Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.09.2006 07.11.2005 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1519
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining buyrugʻi, 07.11.2005 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1519
Date of entry into force
17.11.2005
Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.09.2006
Hujjat 17.11.2005 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ VA SUV XOʻJALIGI VAZIRINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
BUYRUGʻI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Topshirilgan paxta hosilidan fermer va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalariga tegishli boʻlgan paxta isteʼmol yogʻi, sheluxa va kunjarani yetkazib berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 7-noyabrda 1519-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining 2006-yil 6-avgustdagi 169-son “Paxta etishtiruvchi qishloq xoʻjaligi korxonalariga topshirgan paxta hosilidan ularga tegishli boʻlgan paxta sheluxa va kunjarasini qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan (roʻyxat raqami 1621, 07.09.2006y.).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-fevraldagi 93-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyundagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi toʻgʻrisida”gi nizomga asosan, buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Topshirilgan paxta hosilidan fermer va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalariga tegishli boʻlgan paxta isteʼmol yogʻi, sheluxa va kunjarani yetkazib berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilikni rivojlantirish bosh boshqarmasi (O. Ibragimov), Qishloq xoʻjaligi korxonalarini tarkibiy oʻzgartirish va fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish boshqarmasi (oʻ. Isomiddinov), Iqtisodiy islohotlarni normativ-metodik bazasini takomillashtirish boshqarmasi (Sh. Qarshiyev) 3 kun muddat ichida mazkur buyruqni Adliya vazirligiga davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim qilsinlar va rasmiylashtirilgandan soʻng qoʻllanma uchun joylarga yetkazilishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur buyruq Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab 10 kun oʻtgandan soʻng kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur buyruq kuchga kiritilgan vaqtdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining 2003-yil 6-iyundagi “Paxta xomashyosini sanoat yoʻli bilan qayta ishlash natijasida olinadigan paxta isteʼmol yogʻi, sheluxa va kunjarani xoʻjaliklarga qaytarish tartibi haqida nizom”ni tasdiqlash toʻgʻrisidagi 89-sonli buyrugʻi (2003-yil 11-iyun, roʻyxat raqami 1249 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-yil iyun, 11-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Ushbu buyrugʻning bajarilishini nazorat qilish vazirning birinchi oʻrinbosari A.Joʻrayev zimmasiga yuklatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri S. ISMOILOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2005-yil 6-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
223-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining
2005-yil 6-noyabrdagi 223-sonli buyrugʻi bilan
TASDIQLANGAN
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Topshirgan paxta hosilidan fermer va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalariga tegishli boʻlgan paxta isteʼmol yogʻi, sheluxa va kunjarani yetkazib berish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NI3OM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-fevraldagi 93-sonli qaroriga muvofiq paxta etishtiruvchi fermer xoʻjaliklari hamda boshqa qishloq xoʻjalik korxonalari tarkibidagi ichki xoʻjalik boʻlinmalariga (kelgusida — pudratchi va boshqa boʻlinma) paxta isteʼmol yogʻi, sheluxa va kunjara (kelgusida yogʻ-moy mahsulotlari)ni yetkazib berish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Paxta etishtiruvchi xoʻjaliklar tomonidan amalda sotilgan paxtani qayta ishlashdan hosil boʻlgan oʻsimlik moyining 50 foizi, kunjara va paxta sheluxasining 70 foizi ular ixtiyorida qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Yogʻ-moy korxonalari tuman hokimligi bilan kelishgan holda har bir tumanda fermer va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalarining soni, hududiy joylashuvidan kelib chiqqan holda yogʻ-moy mahsulotlari yetkazib berish uchun bir yoki bir nechta shoxobchalar ochadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Yogʻmoytamakisanoat