12.09.2026 yildagi PQ-326-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 12.09.2026 yildagi PQ-326-son
Date of entry into force
15.09.2026
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QARORI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholini suyultirilgan gaz bilan taʼminlash tizimini isloh qilish va bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholini suyultirilgan gaz bilan uzluksiz taʼminlash tizimining barqarorligini oshirish, suyultirilgan gaz resurslaridan samarali foydalanish, davlat tomonidan koʻrsatilayotgan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarining shaffofligi va manzilliligini taʼminlash, davlat ishtirokidagi korxonalar zimmasiga yuklangan kvazifiskal majburiyatlarni bosqichma-bosqich qisqartirish hamda mazkur sohaga bozor mexanizmlarini joriy etish uchun huquqiy va institutsional asoslarni yaratish maqsadida qaror qilaman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Maqsadlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar ushbu qarorni qabul qilishdan koʻzlangan asosiy maqsadlar etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) mavjud resurslardan oqilona foydalanishni yoʻlga qoʻygan holda suyultirilgan gazni aholiga oʻz vaqtida yetarli miqdorda bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish asosida yetkazib berishni yoʻlga qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) sohada uzoq muddatga moʻljallangan strategiyani shakllantirish hisobiga investitsiyalar va xususiy sektorni jalb qilish imkoniyatlarini kengaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) sohani tartibga soluvchi qonunchilikni takomillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(g) suyultirilgan gazni yetkazib berishda zamonaviy, tezkor va qulay texnologik uskunalarni joriy qilish, yoʻqotishlarni kamaytirish va tizimni toʻliq raqamlashtirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Suyultirilgan gaz taʼminotida bozor mexanizmlarini joriy etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Energetika vazirligining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) aholini suyultirilgan gaz bilan taʼminlash sohasidagi funksiyalarni ixtisoslashtirish, mazkur faoliyatning moliyaviy shaffofligini taʼminlash va bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish maqsadida “Hududgaztaʼminot” AJ taʼsischiligida “LPG-Trade” masʼuliyati cheklangan jamiyatini (keyingi oʻrinlarda — “LPG-Trade” MCHJ) tashkil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) xalqaro konsalting kompaniyalarini jalb qilgan holda suyultirilgan gaz bozorini erkinlashtirish strategiyasini ishlab chiqish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki, respublikada suyultirilgan gaz taʼminoti tizimida bozor mexanizmlari bosqichma-bosqich joriy etiladi. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berish ustuvorligi taʼminlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) respublika korxonalarida ishlab chiqariladigan va import qilinadigan suyultirilgan gaz (oʻz shoxobchalarida sotiladigan hajmlardan tashqari) faqat birja savdolari orqali sotiladi. Bunda suyultirilgan gazni birja orqali sotish narxining uni birja savdosiga chiqarish narxiga nisbatan oʻsish chegarasini (spred) belgilash bekor qilinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) aholiga suyultirilgan gaz yetkazib beradigan korxonalar mahsulotni birjadan va importdan toʻgʻridan-toʻgʻri xarid qiladilar. Bunda “LPG-Trade” MCHJ tomonidan suyultirilgan gazni import qilishga ruxsat berilmaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(g) aholi ehtiyojlari uchun yetkazib beriladigan suyultirilgan gaz taʼminoti tizimida islohotlarni amalga oshirish va xususiy sektorni jalb qilish orqali sohada raqobat muhiti bosqichma-bosqich shakllantiriladi hamda kross-subsidiyalash amaliyoti bosqichma-bosqich bekor qilinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(d) suyultirilgan gaz taʼminotidagi islohotlarni amalga oshirish jarayonida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari davlat tomonidan moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) davlat tomonidan aholiga imtiyozli narxlarda suyultirilgan gaz yetkazib berish maqsadida “LPG-Trade” MCHJ oʻz faoliyatini respublika boʻyicha yagona yuridik shaxs sifatida amalga oshiradi hamda respublika hududlaridagi filiallari orqali faoliyat yuritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) “Hududgaztaʼminot” AJ taʼsischiligida “LPG-Trade” MCHJni tashkil qilish doirasida xoʻjalik jamiyatlarining bir tashkilotdan boshqa bir tashkilotga oʻtkazilayotgan mulki, mulkiy huquqlari, shuningdek, ustav kapitalidagi aksiyalari (aktivlari) va ulushlari qiymati, shu jumladan, ularni qayta tashkil etish va tugatish chogʻida soliqqa tortishning barcha turlari boʻyicha soliq solish obyektlari hisoblanmaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) aholiga suyultirilgan gazni davlat tomonidan tartibga solinadigan chakana narxlarda yetkazib berish bilan bogʻliq narxlar tafovuti hamda iqtisodiy jihatdan asoslangan xarajatlar “LPG-Trade” MCHJga Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2026-yil 1-noyabrdan boshlab:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) “LPG-Trade” MCHJ tomonidan suyultirilgan gazni birja orqali sotib olib, aholiga yetkazib berish tizimi joriy qilinadi. Bunda xususiy tadbirkorlik subyektlari import hisobidan ham aholiga suyultirilgan gaz yetkazib beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) “Oʻzbekneftgaz” AJ va “Lukoil Overseas Supply and Trading Ltd” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladigan suyultirilgan gaz toʻliq hajmda tovar-xomashyo birjalarining alohida savdo maydonchasi orqali savdoga qoʻyiladi. Bunda boshqa tadbirkorlik subyektlari, jumladan, import qiluvchi korxonalar suyultirilgan gazni ixtiyoriy ravishda birjaning alohida savdo maydonchasida sotishlari mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) birjaning alohida savdo maydonchasida sotiladigan suyultirilgan gaz “LPG-Trade” MCHJ tomonidan aholiga yetkazib berish uchun xarid qilinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(g) birjaning alohida savdo maydonchasidan xarid qilinadigan suyultirilgan gaz hajmlari aholi ehtiyojlari uchun yetarli boʻlmagan taqdirda, “LPG-Trade” MCHJ suyultirilgan gazni birjaning ochiq savdolari orqali xarid qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(d) ijtimoiy soha obyektlari ehtiyojlari uchun suyultirilgan gaz bozor tamoyillariga asosan shakllanadigan birja narxlarida “LPG-Trade” MCHJ tomonidan yetkazib beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Energetika vazirligi bilan birgalikda aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimi toʻliq bozor mexanizmiga oʻtkazilgandan soʻng tovar-xomashyo birjalarining alohida savdo maydonchasini yopish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Andijon viloyati hokimligi va Energetika vazirligining 2026-yil 1-oktabrdan boshlab Andijon viloyatida “LPG-Trade” MCHJning faoliyati bilan bir qatorda tajriba sifatida tadbirkorlik subyektlari tomonidan importdan olib kelinadigan suyultirilgan gazni toʻgʻridan-toʻgʻri isteʼmolchilarga maishiy gaz ballonlarida erkin narxlarda yetkazib berish loyihasini (keyingi oʻrinlarda — Andijon loyihasi) amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda Andijon loyihasini amalga oshirish uchun quyidagi talablar belgilanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) viloyat hududida suyultirilgan gazni importdan olib kelish va maishiy gaz ballonlarida isteʼmolchilarga chakana tarzda sotish faoliyatini kamida 2 ta tadbirkorlik subyekti (keyingi oʻrinlarda — Operator) tomonidan amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) Operatorning suyultirilgan gazni tashish, qabul qilish, saqlash va tarqatish uchun zarur infratuzilma hamda moddiy-texnika bazasiga ega boʻlishi yoki ijara (autsorsing) shartnomasi asosida foydalanish huquqining mavjudligi hamda tegishli faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya va ruxsat etish hujjatlarining mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) Operatorning muhandis-texnik va ishchi xodimlari xavfsiz ish yuritish usullari boʻyicha oʻqitilganligi, attestatsiya va davriy bilim sinovlaridan oʻtkazilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(g) isteʼmolchilarga qulaylik yaratish maqsadida Operator tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlarni onlayn amalga oshirishni taʼminlovchi mobil ilovani ishga tushirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) Andijon loyihasi doirasida Operator isteʼmolchilarga suyultirilgan gazni oʻziga tegishli boʻlgan va identifikatsiya qilish imkonini beradigan (bar-kod, logotip, rang va boshqa belgilar) turli hajmdagi maishiy gaz ballonlarida cheklanmagan miqdorlarda yetkazib beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) Operator va “LPG-Trade” MCHJga oʻz faoliyatlarini olib borishda Andijon viloyati hududidagi suyultirilgan gaz taʼminoti obyektlari, jumladan, gaz toʻldirish inshootlari, suyultirilgan gaz saqlash omborlari va boshqa moddiy-texnika vositalaridan birgalikda foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Andijon loyihasi doirasida isteʼmolchilarga qoʻshimcha qulaylik yaratish va Operatorning tashish xarajatlarini kamaytirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) hududlardagi isteʼmolchilar soni va joylashuv masofasidan kelib chiqqan holda Operatorga shaharsozlik normalari va qoidalariga hamda yongʻin va sanoat xavfsizligi talablariga javob beradigan maishiy gaz ballonlarini saqlash va sotish shoxobchalarini tashkil etishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) Andijon viloyati hokimligiga Operatorning murojaatiga asosan maishiy gaz ballonlarini saqlash va sotish shoxobchalarini tashkil etishga tuman (shahar) hokimliklari tasarrufidagi boʻsh turgan yer uchastkalarini belgilangan tartibda ajratishga ruxsat etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Soliq qoʻmitasi va Bojxona qoʻmitasi bir oy muddatda Andijon viloyatida Operator tomonidan import qilinadigan va isteʼmolchilarga maishiy gaz ballonlarida erkin narxlarda sotiladigan suyultirilgan gaz hajmlarining alohida hisobini yuritish tizimini joriy etsin. Operator zimmasiga Andijon loyihasi boʻyicha hisobotlarni Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi va Energetika vazirligiga har oyning 10-sanasiga qadar taqdim etish yuklatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi ikki oy muddatda xalqaro tajribani oʻrgangan holda fuqarolik infratuzilma obyektlari va ularga yondosh hududlarda maishiy gaz ballonlarini saqlash va sotish shoxobchalarini loyihalash va qurishga qoʻyiladigan talablarni yanada takomillashtirish boʻyicha normativ hujjatlarga zarur oʻzgartirishlar yuzasidan taklif kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Transport vazirligi va Ichki ishlar vazirligi ikki oy muddatda maishiy gaz ballonlarini tashuvchi transport vositalariga qoʻyiladigan talablarni soddalashtirish, avariyalarning oldini olish va inson hayotiga xavf soluvchi omillarni inobatga olgan holda qonunchilik hujjatlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar yuzasidan taklif kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bir oy muddatda maishiy gaz ballonlariga qoʻyilgan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablarni xatlovdan oʻtkazsin va ularni xalqaro talablarga muvofiqlashtirish choralarini koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi Hukumat qarori qabul qilinishini taʼminlasin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) aholi ehtiyojlari uchun yetkazib beriladigan suyultirilgan gazning chakana narxi va yetkazib berish boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatning cheklangan narxini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga manzilli asosda koʻrsatiladigan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan Andijon loyihasini amalga oshirish tartibini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(g) “LPG-Trade” MCHJ talablari uchun respublikaning barcha hududlariga, tashish masofasidan qatʼi nazar, aholi ehtiyojlari uchun yetkazib beriladigan mahalliy korxonalarda ishlab chiqariladigan suyultirilgan gazni temir yoʻlda tashishning yagona tarifini tatbiq qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(d) “LPG-Trade” MCHJ tomonidan aholiga davlat tomonidan tartibga solinadigan chakana narxlarda suyultirilgan gazni yetkazib berish bilan bogʻliq narxlar tafovuti va iqtisodiy jihatdan asoslangan xarajatlarni qoplash maqsadida Davlat budjetidan ajratiladigan subsidiyalarni hisoblash, moliyalashtirish