Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.08.2023 28.12.1993 yildagi 1006-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 28.12.1993 yildagi 1006-XII-son
Date of entry into force
27.01.1994
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.08.2023
Hujjat 27.01.1994 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 27-fevraldagi OʻRQ-819-sonli “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 2023-yil 29-avgustdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasida mahsulotlar, xizmatlar va boshqa obyektlarni (matnda bundan keyin “mahsulotlar” deb yuritiladi) sertifikatlashtirishning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslarini, shuningdek sertifikatlashtirish ishtirokchilarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini belgilab beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I BOB. UMUMIY QOIDALAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Asosiy tushunchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar ishlatilmoqda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“sertifikatlashtirish milliy tizimi” — davlat miqyosida amal qiladigan, sertifikatlashtirish oʻtkazishda oʻz tartib va boshqaruv qoidalariga ega boʻlgan tizim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“mahsulotlarni sertifikatlashtirish” (matnda bundan keyin “sertifikatlashtirish” deb yuritiladi) — mahsulotlarning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlashga oid faoliyat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“muvofiqlik sertifikati” — sertifikatlangan mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash uchun sertifikatlashtirish tizimi qoidalariga binoan berilgan hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“muvofiqlik belgisi” — muayyan mahsulot yoxud xizmat aniq standartga yoki boshqa normativ hujjatga mos ekanligini koʻrsatish uchun mahsulotga yoxud koʻrsatilgan xizmatga doir hujjatga qoʻyiladigan, belgilangan tartibda roʻyxatga olingan belgi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“bir turdagi mahsulotlarni (ishlarni, xizmatlarni) sertifikatlashtirish tizimi” — ayni bir xil standartlar va qoidalar qoʻllaniladigan muayyan mahsulotlar, ishlar yoki xizmatlarga taalluqli sertifikatlashtirish tizimi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“sinov laboratoriyasini akkreditatsiya qilish” — sinov laboratoriyasining (markazining) muayyan mahsulot sinovini yoki muayyan sinov turini amalga oshirishga doir vakolatlarining rasmiy eʼtirofi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Sertifikatlashtirishning maqsad va vazifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sertifikatlashtirish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
odamlarning hayoti, sogʻligʻi, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki hamda atrof muhit uchun xavfli boʻlgan mahsulotlar realizatsiya qilinishini nazorat etib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsulotlarning jahon bozorida raqobat qila olishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakat korxonalari, qoʻshma korxonalar va tadbirkorlar xalqaro miqyosdagi iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy hamkorlikda va xalqaro savdo-sotiqda ishtirok etishlari uchun sharoit yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmolchini tayyorlovchining (sotuvchining, ijrochining) vijdonsizligidan himoya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsulot tayyorlovchisi (sotuvchisi, ijrochisi) taʼkidlagan sifat koʻrsatkichlarini tasdiqlash maqsadlarida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sertifikatlashtirish majburiy va ixtiyoriy tusda boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Sertifikatlashtirish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sertifikatlashtirish sohasidagi munosabatlar mazkur Qonun va unga muvofiq chiqariladigan Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan, Qoraqalpogʻiston Respublikasida esa — Qoraqalpogʻiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Xalqaro shartnomalar va bitimlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Basharti, xalqaro shartnoma yoki bitimda sertifikatlashtirish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan oʻzgacha qoidalar belgilangan boʻlsa, u holda xalqaro shartnoma yoki bitimning qoidalari qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish organlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Davlat standartlash, metrologiya va sertifikatsiya markazi (matnda bundan keyin “Oʻzdavstandart” deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasining milliy sertifikatlashtirish organidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzdavstandart” mazkur Qonunga muvofiq:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sertifikatlashtirish sohasida davlat siyosatini amalga oshiradi, sertifikatlashtirish oʻtkazish yuzasidan umumiy qoidalarni belgilaydi, ular toʻgʻrisida rasmiy axborotlar eʼlon qilib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish dasturlarining loyihalarini ishlab chiqadi hamda ularni Hukumat muhokamasiga taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda sertifikatlashtirishning xalqaro tizimlariga qoʻshilish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi, shuningdek sertifikatlashtirish natijalarini oʻzaro eʼtirof etish toʻgʻrisida bitimlar tuzadi, sertifikatlashtirish masalalari boʻyicha boshqa davlatlar bilan oʻzaro munosabatlarda va xalqaro tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasi nomidan ish koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
