14.10.2026 yildagi O‘RQ-1182-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 14.10.2026 yildagi O‘RQ-1182-son
Date of entry into force
15.10.2026
Hujjat 15.10.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasi tomonidan 2026-yil 22-sentabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2026-yil 2-oktabrda maʼqullangan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mamlakatimizda zamonaviy boshqaruv prinsiplarini joriy etish orqali davlat organlari faoliyatining samaradorligini oshirishga, davlat organlari mansabdor shaxslarining masʼuliyati va tashabbuskorligini kuchaytirishga, ular oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalar va vakolatlarni mustaqil hamda toʻlaqonli amalga oshirishi uchun zarur huquqiy kafolatlarni mustahkamlashga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga huquqni qoʻllash amaliyoti tahlili shuni koʻrsatmoqdaki, ayrim toifadagi shaxslar oʻz xizmat vazifalarini toʻsqinliksiz bajarishi uchun ularga zarur shart-sharoitlarni yaratish, ularning faoliyatiga gʻayriqonuniy aralashuvlarning oldini olish hamda daxlsizlik huquqini amalga oshirishning aniq huquqiy mexanizmlarini qonun hujjatlarida mustahkamlash zaruriyati mavjud.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilib, daxlsizlikka, immunitetga oid munosabatlar huquqiy jihatdan tartibga solinmoqda, ularning oʻziga xos xususiyatlari, qoʻllanilish doirasi va tartibi belgilanmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun daxlsizlik va immunitet institutlarini qoʻllashning yagona va aniq huquqiy mexanizmlarini shakllantirishga, qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etishga xizmat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007-yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008-yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 5, 176, 179-moddalar, № 9, 341-modda, № 12, 471, 477-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430-modda, № 10, 679-modda; 2019-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 3, 161-modda, № 5, 259, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 471-modda, № 9, 592-modda, № 11, 787-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 204-modda, № 7, 449-modda, № 10, 593-modda, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 14-moddalar, № 2, 142, 144-moddalar, № 3, 217-modda, 4-songa ilova, № 8, 800, 803-moddalar, № 10, 966, 968, 973-moddalar, № 12, 1193-modda; 2022-yil, № 2, 81-modda, № 3, 215, 216-moddalar, № 4, 337-modda, № 5, 464, 466-moddalar, № 6, 575-modda, № 10, 981-modda; 2023-yil, № 3, 184, 185, 187, 188-moddalar, № 4, 265-modda, № 5, 319-modda, № 10, 798-modda, № 11, 921-modda; 2024-yil, № 1, 8-modda, № 2, 111-modda, № 3, 245-modda, № 8, 818-modda, № 9, 954, 964-moddalar, № 10, 1070, 1071, 1073, 1077, 1079, 1083-moddalar, № 11, 1186-modda, № 12, 1280, 1287-moddalar; 2025-yil, № 2, 196-modda, № 3, 376, 377-moddalar, № 5, 643, 647-moddalar, № 8, 968-modda, № 9, 1042-modda, № 10, 1156-modda, № 11, 1236-modda; 2026-yil, № 1, 5-modda, № 3, 249, 250, 253-moddalar, № 4, 353, 354, 361-moddalar, № 6, 621, 622, 626-moddalar, № 7, 747-modda) quyidagi qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) 10-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan qoida qonunga muvofiq daxlsizlikka, immunitetga ega boʻlgan shaxslarga nisbatan alohida tartibga rioya etgan holda qoʻllaniladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) XVI bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“XVI bob. Odil sudlovni amalga oshirishga va huquqni muhofaza qilishning qonuniy tartibiga qarshi jinoyatlar”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) quyidagi mazmundagi 2303-modda bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“2303-modda. Daxlsizlikka va immunitetga oid kafolatlarni buzish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga yoki qonuniga muvofiq daxlsizlikka, immunitetga ega boʻlgan shaxsni bila turib qonunga xilof ravishda ushlab turish, majburiy keltirish, unga nisbatan tezkor-qidiruv faoliyatini, surishtiruv, tergov harakatlarini yoki ularning huquqlari va erkinliklarini cheklaydigan boshqa har qanday protsessual majburlov choralarini amalga oshirish, shuningdek bunday harakatlar sodir etish toʻgʻrisida buyruq yoki topshiriq berish, —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muayyan huquqdan mahrum etib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻsha harakatlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) takroran;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) zoʻrlik ishlatib yoki zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitib;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) dalillarni soxtalashtirgan yoki ayblovning sunʼiy dalillarini vujudga keltirgan holda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) qamoqqa olish yoki jinoiy javobgarlikka tortish orqali sodir etilgan boʻlsa, —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muayyan huquqdan mahrum etib, besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010-yil, № 6, 231-modda, № 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, № 12, 477-modda; 2011-yil, № 4, 103, 104-moddalar, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2012-yil, № 1, 3-modda, № 9/2, 244-modda, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 385-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 5-moddalar, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430, 431-moddalar, № 10, 679-modda; 2019-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161-modda, № 5, 259, 267-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469-modda, № 9, 589, 592-moddalar, № 10, 671-modda, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 881, 891-moddalar; 2020-yil, № 3, 204-modda, № 5, 296-modda, № 12, 689-modda; 2021-yil, № 1, 5, 11, 13, 14-moddalar, № 2, 142, 144-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800, 803-moddalar, № 9, 903-modda, № 10, 973-modda, № 12, 1193-modda; 2022-yil, № 2, 81-modda, № 3, 216-modda, № 4, 337-modda, № 6, 575-modda; 2023-yil, № 3, 184, 185-moddalar, № 4, 265, 269-moddalar, № 5, 319-modda, № 9, 713-modda; 2024-yil, № 1, 8-modda, № 2, 115-modda, № 9, 964-modda, № 10, 1070, 1073, 1077, 1083-moddalar, № 12, 1280, 1286, 1292-moddalar; 2025-yil, № 1, 8-modda, № 2, 196, 201-moddalar, № 3, 376-modda, № 6, 727-modda, № 8, 968, 969-moddalar, № 9, 1042-modda; 2026-yil, № 1, 5-modda, № 4, 353, 354-moddalar, № 6, 622, 626-moddalar, № 7, 750-modda, № 8, 926-modda) quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) 4-moddaning ikkinchi qismidagi “Immunitetga ega boʻlgan shaxslarga” degan soʻzlar “Immunitetga ega boʻlgan ajnabiy fuqarolarga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) 15-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Daxlsizlikka, immunitetga ega boʻlgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishlarini yuritishning oʻziga xos xususiyatlari ushbu Kodeks bilan belgilanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) 16-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Hech kimga qonunda nazarda tutilgan hollardan tashqari imtiyoz berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) 84-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi 71-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“71) daxlsizlikka ega boʻlgan shaxsni javobgarlikka tortish uchun rozilik berish rad qilingan boʻlsa”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) 223-modda chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) 239-moddaning uchinchi qismi chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7) 321-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Daxlsizlikka, immunitetga ega boʻlgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishini qoʻzgʻatish uchun sabab va yetarli asoslar mavjud boʻlganda, hujjatlar tegishliligiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokuroriga, viloyat, Toshkent shahar prokuroriga, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokuroriga va ularga tenglashtirilgan prokurorga yuboriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8) 364-moddaning birinchi qismi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bandidagi “hollarda toʻxtatiladi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi 5-band bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“5) jinoyat sodir etgan shaxsni daxlsizlik huquqidan mahrum qilish toʻgʻrisida, shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish yuzasidan rozilik berish haqida soʻrov yuborilgan hollarda toʻxtatiladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Daxlsizlikka ega boʻlgan quyidagi shaxslarga nisbatan yuritilgan jinoyat ishlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) ushbu Kodeks 5463-moddasi birinchi qismining 4-bandida koʻrsatilgan shaxslarga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudloviga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) ushbu Kodeks 5463-moddasi birinchi qismining 1, 2, 3, 5, 7, 8, 9 va 12-bandlarida koʻrsatilgan shaxslarga nisbatan — Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyat, Toshkent shahar sudining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining sudloviga tegishlidir”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10) quyidagi mazmundagi 591-bob bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“591-bob. DAXLSIZLIKKA, IMMUNITETGA EGA BOʻLGAN SHAXSLARGA NISBATAN ISH YURITISH
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5462-modda. Daxlsizlikka, immunitetga ega boʻlgan shaxslarga nisbatan ish yuritish qoidalarining qoʻllanilish doirasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu bob qoidalari Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq daxlsizlikka, immunitetga ega boʻlgan shaxslarga nisbatan qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Daxlsizlikka, immunitetga ega boʻlgan shaxslar bir necha asoslarga koʻra daxlsizlik, immunitet huquqiga ega boʻlgan taqdirda, ularning manfaatini koʻproq himoya qiladigan asos qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5463-modda. Daxlsizlikka ega boʻlgan shaxslar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar daxlsizlikka ega boʻlgan shaxslar deb hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining boshqaruv xodimlari, shu jumladan ular Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasidan ishdan boʻshatilganidan keyin besh yil davomida — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish va vakolatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlmagan harakati yoki harakatsizligi uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputatlari, xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman (shahar) Kengashlarining deputatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining, harbiy sudlarning, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudining, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlarining, fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman, shahar sudlarining, jinoyat ishlari boʻyicha tuman, shahar sudlarining, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlarining va tumanlararo maʼmuriy sudlarning sudyalari, sudya sifatida ishlagan davrida oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish va vakolatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq holatlar yuzasidan — sobiq sudyalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining sudyalar orasidan saylangan aʼzolari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining aʼzolari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar (nomzodlik maqomiga ega boʻlgan davrda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10) prokurorlar, tergovchilar va surishtiruvchilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11) xizmat vazifasini bajarish chogʻida — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining harbiy xizmatchilari (xodimlari);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12) davlat organlari va tashkilotlari komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalarining xodimlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13) advokatlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputatining, xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman (shahar) Kengashi deputatining daxlsizlik huquqi u qaysi viloyat, tuman yoki shahar deputati boʻlsa, oʻsha viloyat, tuman yoki shahar hududida amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5464-modda. Immunitetga ega boʻlgan shaxslar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar immunitetga ega boʻlgan shaxslar deb hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining mansabdor shaxslari va ularning oila aʼzolari (turmush oʻrtogʻi, shu jumladan sobiq turmush oʻrtogʻi, farzandlari va ota-onasi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining boshqaruv xodimlari — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish hamda vakolatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq holda qabul qilgan qarori, sodir etgan harakati yoki harakatsizligi, bildirgan fikri yoxud bergan koʻrsatmasi yuzasidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputatlari, xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman (shahar) Kengashlarining deputatlari — ovoz berish chogʻida fikr bildirganligi yoki nuqtai nazarini bayon etganligi uchun hamda oʻz vakolatlarini amalga oshirishi bilan bogʻliq boshqa harakatlari uchun, shu jumladan vakolatlari muddati tugaganidan keyin ham;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining, harbiy sudlarning, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudining, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlarining, fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman, shahar sudlarining, jinoyat ishlari boʻyicha tuman, shahar sudlarining, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlarining va tumanlararo maʼmuriy sudlarning sudyalari, sobiq sudyalari (sudya sifatida ishlagan davri uchun) — odil sudlovni amalga oshirish borasidagi vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda qabul qilgan qarori yoxud bildirgan fikri yuzasidan, bundan oldindan bila turib adolatsiz hukm, hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror chiqarish hollari mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Immunitetga ega boʻlgan shaxslarga nisbatan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