uyushmasi “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasining hududiy birlashmalari bilan birgalikda paxta tozalash korxonalarini texnik chigit yetkazib berish boʻyicha yogʻ-moy korxonalariga biriktirish dislokatsiyasini tuzadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Paxtani qayta ishlash korxonalari fermer va shirkat xoʻjaliklari tomonidan kontraktatsiya shartnomalari boʻyicha etishtirilgan paxta xomashyosi va undan olinadigan texnik chigit (urugʻlik paxtadan tashqari) miqdori koʻrsatilgan reyestrni (roʻyxatni) 10-noyabrga qadar viloyat “Paxtasanoat” aksiyadorlik birlashmasiga taqdim etadi. Viloyat “Paxtasanoat” aksiyadorlik birlashmasi umumlashtirilgan reyestrni (roʻyxatni) va texnik chigitni yuklab joʻnatish jadvalini 15-noyabrga qadar tegishli yogʻ-moy korxonalariga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Shirkat xoʻjaliklari 5-noyabrga qadar xoʻjalikdagi pudratchi va boshqa boʻlinmalar boʻyicha, sotilgan paxta xomashyosi (urugʻlik paxtadan tashqari) miqdori koʻrsatilgan roʻyxatni paxtani qayta ishlash korxonasiga taqdim etadi. Paxtani qayta ishlash korxonalari ushbu roʻyxat boʻyicha etishtirilgan paxta xomashyosidan olingan texnik chigit miqdori koʻrsatilgan holdagi reyestrni 10-noyabrga qadar viloyat “Paxtasanoat” aksiyadorlik birlashmasiga taqdim etadi. Viloyat “Paxtasanoat” aksiyadorlik birlashmasi umumlashtirilgan reyestrni (roʻyxatni) va texnik chigitni yuklab joʻnatish jadvalini 15-noyabrga qadar tegishli yogʻ-moy korxonalariga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Paxtasanoat aksiyadorlik birlashmasi tomonidan berilgan umumlashtirilgan reyestr (roʻyxat) yakuniy boʻlib, yogʻ moy mahsulotlarini xoʻjaliklarga yetkazib berish boʻyicha yogʻ-moy korxonalariga shartnomani tuzish uchun asos hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Yogʻ-moy korxonalari 1-dekabrgacha fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjalik korxonalari bilan shartnomalar tuzadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Fermer va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalariga isteʼmol yogʻi, sheluxa va kunjara mahsulotlarini yetkazib berish yuzasidan shartnomani tuzish va mahsulot uchun zarur boʻlgan barcha hujjatlarni rasmiylashtirish shoxobchalarda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Fermer va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari paxta isteʼmol yogʻi, sheluxa va kunjara mahsulotlarini olishni rad etishga yoki bir turdagi mahsulot olishni rad etib, oʻziga tegishli boshqa turdagi mahsulotni olishga haqlidir. Bunda tegishli fermer va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalarining rahbarlarining imzosi va muhri bilan tasdiqlangan yozma rozilik xatlariga asosan, olinmagan mahsulot tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi, tuman fermer xoʻjaliklari uyushmasi vakilligi va tuman hokimi bilan kelishilgan holda belgilangan narxlarda boshqa xaridorlarga (birinchi galda tuman aholisiga naqd pulga) sotiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Paxtani qayta ishlash korxonalaridan texnik chigitni yogʻ-moy korxonalariga joʻnatish hududiy “Paxtasanoat” aksiyadorlik birlashmasi, paxtani qayta ishlash hamda yogʻ-moy korxonalari oʻrtasida tuzilgan shartnomalarga hamda unga ilova qilingan yuklab joʻnatish jadvaliga asosan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Yogʻ-moy korxonalari tuzilgan shartnomaga asosan olinadigan texnik chigit uchun oldindan pul oʻtkazish yoʻli bilan hisob-kitob qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Paxtani qayta ishlash korxonalari ishlab chiqarilgan jami texnik chigitni yogʻ-moy korxonalariga toʻliq hajmda joʻnatishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Yogʻ-moy korxonalariga yuborilayotgan texnik chigitning hamda uni qayta ishlash natijasida hosil boʻlgan va qaytarib berilayotgan paxta isteʼmol yogʻi, sheluxa va kunjaraning sifat koʻrsatkichlari davlat standartlari va texnik shartlari talablariga mos boʻlishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qayta ishlash uchun yuborilayotgan texnik chigitga, shuningdek qaytarib berilayotgan paxta isteʼmol yogʻi, sheluxa va kunjaraga ularning muvofiqlik sertifikati ilova qilinishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Etkazib berilishi lozim boʻlgan paxta isteʼmol yogʻi, sheluxa va kunjaraning shartnomada koʻrsatiladigan hajmi, ushbu mahsulotlar chiqishining soʻnggi