31.10.2005 yildagi PQ-213-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 31.10.2005 yildagi PQ-213-son
Date of entry into force
31.10.2005
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga beriladigan imtiyozlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Koʻchirma]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Harbiy xizmatning yoshlar uchun mustahkam hayotiy prinsiplar, yuksak vatanparvarlik fazilatlari shakllanadigan jismoniy va maʼnaviy chiniqish maktabi ekanligini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarning muddatli harbiy xizmatni oʻtashi samaradorligini oshirishning moddiy, axloqiy va maʼnaviy ragʻbatlantirishni yanada kuchaytirish zarurligini hisobga olib;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harbiy xizmatni tugatayotgan yoshlarni ragʻbatlantirishning ahamiyatini, ularning oʻqishni davom ettirishi va mamlakat oliy oʻquv yurtlariga oʻqishga kirishi uchun imtiyoz va sharoitlar yaratishni eʼtiborga olib:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 31-maydagi PQ-1765-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 22-son, 242-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining muddatli harbiy xizmatni oʻtagan va toʻlov-kontrakt shakli boʻyicha oʻqishga qabul qilingan talabalarga, ular oʻqish davrida “Kamolot” harakatining talaba tashkilotlari faoliyatida faol ishtirok etgan taqdirda kontrakt summasining 35 foizini toʻlov tariqasida moddiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining Markaziy kengashiga (B. Ubaydullayev) Moliya vazirligi (S. Rahimov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (R. Qosimov) bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtagan talabalarga moddiy yordam koʻrsatish qoidalarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash tavsiya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mudofaa vazirligi (Q. Gʻulomov), Ichki ishlar vazirligi (Z. Almatov) va Milliy xavfsizlik xizmati (R. Inoyatov):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jangovor va ijtimoiy-siyosiy tayyorgarlikda yuksak natijalar koʻrsatgan, namunali harbiy intizomga ega muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga mamlakat oliy oʻquv muassasalariga oʻqishga kirish uchun beriladigan tavsiyanomalar sonini koʻpaytirish choralarini koʻrsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Adliya vazirligi (B. Mustafoyev) bilan hamkorlikda bir oy muddatda jangovor guruhlar, vzvodlar, batalon va brigadalar komandirlarining qabul qilayotgan qarorlari xolisligi uchun shaxsiy javobgarligini eʼtiborga olgan holda, muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harbiy qism qoʻmondonligining muddatli harbiy xizmatdan zaxiraga boʻshatilgan harbiy xizmatchilarga oliy oʻquv muassasalariga imtiyozli shartlar asosida oʻqishga kirishi uchun tavsiyanoma blankasining yagona shaklini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat test markazi (B. Ismoilov) bilan birgalikda uch oy muddatda Qurolli Kuchlar qoʻshinlari turlarining jangovor-xizmat vazifalari xususiyatlarini eʼtiborga olgan holda, muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarning jangovor va ijtimoiy-siyosiy tayyorgarlik dasturini oʻzlashtirishini yakuniy baholash uchun testlar ishlab chiqsin; test natijalari muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanomalar berishda hisobga olinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, 2005-yilning dekabrigacha Qurolli Kuchlar zaxirasiga boʻshatilgan va harbiy qism qoʻmondonligining eski namunadagi tavsiyanomasiga ega fuqarolar mamlakat oliy oʻquv yurtlariga kirishda ushbu qarorda belgilangan imtiyozlardan foydalanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Qurolli Kuchlar Birlashgan shtabiga (V. Mahmudov), Ichki ishlar vazirligiga (Z. Almatov), Milliy xavfsizlik xizmatiga (R. Inoyatov):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalq taʼlimi vazirligi (T. Joʻrayev), Sogʻliqni saqlash vazirligi (F. Nazirov), Davlat test markazi (B. Ismoilov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri chaqiruv komissiyalari rahbarlari bilan