Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Iqtisodiyot va soliq sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 6-iyuldagi 291-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 402-sonli ““Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Prokuratura organlarining mehnatga haq toʻlash va ijtimoiy taʼminot tizimida yagona tartibni joriy etishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Iqtisodiyot va soliq sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 6-iyuldagi 291-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 7-son, 37-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasi huzuridagi valyuta va soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamentida xizmatni oʻtash toʻgʻrisidagi nizomga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
a) 38-bandi ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xodimlarning lavozim maoshlari, daraja unvonlari va koʻp yillik xizmatlari uchun ustamalar prokuratura xodimlari uchun belgilangan tartibda va miqdorda oʻrnatiladi”;
b) 42-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Departament xodimlarining va ular oila aʼzolarining pensiya taʼminoti qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi oʻzining meʼyoriy-huquqiy hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqib, tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari V.A. Golishev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 6-noyabr,
243-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 43-44-son, 332-modda)