hamda monitoring qilish tartibi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Vazirlar Mahkamasi (Qoʻchqorov) bir oy muddatda “Lukoil Overseas Supply and Trading Ltd” kompaniyasi bilan birgalikda kompaniya obyektlarida ishlab chiqariladigan suyultirilgan gaz hajmlarini toʻliq tovar-xomashyo birjalarining alohida savdo maydonchasida sotish boʻyicha kelishuvga erishish yuzasidan amaliy choralar koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Energetika vazirligi va “Oʻzbekiston Respublikasi milliy investitsiya jamgʻarmasi” AJ bilan birgalikda uch oy muddatda xalqaro konsalting kompaniyalarini jalb qilgan holda “LPG-Trade” MCHJning aktivlarini xususiylashtirish strategiyasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Vazirlar Mahkamasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Energetika vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi va “Hududgaztaʼminot” AJ bilan birgalikda “LPG-Trade” MCHJning hududiy filiallarini tayyor loyiha sifatida bosqichma-bosqich xususiylashtirish ishlarini boshlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Energetika vazirligi Oʻzenergoinspeksiya, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, “Hududgaztaʼminot” AJ bilan birgalikda Andijon loyihasi doirasida xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan bosqichma-bosqich respublikaning boshqa hududlarida suyultirilgan gazni import qilish, saqlash va isteʼmolchilarga maishiy gaz ballonlarida erkin chakana narxlarda yetkazib berish tizimini Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda amaliyotga joriy etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Hisob palatasi “Hududgaztaʼminot” AJdan “LPG-Trade” MCHJga mol-mulkni, mulkiy huquqlarni, shuningdek, ustav kapitalidagi aksiyalarni (aktivlarni) va ulushlari qiymatini hamda hisob raqamlaridagi qoldiqlarni oʻtkazish jarayoni ustidan nazorat oʻrnatsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Energetika vazirligi “Hududgaztaʼminot” AJ bilan birgalikda “Hududgaztaʼminot” AJdan “LPG-Trade” MCHJga mol-mulkni, mulkiy huquqlarni, shuningdek, ustav kapitalidagi aksiyalarni (aktivlarni) va ulushlar qiymatini oʻtkazish jarayonini toʻgʻri tashkil etish maqsadida katta toʻrtlik (“big four”) auditorlik tashkilotlaridan birini “taklif soʻrovi” xarid qilish tartib-taomili asosida jalb qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Iqtisodiyot va moliya vazirligi “LPG-Trade” MCHJga suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimini qayta tashkil etish uchun 200 mlrd soʻm miqdorida Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan ssuda ajratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Belgilansinki, dizel yoqilgʻisini xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlarni qisman qoplash maqsadida 2026-yil 1-iyuldan boshlab 2026-yil 1-dekabrga qadar qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan tovar-xomashyo birjalaridagi savdolar orqali xarid qilinadigan har bir tonna dizel yoqilgʻisi qiymatining 15 million soʻmdan oshgan qismi uchun, biroq 2 million soʻmdan koʻp boʻlmagan miqdorda Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobidan Agrar sohada toʻlovlar agentligi orqali amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda subsidiya ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Energetika vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Iqtisodiyot va moliya vazirligi “LPG-Trade” MCHJ tomonidan aholiga davlat tomonidan tartibga solinadigan chakana narxlarda suyultirilgan gazni yetkazib berish bilan bogʻliq narxlar tafovutini hamda iqtisodiy jihatdan asoslangan xarajatlarni qoplash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) 2027-yildan boshlab ushbu belgilangan maqsadlar uchun zarur boʻladigan mablagʻlarni tegishli yil uchun Davlat budjeti parametrlarida alohida satr bilan belgilashni nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsan javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov hamda energetika vaziri Sh.X. Xodjayev belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2026-yil 12-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-326-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.09.2026-y., 07/26/326/0934-son)