surishtiruv, tergov harakatlarini yoki boshqa protsessual harakatlarni amalga oshirishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoyat ishini qoʻzgʻatishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ularni ishda jinoyat protsessi ishtirokchisi sifatida jalb qilishga (bundan jabrlanuvchi, qonuniy vakil yoki fuqaroviy daʼvogar sifatida oʻz roziligi bilan jalb etilgan hollar mustasno);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushlab turish chorasini, ehtiyot chorasini yoki boshqa protsessual majburlov chorasini qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu modda birinchi qismining 1, 2 va 3-bandlarida koʻrsatilgan shaxslarga nisbatan tergovga qadar tekshiruv va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Immunitet Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining mansabdor shaxslariga va ularning oila aʼzolariga (turmush oʻrtogʻiga, shu jumladan sobiq turmush oʻrtogʻiga, farzandlariga va ota-onasiga) nisbatan ular mazkur lavozimdan yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasidan ishdan boʻshatilganidan keyin ham umrbod amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi boshqaruv xodimining immuniteti u Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasidan ishdan boʻshatilganidan keyin besh yil davomida saqlanib qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5465-modda. Daxlsizlikka ega boʻlgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishini qoʻzgʻatish va ularni jinoiy javobgarlikka tortish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Daxlsizlikka ega boʻlgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining boshqaruv xodimlariga nisbatan, jumladan ular Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasidan ishdan boʻshatilganidan keyin besh yil davomida — ularning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish va vakolatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlmagan harakati yoki harakatsizligi uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yozma roziligi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakiliga (ombudsmanga), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakiliga (Bolalar ombudsmaniga), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilga, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining sudyalariga hamda sudya sifatida ishlagan davrida oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish va vakolatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq holatlar yuzasidan sobiq sudyalarga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining, harbiy sudlarning, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudining, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlarining, fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman, shahar sudlarining, jinoyat ishlari boʻyicha tuman, shahar sudlarining, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlarining va tumanlararo maʼmuriy sudlarning sudyalariga, shuningdek sudya sifatida ishlagan davrida oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish va vakolatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq holatlar yuzasidan sobiq sudyalarga, Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining sudyalar orasidan saylangan aʼzolariga, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining aʼzolariga, davlat organlari va tashkilotlari komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalarining xodimlariga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) prokurorlar, tergovchilar va surishtiruvchilarga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar tomonidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) advokatlarga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar tomonidan qoʻzgʻatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Daxlsizlikka ega boʻlgan shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortishga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatini va Senati aʼzosini — tegishli palataning roziligi bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakilini (ombudsmanni) — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining roziligi bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakilini (Bolalar ombudsmanini) — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining roziligi bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining boshqaruv xodimini, jumladan u Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasidan ishdan boʻshatilganidan keyin besh yil davomida — uning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish va vakolatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlmagan harakati yoki harakatsizligi uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yozma roziligi bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilni — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yozma roziligi bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputatini, xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman (shahar) Kengashining deputatini — tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman (shahar) Kengashining roziligi bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining sudyalarini hamda sudya sifatida ishlagan davrida oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish va vakolatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq holatlar yuzasidan sobiq sudyalarni — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining roziligi bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining, harbiy sudlarning, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudining, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlarining, fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman, shahar sudlarining, jinoyat ishlari boʻyicha tuman, shahar sudlarining, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlarining va tumanlararo maʼmuriy sudlarning sudyalarini, shuningdek sudya sifatida ishlagan davrida oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish va vakolatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq holatlar yuzasidan sobiq sudyalarni — Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining xulosasi mavjud boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining roziligi bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9) Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining sudyalar orasidan saylangan aʼzolarini — Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining roziligi bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining aʼzolarini — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining roziligi bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarni (nomzodlik maqomiga ega boʻlgan davrda) — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining roziligi bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining harbiy xizmatchilarini (xodimlarini) — tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining va uning oʻrinbosarlarining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurorining, viloyat, Toshkent shahar prokurorining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining va ularga tenglashtirilgan prokurorning roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5466-modda. Daxlsizlikka ega boʻlgan shaxslarni majburiy keltirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Kodeks 5463-moddasi birinchi qismining 1 — 5, 7, 8, 9 va 12-bandlarida koʻrsatilgan daxlsizlikka ega boʻlgan shaxslarni majburiy keltirishga faqat ularga nisbatan belgilangan tartibda jinoyat ishi qoʻzgʻatilganidan va ularni jinoiy javobgarlikka tortishga rozilik berilganidan keyin yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Advokatni majburiy keltirish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurorining, viloyat, Toshkent shahar prokurorining va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning sanksiyasi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5467-modda. Daxlsizlikka ega boʻlgan shaxslarni ushlab turish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Daxlsizlikka ega boʻlgan shaxslar ushlab turilishi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organga olib kelinishi mumkin emas, bundan ushbu Kodeks 221-moddasining 1-bandida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha uch soatgacha ushlab turish hollari mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Daxlsizlikka ega boʻlgan quyidagi shaxslarni ushlab turish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatiga va Senati aʼzosiga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tegishli palatasining roziligi bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakiliga (ombudsmanga), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakiliga (Bolalar ombudsmaniga) nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining roziligi bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining aʼzosiga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining roziligi bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yozma roziligi bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining boshqaruv xodimlariga nisbatan, shu jumladan ular Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasidan ishdan boʻshatilganidan keyin besh yil davomida — ularning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish va vakolatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlmagan harakati yoki harakatsizligi uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yozma roziligi bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputatiga, xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman (shahar) Kengashining deputatiga nisbatan — tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman (shahar) Kengashining roziligi bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining harbiy xizmatchilariga (xodimlariga), advokatlarga nisbatan — tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurorining, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning roziligi bilan qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlari va tashkilotlari komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalarining xodimini, shu jumladan u bilan mehnat shartnomasi tugatilganidan yoki xizmatdan boʻshatilganidan keyin ikki yil ichida sobiq xodimini ushlab turishga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori xabardor etilgan holda, belgilangan tartibda yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5468-modda. Daxlsizlikka ega boʻlgan shaxslarga nisbatan qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatiga va Senati aʼzosiga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tegishli palatasining roziligi bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakiliga (ombudsmanga) nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining roziligi bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakiliga (Bolalar ombudsmaniga) nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining roziligi bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining boshqaruv xodimlariga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yozma roziligi bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yozma roziligi bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputatiga, xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman (shahar) Kengashining deputatiga nisbatan — tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurorining, viloyat, Toshkent shahar, tuman (shahar) prokurorlarining va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning yoxud yuqori turuvchi prokurorning taqdimnomasiga asosan tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman (shahar) Kengashining roziligi bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining sudyalariga nisbatan, shuningdek sudya sifatida ishlagan davrida oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish va vakolatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq holatlar yuzasidan sobiq sudyalarga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining roziligi bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining, harbiy sudlarning, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudining, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlarining, fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman, shahar sudlarining, jinoyat ishlari boʻyicha tuman, shahar sudlarining, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlarining va tumanlararo maʼmuriy sudlarning sudyalariga, shuningdek sudya sifatida ishlagan davrida oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish va vakolatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq holatlar yuzasidan sobiq sudyalarga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining xulosasi mavjud boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining roziligi bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9) Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining sudyalar orasidan saylangan aʼzosiga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining roziligi bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining aʼzolariga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining roziligi bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarga nisbatan (nomzodlik maqomiga ega boʻlgan davrda) — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining roziligi bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12) prokurorlar, tergovchilar