04.02.1998 yildagi PF-1923-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 04.02.1998 yildagi PF-1923-son
Date of entry into force
04.02.1998
Hujjat 04.02.1998 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisob-kitob mexanizmini takomillashtirish hamda respublika budjeti va mahalliy budjetlarga toʻlovlar tushishini ragʻbatlantirish choralari toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolarning konstitutsion huquqlari va manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash, pensiyalarni, nafaqalarni, stipendiyalarni, budjet mablagʻidan pul bilan taʼminlanadigan korxonalar va tashkilotlar xodimlariga ish haqini oʻz vaqtida toʻlash maqsadida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion sudining “Korxonalar hisob raqamidan pul mablagʻlarini chiqarish navbatini tartibga soladigan qonunchilikni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 1998-yil 16-yanvardagi qaroriga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kengashining 1998-yil 20-yanvardagi 568-I-sonli qaroriga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 1998-yil 1-fevraldan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning hisob raqamidan pul mablagʻlarini chiqarishning quyidagi tartibi belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisob raqamida unga qoʻyiladigan barcha talablarni qondirish uchun yetarli miqdorda pul mablagʻi boʻlsa, bu mablagʻ mijozning farmoyishi va boshqa hujjatlarning tushishi tartibiga (qaysi biri oldin tushganiga) qarab hisobdan chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisob raqamidagi pul mablagʻi unga qoʻyiladigan barcha talablarni qondirish uchun yetarli boʻlmasa, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning banklardagi hisob raqamlaridan pul mablagʻi birinchi navbatda budjetga, budjetdan tashqari jamgʻarmalarga toʻlovlarni hamda ish haqini toʻlashga pul mablagʻi berishni koʻzda tutgan toʻlov (ijro) hujjatlariga mutanosib ravishda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning budjetga toʻlovlar hamda mehnat huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan talablar boʻyicha majburiyatlarini baravar taʼminlaydigan darajada hisobdan chiqariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy bank va Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir haftalik muddatda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning banklardagi hisob raqamidan pul mablagʻini chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Davlat boshqaruv organlari mansabdor shaxslarining moliya, soliq, bojxona va bank muassasalari ishiga xoʻjalik yurituvchi subyektlarning hisob raqamlaridagi pul mablagʻlarini hisobdan chiqarishda belgilangan tartibni buzishga olib keladigan aralashuvi taqiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilab qoʻyilsinki, ushbu Farmonning 1-bandida keltirilgan mablagʻni hisobdan chiqarish tartibini buzishda aybdor boʻlgan shaxslarga nisbatan qonunga muvofiq qattiq maʼmuriy va jinoiy javobgarlik choralari koʻriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Toʻlovlarning davlat budjeti daromadlariga oʻz vaqtida oʻtkazilishi va budjetning daromad qismi boʻyicha operatsiyalarning bajarilishi, shuningdek xoʻjalik yurituvchi subyektlarning banklardagi hisob daftarlaridan mablagʻni chiqarishning belgilangan tartibiga rioya etilishi uchun shaxsiy javobgarlik tijorat banklari muassasalari va markaziy bank bosh boshqarmalari hisob-kitob-kassa markazlari rahbarlari hamda bosh buxgalterlari zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Daromad mablagʻlaridan soliqlar va boshqa toʻlovlarning tushishi va qarzlarning kamayishi boʻyicha belgilangan koʻrsatkichlarning bajarilishi uchun soliq, moliya va bank organlari rahbarlari hamda mansabdor shaxslarni ragʻbatlantirish va ularning moddiy javobgarligi tizimi joriy etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Budjetga toʻlovlarning tushishi hamda budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzlarning kamaytirilishiga doir belgilangan koʻrsatkichlarning bajarilishi uchun rahbarlar va mansabdor shaxslarni ragʻbatlantirish va ularning moddiy javobgarligi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soliq va toʻlov intizomini mustahkamlash boʻyicha hukumat komissiyasiga zarur boʻlgan taqdirda unga oʻzgarishlar va qoʻshimchalar kiritish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Soliq va toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha hukumat komissiyasi yilning har choragi yakunlari boʻyicha hisobot davridan keyingi oyning 15-kunidan kechiktirmay budjetga taalluqli barcha toʻlovlar va soliqlar toʻla tushishiga doir ishlarning ahvolini, hududlar boʻyicha qarzlarning kamaytirilishini koʻrib chiqib, soliq, moliya va bank organlari rahbarlari hamda mansabdor shaxslarni ragʻbatlantirish va ularning moddiy javobgarligi toʻgʻrisidagi takliflarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi korxonalar va tashkilotlarning budjetga toʻlovlar boʻyicha 1998-yil 1-yanvargacha qolgan qarzlar tuzilmasini oʻzgartirishga doir takliflarni bir oy muddatda soliq va toʻlov intizomini mustahkamlash boʻyicha hukumat komissiyasiga taqdim etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Adliya vazirligi va Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idoralarning amaldagi meʼyoriy hujjatlari va yoʻriqnomalarini ushbu Farmon talablariga muvofiqlashtirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amaldagi qonunlarga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartishlar va qoʻshimchalarni kiritishga doir takliflarni tayyorlasin va taqdim etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Ushbu Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1998-yil 4-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-1923-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
1998-yil 4-fevraldagi PF-1923-son
