Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.07.2018 09.03.2006 yildagi PQ-302-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 09.03.2006 yildagi PQ-302-son
Date of entry into force
09.03.2006
Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.07.2018
Hujjat 10.08.2011 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh BORASIDAGI QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Koʻchirma]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 11-iyuldagi PF-5475-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika bojxona organlari faoliyati samaradorligini oshirish, bojxona komplekslari va postlarida bojxonaga oid qonun hujjatlariga rioya etish ustidan nazoratni kuchaytirish, shuningdek bojxona organlari xizmatiga qabul qilish va uni oʻtash tizimini takomillashtirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 10-avgustdagi PQ-1595-sonli Qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi markaziy apparatining kadrlar bosh boshqarmasi tarkibida shtatlar soni 15 kishidan iborat boʻlgan bojxona komplekslari va postlarini inspeksiya qilish boshqarmasi tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar bojxona komplekslari va postlarini inspeksiya qilish boshqarmasi faoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona komplekslari va postlari shaxsiy tarkibi tomonidan yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan qoidabuzarliklarning oldini olishga, oʻz xizmat vazifalarini bajarish uchun har bir xodimning shaxsiy javobgarligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan olib oʻtiladigan yuklar va transport vositalarini roʻyxatga olish, koʻzdan kechirish, bojxonada rasmiylashtirish hamda bojxona nazorati ostida yetkazib berish tartib-qoidalariga rioya etish boʻyicha bojxona komplekslari va postlari zimmasiga yuklangan vazifalar soʻzsiz bajarilishini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona komplekslari va postlari xodimlarining kasbiy bilim saviyasini baholash, ularning malakasini oshirish choralarini koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona komplekslari va postlarining malakali hamda halol mutaxassislar bilan toʻldirilganligini oʻrganish va buning uchun nomzodlarni tanlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Bojxona organlari boshliqlar tarkibining mansabdor shaxslarini attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha Attestatsiya komissiyasi 2-ilovaga* muvofiq tarkibda tuzilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Attestatsiya komissiyasi 2006-yilning 1-mayiga qadar muddatda, keyinchalik esa har yili markaziy apparat bosh boshqarmalari, boshqarmalari boshliqlari hamda ularning oʻrinbosarlari, boʻlim boshliqlari, hududiy bojxona boshqarmalari boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari attestatsiyadan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlarining boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarini teng lavozimlarga oʻtkazish (almashtirish) toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga* muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining lavozimlar nomenklaturasi 4-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*4-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi bir hafta muddatda Oʻzbekiston bojxona organlari xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin va:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona komplekslari va postlari rahbarlarining har yili attestatsiyadan oʻtkazilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona organlarining xodimlari yuqori lavozimga tayinlanganida va navbatdagi maxsus unvonlar berilganida ularning muddatidan ilgari attestatsiyadan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Quyidagilar belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona komplekslari va postlarining boshliqlari lavozimga Davlat bojxona qoʻmitasi raisi tomonidan tayinlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona komplekslari va postlarining rahbarlari har ikki-uch yilda almashtirib turiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi 2006-yilning 15-apreligacha muddatda yagona axborot tizimidan, shuningdek bojxona identifikatsiyasi vositalaridan foydalangan holda, tovarlar va transport vositalarining tranzit boʻyicha bojxona posti orqali olib kirilishini nazorat qilish hamda olib chiqib ketilishini bojxona postida takroran tekshirish tizimini joriy etishni taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika hududidan chiqib ketish chogʻida tranzit tovarlarning yetishmayotganligi aniqlangan hollarda bojxona organlarining aybdor boʻlgan mansabdor shaxslari amaldagi qonunlarga muvofiq javobgarlikka tortilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda 2006-yilning 1-iyunidan boshlab bojxona komplekslari va postlari yagona axborot tizimi rejimida faoliyat koʻrsatishini taʼminlasin, bunda bojxona nazorati ostida boʻlgan tovarlar boʻyicha axborotni yigʻish, saqlash, ishlab chiqish texnologik jarayonlarining avtomatlashtirilishi, shuningdek real vaqt miqyosida maʼlumotlar yagona bazasiga tezkorlik bilan kirilishi eʼtiborga olinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir hafta muddatda bojxona komplekslari va postlarini inspeksiya qilish boshqarmasi toʻgʻrisidagi nizomni, shuningdek bojxona komplekslari va postlari xodimlariga nisbatan qoʻyiladigan yangi lavozim talablarini tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona komplekslari va postlarini inspeksiya qilish boshqarmasining shaxsiy tarkibini kasb mahorati yuqori darajada va ishga halol munosabatda boʻladigan malakali va bilimli mutaxassislar bilan taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotganda koʻzdan kechirish majburiy boʻlgan tovarlar roʻyxatini tasdiqlasin, bunda barcha turdagi tovarlarning kamidan 50 foizini qamrab olish nazarda tutilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1997-yil 30-iyuldagi 374-son qarorining 1a-ilovasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlarining boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarini teng lavozimlarga oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2003-yil 21-iyuldagi 321-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R.Sh. Shamshiyev zimmalariga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2006-yil 9-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-302-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 10-son, 75-modda)