dasturi bajarilishi boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2000-yilda tizimning qayta ishlash korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasini kamida sabzavotlar boʻyicha 70 foizga, hoʻl meva boʻyicha 60 foizga, uzum boʻyicha 85 foizga yetkazishni taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga xorijiy investitsiyalar va texnologiyalarni jalb etish xorijiy investorlar bilan birgalikda qoʻshma korxonalar tashkil etish 1998—2000-yillarda ishlab chiqarishni zamonaviylashtirish va yangilash boʻyicha aniq dasturni kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilansinki, hoʻl meva-sabzavot mahsulotlarini markazlashtirilmagan holda eksport qilish tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan 2-ilovaga muvofiq tartibda beriladigan ruxsatnomalar asosida amalga oshiriladi. Hokimliklar tegishli ruxsatnomalarni berishda ichki bozor ehtiyojlarini ustuvor taʼminlash zaruriyatidan kelib chiqsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zarur hujjatlarni tezlikda rasmiylashtirishga koʻmaklashish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari har bir tuman va shahar hokimligi huzurida banklar bojxona xizmatlari “Oʻzdavstandart” markazining mintaqaviy organlari karantin va epidemiologiya xizmatlarining masʼul xodimlaridan iborat ishchi guruhlar tashkil etsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Belgilab qoʻyilsinki, hoʻl meva-sabzavot mahsulotlari yuridik shaxslar tomonidan chetga olib chiqilishida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xaridorning import qiluvchilar bank organlari yoki mintaqalari maʼmuriyatlari tomonidan tasdiqlangan kafolat majburiyatlari mavjudligi yetkazib berilgan mahsulot uchun pul yoki moddiy-texnika resurslarining oʻz vaqtida tushishi xizmat koʻrsatuvchi bankda kontraktlarni roʻyxatdan oʻtkazishning sharti hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Istisno hollarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarorlariga koʻra muqobil bank kafolatlari taqdim etilgan yoki ishlab chiqarish-texnika maqsadlaridagi tovarlar oldindan yetkazib berilgan taqdirda, shuningdek valyuta mablagʻlarining bir qismi belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli bankiga majburiy sotilganda barter kontraktlar tuzilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi aʼzolari tomonidan meva-sabzavot mahsulotlarini chetga chiqarishga hujjatlarni rasmiylashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 22-apreldagi 168-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1998-yil 2-iyulda 450-raqami bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan tartib asosida amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi aʼzolari meva-sabzavot mahsulotlarini chetga chiqarishga ruxsatnomani tegishli tuman va shahar hokimliklaridan oladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligiga meva-sabzavot mahsulotlari respublika tashqarisiga joʻnatilganligi toʻgʻrisidagi tezkor maʼlumotlarni har oyning 1 va 16-kunlarida 3-ilovaga* muvofiq shakl boʻyicha taqdim etsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 3-ilova berilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (Z. Almatov) hoʻl meva-sabzavot mahsulotlari va ularni qayta ishlashdan olingan mahsulotlar ortilgan avtotransport respublika hududida toʻsiqsiz harakat qilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat aksiyadorlik kompaniyasi (N. E. Ermetov) va “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi (A. R. Roʻzmetov) yuqorida bayon qilib oʻtilgan Tartibga muvofiq joʻnatish hujjatlarining oʻz vaqtida berilishini va yuk topshirilgan kundan boshlab ikki kecha-kunduzdan ortiq boʻlmagan muddatda meva-sabzavot mahsulotlarini joʻnatuvchiga transport vositalari ajratilishini taʼminlasinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. “Oʻzmevasabzavotuzumsanoatxolding” xolding kompaniyasining qayta ishlovchi korxonalarining va “Mevasabzavot” hududiy birlashmalarining sanoat yoʻli bilan qayta ishlashga yoʻnaltirilayotgan meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish uchun aylanma mablagʻlarini toʻldirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muddatida toʻlanmagan toʻlovlar va budjetga toʻlovlar boʻyicha hisoblangan penyalarni 1998-yil 1-iyulda shakllangan holatiga koʻra hisobdan chiqarsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boʻshab qolgan mablagʻlarni meva-sabzavot mahsulotlari va uzum tayyorlashga maqsadli yoʻnaltirgan holda 1998-yil avgust-sentyabr oylari uchun “Oʻzmevasabzavotuzumsanoatxolding” xolding kompaniyasi va “Mevasabzavot” birlashmasi korxonalariga hisoblangan budjetga toʻlovlarni (aksiz soligʻidan tashqari) istisno tariqasida 1998-yil 1-oktabrgacha kechiktirsinlar. Muddati kechiktirilgan toʻlovlar 1999-yil yanvar oyidan boshlab 3 oy davomida teng ulushlarda toʻlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Paxta-bank” va boshqa tijorat banklarining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
berilgan kreditlar boʻyicha 1998-yil 1-yanvardagi holatiga koʻra hisoblangan muddati oʻtkazib yuborilgan foizlarni tijorat banklarining oʻz resurslari hisobiga hisobdan chiqarish haqidagi;
