31.12.2005 yildagi O‘RQ-19-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 31.12.2005 yildagi O‘RQ-19-son
Date of entry into force
04.01.2006
Hujjat 04.01.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
UY-JOY-KOMMUNAL XOʻJALIGI SOHASIDA ISLOHOTLARNING AMALGA OShIRILIShI MUNOSABATI BILAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasi tomonidan 2005-yil 22-noyabrda qabul qilingan

Senat tomonidan 2005-yil 2-dekabrda maʼqullangan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi 740–XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 22-modda; 1994-yil, № 5, 161-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 5, 89-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda) 4-moddasiga quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) 1-bandi quyidagi mazmundagi “ya3” kichik band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“ya3) tumanlar va shaharlar (shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar) hokimliklari — kommunal xizmat, uy-joylardan foydalanish va saqlash xarajatlari toʻlovi boʻyicha qarzlarni undirish toʻgʻrisidagi, kommunal xizmat koʻrsatuvchilar yoki uy-joy mulkdorlari shirkatlarining taqdimnomasiga muvofiq kiritilgan daʼvolar yuzasidan”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) 2-bandi quyidagi mazmundagi “ts” kichik band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“ts) tumanlar va shaharlar (shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar) hokimliklari — kommunal xizmat, uy-joylardan foydalanish va saqlash xarajatlari toʻlovi boʻyicha qarzlarni undirish toʻgʻrisidagi, kommunal xizmat koʻrsatuvchilar yoki uy-joy mulkdorlari shirkatlarining taqdimnomasiga muvofiq kiritilgan daʼvolar yuzasidan”.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi 913–XII-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 320-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 241-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda) 25-moddasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Uy-joy mulkdorlari va undan foydalanuvchilar kommunal xizmat, uy-joylardan foydalanish va saqlash xarajatlarini toʻlashga doir talablarni qoʻpol ravishda buzgan hollarda tumanlarning, shaharlarning (shahar tarkibiga kiruvchi tumanlarning) hokimlari kommunal xizmat, uy-joylardan foydalanish va saqlash xarajatlari toʻlovi boʻyicha qarzlarni undirish toʻgʻrisida kommunal xizmat koʻrsatuvchilar yoki uy-joy mulkdorlari shirkatlarining taqdimnomasiga muvofiq daʼvolar bilan sudga murojaat qiladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda) quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) 661-moddasining birinchi qismidagi “173-moddasining birinchi qismida (mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish)” degan soʻzlardan keyin “1852-moddacida (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) XII bobi quyidagi mazmundagi 1852-modda bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“1852-modda. Elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanish yoxud elektr, issiqlik energiyasi, tabiiy gaz, sovuq yoxud issiq suvni hisobga olish asboblariga qasddan shikast yetkazish yoki bunday hisobga olish asboblarining koʻrsatkichlarini oʻzgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin ancha miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan boʻlsa, —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻsha qilmishlar koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan boʻlsa, —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻsha qilmishlar juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan boʻlsa, —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eng kam oylik ish haqining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch oygacha qamoq bilan jazolanadi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, № 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11 va 23-moddalar, № 9-10, 165 va 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda) 345-moddasining oltinchi qismi “1851” raqamidan keyin “1852” raqami bilan toʻldirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) 101-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“101-modda. Elektr, issiqlik energiyasi yoki gazdan foydalanish qoidalarini buzish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektr, issiqlik energiyasi yoki gazdan foydalanish qoidalarini buzish, elektr, issiqlik energiyasi yoxud gaz tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanish yoki elektr, issiqlik energiyasi, tabiiy gazni hisobga olish asboblariga qasddan shikast yetkazish, xuddi shuningdek bunday hisobga olish asboblarining koʻrsatkichlarini oʻzgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarga eng kam ish haqining ikki baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) 163-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“163-modda. Vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vodoprovod tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanish hamda vodoprovoddan foydalanish qoidalarini boshqacha tarzda buzish, yer ishlari va boshqa ishlarni bajarayotganda vodoprovod tarmoqlarini muhofaza qilish qoidalarini buzish, basharti bu hol ularning shikastlanishiga sabab boʻlsa yoxud sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga qasddan shikast yetkazish, xuddi shuningdek bunday hisobga olish asboblarining koʻrsatkichlarini oʻzgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarga eng kam ish haqining ikki baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) Kodeks quyidagi mazmundagi 1631-modda bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“l631-modda. Kanalizatsiya tarmoqlaridan foydalanish qoidalarini buzish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uy-joylarni, jamoat, ishlab chiqarish obyektlari va boshqa obyektlarni, shuningdek yer uchastkalarini kanalizatsiya tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulab olish, tarkibidagi ifloslantiruvchi moddalar yoʻl qoʻyiladigan darajadan ortiq boʻlgan oqova suvlarni kanalizatsiyaga oqizish hamda kanalizatsiyadan foydalanish qoidalarini boshqacha tarzda buzish, yer ishlari va boshqa ishlarni bajarayotganda kanalizatsiya tarmoqlarini muhofaza qilish qoidalarini buzish, basharti bu hol ularning shikastlanishiga sabab boʻlsa, —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarga eng kam ish haqining ikki baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) 245-moddaning birinchi qismidagi “163” raqami “163, 1631” raqamlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrda qabul qilingan “Budjet tizimi toʻgʻrisida”gi 158–II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 1-2, 6-modda) 24-moddasi ikkinchi qismining 5-bandi “uy-joy mulkdorlari shirkatlariga taʼmirlash-tiklash ishlari uchun budjet ssudalarini berish hollari bundan mustasno” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2005-yil 31-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻRQ–19-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 52-son, 385-modda; 2007-y., 52-son, 533-modda; 2013-y., 52-son, 686-modda)