Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2011 19.10.2005 yildagi 232-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 19.10.2005 yildagi 232-son
Date of entry into force
19.10.2005
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2011
Hujjat 29.08.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PAXTA TOLASINI XORIJIY INVESTITSIYaLAR IShTIROKIDAGI KORXONALARGA SOTISh MEXANIZMINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 24-dekabrdagi PQ-1449-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Paxta tolasini xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalarga sotish mexanizmini takomillashtirish, shuningdek xorijiy investitsiyalarni respublika yengil sanoatiga jalb etishni yanada kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 29-avgustdagi PQ–456-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 36-son, 359-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilab qoʻyilsinki, paxta tolasini xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining tashqi savdo kompaniyalari orqali sotish 2005-yil paxta xomashyosi hosilidan boshlab schyot-fakturalarda qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini paxta tolasining ulgurji sotish narxida ajratib koʻrsatgan holda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda Paxta tolasini erkin almashtiriladigan valyutaga xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga sotishda qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash toʻgʻrisidagi nizomni bir hafta muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ushbu qarorning qabul qilinishi munosabati bilan amaldagi qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari V.A. Golishev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2005-yil 19-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
232-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y. ,41-42-son, 320-modda; 2006-y., 36-son, 359-modda; 2008-y., 6-7-son, 27-modda)