majburiy ravishda sertifikatlanadigan mahsulotlarning roʻyxatini belgilaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish organlarini va sinov laboratoriyalarini (markazlarini) akkreditatsiya qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sertifikatlangan mahsulotlarning, akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalarining (markazlarining), ekspertlarning Davlat reyestrini yuritadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirishga akkreditatsiya qilingan organlar va sinov laboratoriyalari (markazlari) sertifikatlashtirish qoidalariga rioya etishi ustidan va sertifikatlangan mahsulotlar ustidan davlat tekshiruvi va nazoratini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarining normalari buzilganligi uchun muvofiqlik sertifikatlari va muvofiqlik belgilarini bekor qiladi hamda amal qilishini toʻxtatib qoʻyadi, sertifikatlashtirish organlarining akkreditatsiya qilinganlik toʻgʻrisidagi guvohnomalarini bekor qiladi, sinov laboratoriyalarining (markazlarining) faoliyatini tugatadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzdavstandart” sertifikatlashtirish sohasidagi faoliyatini moliyaviy taʼminlash manbai — davlat budjeti mablagʻi, shuningdek “Oʻzdavstandart” agentligi koʻrsatayotgan xizmat uchun olinadigan haqdan iborat.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirishga akkreditatsiya qilingan organlar:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish tizimlarini tuzadilar va ularning amal qilishini taʼminlaydilar;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sertifikatlashtirishni tashkil etadilar va oʻtkazadilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
milliy muvofiqlik sertifikatlarini rasmiylashtiradilar, beradilar yoki chet el muvofiqlik sertifikatlarini eʼtirof etadilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sertifikatlangan mahsulotlar ustidan nazoratni amalga oshiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sinov laboratoriyalarini (markazlarini) va sertifikatlashtirish organlarini akkreditatsiya qilish bilan bogʻliq sarf-xarajatlarni arizachi qoplaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishli sertifikatlashtirish tizimi belgilagan tartibda akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalari (markazlari) muayyan mahsulotlarning sinovini yoki muayyan sinov turini amalga oshiradilar hamda sertifikatlashtirish maqsadlari uchun bayonnomalar beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzdavstandart” oʻz vazifalarining bir qismini bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish organlariga va sinov laboratoriyalariga (markazlariga) oʻtkazishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Sertifikatlashtirish obyektlari va subyektlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahsulotlar (shu jumladan dasturiy va boshqa ilmiy-texnikaviy mahsulotlar), xizmatlar, shuningdek sifat tizimlari sertifikatlashtirish obyektlari hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzdavstandart” va davlat boshqaruvining boshqa organlari, “Oʻzdavstandart” tomonidan akkreditatsiya qilingan yoki eʼtirof etilgan sertifikatlashtirish organlari, sinov laboratoriyalari (markazlari), mulk shaklidan qatʼi nazar, mahsuloti sertifikatlashtirilishi lozim boʻlgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, jismoniy shaxslar sertifikatlashtirish subyektlari hisoblanadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sertifikatlashtirish subyektlari — yuridik shaxslar sertifikatlashtirish milliy tizimi doirasida sertifikatlashtirish tizimlari tuzishlari mumkin. Yuridik shaxslarning sertifikatlashtirish tizimlari “Oʻzdavstandart” belgilagan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II BOB. SERTIFIKATLAShTIRISh FAOLIYATIGA DOIR UMUMIY TALABLAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda. Muvofiqlik sertifikati va muvofiqlik belgisi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligi tasdiqlangani taqdirda sertifikatlashtirish organi muvofiqlik sertifikati beradi, tayyorlovchi ana shu sertifikat asosida muvofiqlik belgisini ishlatish huquqiga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sertifikatlashtirish tizimida foydalaniladigan muvofiqlik sertifikatlarining, akkreditatsiya qilinganlik toʻgʻrisidagi guvohnomalarning namunalari, milliy muvofiqlik belgisining shakllari va hajmlari “Oʻzdavstandart” tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muvofiqlik sertifikatlari, muvofiqlik belgilari, sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalarining (markazlarining) akkreditatsiya qilinganlik toʻgʻrisidagi guvohnomalari “Oʻzdavstandart” tomonidan belgilangan tartibda Davlat reyestridan oʻtkazilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilmagan muvofiqlik sertifikatlari, muvofiqlik belgilari, sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalarining (markazlarining) akkreditatsiya qilinganlik toʻgʻrisidagi guvohnomalari haqiqiy emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muvofiqlik sertifikatidan, muvofiqlik belgisidan