uch yillik oʻrtacha koʻrsatkichlari asosida belgilanishi mumkin. Yogʻ-moy korxonalari korxonadagi uch yillik oʻrtacha koʻrsatkichlar toʻgʻrisida viloyat qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi hamda fermer xoʻjaliklari uyushmasining viloyat vakilligiga maʼlumot taqdim qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oluvchi talabiga asosan shartnomada koʻrsatilgan mahsulotlarning chiqish hajmlari, texnik chigitni qayta ishlangan davrdagi yogʻ-moy korxonasining haqiqiy koʻrsatkichlari asosida qayta aniqlanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjalik korxonalariga tegishli boʻlgan yogʻ-moy mahsulotlari haqi belgilangan tartibda olinadigan mahsulot hajmiga oldindan pul oʻtkazish yoʻli bilan toʻlov amalga oshirilgandan yoki tovarlarning yetkazib beriladigan har bir turkumi uchun chaqirib olinmaydigan akkredetiv qoʻyilgandan soʻng shoxobchalar orqali beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjalik korxonalarining topshirigʻiga binoan yoki ishonchnomalari boʻyicha ularga yetkazib beriladigan paxta isteʼmol yogʻi, sheluxa va kunjarani boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarga sotilishi taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Shirkat xoʻjaligi tomonidan olinadigan yogʻ-moy mahsulotlari oilaviy pudratchi va boshqa xoʻjalik boʻlinmalariga toʻliq ravishda yetkazib beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Yogʻ-moy mahsulotlarini sotish bahosi, mahsulotni keltirish bilan bogʻliq transport xarajatlari qoʻshilgan holda hisoblanadi. Yogʻ-moy mahsulotlarini sotish bahosiga boshqa xarajatlar va foydani qoʻshishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Fermer va boshqa qishloq xoʻjalik korxonalari ushbu Nizomda va tuzilgan shartnomalarda belgilangan miqdordagi haqni toʻlanganligini tasdiqlovchi toʻlov hujjatini taqdim etgandan keyin 1 kunlik muddat ichida xoʻjaliklar berilgan ishonchnomaga asosan shoxobchalardan tegishli mahsulotlarni oladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahsulot olish uchun boshqa hujjatlar yoki turli roziliklar (imzolar) talab qilinishi qatʼiyan man etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisob raqamida mablagʻi boʻlmagan shirkat xoʻjaliklarining pudratchi va boshqa ichki xoʻjalik boʻlinmalariga tegishli boʻlgan yogʻ-moy mahsulotlari shoxobchalarda naqd pulga oʻrnatilgan tartibda sotiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shirkat xoʻjaliklari tomonidan xoʻjalikdagi pudratchi va boshqa boʻlinmalar boʻyicha, sotilgan paxta xomashyosi (urugʻlik paxtadan tashqari) miqdori koʻrsatilgan, yogʻ-moy korxonasiga taqdim etilgan roʻyxat yogʻ-moy mahsulotlarini pudratchi va boshqa boʻlinmalariga sotish uchun asos hisoblanadi. Bunda ulardan mahsulot olish uchun boshqa hujjatlar yoki turli roziliklar (imzolar) talab qilinishi qatʼiyan man etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Fermer va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari yogʻ-moy mahsulotlarini Nizomning 2-bandi bilan koʻzda tutilgan dislokatsiyaga muvofiq toʻgʻridan toʻgʻriyogʻ-moy korxonalaridan olishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Fermer xoʻjaliklariga yogʻ-moy mahsulotlarini yetkazib berilishi boʻyicha tuman fermer xoʻjaliklari uyushmasi tomonidan, shirkat xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalariga mahsulotlarning yetkazib berilishi boʻyicha tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi tomonidan monitoring yuritiladi va ushbu haqda har 15 kunda tegishli yuqori tashkilotga maʼlumot taqdim etib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Mazkur Nizom Iqtisodiyot vazirligi, “Yogʻmoytamakisanoat”, “Oʻzpaxtasanoat” hamda Oʻzbekiston fermer xoʻjaliklari uyushmalari bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiyot vaziri oʻrinbosari A. SALIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2005-yil 28-oktabr
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yogʻmoytamakisanoat” uyushmasi raisi M. XUDOYoROV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2005-yil 28-oktabr
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi raisi E. ZIKRIYoEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2005-yil 28-oktabr
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston fermer xoʻjaliklari uyushmasi raisi S. QOBILOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2005-yil 28-oktabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y.,45-son, 344-modda)