Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 23.09.2005 yildagi PF-3662-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 23.09.2005 yildagi PF-3662-son
Date of entry into force
23.09.2005
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VA KOMMUNAL XIZMAT KOʻRSATISh KORXONALARINI QOʻLLAB-QUVVATLASh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublikaning uy-joy-kommunal xoʻjaligi sohasida bozor munosabatlari izchillik bilan tadbiq etilmoqda, qonunchilik va normativ-huquqiy baza mustahkamlanmoqda, uy-joy mulkdorlari shirkatlarining mulkdorlar huquqlarini muhofaza qilish, kommunal xizmatlar haqini toʻlashdan olingan mablagʻlardan oqilona foydalanishga qaratilgan faoliyati kuchaytirilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kommunal xizmatlar tariflari asossiz oshirilishining oldini olish boʻyicha aniq maqsadga qaratilgan ishlar olib borilmoqda, kommunal sohaga energiyani tejaydigan texnologiyalar tadbiq etilmoqda, muxandislik infratuzilmasini modernizatsiya qilish va texnik jihatdan qayta jihozlash boʻyicha xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda loyihalar amalga oshirilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2005-yilning 1-yanvaridan aholiga koʻrsatiladigan kommunal xizmatlar uchun qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha “nulinchi” stavka joriy etilgan, bu esa kommunal xizmat koʻrsatish korxonalarining sarf-xarajatlarini kamaytirish va tariflar oʻsishini cheklash imkonini berdi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga joylarda tariflarning aholiga koʻrsatilayotgan kommunal xizmatlar sifatiga muvofiqligi, toʻlovlarning toʻliq va oʻz vaqtida amalga oshirilishi ustidan tegishli nazorat taʼminlanmayapti. Issiqlik va ichimlik suv isrofgarchiligini kamaytirish, ulardan oqilona foydalanish, uy-joy fondini hisoblagich asbob-uskunalari bilan jihozlash, kommunal xoʻjalik korxonalarining unumsiz xarajatlarini qisqartirish chora-tadbirlari yetarli darajada amalga oshirilmayapti.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika aholisini ijtimoiy muhofaza qilish, tariflarning asossiz oʻsishiga yoʻl qoʻymaslik, shuningdek kommunal xizmat koʻrsatish korxonalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining 2006-2007-yillarda markazlashtirilgan isitish va issiq suv taʼminoti boʻyicha aholiga koʻrsatiladigan xizmatlar tariflarining miqdori 10 foiz boʻlgan farqini issiqlik taʼminoti korxonalariga Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplash toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 3-yanvardagi PF-3840-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 1-2-son, 4-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2006-2007-yillardagi Davlat budjeti parametrlarida aholiga markazlashtirilgan isitish va issiq suv taʼminoti boʻyicha koʻrsatilayotgan xizmatlar tariflaridagi farqlarni qoplashga mablagʻlarni nazarda tutsin;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 3-yanvardagi PF-3840-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 1-2-son, 4-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda energiyani tejaydigan texnologiyalarni tatbiq etish, qozonxona uskunalarini, issiqlik tarmoqlarini kapital taʼmirlash va kuzgi-qishki isitish mavsumiga tayyorgarlik tadbirlarini oʻtkazishga Davlat budjeti hisobidan ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi ustidan qattiq nazorat oʻrnatsin.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 36-son, 477-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2006-2007-yillar mobaynida kommunal xoʻjaligi korxonalarini moliyaviy va texnik jihatdan restrukturizatsiya qilish, 2008-yildan boshlab aholiga xizmat koʻrsatadigan markazlashtirilgan isitish va issiq suv taʼminotining oʻzini-oʻzi toʻla qoplashga oʻtishi boʻyicha harakatlar dasturini amalga oshirsin;
(3-bandning ikkinchi xatoboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 3-yanvardagi PF-3840-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 1-2-son, 4-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kommunal xizmatlarning raqobat bozorini shakllantirish, xususiy korxonalarning kommunal xizmat koʻrsatish sohasidagi ishtirokini kengaytirish, barcha isteʼmolchilarni energiya va suv hisoblagich asbob-uskunalari bilan jihozlash asosida energiya hamda resurslarni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish borasida tizimli chora-tadbirlar bajarilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari respublika aholisiga, birinchi galda kuzgi-qishki davrda, yaxshi turmush sharoitini taʼminlash, koʻrsatilgan kommunal xizmatlar uchun mablagʻlar toʻliq yigʻib olinishi va tariflarning asossiz oshirilishiga yoʻl qoʻyilmasligi, shuningdek markazlashtirilgan isitish va issiq suv taʼminoti boʻyicha xizmatlar bosqichma-bosqich oʻzini-oʻzi qoplashga oʻtkazilishi uchun shaxsan javobgar boʻlishlari toʻgʻrisida ogohlantirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kommunal xizmat koʻrsatish sohasida Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning yangi bosqichi toʻgʻrisida” 2001-yil 17-apreldagi PF-2832-sonli Farmonining 2-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2005-yil 23-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-3662-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 37-38-son, 283-modda; 2007-y., 1-2-son, 4-modda; 2010-y., 17-son, 130-modda; 2013-y., 36-son, 477-modda)