foydalanish huquqini hamda sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalarining (markazlarining) akkreditatsiya qilinganlik toʻgʻrisidagi guvohnomalarini arizachi boshqa yuridik yoki jismoniy shaxsga berishi man etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda. Sertifikatlashtirish faoliyatini amalga oshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirishga akkreditatsiya qilingan organlar va sinov laboratoriyalari (markazlari) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilab qoʻygan tartibda beriladigan litsenziya asosida muvofiqlik sertifikati beradilar va sertifikatlashtirish maqsadida sinov oʻtkazadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya shartnomalari tuzish tartibini “Oʻzdavstandart” belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahsulotlarni sertifikatlashtirish vaqtida arizachiga muvofiqlik sertifikatini yoki muvofiqlik belgisini qoʻllash huquqi akkreditatsiya qilingan tegishli sertifikatlashtirish organi bilan tuzilgan bitim asosida beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda. Sertifikatlashtirish toʻgʻrisida axborot
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzdavstandart” tayyorlovchilarni (ijrochilarni), sotuvchilarni, isteʼmolchilarni va boshqa manfaatdor shaxslarni sertifikatlashtirishning amaldagi tizimlari, ularning organlari, sinov laboratoriyalari (markazlari), ekspertlar toʻgʻrisida, shuningdek muvofiqlik sertifikatlari, muvofiqlik belgilari va ularni qoʻllash qoidalari toʻgʻrisida xabardor etib boradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sertifikatlashtirish organlari arizachiga uning talabiga binoan mahsulotni sertifikatlashtirish uchun kerakli axborotni berishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arizachi sertifikatlashtirish organining talabiga binoan sertifikatlashtirish bilan bogʻliq axborotni taqdim etishi shart, tijorat siri hisoblangan maʼlumotlar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III BOB. MAHSULOTLARNI MAJBURIY VA IXTIYORIY SERTIFIKATLAShTIRISh
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda. Majburiy sertifikatlashtirishni joriy etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Majburiy sertifikatlashtirishni oʻtkazish ishlarini tashkil etish “Oʻzdavstandart” zimmasiga yoki uning topshirigʻiga binoan boshqa sertifikatlashtirish organlariga (ularni albatta akkreditatsiya qilgan holda) yuklatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sertifikatlashtirilishi shart boʻlgan mahsulotlarning roʻyxatini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Odamlarning hayoti, sogʻligʻi, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga hamda atrof muhitga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan mahsulotlarni tayyorlash, ulardan foydalanish, ularni tashish yoki saqlash xavfsizligini taʼminlovchi talablar boʻlmagan taqdirda davlat boshqaruvining tegishli organi bunday talabnomalarni kechiktirmay ishlab chiqishi va amalga kiritishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-modda. Majburiy sertifikatlashtirishni oʻtkazish shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Majburiy sertifikatlashtirish normativ hujjatlarning talablariga muvofiq mahsulot xususiyatini aniqlash uchun uni sinashni, sertifikatlangan mahsulot ustidan davlat tekshiruvi va nazorati oʻrnatishni oʻz ichiga oladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sinovlar akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalari (markazlari) tomonidan tegishli normativ hujjatlarda belgilangan usullarda, bunday hujjatlar boʻlmagan taqdirda esa tegishli sertifikatlashtirish organlari ishlab chiqqan usullarda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Majburiy sertifikatlashtirish ishlari uchun arizachi qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan tartibda haq toʻlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arizachi oʻz mahsulotini majburiy sertifikatlashtirishdan oʻtkazishga sarflagan mablagʻlar summasi shu mahsulot tannarxiga qoʻshiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Majburiy sertifikatlashtirilishi lozim boʻlgan, ammo muvofiqlik sertifikatiga ega boʻlmagan mahsulotni targʻib qilish man etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-modda. Majburiy sertifikatlashtirilishi lozim boʻlgan mahsulotlarga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Majburiy sertifikatlashtirilishi lozim boʻlgan mahsulotlar quyidagi hollarda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sertifikatlashtirishga taqdim etilmagan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sertifikatlashtirish talablariga muvofiq emasligi sababli sertifikatlashtirishdan oʻtmagan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar sertifikatning amal qilish muddati tugagan yoki uning amal qilishi toʻxtatib qoʻyilgan (bekor qilingan) boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi hududida realizatsiya qilinishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunga xilof tarzda muvofiqlik belgisi bosilgan mahsulotlarni realizatsiya qilish man etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-modda. Tayyorlovchilarning (tadbirkorlarning) mahsulotlarni majburiy sertifikatlashtirish vaqtidagi majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Majburiy sertifikatlashtirilishi lozim boʻlgan mahsulotlarni realizatsiya qiluvchi tayyorlovchilar (tadbirkorlar):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
