Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.05.2005 17.07.1993 yildagi 363-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 17.07.1993 yildagi 363-son
Date of entry into force
17.07.1993
Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.05.2005
Hujjat 17.07.1993 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
UY-JOY FONDIGA XIZMAT KOʻRSATISh VA UNI SAqLASh UChUN HISOB-KITOBLARNING KONTRAKT (ShARTNOMA) TIZIMIGA OʻTISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 18-maydagi 127-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasida kommunal xizmat koʻrsatishni boshqarishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 1993-yil 15-iyuldagi Farmonga va “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 1994-yil 1-yanvargacha mulk egalari va uy-joylarni ijaraga oluvchilar bilan hududiy kommunal foydalanish tashkilotlari oʻrtasidagi munosabatlarni uy-joy fondiga xizmat koʻrsatish va uni saqlash uchun hisob-kitoblarning kontrakt (shartnoma) tizimiga oʻtkazish zarur deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uy-joy fondiga xizmat koʻrsatishga va uni saqlash uchun tomonlarning oʻzaro javobgarligi toʻgʻpicida Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan namunaviy shartnoma-kontrakt maʼqullansin (ilova qilinmoqda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilab qoʻyilsinki;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisob-kitoblarning uy-joy fondini saqlash va undan foydalanish boʻyicha normativ (haqiqiy) xarajatlarni mulk egalari va uy-joylarni ijaraga oluvchilar hisobiga qoplashni nazarda tutuvchi yangi tizimiga oʻtish, unga xizmat koʻrsatishga davlat dotatsiyalari miqdorlarini har yili qisqartirib borgan holda, bosqichma-bosqich amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1993-yilda mahalliy hokimiyat organlari uy-joy fondidan foydalanish va uni saqlash boʻyicha haqiqiy xarajatlarining 70 foizi budjet hisobidan qoplanadi, keyinchalik dotatsiya miqdori yil sayin 10 foizga kamaytirib boriladi va keyingi yillarda mazkur xarajatlar toʻliq mulk egalari va uy-joylarni ijaraga oluvchilar hisobiga qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. 1994-yildan boshlab aholiga kommunal xizmat koʻrsatish boʻyicha xarajatlarni mablagʻ bilan taʼminlash Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlari mablagʻlari hisobiga amalga oshirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi bilan birgalikda 20 kun muddatda, kontrakt tizimini hisobga olgan holda, uy-joy fondiga xizmat koʻrsatish va uni saqlash daromadlari va xarajatlari balansini tayyorlasin hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan budjet mablagʻlari hajmlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1993-yilning ikkinchi yarim yili va keyingi yillar uchun respublika budjetida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga koʻrsatib oʻtilgan maqsadlar uchun maqsadli subsidiyalar berish koʻzda tutilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mulk egalari va uy-joylari ijaraga oluvchilar bilan oʻzaro munosabatlarning koʻrsatib oʻtilgan tartibi oʻz balansida idoraga qarashli uy-joy fondi boʻlgan vazirliklar, idoralar, birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarga ham joriy etilsin. Ularga har yili uy-joylardan foydalanish va ularni saqlashga tegishli mablagʻlar ajratish yuklatilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi ikki oy muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda, uy-joy fondining toʻliqlik va shinamlik darajasiga, shuningdek, uyning toifasiga, qulayliklar mavjudligiga va xizmat koʻrsatish sifatiga koʻra, umumiy maydonning 1 kv. metri uchun haq toʻlash tarifini aniqlash tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qopaqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga ushbu Tartib asosida umumiy maydonning bir kvadrat metri uchun haq toʻlash boʻyicha aniq stavkalarni belgilash huquqi berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Kvartira haqi toʻlash boʻyicha Fuqarolarning ayrim toifalari uchun hozirgi vaqtda amalda boʻlgan imtiyozlar saqlab qolinsin, tariflardagi tafovut budjet manbalari, shuningdek, uy-joy fondining kimga qarashli ekanligiga koʻra, korxonalar va tashkilotlarning mablagʻlari hisobiga uy-joylardan foydalanish tashkilotlariga toʻlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Uy-joylarga xizmat koʻrsatish qiymatini toʻlash boʻyicha aholining anchagina xarajatlarini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublika Mehnat vazirligi, Ijtimoiy taʼminot vazirligi, Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda koʻp bolali, kam taʼminlangan oilalarga maqsadli pul nafaqalari toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi takliflarini ishlab chiqsinlar va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, tegishli hududiy kommunal foydalanish birlashmalari bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shu yilning 1-noyabrigacha mulk egalari va uy-joylarni ijaraga olganlar bilan oʻzaro hisob-kitoblarning yangi tizimiga oʻtish toʻgʻrisida shartnoma-kontraktlar tuzsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholi oʻrtasida zarur tushuntirish ishlarini oʻtkazsinlar, bu ishlarga mahalla va uy-joy komitetlarini jalb etsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uy-joylardan foydalanish tashkilotlari tomonidan aholining yashash sharoitlarini yaxshilash va xizmatlar koʻrsatish sifatini oshirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar uchun mahalla va uy-joy komitetlarining javobgarligini oshirsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Energetika va elektrlashtirish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlarga Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda aholining kommunal xizmatlar (ularning oʻz xarajatlarini oʻzi qoplashga bosqichma-bosqich oʻtishini nazarda tutgan holda) uchun hisob-kitoblari tartibi toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari, korxonalar va tashkilotlari aholi tomonidan hamda respublika xalq xoʻjaligida foydalaniladigan suv, tabiiy gaz va boshqa energiya manbalarini tejab sarflash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 26-maydagi 166-f-son farmoyishini soʻzsiz bajarishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. OʻzSSR MIK va XKSning “Kvartira haqi hamda shaharlarda va shahar tipidagi posyolkalarda uy-joylardan foydalanishni tartibga solishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1927 yil 26-maydagi 63-son, OʻzSSR XKSning 1945-yil 31-dekabrdagi 2078-son qarorlari keyingi oʻzgarishlari bilan birga oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari oʻrtoq K. N. Toʻlaganov zimmasiga yuklatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1993-yil 17-iyul.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
363-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 1993-yil
17-iyuldagi 363-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiylashtirilgan kvartiralarga texnik xizmat koʻrsatish uchun
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NAMUNAVIY ShARTNOMA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

