06.05.1995 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 140
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Qoidalari, 06.05.1995 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 140
Date of entry into force
06.05.1995
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“TASDIQLAYMAN”
Tashqi iqtisodiy aloqalar
vazirligi
“TASDIQLAYMAN”
Madaniyat ishlari
vazirligi
“TASDIQLAYMAN”
Moliya vazirligi
“TASDIQLAYMAN”
Adliya vazirligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Eksponatlarni (koʻrgazma nusxalarini) xorijga olib chiqish hamda xorijda muzey fondi, jamoat va shaxsiy toʻplamlarning koʻrgazmalarini oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoidalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1995-yil 6-mayda 140-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Qoida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika muzeylari faoliyatini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 23-dekabr 1994-yil 618-sonli qarorini bajarish maqsadida ishlab chiqilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Koʻrgazmalar va alohida eksponatlar chet elga Oʻzbekiston Respublikasi va chet el mamlakatlari oʻrtasidagi madaniy hamkorlik bitimlari asosida joʻnatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Koʻrgazmalar va alohida eksponatlarni muzeylar va boshqa tashkilotlar oʻzaro almashuvi, faqatgina koʻrgazmani tashkil etayotgan muzey va idoraning yuqori tashkilotga buyrugʻi asosida manfaatdor tomonlarning tegishli shartnomalar asosida koʻrgazmani oʻtkazish sharoitlari, uning toʻlaligiga va zararlanmasligiga kafolat beruvchi, madaniy yodgorliklarni oʻz vaqtida qaytarish shartlari yuridik rasmiylashtirilgan holdagina amalga oshishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Koʻrgazmalar oʻtkazish haqidagi shartnomalarni tuzishda oʻz vaziyati, ishtirokidan maqsadi, oʻzaro foydali iqtisodiy hisob-kitob va kelajak rejalarini hisobga olish lozim. Shartnomada eksponatlarni joʻnatish katalog (eksponat tartibining roʻyxati) maʼlumotlari va boshqa hujjatlarni olish aniq vaqti, sugʻurta qilish va olib borish shartlari belgilanadi. Shartnomani buzishning mumkin boʻlgan shartlari koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Tijorat asosida olib borilayotgan koʻrgazmalar shartnomasida namoyishlar zalining maydoni haqini toʻlash shartlari koʻrsatiladi. Eksponatlardan foydalanish va asbob-anjomlar, mutaxassislarni jalb etish, qayta tiklash ishlari va boshqalar uchun haq toʻlash shartlari belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Xorijda sanʼat asarlarini sotish masalasi boʻyicha avvaldan Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Soliq qoʻmitasi bilan kelishiladi. Sotuvdan tushgan mablagʻ budjetga toʻlovlar va koʻrgazma tashkilotchilarining vositachilik haqi toʻlangach, qolgani sanʼat asarining egasiga beriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Badiiy koʻrgazmalarni almashishga egalik huquqi, ichki va tashqi bozorda sanʼat asarlarini sotish, ularni nazorat qilish va avaylab saqlash, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi tomonidan olib boriladi. Bu ishlar Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Soliq qoʻmitasi bilan uzviy aloqada olib boriladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Xorijiy koʻrgazma tarkibiga kiritilgan barcha muzey boyliklari majburiy sugʻurta qilinishi shart. Sugʻurta qilish koʻrgazmani joʻnatishdan oldin tashkilotlar biri tomonidan tuzilgan shartnomaga binoan va mavjud xalqaro meʼyorlar (normalar)ga binoan oʻtkaziladi. Eksponatlarning sugʻurtasi koʻrgazma davomida oʻz kuchini saqlashi, ularni joʻnatish, saqlash, namoyish va yigʻuv ishlari, koʻrgazmaning doimiy saqlanadigan