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning oltinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 15-yanvardagi 24-sonli qarori bilan chiqarilgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1998-yil 1-avgustdan boshlab 6 oyga uzaytirish haqida qayta tayyorlash uchun ishlatiladigan 1998-yil hosili meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlashga Markaziy bankning qayta mablagʻ bilan taʼminlash stavkasidan koʻp boʻlmagan foizli stavka bilan birinchi navbatda kredit berish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I. X. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1998-yil 6-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
338-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
1998-yil 6-avgustdagi 338-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1998-yil meva-sabzavot mahsulotlarini Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga olib chiqish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARTIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Tartib Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi aʼzosi boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan hoʻl meva-sabzavot mahsulotlari chetga olib chiqilishiga joriy etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi aʼzolari tomonidan meva-sabzavot mahsulotlari chetga olib chiqilishi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998-yil 2-iyulda 450-raqami bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan tartibda rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Eksport qiluvchi hoʻl meva-sabzavot mahsulotlarini chetga chiqarish maqsadida tegishli ruxsatnoma olish uchun tuman yoki shahar hokimligiga buyurtmanoma beradi. Buyurtmanomaga quyidagilar ilova qilinadi:
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 27-iyundagi 276-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan—OʻR QHT, 2001-y., 12-son, 83-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) import qiluvchining mamlakati bankining yoki import qiluvchilar mintaqalari maʼmuriyatining kafolat majburiyatlari bilan tasdiqlangan import qiluvchi xaridor bilan tuzilgan kontrakt.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Istisno hollarda eksport qiluvchi barter bitimi tuzish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining ruxsatnomasini olishi shart. Bunday ruxsatnoma ular tomonidan yetkazib berilayotgan mahsulot uchun pul yoki moddiy-texnika resurslari oʻz vaqtida tushganligi toʻgʻrisidagi import qiluvchilar mintaqalari bank tashkilotlari yoki maʼmuriyati tomonidan tasdiqlangan xaridorning kafolat majburiyatlari mavjud boʻlgan taqdirda beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Tuman yoki shahar hokimligi bir kecha-kunduzda buyurtmanomani koʻrib chiqadi va mazkur Tartibga ilovaga muvofiq shakl boʻyicha u haqda tegishli qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Eksport qiluvchi hokimlik huzurida tashkil etilgan tezkor guruh yordamida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) oʻz kontraktini xizmat koʻrsatuvchi bankda roʻyxatdan oʻtkazadi. Bank kontrakt taqdim etilgan kundan boshlab ikki kecha-kunduzdan kechikmay kontraktni roʻyxatdan oʻtkazishi kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) quyidagilarni:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzdavstandart” markazining mahalliy organlaridan muvofiqlik sertifikatini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining mahalliy ekspertiza organlaridan TS-1 shakl boʻyicha mahsulotning kelib chiqishi sertifikatini (tez buziladigan mahsulotlardan tashqari);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzdavkarantin” boʻlinmalaridan fitosanitariya sertifikatini oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Barcha sertifikatlar zarur hujjatlar taqdim etilgandan keyin bir kecha-kunduz davomida beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Eksport qiluvchi foydalaniladigan transportga qarab uni olish uchun “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat aksiyadorlik kompaniyasi yoki “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasining hududiy boʻlinmalariga murojaat qiladi, buning uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyurtmanomani;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hokimlikning ruxsatnomasini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kontraktni taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Transport kompaniyalari tashish hujjatlari (yukxatlari)ni hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab ikki kecha-kunduzda rasmiylashtirishlari va berishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Eksport qiluvchi foydalaniladigan transportga qarab yukni joʻnatishni rasmiylashtirish maqsadida temir yoʻl stansiyasiga yoki aeroportga murojaat qiladi, buning uchun ularga tashish hujjatlari (yukxatlari) taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Eksport qiluvchi hokimlikning tezkor guruhi yordamida Davlat bojxona qoʻmitasining mahalliy boʻlimida yuk eksportini rasmiylashtiradi, buning uchun yuk bojxona deklaratsiyasini toʻldiradi va:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) kontraktni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) hokimlikning ruxsatnomasini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) fitosanitariya sertifikatini taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.