199____ yil “........” __________________________‎

(shahar, tuman markazi, shaharcha)‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur shartnoma Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi tomonidan tayyorlangan. Umumiy maydonining 1 kv. metri uchun toʻlov tariflari uy-joy fondining toʻliqlik va shinamlik darajasi, uyning toifasi, qulayliklarning mavjudligi va xizmat koʻrsatish sifatiga koʻra belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Shartnomaning maqsadi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur shartnoma uy-joy fondidan foydalanuvchi korxona bilan ____________________________ hududiy kommunal foydalanish birlashmasi nomidan ustav asosida ishlovchi, bundan keyin “ijrochi” deb nomlanuvchi direktor _________________________ va bundan keyin “buyurtmachi” deb nomlanuvchi kvartira egasi oʻrtasida xususiylashtirilgan kvartiraga texnik xizmat koʻrsatish uchun tuzildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Buyurtmachi topshiradi, ijrochi esa dalolatnoma boʻyicha ________________ koʻchasidagi umumiy maydoni _____ kv. metr boʻlgan ____________ -uydagi ______ta xona, vannaxona, oshxona, balkon, ayvon va peshayvondan iborat ________ -kvartirani texnik xizmat koʻrsatish uchun qabul qilib oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Tomonlarning majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ijrochi quyidagi majburiyatlarni oladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va jamoat uy-joy fondi uylari uchun belgilangan shartlarda uy-joylardan texnik foydalanishning yagona qoidalari va normalariga albatta rioya qilgan holda texnik xizmat koʻrsatishni taʼminlash, shu jumladan, uy-joyni, jihozlarni, uy atroflarini zarur holatda saqlashni va u yerda yashovchi aholiga xizmat koʻrsatishni taʼminlovchi ishlarni olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oyda __________ hisobidan umumiy ravishda foydalaniladigan joylarni, muhandislik asbob-uskunalarini, tashqi obodonlashtirish jihozlarini tuzatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oyda __________ hisobidan uy-joy konstruksiyalarini bahorgi va kuzgi nazoratdan oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oyda ___________ hisobidan muhandislik asbob-uskunalarini, kommunikatsiyalarini, uy ostidagi xonalarni, tomlarni, umumiy ravishda foydalaniladigan joylarni kuzgi-qishki davrda foydalanish uchun tayyorlab qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oyda ___________ hisobidan umumiy ravishda foydalaniladigan joylarga, uy atroflariga, axlatxonalarga sanitariya xizmati koʻrsatishni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir koʻrsatilgan xizmat uchun ____________ hisobidan propiska qilish, propiskadan chiqarish, maʼlumotnomalar berish yuzasidan xizmat koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tasdiqlangan tavsiflar va shartnomaviy narxlar boʻyicha boshqa pulli xizmatlar koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-oktabrdan kechiktirmasdan kvartirani va uy-joyni isitish mavsumiga tayyorlab qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paydo boʻlgan avariya holatlarini tezlik bilan, lekin talabnoma olingandan soʻng 4 soatdan kechikmay, boshqa nosozliklarni esa 24 soat ichida bartaraf etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