majburiy sertifikatlashtirilishi lozim boʻlgan mahsulotni sertifikatlashtirishga taqdim etishlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sertifikatlangan mahsulotni sertifikatlash organlarining oʻzi yoki ular eʼtirof etgan organlar bergan sertifikat mavjud boʻlgan taqdirdagina realizatsiya qilishlari va uning normativ hujjatlar talablariga mos boʻlishini taʼminlashlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sertifikatlangan mahsulotni, basharti, u normativ hujjat talablariga muvofiq kelmasa, shuningdek sertifikatning amal qilish muddati tugagan yoxud uning amal qilishi sertifikatlashtirish organining qarori bilan toʻxtatib qoʻyilgan yoki bekor qilingan boʻlsa, realizatsiya qilishni toʻxtatib qoʻyishlari yoki tugatishlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
majburiy sertifikatlashtirilishi lozim boʻlgan mahsulotni sertifikatlashtiruvchi va sertifikatlangan mahsulotni nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari oʻz vakolatlarini moneliksiz bajarishlari uchun sharoit yaratishlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sertifikatlangan mahsulot ishlab chiqarishning texnikaviy hujjatlariga yoki texnologik jarayoniga kiritilgan oʻzgartishlar haqida sertifikatlashtirish organini belgilangan tartibda xabardor etishlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilova qilingan texnik hujjatda mahsulot muvofiq kelishi lozim boʻlgan sertifikatlashtirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni hamda normativ hujjatlarni koʻrsatishlari va bu maʼlumotlar isteʼmolchi (xaridor, buyurtmachi) eʼtiboriga yetkazilishini taʼminlashlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-modda. Chetdan olib kelinadigan va chetga olib chiqib ketiladigan mahsulotlarni majburiy sertifikatlashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Majburiy sertifikatlashtirilishi lozim boʻlgan mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasiga yetkazib berish uchun tuziladigan kontraktlar (shartnomalar) shartida mahsulotlarning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi, “Oʻzdavstandart” tomonidan berilgan yoki eʼtirof etilgan muvofiqlik sertifikatlari va muvofiqlik belgilari boʻlishi nazarda tutilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Milliy muvofiqlik sertifikatlari va muvofiqlik belgilari yoki boshqa davlatlarning “Oʻzdavstandart” tomonidan eʼtirof etilgan muvofiqlik sertifikatlari va muvofiqlik belgilari arizachi (mahsulot yetkazib beruvchi) tomonidan bojxona nazorati organlariga yukka taalluqli bojxona deklaratsiyasi bilan birgalikda taqdim etiladi va ular mahsulotni respublika hududiga olib kirishga ruxsatnoma olish uchun zarur hujjatlar hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chetdan olib kelinayotgan mahsulotning xavfsiz ekanligini tasdiqlovchi hujjati boʻlmagan taqdirda bojxona nazorati organlari bu xususda “Oʻzdavstandart”ni xabardor etadilar hamda mahsulotni sertifikatlashtirishdan oʻtkazish yoki chet el sertifikatini eʼtirof etish toʻgʻrisidagi masala sertifikatlashtirish milliy tizimi qoidalariga muvofiq hal etilgunga qadar bu mahsulotni chetdan olib kirishni taqiqlab qoʻyadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sertifikatlashtirilishi shart boʻlgan mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-modda. Majburiy sertifikatlashtirish ishlarining davlat tomonidan moliyaviy taʼminoti
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagi ishlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sertifikatlashtirishni rivojlantirishning istiqbollarini, uni oʻtkazish qoidalari va tavsiyalarini ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sertifikatlashtirish sohasida rasmiy axborotlar bilan taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro (mintaqaviy) sertifikatlashtirish tashkilotlari ishida qatnashish hamda chet el milliy sertifikatlashtirish organlari bilan birgalikda ishlar oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sertifikatlashtirish yuzasidan xalqaro (mintaqaviy) qoidalar va tavsiyalar ishlab chiqish hamda ularni ishlab chiqishda qatnashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sertifikatlashtirish yuzasidan umumdavlat ahamiyatiga molik ilmiy-tadqiqot ishlari va boshqa ishlar olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sertifikatlashtirish qoidalariga rioya etilishi ustidan hamda sertifikatlangan mahsulot ustidan davlat tekshiruvi va nazorati olib borish ishlari davlat tomonidan moliyaviy taʼminlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-modda. Majburiy sertifikatlashtirish qoidalariga rioya etilishini davlat tomonidan tekshirish va nazorat qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tayyorlovchilarning (tadbirkorlarning, sotuvchilarning, ijrochilarning) sinov laboratoriyalarining (markazlarining), sertifikatlashtirish organlarining majburiy sertifikatlashtirish qoidalariga rioya etishlari ustidan hamda sertifikatlangan mahsulot ustidan davlat tekshiruvi va nazoratini “Oʻzdavstandart”ning davlat inspektorlari Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan tartibda va shartlarda amalga oshiradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-modda. Ixtiyoriy sertifikatlashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Har qanday mahsulot normativ hujjatlarning talablariga muvofiq ekanligini tasdiqlash uchun u yuridik va jismoniy shaxsning tashabbusi bilan ixtiyoriy sertifikatlashtirishdan oʻtkazilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-modda. Ixtiyoriy sertifikatlashtirishni amalga oshiruvchi subyektlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ixtiyoriy sertifikatlashtirishni “Oʻzdavstandart” belgilab qoʻygan tartibda akkreditatsiya qilingan yuridik va jismoniy shaxslar amalga oshirishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19-modda. Ixtiyoriy sertifikatlashtirish tizimlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sertifikatlashtirish qoidalari va tartibini belgilovchi ixtiyoriy sertifikatlashtirish tizimlarini akkreditatsiya qilingan organlar “Oʻzdavstandart” bilan kelishgan holda belgilaydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV BOB. NIZOLARNI QARAB ChIQISh. SERTIFIKATLAShTIRISh TOʻGʻRISIDAGI QONUN HUJJATLARINI BUZGANLIK UChUN JAVOBGARLIK
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20-modda. Mazkur Qonunni qoʻllash bilan bogʻliq nizolarni qarab chiqish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Qonunni qoʻllash bilan bogʻliq nizolar sud tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan tartibda qarab chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21-modda. Shikoyatlarni qarab chiqish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sertifikatlashtirish natijalaridan norozi boʻlgan taqdirda manfaatdor tomon “Oʻzdavstandart”ning Shikoyatlarni qarab chiqish kengashiga murojaat etishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shikoyatlarni qarab chiqish kengashi toʻgʻrisidagi nizomni “Oʻzdavstandart” ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzdavstandart”ning Shikoyatlarni qarab chiqish kengashi sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalarining (markazlarining) qarorlari ustidan berilgan shikoyat arizalarini qarab chiqadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shikoyat arizalari ikki hafta ichida qarab chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzdavstandart”ning, Shikoyatlarni qarab chiqish kengashining qarorlari ustidan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan tartibda Oliy sudga yoki Oliy xoʻjalik sudiga shikoyat qilish mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22-modda. Sertifikatlashtirish organlarining va sinov laboratoriyalarining (markazlarining) javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sertifikatlashtirish organi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muvofiqlik sertifikatini asossiz va qonunga xilof tarzda berganlik uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arizachiga nisbatan qonunga xilof xatti-harakatlar qilganlik uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arizachining tijorat siri hisoblangan maʼlumotlarni oshkor etganlik uchun javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyasi (markazi) sertifikatlashtirish organiga sinovlarning natijalari haqida notoʻgʻri maʼlumot berganlik uchun javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalari (markazlari) mazkur moddada aytib oʻtilgan xatti-harakatlar natijasida arizachiga yetkazilgan zararning oʻrnini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻla hajmda qoplashlari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23-modda. Tayyorlovchilarning (tadbirkorlarning) majburiy sertifikatlashtirish qoidalarini buzganlik uchun javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tayyorlovchilar (tadbirkorlar):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsulotlarni muvofiqlik sertifikatisiz, shuningdek qonunga xilof tarzda muvofiqlik belgisi tamgʻasi bosilgan mahsulotni realizatsiya qilganlik uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muvofiqlik sertifikati boʻlmagan mahsulotlarni targʻibot qilganlik uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzdavstandart”ning yoki u vakolat bergan organlarning koʻrsatmasiga binoan realizatsiya qilish toʻxtatib yoki taqiqlab qoʻyilgan mahsulotlarni realizatsiya qilganlik uchun javobgar boʻladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Majburiy sertifikatlashtirish qoidalarini buzganlik uchun tayyorlovchilar (tadbirkorlar) “Oʻzdavstandart” yoki u vakolat bergan sertifikatlashtirish organlarining taqdimnomasi asosida sudning qarori bilan davlat budjeti hisobiga realizatsiya qilingan mahsulot qiymati miqdorida jarima toʻlaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tayyorlovchilar (tadbirkorlar) isteʼmolchi yoki buyurtmachiga yetkazilgan zararlarning oʻrnini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻla hajmda qoplashlari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1993-yil 28-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1006-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 2-son, 50-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 7-8-son, 217-modda; 2003-y., 5-son, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 14-son, 113-modda; 2006-y., 41-son, 405-modda; 2013-y., 41-son, 543-modda; 2014-y., 50-son, 588-modda; 2016-y., 3(I)-son, 32-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)