17.09.2026 yildagi PQ-330-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 17.09.2026 yildagi PQ-330-son
Date of entry into force
17.09.2026
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Qoraqalpogʻiston Respublikasida qattiq maishiy chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasida ekologik vaziyatni yaxshilash, chiqindilarni qayta ishlash sohasiga zamonaviy yechimlar va texnologiyalarni joriy etish orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish hamda sohaga toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb etish maqsadida qaror qilaman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Qattiq maishiy chiqindilardan elektr energiyasi ishlab chiqarishni tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar natijasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) “China Sciences Environmental Protection Technology (Nong Kong) International Co., Ltd (CSET (NK))” kompaniyasi (Xitoy Xalq Respublikasi) (keyingi oʻrinlarda — Investor) tomonidan “Qoraqalpogʻiston Respublikasida qattiq maishiy chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish” investitsiya loyihasi (keyingi oʻrinlarda — Loyiha) doirasida xorijiy korxona (keyingi oʻrinlarda — Loyiha kompaniyasi) taʼsis etilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) Investor va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi oʻrtasida 2026-yil 14-sentabrda investitsiya shartnomasi imzolangani;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) “Oʻzenergosotish” AJ va Investor oʻrtasida 2026-yil 11-sentabrda Loyiha doirasida ishlab chiqarilgan elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim imzolangani;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(g) Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) va Investor oʻrtasida 2026-yil 11-sentabrda qattiq maishiy chiqindilarni Loyiha kompaniyasiga yetkazib berish toʻgʻrisidagi bitim imzolangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Loyihani amalga oshirish doirasida Investor va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi oʻrtasida tuzilgan investitsiya shartnomasi tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Majburiyat va imtiyozlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki, elektr energiyasini sotib olish va qattiq maishiy chiqindilarni yetkazib berish toʻgʻrisidagi bitimlarga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) Loyiha kompaniyasi ishlab chiqarilgan elektr energiyasini 30 yil davomida “Oʻzenergosotish” AJga kafolatlangan tarzda sotadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) Loyiha kompaniyasi Loyiha doirasida elektr stansiyasini yagona elektr energiyasi tarmogʻiga ulash uchun zarur boʻlgan havo elektr uzatish tarmoqlari va tegishli elektr infratuzilmasi qurilmalarini “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan beriladigan texnik shartlar asosida quradi va ishga tushirilgandan soʻng ularni “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga topshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) Loyiha kompaniyasi elektr stansiyasini ishga tushirishdan oldin “Milliy dispetcherlik markazi” DUK va “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ bilan birgalikda uning elektr energetika tizimiga taʼsirini baholash boʻyicha texnik xulosa tayyorlaydi hamda mazkur xulosa asosida tarmoqqa ulanishning yakuniy shartlari kelishiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(g) “Oʻzenergosotish” AJ 30 yil davomida elektr energiyasini kafolatlangan tarzda milliy valyutada xarid qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(d) Agentlik Loyiha kompaniyasiga 30 yil davomida qattiq maishiy chiqindilarni kafolatlangan hajmda yetkazib beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(j) Loyiha kompaniyasi qurilish davridagi oʻz majburiyatlari lozim darajada bajarilishining taʼminoti sifatida 8 million AQSH dollari miqdorida birinchi darajali bank kafolatini taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(z) Investor oʻz huquq va majburiyatlaridan Loyiha doirasida oʻzi tomonidan taʼsis etiladigan Loyiha kompaniyasi foydasiga voz kechadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) Loyiha kompaniyasi va “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan yer uchastkalari uchun toʻlanadigan ijara toʻlovi miqdori yer soligʻi miqdoriga tenglashtiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) Loyiha chiqindilarni utilizatsiya qilish va qayta ishlashga ixtisoslashgan sanoat zonalari (keyingi oʻrinlarda — ekosanoat zonasi) va ularga tutash boʻlgan hududlarda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Agentlik:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) havo elektr uzatish tarmoqlari uchun ajratilgan yer uchastkalarini Loyiha kompaniyasiga va “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga ijaraga beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) ekosanoat zonalaridagi yer uchastkalarini ulardan Loyiha doirasida foydalanish uchun Loyiha muddatiga teng boʻlgan muddatga Loyiha kompaniyasiga ijaraga beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Belgilansinki, Investor va Loyiha kompaniyasi 2026 — 2028-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasida 80 million AQSH dollari miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb etgan holda kuniga 0,75 ming tonna chiqindilarni termik usulda qayta ishlash orqali 90 million kVt elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega uskunalar ishga tushirilishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Loyihani amalga oshirishni jadallashtirish chora-tadbirlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Belgilab qoʻyilsinki, ekosanoat zonalariga tutash hududlar hamda Loyiha doirasida havo elektr uzatish tarmoqlari va elektr infratuzilmasi qurilmalarini qurish uchun zarur boʻlgan yer uchastkalari doimiy foydalanish huquqi bilan Agentlikka oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Agentlik va “Oʻzenergosotish” AJga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) Loyiha kompaniyasi bilan birgalikda Loyihani amalga oshirish uchun xalqaro mustaqil injiniring kompaniyasi va boshqa maslahatchilarni “taklif soʻrovi” xarid qilish tartib-taomili orqali jalb qilishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) Loyiha doirasida uch oy davomida ishlab chiqariladigan elektr energiyasini sotib olish, chiqindilarni yetkazib berish majburiyati bajarilishining taʼminoti sifatida Loyiha kompaniyasi foydasiga respublika banklarida tasdiqlangan va tiklanadigan akkreditivlar ochishga ruxsat berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Belgilansinki, Loyiha kompaniyasiga barcha soliqlar va yigʻimlar toʻlangan holda Loyihani moliyalashtirish doirasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) kredit olish, chet el valyutasida mablagʻlar olish va ulardan foydalanish (shu jumladan, chet el valyutasida kredit tushumlari) uchun chet eldagi xorijiy banklarda bank hisobvaraqlari ochish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida boʻlgan chet el pudrat tashkilotlari, yetkazib beruvchilar yoki chet el kreditorlariga toʻlovlarni Oʻzbekiston Respublikasidagi bank hisobvaraqlari orqali oʻtkazmasdan, toʻgʻridan-toʻgʻri amalga oshirish huquqlari beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Belgilansinki, Loyiha doirasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) infratuzilma obyektlarini qurish ishlarini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-dekabrdagi “Hududlarda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4929-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) infratuzilma obyektlarini qurish-taʼmirlash ishlari boʻyicha buyurtmachi vazifasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi “Maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5101-son qarorida belgilangan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Agentlik, “Oʻzenergosotish” AJ va “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga Investor tomonidan Loyihani amalga oshirish doirasida imzolangan bitimlar boʻyicha majburiyatlar bajarilmagan taqdirda, Loyiha kompaniyasi va Investor huquqini Loyihani moliyalashtirishda ishtirok etadigan boshqa kreditorlarga toʻgʻridan-toʻgʻri oʻtkazish haqida bitimlar tuzish huquqi beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(g) zarur yer uchastkalari hamda unga tutash hududlarda havo elektr uzatish tarmoqlari va elektr infratuzilmasi qurilmalarini qurishda qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanganlik (toifasi oʻzgartirilganligi) uchun qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi oʻrni (kompensatsiya toʻlovlari) qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qoplab beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Investorning buyurtmanomasiga binoan Loyihani amalga oshirish doirasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) Tashqi ishlar vazirligi — jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislar hamda ularning oila aʼzolari uchun kirish vizalari, zarur hollarda, Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) Ichki ishlar vazirligi — jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislar hamda ularning oila aʼzolariga koʻp martalik viza berilishi va uning muddati uzaytirilishini, shuningdek, turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilishi va uning muddati uzaytirilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi — xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) belgilangan tartibda taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi bir oy muddatda Nukus tumani “Taqirkoʻl” OFY hududidan 30 gektar yer maydoni ekosanoat zonasi tashkil etish uchun doimiy foydalanish huquqi bilan Agentlikka ajratilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Agentlik Energetika vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda, zaruratga koʻra, Loyihani amalga oshirish uchun zarur boʻlgan yer uchastkalarining yer fondi toifasini oʻzgartirish yuzasidan Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini oʻzgartirish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha Hukumat komissiyasiga takliflar kiritib borsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasiga, zarur hollarda, Loyihaning maqsadli koʻrsatkichlariga va texnik-iqtisodiy parametrlariga Investor bilan kelishgan holda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi loyiha hujjatlari belgilangan tartibda ekologik ekspertizadan oʻtkazilishini va Loyihani amalga oshirishda tabiatni muhofaza qilishga oid qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi hamda Energetika vazirligi Loyiha amalga oshirilishi, shuningdek, tomonlar oʻrtasidagi bitimlar doirasidagi majburiyatlar bajarilishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2026-yil 17-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-330-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2026-y., 07/26/330/0942-son)