birgalikda muddatli harbiy xizmatga chaqirilayotgan fuqarolarni test sinovi va tanlov asosida saralash boʻyicha mavjud tizimni chuqur tahlil qilish, uni takomillashtirish va samaradorligini oshirish boʻyicha amaliy choralar koʻrish, shuning bilan birgalikda chaqiriluvchilarning sogʻligi va intellektual saviyasini xolis oʻrganishga qaratilgan zamonaviy kompyuter texnologiyalarini qoʻllash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir hafta ichida muddatli harbiy xizmatga yangi chaqirilgan harbiy xizmatchilarning boshlangʻich harbiy tayyorgarligi dasturini oʻrganib chiqish; harbiy qismlar kun tartibiga, jangovar va ijtimoiy-siyosiy tayyorgarlik mashgʻulotlari rejasi va dasturlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, bunda harbiy xizmatchilarni tanlagan ixtisosliklari boʻyicha mamlakat oliy oʻquv yurtlariga oʻqishga kirishlari uchun haftasiga kamida 4 soatlik qoʻshimcha mashgʻulotlar oʻtkazilishi koʻzda tutilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harbiy okruglar qoʻmondonlari bilan birgalikda harbiy qismlarda muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarni samarali tarzda kasbga yoʻnaltirish, xizmatni oʻtash davrida harbiy va fuqarolik mutaxassisliklarini egallashlariga, yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlashga qaratilgan zarur tashkiliy-texnik shart-sharoitlarni yaratish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga (R. Qosimov), Davlat test markaziga (B. Ismoilov):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muddatli harbiy xizmatni oʻtagan fuqarolarning oliy oʻquv yurtlariga oʻqishga kirishga samarali tayyorgarlik koʻrishlarini tashkil etish boʻyicha tadbirlar majmuini ishlab chiqish va amalga oshirish, mamlakatimizning barcha oliy oʻquv yurtlarida armiyada xizmat qilgan abituriyentlar uchun bepul asosda faoliyat yuritadigan tayyorlov kurslari tarmogʻini kengaytirishni koʻzda tutish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi (A. Oripov), Qurolli Kuchlar Birlashgan shtabi (V. Mahmudov) bilan birgalikda “ZiyoNET” yoshlar maʼrifiy tarmogʻida muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarni mamlakatimizning oliy oʻquv yurtlariga oʻqishga kirishlari uchun masofali kasbga yoʻnaltirish, oʻqitish va uslubiy tayyorlashga yoʻnaltirilgan maqsadli axborot resursini yaratish; belgilangan tartibda unga harbiy qismlar va birlashmalar kompyuter sinflarining ulanishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2006-yilning 1-apreligacha oliy oʻquv yurtlari tayyorlov kurslari va harbiy qismlar kutubxonalarini oʻqishga kirish uchun zarur boʻlgan uslubiy qoʻllanmalar va darsliklar bilan taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-oktabrdagi “Muddatli harbiy xizmatchilarga va ularning oila aʼzolariga qoʻshimcha imtiyozlar berish toʻgʻrisida”gi 496-sonli qarorining 3-bandi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 22-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining oddiy askarlar va serjantlar tarkibida muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga qoʻshimcha imtiyozlar berish toʻgʻrisida”gi 227-sonli qarorining 3-bandi 1-xatboshisi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mudofaa vazirligi (Q. Gʻulomov), Ichki ishlar vazirligi (Z. Almatov), Milliy xavfsizlik xizmati (R. Inoyatov), Adliya vazirligi (B. Mustafoyev) bilan birgalikda bir oy ichida mazkur qarordagi talablarni eʼtiborga olgan holda belgilangan tartibda meʼyoriy-huquqiy hujjatlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (S. Rahimov) Davlat test markazi va oliy oʻquv yurtlari smetasida test sinovlarini oʻtkazish va oliy taʼlim muassasalari hamda harbiy qismlardagi tayyorlov kurslarida mashgʻulotlar oʻtkazishga jalb etiladigan oʻqituvchilar mehnatiga haq toʻlash xarajatlarini koʻzda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik Kengashi kotibi R. Mirzayev zimmasiga yuklatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2005-yil 31-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
213-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 43-44-son, 328-modda; 2012-y., 22-son, 242-modda)