joyiga qaytarilguncha boʻlgan muddatda boʻlishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplashni taʼminlashi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Koʻrgazmada ishtirok etadigan eksponatlarni koʻrgazma tashkilotchilari tomonidan ishlab chiqilgan va yuqori tashkilotlar bilan kelishilgan konsepsiyaga binoan tanlab olinadi. Eksponatlarni muzey fondidan tavsiya etish normalari koʻrgazma konsepsiyasiga muvofiq aniqlanadi, koʻrsatilgan koʻrgazma maydoni eʼtiborga olinadi va shartnomada koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Eksponatlarni tanlab olishda asosiy eʼtibor asarlarning yaxshi saqlanish holatini aniq tekshirilganligi hamda holatini hujjatlashtirish va hujjatlarining toʻgʻriligiga katta eʼtibor berish kerak. Chet elga joʻnatilishi lozim boʻlgan alohida qimmatga ega boʻlgan eksponatlarni aniqlash uchun maxsus komissiya tuziladi. Uning tarkibi muzey muhofizlari, olimlar, taʼmirchilar kabi malakali mutaxassislardan iborat boʻladi, baʼzi vaziyatlarda zaruriyatga qarab oʻzlarining yozma xulosalari bilan rengenologlar ishtirok etadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Noyob eksponat hisoblangan, madaniyat va tarixiy yodgorliklar, chet el koʻrgazmalari uchun olib ketishga ruxsat etilmaydigan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining nodir tarixiy madaniyat yodgorliklari roʻyxatida tasdiqlangan tarixiy, ilmiy, badiiy yoki madaniy qimmatga ega boʻlgan eksponatlarni koʻrgazma tarkibiga kiritish mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Koʻrgazma badiiy boyliklari iqlim sharoitlari, muzey va koʻrgazma xonalarining tartibi, tashib olib borish texnologiyasi, muzey eksponatlarining toʻlaligi qoidalariga javob bermaydigan, muzey mutaxassislari tomonidan oʻrganilmagan yoki shubha tugʻdiradigan mamlakatlarga koʻrgazmani yuborishga yoʻl qoʻyilmaydi. Bunday hollarda koʻrgazma oʻtkazish shartnomasida oʻzbekistonlik malakali mutaxassislarning koʻrgazma sharoitlari bilan oldindan tanishishi qayd etilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Qimmatli badiiy sanʼat asarlarini chet ellarda ketma-ket 2-3 joyda namoyish etish maqsadga muvofiq emas. Eksponatlarni chet elda uzoq vaqt koʻrgazmalarga qoʻyilgan hollarda koʻrgazma oʻtkazish shartnomasida respublikadan taʼmirchi va boshqa mutaxassislarning asarlarni tekshirish uchun koʻrgazma oʻtkaziladigan joylarga borishlari koʻzda tutiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Chet elda koʻrgazmaga qoʻyilgan badiiy qimmatli asarlar va boshqa madaniy yodgorliklar chet el koʻrgazmalari tarkibiga koʻrgazmalarni oxirgi marta oʻtkazilgan muddatidan 2-3 yil oʻtgach kirgiziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Madaniy va tarixiy boyliklarni jamoat yoki yakka tartibda tashkilotlar, yoki birodarlashgan shaharlar oʻrtasidagi bevosita koʻrgazma almashish hollarida, koʻrgazma tarkibiga kirgizishda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi bilan oldindan kelishish koʻzda tutiladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Chet elga joʻnatilayotgan koʻrgazmalarni, koʻrgazma oʻtkazilayotgan tomondan zarur boʻlgan miqdordagi malakali mutaxassislar kuzatib borishi kerak. Ularning zimmasiga shartnoma shartlarini taʼminlashni nazorat qilish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yaxshi saqlanishini taʼminlash, ishonarli joylash, tashib olib borish, koʻrgazma namoyish etish va sanʼat yodgorliklarni respublikaga oʻz vaqtida qaytarib olib kelish ishlari yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Muzey rahbariyatining masʼuliyatlari va boshqa mansabdor shaxslarning, shuningdek, koʻrgazmani boshqa yerga kuzatib boruvchi shaxslarning masʼuliyatlari Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi bilan ifodalanadi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Respublikadan tashqariga madaniy boyliklarni olib chiqishga Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi tomonidan zarur hujjatlar vazirliklar, chet elga koʻrgazmani yoʻllovchi idora va tashkilotlar tomonidan tavsiya qilingandan soʻnggina ruxsat etiladi. Ruxsatnomani Madaniyat ishlari vazirligi tomonidan tasdiqlangan va Davlat soliq qoʻmitasining 1-fevral 1995-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasiga madaniy yodgorliklarni olib kelish va vaqtincha olib chiqib ketishni nazorat qilishning tartibi haqida” gi Yoʻriqnomaga koʻra koʻrgazma joʻnatilishidan avval 10 kundan kam boʻlmagan muddatda rasmiylashtiriladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Oʻzbekistondan madaniy yodgorliklar koʻrgazmasini chet ellarga olib chiqishga koʻrgazmani joʻnatish ishlarini ham hisobga olgan muddatda ruxsat etiladi. Koʻrgazma muddati uzaytirilishi mumkin boʻlgan holda, shuni tasdiqlovchi zaruriy hujjatlar berilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Madaniy yodgorliklarni olib chiqib ketishda bojxona organlarining nazorat punktlarida ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Joʻnatish oldidan koʻrgazma yuklari tegishli hujjatlar tomonidan, koʻrgazmani joʻnatuvchi mamlakat va qabul qiluvchi mamlakat hududida amal qiluvchi qoidalarga binoan bayonnoma rasmiylashtiriladi. Bojxona yuk bayonnomasiga eksponatlar roʻyxati ilova sifatida barcha kerakli hujjatlar qoʻshib beriladi va eksponatlarning bahosi, ogʻirligi koʻrsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Koʻrgazma eksponatlarini joylash, joyidan-joyiga tashib olib borish, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi tasdiqlagan muzey boyliklarini roʻyxatga olish va saqlash yoʻriqnomasi bilan belgilangan qoidalar boʻyicha bajariladi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Chet elga yuborilayotgan muzey boyliklarini yaxshi saqlanishi maqsadida koʻrgazma eksponatlarini bojxona tomonidan tekshirish va joylash, joʻnatuvchi muzey hududida albatta koʻrgazmani kuzatib boruvchi, saqlovchi va qayta tiklovchilar ishtirokida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Nodir sanʼat asarlari va boshqa madaniy tarixiy yodgorliklarni olib borish qoʻriqlovchilar bilan bajariladi. Kerak boʻlgan hollarda buning uchun Ichki ishlar vazirligining tegishli organlari ishtirok etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Temir yoʻl orqali madaniy boyliklarni tashib olib borish faqatgina yoʻlovchi poyezdi tezligida bajariladi. Avtotransportda koʻrgazma yuklarini tashiganda maxsus usti yopiq, eksponat joylashgan yashiklarni mahkamlab qoʻyuvchi moslamalar bilan jihozlangan mashinalarda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Koʻrgazma yuklarini qabul qilib olish vaqtida eksponat solingan moslamalar, qutilar, tamgʻasiga diqqat bilan eʼtibor berish kerak. Yuk joylashuvining buzilganligi, yukning yetishmasligi, haqiqiy ogʻirligining yoʻl hujjatlarida koʻrsatilganidan farq qilishi, eksponatlarga zarar yetganligi maʼlum boʻlganda transport mutaxassislari ishtirokida akt tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Vaqtincha olib chiqib ketilgan muzey boyliklari respublikaga qaytarib olib kelingandan keyin, koʻrgazmani chet elga joʻnatgan masʼul tashkilot tomonidan tayinlangan maxsus komissiya tekshiruvidan oʻtishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Madaniy boyliklarni Oʻzbekiston Respublikasi chet ellarga ushbu qoida va boshqa amaldagi yoʻriqnomalarni buzgan holda olib chiqib ketish oqibati Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida koʻzda tutilgan javobgarlikka tortiladi.