va surishtiruvchilarga nisbatan — tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining va uning oʻrinbosarlarining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurorining, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlarining va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning roziligi bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining harbiy xizmatchilariga (xodimlariga) nisbatan — tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning roziligi bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14) advokatlarga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlarining va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning iltimosnomasiga koʻra belgilangan tartibda qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlari va tashkilotlari komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalarining xodimiga, shu jumladan u bilan mehnat shartnomasi tugatilganidan yoki xizmatdan boʻshatilganidan keyin ikki yil ichida sobiq xodimiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllashga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori xabardor etilgan holda, belgilangan tartibda yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5469-modda. Rozilik olish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Daxlsizlikka ega boʻlgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishini qoʻzgʻatishga, ularni jinoiy javobgarlikka tortishga yoki ularga nisbatan protsessual majburlov choralarini qoʻllashga va ushbu Kodeksning 54610-moddasida nazarda tutilgan tergov harakatlarini oʻtkazishga rozilik olish toʻgʻrisidagi taqdimnoma daxlsizlikka ega boʻlgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishini qoʻzgʻatishga vakolatli prokuror tomonidan kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur taqdimnomada:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) daxlsizlik huquqiga ega boʻlgan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) qilmishning holatlari va dastlabki huquqiy tavsifi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) qonunda oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish bilan bogʻliq harakati yoki harakatsizligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin emasligi belgilangan shaxslarga nisbatan — qilmish ularning oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish bilan bogʻliq emasligini koʻrsatuvchi asoslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) oʻtkazilishi zarur boʻlgan protsessual harakatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) qoʻllanilishi taklif etilayotgan protsessual majburlov choralari koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rozilikda jinoyat ishini qoʻzgʻatish va javobgarlikka tortish uchun asoslar, oʻtkazilishiga ruxsat berilgan tergov harakatlari va majburlov choralarining doirasi belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishni sudga qadar yuritish bosqichida shaxsning xatti-harakatlarini rozilikda nazarda tutilmagan ogʻirroq jazo belgilangan modda yoxud qoʻshimcha modda bilan malakalash uchun alohida rozilik olinishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54610-modda. Daxlsizlikka ega boʻlgan shaxslarga nisbatan tergov harakatlarini oʻtkazishning oʻziga xos xususiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Kodeks 5463-moddasi birinchi qismining 1 — 5, 7, 8, 9 va 12-bandlarida koʻrsatilgan daxlsizlikka ega boʻlgan shaxslarning turar joyiga yoki xizmat xonasiga, foydalanadigan transportiga kirishga, ularni koʻzdan kechirishga, ularda tintuv oʻtkazishga yoki ulardan ashyoni olishga, telefondagi soʻzlashuvlarini eshitishga, mazkur shaxslarni shaxsan koʻzdan kechirishga va shaxsiy tintuv qilishga, shuningdek ularning xat-xabarlarini, ularga tegishli ashyolar va hujjatlarni koʻzdan kechirishga, olib qoʻyishga yoxud olishga faqat mazkur shaxslarga nisbatan belgilangan tartibda jinoyat ishi qoʻzgʻatilganidan va ularni jinoiy javobgarlikka tortishga rozilik berilganidan keyin hamda tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining va uning oʻrinbosarlarining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurorining, viloyat, Toshkent shahar prokurorining va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning ruxsati yoki sudning qarori bilan yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlari va tashkilotlari komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari xodimlarining turar joyiga yoki xizmat xonasiga, foydalanadigan transportiga kirish, ularni koʻzdan kechirish, ularda tintuv oʻtkazish yoki ulardan ashyoni olish, mazkur shaxslarning telefondagi soʻzlashuvlarini eshitish, ularni koʻzdan kechirish va shaxsiy tintuv qilish, shuningdek ularning xat-xabarlarini, ularga tegishli ashyolar va hujjatlarni koʻzdan kechirish, olib qoʻyish yoxud olish faqat tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining yozma ruxsati yoki sudning qarori bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlarining va tashkilotlarining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari xodimini, shu jumladan sobiq xodimini u bilan mehnat shartnomasi tugatilganidan yoki xizmatdan boʻshatilganidan keyin ikki yil ichida guvoh yoki gumon qilinuvchi sifatida soʻroq qilishga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori xabardor etilgan holda, belgilangan tartibda yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Advokatning turar joyiga yoki xizmat xonasiga, shaxsiy yoki foydalanishidagi transportiga kirish, ularni koʻzdan kechirish, ularda tintuv oʻtkazish yoki ularni olib qoʻyish, uning telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarini eshitish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish, advokatni koʻzdan kechirish va shaxsiy tintuvdan oʻtkazish, xuddi shuningdek uning pochta-telegraf joʻnatmalarini, unga tegishli ashyolar va hujjatlarni koʻzdan kechirish yoki olib qoʻyish, advokatni majburiy keltirish, ushlab turish tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurorining, viloyat, Toshkent shahar prokurorining va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning sanksiyasi yoki sudning qarori bilan amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur moddaning qoidalari ushbu Kodeks 221-moddasining 1-bandida nazarda tutilgan hollarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54611-modda. Daxlsizlikni va immunitetni buzishning protsessual oqibatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu bobda belgilangan talablarni buzgan holda qabul qilingan protsessual qarorlar hamda harakatlar qonunga xilof deb hisoblanadi va bekor qilinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Daxlsizlikka, immunitetga ega boʻlgan shaxslarga nisbatan toʻplangan dalillar, agar ular belgilangan talablarni buzgan holda olingan boʻlsa, nomaqbul deb topiladi va ayblov asosiga qoʻyilishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddada nazarda tutilgan oqibatlar faqat daxlsizlik yoki