Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 02.12.1993 yildagi 587-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori , 02.12.1993 yildagi 587-son
Date of entry into force
02.12.1993
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 16.09.2004 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
RESPUBLIKA XALQ XOʻJALIGINI VA AHOLIsiNI GAZ
BILAN TAʼMINLAShNI TAShKIL ETIShNI YaXShILASh
ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika xalq xoʻjaligini va aholisini tabiiy gaz bilan ishonchli ravishda taʼminlash, shuningdek, uni eksportga yetkazib berish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Respublikaning har yilgi gazdan foydalanish hajmi, neft-gaz tarmogʻining texnologik ehtiyojlarini hisobga olgan holda 40 — 42 mlrd kub. m. atrofida belgilansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-sentabrdagi 430-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 37-son, 411-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi “Oʻzbekneftgaz” milliy korporatsiyasi bilan birgalikda, Fanlar akademiyasi, vazirliklar, idoralar va ularning ilmiy-tadqiqot tashkilotlarini jalb etgan holda, 1994-yilning 1-iyuligacha 1995-1996-yillar uchun respublika xalq xoʻjaligi tarmoqlari va aholisining yoqilgʻi-energetika resurslariga boʻlgan ehtiyoji toʻgʻrisida ilmiy asoslangan takliflarni ishlab chiqishni taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-sentabrdagi 430-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 37-son, 411-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirliklar, idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yanada takomillashgan texnika vositalari va texnologiyalarni joriy etish hisobiga gazdan foydalanishni yaxshilash chora-tadbirlarini koʻrsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gazdan foydalanish tartibi qatʼiy rioya etishni, xomashyo va yoqilgʻi sifatida gazni sarflashning ilmiy asoslangan joriy etishni taʼminlasinlar, ularning meʼyordan oshib ketishiga yoʻl qoʻymasinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanoat korxonalarining bir qismini tabiiy gazdan yoqilgʻining boshqa turlaridan foydalanishga oʻtkazishini nazarda tutsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Energetika va elektrlashtirish vazirligi, boshqa idoralar obyektlarining 1994/95 yil qish davrida uzluksiz ishlashi uchun zarur boʻlgan hajmda qoʻshimcha qoramoy saqlash joylari zaxiralari qurilishini taʼminlasinlar.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-sentabrdagi 430-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 37-son, 411-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1994-yilning 1-yanvarigacha barcha gazdan foydalanuvchilarni roʻyxatdan oʻtkazsin, gazdan foydalanishga ruxsati boʻlmaganlarni gaz tarmoqlaridan uzib qoʻysin, gaz sarfini hisobga olish asboblari boʻlmagan korxonalarga gaz yetkazib berishni taqiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir viloyat va tarmoq boʻyicha respublika ehtiyojlari uchun yetkazib beriladigan gaz hajmlarini “Oʻzbekneftgaz” milliy korporatsiyasi bilan kelishib olsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirlikka gaz tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulaganlik, shartnoma majburiyatlariga rioya qilmaganlik, tabiiy gazdan samarali foydalanmaganlik, xavfsizlik qoidalarini buzganlik va gazdan foydalanganlik haqini muntazam toʻlamaganlik uchun, idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, sanoat, kommunal va maishiy soha foydalanuvchilarini gaz taʼminoti tarmoqlaridan uzib qoʻyish huquqi berilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholini gaz bilan taʼminlashni gaz bilan taʼminlash va taqsimlash tizimining mavjud quvvatlari bilan oʻzaro bogʻliq holda amalga oshirsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-sentabrdagi 430-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 37-son, 411-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari gaz isteʼmolchilarining barcha toifalari tomonidan gazdan oqilona foydalanishni, gaz tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulash hollariga yoʻl qoʻymaslikni, taʼminlasinlar.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-sentabrdagi 430-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 37-son, 411-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. “Oʻzbekneftgaz” milliy korporatsiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq. bosh boshqarmasi, Oliy xoʻjalik sudi bilan birgalikda tabiiy gazdan oqilona foydalanmaganlik hamda isteʼmolchilar, shu jumladan, aholi tomonidan shartnoma majburiyatlarining buzilganligi uchun sanksiyalarni kuchaytirish boʻyicha takliflarni bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Moliya vazirligi 1994-yilning birinchi choragida markazlashgan eksportdan tushadigan valyuta mablagʻlari hisobidan “Shlyumberje Industri” (Fransiya) firmasidan gaz hisoblagichlar ishlab chiqarish asbob-uskunalarini, gaz sarfini hisobga olish asboblarini sinash va sozlash qurilmalarini sotib olish, mutaxassislarni oʻqitish uchun (Radioelektrontexasbob” davlat konsernining “Rele va avtomatika” zavodiga 2,2 mln AQSh dollari ajratishni nazarda tutsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Radioelektrontexasbob” davlat konserni 1994-yilda “Rele va avtomatika” zavodida, Fransiyaning “Shlyumberje Industri” firmasi litsenziyasi boʻyicha, gaz sarfini hisobga olish asboblari ishlab chiqarishni tayyorlashni hamda 1995-yildan boshlab har yili 50 mingtadan ana shunday asboblar chiqarishni taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. “Oʻzkommunxizmat” agentligi “Oʻzbekneftgaz” milliy korporatsiyasining “Oʻzneftgazfan” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi bilan birgalikda, sanoat va kommunal-maishiy korxonalarda foydalanish uchun, gaz goryelkalari qurilmalarining eng maqbul va energiyani tejaydigan xillarini yaratsin hamda 1994-yildan boshlab ularni ishlab chiqarishni oʻzlashtirsin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 13-fevraldagi 74-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 3-4-son, 13-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda 1994-yilda bosimi 1 kv. sm. hisobiga 12 kilogrammgacha boʻlgan gaz quvurlarini qurish hamda foydalanishga qabul qilib olish boʻyicha qurilish normalari va qoidalarini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. “Oʻzdavteleradio”, Davlat matbuot qoʻmitasi Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda turmushda va xalq xoʻjaligida gazdan xavf-xatarsiz, oqilona foydalanishga doir tegishli dasturlarni, reklamalarni va videofilmlarni tayyorlashni hamda muntazam yoritib borishni taʼminlasinlar. Moliya vazirligi mazkur tadbirlarni oʻtkazishga, hisob-kitoblarga muvofiq har yili mablagʻlar ajratishni nazarda tutsin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 13-fevraldagi 74-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 3-4-son, 13-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish, faoliyat tarmoqlari boʻyicha, Bosh vazir oʻrinbosarlari zimmasiga yuklatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1993-yil 2-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
587-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 3-4-son, 13-modda; 2002-y., 5-6-son, 42-modda; 2004-y., 3-son, 31-modda; 37-son, 411-modda)