Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.03.2000 06.11.1993 yildagi 533-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 06.11.1993 yildagi 533-son
Date of entry into force
06.11.1993
Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.03.2000
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PUL MUOMALASINI BARQARORLAShTIRIShGA OID QOʻShIMChA ChORALAR TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-martdagi 104-son “Bank tizimini isloh qilishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SSSR Davlat banki va Rossiya bankining 1961—1992-yillarda chiqarilgan qogʻoz pullari sobiq SSSRning koʻpchilik mamlakatlari hududida muomalada boʻlishi toʻxtatilganligi munosabati bilan hamda respublikaning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish va pul muomalasini barqarorlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Bundan buyon, 1993-yilning 9-noyabridan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining alohida farmoyishi chiqqunga qadar SSSR davlat banki va Rossiya bankining 1961—1992-yillar nusxasidagi naqd rubl qogʻoz pullarini aholi tomonidan omonatlarga qoʻyishda quyidagi tartib oʻrnatilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— doimiy propiskaga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari mavjud omonatlarini bir yoʻla 200 ming rubldan oshmaydigan mikdorda toʻldirishga, qoʻyilgan omonatlari boʻlmagan taqdirda esa shuncha miqdorda yangi omonatni qoʻyishga haqlidirlar. Ish haqi, pensiyalar, alimentlar, stipendiyalar va nafaqalarniig tushumlari boʻyicha naqd pulsiz oʻtkazilgan mablagʻlar ularda hisobga olinmaydi. Jamgʻarma bankining muassasalari omonatchining pasportiga kiritilgan omonat toʻgʻrisida belgi qoʻyadi, bu esa xodimning imzosi va muhr bilan tasdiqlanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-maydagi 236-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-maydagi 236-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Jamgʻarma banki mahalliy muassasalarining Oʻzbekiston hududida propiskada turmagan va Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari boʻlmagan shaxslardan omonatlarni qabul qilib olishi taqiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Respublika Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qoʻshimcha koʻrsatmalarini olgunga qadar yangi tashkil etilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarni roʻyxatga olish hamda bank muassasalari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga yangi schyotlar ochish toʻxtatib turilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Koʻzda tutilayotgan tadbirlar munosabati bilan banklarga va xoʻjalik yurituvchi subyektlarga chakana savdoda va pulli xizmatlar sohasida naqd pulsiz hisob-kitoblarning barcha shakllaridan kengroq foydalanish tavsiya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ushbu qaror qatʼiy ijro etilishi ustidan taʼsirchan nazoratni taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur qaror bilan respublika aholisini keng koʻlamda tanishtirish uchun u ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinib, banklarning barcha muassasalarida osib qoʻyilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1993-yil 6-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
533-son