immunitet huquqi buzilgan shaxsga nisbatan amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Daxlsizlik va immunitet talablari buzilganligi aniqlangan taqdirda jinoyat ishini yuritish uchun masʼul boʻlgan mansabdor shaxs:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) nomaqbul dalillarni ish materiallaridan chiqarib tashlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) qonunga xilof protsessual majburlov chorasini bekor qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) jinoyat ishi tegishli vakolatga ega boʻlmagan shaxs tomonidan qoʻzgʻatilgan yoki yozma rozilik mavjud boʻlmagan taqdirda ishni tugatadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) qonun buzilishiga yoʻl qoʻygan mansabdor shaxsning javobgarligi masalasini hal qilish uchun taqdimnoma yoki xususiy ajrim chiqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54612-modda. Daxlsizlikka, immunitetga ega boʻlgan shaxslarning oila aʼzolariga nisbatan daxlsizlik huquqining tatbiq etilishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu bobda nazarda tutilgan daxlsizlik kafolatlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi boshqaruv xodimlarining oila aʼzolariga (turmush oʻrtogʻiga, shu jumladan sobiq turmush oʻrtogʻiga, farzandlariga va ota-onasiga) nisbatan ham tatbiq etiladi. Bunda ularga nisbatan jinoyat ishini qoʻzgʻatish, tezkor-qidiruv faoliyatini, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va tergov harakatlarini amalga oshirish hamda protsessual majburlov choralarini qoʻllash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469, 471-moddalar, № 9, 591, 592-moddalar, № 10, 674, 676-moddalar, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 891-moddalar; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 203, 204-moddalar, № 7, 449-modda, № 9, 539, 540-moddalar, № 10, 593, 596-moddalar, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 7, 12, 13, 14-moddalar, № 2, 142-modda, № 3, 217-modda, № 4, 290, 293-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800, 802, 803-moddalar, № 9, 903-modda, № 10, 966, 967, 968, 973-moddalar, № 11, 1066-modda; 2022-yil, № 1, 1, 2-moddalar, № 2, 80, 81-moddalar, № 3, 215, 216-moddalar, № 4, 337-modda, № 5, 464, 465, 466, 467-moddalar, № 8, 787-modda, № 10, 981, 984-moddalar, № 12, 1188-modda; 2023-yil, № 3, 184, 185, 188, 189-moddalar, № 4, 265, 266, 268-moddalar, № 5, 319, 320-moddalar, № 7, 533, 534, 535, 537, 539-moddalar, № 8, 634-modda, № 10, 798-modda, № 11, 921, 923, 924-moddalar, № 12, 1004-modda; 2024-yil, № 1, 5, 7, 8, 9-moddalar, № 2, 102, 111, 115, 116-moddalar, № 3, 243, 245-moddalar, № 6, 530, 532-moddalar, № 7, 629-modda, № 8, 826, 829, 831-moddalar, № 9, 954, 964, 965-moddalar, № 10, 1070, 1071, 1073, 1077, 1078, 1083, 1084-moddalar, № 11, 1187, 1188, 1189-moddalar, № 12, 1279, 1280, 1282, 1286, 1287-moddalar; 2025-yil, № 1, 5, 8-moddalar, № 2, 187, 188, 196, 198, 201-moddalar, № 3, 368, 376-moddalar, № 4, 517, 521-moddalar, № 5, 643, 644-moddalar, № 6, 729-modda, № 7, 828, 829, 832-moddalar, № 8, 968, 971-moddalar, № 11, 1233, 1236, 1237-moddalar, № 12, 1322, 1327, 1328, 1329-moddalar; 2026-yil, № 1, 2, 6-moddalar, № 2, 131, 133-moddalar, № 3, 249, 250, 253-moddalar, № 4, 351, 353, 354, 355, 356, 359, 361, 364-moddalar, № 5, 496, 497, 499-moddalar, № 6, 621, 622, 626-moddalar, № 7, 747, 749-moddalar, № 8, 926-modda) quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) 9-modda quyidagi mazmundagi yettinchi qism bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Daxlsizlikka, immunitetga ega boʻlgan shaxslarning maʼmuriy javobgarligi masalasi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq hal qilinadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) quyidagi mazmundagi 161-modda bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“161-modda. Daxlsizlikka, immunitetga ega boʻlgan shaxslarning maʼmuriy javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Daxlsizlikka ega boʻlgan shaxslarni sud tartibida maʼmuriy javobgarlikka tortishga faqat ushbu Kodeksning XXIII3 bobida belgilangan tartibda yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Immunitetga ega boʻlgan shaxslarni sud tartibida maʼmuriy javobgarlikka tortish, shu jumladan ularga nisbatan sud tartibida beriladigan maʼmuriy jazoni qoʻllash mumkin emas”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) 271-modda quyidagi mazmundagi 82-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“82) daxlsizlikka ega boʻlgan shaxsni belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlikka tortishga rozilik berish rad etilgan boʻlsa”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) quyidagi mazmundagi XXIII3 bob bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“XXIII3 bob. DAXLSIZLIKKA, IMMUNITETGA EGA BOʻLGAN SHAXSLARGA NISBATAN ISH YURITISH
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31310-modda. Daxlsizlikka, immunitetga ega boʻlgan shaxslarga nisbatan ish yuritish qoidalarining qoʻllanilish doirasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq daxlsizlikka, immunitetga ega boʻlgan shaxslarga nisbatan ish yuritish ushbu bobda belgilangan xususiyatlar hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Daxlsizlikka, immunitetga ega boʻlgan shaxslar bir necha asoslarga koʻra daxlsizlik, immunitet huquqiga ega boʻlgan taqdirda, ularning manfaatini koʻproq himoya qiladigan asos qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31311-modda. Daxlsizlikka ega boʻlgan shaxslar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar daxlsizlikka ega boʻlgan shaxslar deb hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining aʼzolari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar (nomzodlik maqomiga ega boʻlgan davrda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining boshqaruv xodimlari, shu jumladan ular Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasidan ishdan boʻshatilganidan keyin besh yil davomida — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish va vakolatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlmagan harakati yoki harakatsizligi uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputatlari, xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman (shahar) Kengashlarining deputatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining, harbiy sudlarning, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudining, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlarining, fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman, shahar sudlarining, jinoyat ishlari boʻyicha tuman, shahar sudlarining, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlarining va tumanlararo maʼmuriy sudlarning sudyalari, sudya sifatida ishlagan davrida oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish va vakolatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq holatlar yuzasidan — sobiq sudyalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining sudyalar