normativ muddatlar yetib kelishi bilan uy-joyning umumiy ravishda foydalaniladigan joylarini, muhandislik asbob-uskunalarini, yertoʻlalarni, tomlar va boshqalarni joriy hamda asosli tuzatish,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Buyurtmachi quyidagi majburiyatlarni oladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) uyga, kvartiraga texnik xizmat koʻrsatish yuzasidan mazkur Shartnoma boʻyicha bajarilgan ishlarni oʻz vaqtida qabul qilib olish va unga haq toʻlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) kvartiradan belgilangan maqsadlarga muvofiq foydalanish, uy-joyning sanitariya-texnika asbob-uskunalariga, tashqi obodonlashtirish obyektlariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Texnik xizmat koʻrsatganlik va tuzatganlik uchun haqni buyurtmachi umumiy maydonning 1 kv. metri uchun ishlar haqiqiy tannarxining________________foizi miqdorida toʻlaydi, sarf-xarajatlarning qolgan qismi mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kommunal xizmatlar toʻlovi ijrochi orqali Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tariflar boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijrochi aybi bilan issiqliq sovuq va issiq suv berishdagi va boshqa kommunal xizmatlar koʻrsatishdagi uzilishlar dalolatnoma bilan ikki tomonlama rasmiylashtiriladi va ular uchun haq toʻlanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Tomonlarning masʼuliyati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻz majburiyatlarini muddatida bajarmagan yoki zarur darajada bajarmagan hollarda ijrochi buyurtmachiga muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun ishlar qiymatining 0,5 foizi miqdorida jarima toʻlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Buyurtmachi tomonidan toʻlovlar muddati choʻzib yuborilganda muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun muddati oʻtkazib yuborilgan toʻlovlar summasining 0,5 foizi miqdorida penya undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Avariyani bartaraf etish boʻyicha shartnoma majburiyatlari ijrochi tomonidan buzilgan hollarda buyurtmachi shartnomada nazarda tutilgan ishlarni ijrochi mablagʻlari hisobiga bajarishi mumkin yoki zararlarni toʻlashni talab qilish huquqiga egadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buyurtmachi tomonidan uning shartnoma majburiyatlari oʻz vaqtida bajarilmaganligi tufayli ishlarda uzilish boʻlganligi uchun ijrochi javob bermaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Jarima sanksiyalarini toʻlash tomonlarni shartnoma boʻyicha qabul qilingan majburiyatlarni bajarishdan ozod qilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Shartnoma muddati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Shartnoma _____________ dan ____________ gacha boʻlgan davr uchun 1 yilga, 2 nusxada tuzildi, ikkala nusxa ham bir xil kuchga ega, ulardan biri buyurtmachida, ikkinchisi ijrochida saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar tomonlardan biri shartnomaning amalda boʻlish muddatlari tamom boʻlishidan ikki oy oldin uni toʻxtatish toʻgʻrisida ariza bermagan boʻlsa, shartnoma keyingi davrga uzaytirilgan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Muddati tamom boʻlgunga qadar shartnomani bekor qilish qonun bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Alohida shartlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Shartnomani bajarish, bekor qilish va uning muddatini uzaytirishga doir paydo boʻlgan barcha nizolar belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII. Tomonlarning hisob-kitob schyotlari va manzillari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buyurtmachi‎ Ijrochi‎
__________________________________‎ __________________________________‎
__________________________________‎ __________________________________‎

__________________________________‎
imzo‎

__________________________________‎
imzo‎


‎M.Oʻ.‎

Buyurtmachi uy-joy binolaridan foydalanish, uy atrofidagi hududlarni saqlash qoidalari bilan tanishtirilgan.‎

_________________________________‎
‎imzo‎ ‎
_________________________________‎
‎sana ‎
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 3-4-son, 13-modda)