Farmoniga ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Budjetga toʻlovlarning tushishi hamda budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzlarning kamaytirilishiga doir belgilangan koʻrsatkichlarning bajarilishi uchun rahbarlar va mansabdor shaxslarni ragʻbatlantirish va ularning javobgarligini oshirish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Respublika mintaqalarida manbalar boʻyicha budjetga daromadlar tushishining hamda budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzlarning miqdorlarini kamaytirish yuzasidan belgilangan koʻrsatkichlarning sifatli bajarilishi uchun ragʻbatlantirish va moddiy javobgarlik tizimi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Raisi va uning oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar soliq xizmati organlarining boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vaziri, viloyat, shahar va tuman moliya boshqarmalarining boshliqlari hamda ularning budjet daromad qismining ijrosi uchun masʼul boʻlgan oʻrinbosarlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Budjetga toʻlovlar boʻyicha operatsiyalarni oʻz vaqtida oʻtkazish masalalari uchun javobgar boʻlgan tijorat banklari muassasalarining bosh buxgalterlari va ularning oʻrinbosarlari hamda Markaziy bank bosh boshqarmalari hisob-kitob-kassa markazlarining direktorlari va bosh buxgalterlari uchun belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Rahbarlar va mansabdor shaxslarni mukofotlash toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilish chogʻida quyidagilar asosiy mezon hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umuman hudud boʻyicha budjetga toʻlovlar tushishi yuzasidan belgilangan koʻrsatkichlar bajarilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har chorakning birinchi kuniga nisbatan budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzlarning miqdorini kamaytirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Rahbarlar va mansabdor shaxslarga jarima solish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilish chogʻida quyidagilar mezon boʻladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umuman hudud boʻyicha budjetga toʻlovlar tushishi yuzasidan belgilangan koʻrsatkichlarning bajarilishini taʼminlamaslik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzlarning jami miqdori belgilab qoʻyilgan yuqori darajadan oshib ketishi. Qarzlar boʻyicha eng yuqori miqdor toʻlovlarning tegishli davrda (ortib boruvchi yakunga koʻra) amaldagi tushumining 10 foizi miqdorida belgilanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq va toʻlov intizomini mustahkamlash boʻyicha Hukumat komissiyasi tomonidan aniqlangan ayrim manbalar boʻyicha tushumlarning belgilangan koʻrsatkichlari bajarilishini taʼminlamaslik.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Umuman va manbalar boʻyicha budjetga toʻlovlar tushishi yuzasidan belgilangan koʻrsatkichlarni bajarganlik, shuningdek budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzlarni kamaytirganlik uchun har chorakning birinchi kunidagi holatga koʻra ushbu Nizomning 1-bandida koʻrsatib oʻtilgan mansabdor shaxslar har chorakda mansab maoshining 150 foizi miqdorida mukofotlanadilar. Mehnat haqi fondi boʻyicha tejaladigan mablagʻ va tegishli organlar maxsus fondlarining mablagʻlari mukofotlarni toʻlash manbalari hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Ushbu Nizomning 1-bandida koʻrsatilgan mansabdor shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 181-moddasiga muvofiq quyidagilar uchun jarima solinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umuman chorakka belgilangan koʻrsatkich bajarilmaganligi, budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzning jami miqdori belgilab qoʻyilgan eng yuqori darajadan ortiqcha oʻsishiga yoʻl qoʻyilganligi uchun — chorakka hisoblaganda mansab maoshining 10 foizidan 20 foizigacha miqdorda. Hisobot choragida ushbu koʻrsatkichlar bajarilmagan, ammo ortib boruvchi yakunga koʻra ularning bajarilishi taʼminlangan hollarda mansabdor shaxslarga jarima solinmaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umuman belgilangan koʻrsatkich bajarilgani holda, ammo 4 va undan koʻproq manbalar boʻyicha budjetga tushumlarni taʼminlamaganlik uchun — chorakka hisoblaganda mansab maoshining 10 foiziga qadar miqdorda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umuman belgilangan koʻrsatkich bajarilgani holda, ammo 3 tagacha manbadan budjetga tushumlarni taʼminlamaganlik uchun mansabdor shaxslar mukofotlanmaydilar va ularga jarima solinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur Nizomning bajarilishini soliq va toʻlov intizomini mustahkamlash boʻyicha Hukumat komissiyasi nazorat qilib boradi, u har chorakda oʻz majlislarida respublika mintaqalari boʻyicha budjetga soliqlar va boshqa toʻlovlarning tushishiga doir ahvolni koʻrib chiqadi hamda rahbarlar va mansabdor shaxslarni ragʻbatlantirish va ularning moddiy javobgarligi toʻgʻrisidagi tegishli takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Quyidagilarga jarimalar solinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat soliq qoʻmitasining Raisi va uning oʻrinbosarlariga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar soliq xizmatlarining boshliqlariga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi moliya vaziriga hamda viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalarining boshliqlariga — soliq va toʻlov intizomini mustahkamlash boʻyicha Hukumat komissiyasining takliflari asosida Vazirlar Mahkamasining qarori bilan;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar soliq xizmatlari boshliqlarining oʻrinbosarlariga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi moliya vazirining oʻrinbosarlariga, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalari boshliqlarining budjetlar daromad qismining ijrosi uchun javobgar boʻlgan oʻrinbosarlariga, shaharlar va tumanlar davlat soliq xizmatlari hamda moliya organlarining boshliqlariga va ularning oʻrinbosarlariga, tijorat banklari muassasalarining bosh buxgalterlari va ularning oʻrinbosarlariga, Markaziy bank bosh boshqarmalari hisob-kitob-kassa markazlarining direktorlariga hamda bosh buxgalterlariga — ularning yuqori organlari tomonidan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Jarimalar Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 182-moddasida koʻzda tutilgan tartibda solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.