orasidan saylangan aʼzolari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputatining, xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman (shahar) Kengashi deputatining daxlsizlik huquqi u qaysi viloyat, tuman yoki shahar deputati boʻlsa, oʻsha viloyat, tuman yoki shahar hududida amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31312-modda. Immunitetga ega boʻlgan shaxslar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar immunitetga ega boʻlgan shaxslar deb hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining mansabdor shaxslari va ularning oila aʼzolari (turmush oʻrtogʻi, shu jumladan sobiq turmush oʻrtogʻi, farzandlari va ota-onasi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining boshqaruv xodimlari — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish va vakolatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq holda qabul qilgan qarori, sodir etgan harakati yoki harakatsizligi, bildirgan fikri yoxud bergan koʻrsatmasi yuzasidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputatlari, xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman (shahar) Kengashlarining deputatlari — ovoz berish chogʻida fikr bildirganligi yoki nuqtai nazarini bayon etganligi uchun hamda oʻz vakolatlarini amalga oshirishi bilan bogʻliq boshqa harakatlari uchun, shu jumladan vakolatlari muddati tugaganidan keyin ham;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining, harbiy sudlarning, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudining, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlarining, fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman, shahar sudlarining, jinoyat ishlari boʻyicha tuman, shahar sudlarining, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlarining va tumanlararo maʼmuriy sudlarning sudyalari, sobiq sudyalari (sudya sifatida ishlagan davri uchun) — odil sudlovni amalga oshirish borasidagi vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda qabul qilgan qarori yoxud bildirgan fikri yuzasidan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining boshqaruv xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish va vakolatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq holda qabul qilgan qarori, sodir etgan harakati yoki harakatsizligi, bildirgan fikri yoxud bergan koʻrsatmalari uchun maʼmuriy javobgarlikka tortilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Immunitet Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining mansabdor shaxslariga va ularning oila aʼzolariga (turmush oʻrtogʻi, shu jumladan sobiq turmush oʻrtogʻiga, farzandlariga va ota-onasiga) nisbatan ular mazkur lavozimdan yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasidan ishdan boʻshatilganidan keyin ham umrbod amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining boshqaruv xodimining immuniteti u Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasidan ishdan boʻshatilganidan keyin besh yil davomida saqlanib qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31313-modda. Daxlsizlikka ega boʻlgan shaxslarni maʼmuriy javobgarlikka tortish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Daxlsizlikka ega boʻlgan shaxslarni sud tartibida maʼmuriy javobgarlikka tortish quyidagi shartlar asosida amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatini va Senati aʼzosini — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tegishli palatasining roziligi bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakilini (ombudsmanni), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakilini (Bolalar ombudsmanini), Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining aʼzolarini — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasiga asosan — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining roziligi bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining boshqaruv xodimlarini, shu jumladan ular Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasidan ishdan boʻshatilganidan keyin besh yil davomida — ularning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish va vakolatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlmagan harakati yoki harakatsizligi uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yozma roziligi bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilni — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yozma roziligi bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputatini, xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman (shahar) Kengashining deputatini — tegishli prokurorning taqdimnomasiga asosan tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman (shahar) Kengashining roziligi bilan (mazkur hududda sodir etgan huquqbuzarlik uchun);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarni (nomzodlik maqomiga ega boʻlgan davrda) — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining roziligi bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7) sudyani — tegishli sudyalar malaka hayʼatining xulosasi bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8) Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining sudyalar orasidan saylangan aʼzosini — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining roziligi bilan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Daxlsizlikka ega boʻlgan shaxslarni maʼmuriy javobgarlikka tortishga rozilik berilgan taqdirda, ish yuritish umumiy tartibda davom ettirilib, ishlarni yuritishni taʼminlash choralarini qoʻllash uchun qoʻshimcha rozilik talab qilinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31314-modda. Daxlsizlikka ega boʻlgan shaxslarga nisbatan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni yuritishni taʼminlash choralarini qoʻllash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Daxlsizlikka ega boʻlgan shaxslarni maʼmuriy yoʻl bilan ushlab turish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatini va Senati aʼzosini — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tegishli palatasining roziligi bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakilini (ombudsmanni), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakilini (Bolalar ombudsmanini) — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining roziligi bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining aʼzosini — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining roziligi bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining boshqaruv xodimlarini, shu jumladan ular Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasidan ishdan boʻshatilganidan keyin besh yil davomida — ularning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish va vakolatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlmagan harakati yoki harakatsizligi uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yozma roziligi bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilni — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yozma roziligi bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputatini, xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman (shahar) Kengashining deputatini — tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman (shahar) Kengashining roziligi bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodni (nomzodlik maqomiga ega boʻlgan davrda) — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining roziligi bilan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudya huquqbuzarlik sodir etganlikda gumon qilinib ushlab turilgan taqdirda, bu haqda ushlab turish uchun asos boʻlgan hujjatlarning koʻchirma nusxalari ilova qilingan holda Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashiga u ushlangan paytdan eʼtiboran uch soatdan kechiktirmasdan xabar qilinishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Kodeks 31311-moddasi birinchi qismining 1 — 6 va 9-bandlarida hamda 31312-moddasida koʻrsatilgan shaxslarni shaxsan koʻrikdan oʻtkazishga, ularning ashyolarini, transport vositalarini koʻzdan kechirishga hamda ashyolari va hujjatlarni olib qoʻyishga yoʻl qoʻyilmaydi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Tezkor-qidiruv faoliyati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-344-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 12, 335-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda; 2017-yil, № 9, 506-modda, № 10, 605-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda, № 2, 47-modda, № 9, 589-modda, № 12, 891-modda; 2020-yil, № 12, 689-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 6, 524-modda; 2024-yil, № 3, 244-modda; 2026-yil, № 8, 927-modda) quyidagi qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) quyidagi mazmundagi 151-modda bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“151-modda. Daxlsizlikka, immunitetga ega boʻlgan shaxslarga nisbatan tezkor-qidiruv tadbirlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mansabdor shaxslariga va ularning oila aʼzolariga (turmush oʻrtogʻiga, shu jumladan sobiq turmush oʻrtogʻiga, farzandlariga va ota-onasiga), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish hamda vakolatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq holda qabul qilgan qarori, sodir etgan harakati yoki harakatsizligi, bildirgan fikri yoxud bergan koʻrsatmasi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining boshqaruv xodimlariga nisbatan tezkor-qidiruv faoliyati amalga oshirilmaydi, shu jumladan tezkor-qidiruv tadbirlari oʻtkazilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi boshqaruv xodimlariga nisbatan ularning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish va vakolatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlmagan harakati yoki harakatsizligi yuzasidan tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirishga, shu jumladan tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazishga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yozma roziligi asosida, ularning oila aʼzolariga (turmush oʻrtogʻiga, shu jumladan sobiq turmush oʻrtogʻiga, farzandlariga va ota-onasiga) nisbatan esa Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining yozma roziligi bilan yoʻl qoʻyilishi mumkin. Ushbu rozilikda u qaysi shaxs va holat yuzasidan berilayotganligi, oʻtkaziladigan tadbirning turi, asoslari, muddati va vakolatli organ koʻrsatiladi. Mazkur talablarni buzgan holda olingan natijalardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida koʻrsatilgan qoidalar tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining mansabdor shaxsiga nisbatan u mazkur lavozimdan yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasidan ishdan boʻshatilganidan keyin ham umrbod, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining boshqaruv xodimiga nisbatan esa u Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasidan ishdan boʻshatilganidan keyin besh yil davomida amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining, harbiy sudlarning, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudining, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlarining, fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman, shahar sudlarining, jinoyat ishlari boʻyicha tuman, shahar sudlarining, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlarining va tumanlararo maʼmuriy sudlarning sudyalariga, sobiq sudyalariga (sudya sifatida ishlagan davri uchun) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining sudyalar orasidan saylangan aʼzolariga nisbatan turar joy daxlsizligiga, yozishmalar, telefon orqali soʻzlashuvlar va boshqa soʻzlashuvlar, aloqa tarmoqlari orqali uzatiladigan pochta, kuryerlik joʻnatmalari va telegraf xabarlarining sir saqlanishiga boʻlgan huquqlarni cheklovchi, shuningdek abonentlar yoki abonent qurilmalari oʻrtasidagi bogʻlanishlar toʻgʻrisidagi axborotni olishdan iborat tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirishga, shu jumladan tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazishga sudning qaroriga asosan yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlari va tashkilotlari komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari xodimlarining turar joyiga yoki xizmat xonasiga, foydalanadigan transportiga kirish, ularning telefondagi soʻzlashuvlarini eshitish, ularning xat-xabarlarini koʻzdan kechirish bilan bogʻliq tezkor-qidiruv tadbirlari belgilangan tartibda faqat Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining yozma ruxsati bilan amalga oshiriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) 17-moddaning birinchi qismi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilangan daxlsizlikka, immunitetga ega boʻlgan shaxslarga nisbatan tezkor-qidiruv tadbirlarini ushbu Qonunning 151-moddasida belgilangan tartibga amal qilmagan holda oʻtkazishi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oltinchi va yettinchi xatboshilari tegishincha yettinchi va sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 27-iyulda qabul qilingan “Davlat organining yoki uning mansabdor shaxsining qonunga xilof qarori, harakati yoxud harakatsizligi tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1161-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2026-yil, № 7, 750-modda) 2-moddasi quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mansabdor shaxslari va boshqaruv xodimlarining oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish va vakolatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq qarorlari, harakatlari yoxud harakatsizligi natijasida yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti hisobidan amalga oshiriladi, ushbu mansabdor shaxslar va boshqaruv xodimlariga nisbatan regress huquqi qoʻllanilmaydi hamda zararning oʻrnini qoplash tartibi alohida qonun bilan belgilanadi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2026-yil 14-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻRQ-1182-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2026-y., 03/26/1182/1034-son)