04.09.2026 yildagi 467-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 04.09.2026 yildagi 467-son
Date of entry into force
07.09.2026
Hujjat 07.09.2026 01 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro turizm yarmarkalari va koʻrgazmalarida ishtirok etish uchun turizm sohasi subyektlarini aniqlash boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimini takomillashtirish hamda sohada byurokratik tartibotlarni tubdan qisqartirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 8-sentabrdagi PF-157-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Xalqaro turizm yarmarkalari va koʻrgazmalarida ishtirok etish uchun turizm sohasi subyektlarini aniqlash boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro turizm yarmarkalari va koʻrgazmalarida ishtirok etish uchun turizm sohasi subyektlarini aniqlash boʻyicha davlat xizmatini Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali toʻliq elektron shaklda koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro turizm yarmarkalari va koʻrgazmalarining xususiyatlaridan kelib chiqib, arizalarni qabul qilishning aniq muddatlari hamda ishtirokchilarni baholashning shaffof mezonlarini belgilash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Turizm qoʻmitasi Adliya vazirligi va Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 2026-yil 1-noyabrga qadar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu qaror bilan tasdiqlangan Reglamentga muvofiq davlat xizmati Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali joriy etilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat xizmatlari koʻrsatilishining har bir bosqichida murojaatlar real vaqt rejimida koʻrib chiqilishini kuzatib borish imkoniyatini yaratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Adliya vazirligi davlat xizmatlarini koʻrsatishning belgilangan tartibiga rioya etilishi yuzasidan, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat oʻrnatsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-son qarori bilan tasdiqlangan Xalqaro turizm yarmarkalari va koʻrgazmalarida yangi turdagi xizmat va mahsulotlar bilan ishtirok etish uchun turizm sohasi subyektlarini tanlab olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev va Turizm qoʻmitasi raisi A.Oʻ. Aqqulov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2026-yil 4-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
467-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 4-sentabrdagi 467-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro turizm yarmarkalari va koʻrgazmalarida ishtirok etish uchun turizm sohasi subyektlarini aniqlash boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MAʼMURIY REGLAMENTI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Maʼmuriy reglament (keyingi oʻrinlarda — Reglament) xalqaro turizm yarmarkalari va koʻrgazmalarida ishtirok etish uchun turoperatorlar, joylashtirish vositalari, transport tashkilotlari va turizm sohasida faoliyat yuritadigan boshqa tadbirkorlik subyektlarini (keyingi oʻrinlarda — turizm sohasi subyektlari) aniqlash boʻyicha davlat xizmatini (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmati) koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ariza beruvchi — xalqaro turizm yarmarkalari va koʻrgazmalari doirasida tashkil etiladigan Oʻzbekistonning yagona milliy stendida (keyingi oʻrinlarda — milliy stend) ishtirok etish istagida boʻlgan Davlat xizmatlari markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali Turizm qoʻmitasi huzuridagi “Milliy PR-markazi” davlat muassasasiga ariza bilan murojaat qiluvchi turizm sohasi subyektlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishtirokchi — Turizm qoʻmitasi huzuridagi “Milliy PR-markazi” davlat muassasasi tomonidan xalqaro turizm yarmarkalari va koʻrgazmalari doirasida tashkil etiladigan milliy stendda ishtirok etish uchun aniqlangan turizm sohasi subyekti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz — Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi huzuridagi “Milliy PR-markazi” davlat muassasasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro turizm koʻrgazmasi — turizm sohasida turli mamlakatlar va tadbirkorlik subyektlari tomonidan oʻz madaniyati, madaniy merosi, sayyohlik imkoniyatlari va mehmonxona xizmatlarini namoyish etadigan ixtisoslashtirilgan xalqaro koʻrgazma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro turizm yarmarkasi — turizm sohasida turli mamlakatlarning sayyohlik kompaniyalari hamda turizm sohasining boshqa nomzodlari tomonidan oʻz xizmatlari va mahsulotlarini xaridorlarga taqdim etishga ixtisoslashtirilgan xalqaro darajada oʻtkaziladigan tadbir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Davlat xizmati Davlat xizmatlari markazi va YIDXP orqali Markaz tomonidan koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Milliy stend uchun maydonlarni ijaraga olish, stendning dizayn va bezatish ishlari bilan bogʻliq xarajatlar Turizm qoʻmitasi huzuridagi Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tasdiqlangan smetasi doirasida ajratilgan mablagʻlar, homiylik mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda qoʻshimcha xizmatlar turizm sohasi subyektlari va Markaz oʻrtasida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tuziladigan pullik shartnoma shartlariga va oʻzaro kelishuvga muvofiq koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Davlat xizmati ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Ariza berish tartibi va shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Markaz har bir xalqaro turizm yarmarkasi va koʻrgazmasi (keyingi oʻrinlarda — xalqaro tadbir) oʻtkazilishidan kamida 120 kalendar kun oldin bu haqidagi eʼlonni oʻzining rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalariga joylashtiradi, oldindan rejalashtirilmagan xalqaro tadbirlar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Har bir xalqaro tadbirlarda milliy stend uchun ajratiladigan ijara maydonining umumiy hajmidan kelib chiqqan holda, turizm sohasi subyektlari uchun ajratiladigan joylar soni (limit) Markaz tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelgan holda murojaat qiladi yoki davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda ariza quyidagi muddatlarda taqdim etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
viza talab qilinadigan davlatlarda oʻtkaziladigan xalqaro tadbirlarda ishtirok etish uchun — xalqaro tadbir toʻgʻrisida eʼlon berilgan kundan boshlab (biroq, tadbir oʻtkazilishidan kamida 100 kalendar kun oldin);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
viza talab qilinmaydigan davlatlarda ishtirok etish uchun — xalqaro tadbir toʻgʻrisida eʼlon berilgan kundan boshlab (biroq, tadbir oʻtkazilishidan kamida 30 kalendar kun oldin).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib murojaat qilgan taqdirda, Davlat xizmati markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilgan taqdirda esa, mustaqil ravishda Reglamentga 2-ilovaga muvofiq davlat xizmatidan foydalanish uchun soʻrovnomani elektron tarzda toʻldiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Davlat xizmati koʻrsatilgani uchun yigʻim undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Ishtirokchini aniqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Markaz ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni kelib tushgan kundan boshlab uch ish kuni ichida koʻrib chiqadi hamda ularning ushbu Reglament talablariga muvofiqligi yuzasidan arizani qabul qilish yoxud rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Kamchiliklar sababli arizani qabul qilish rad etilgan taqdirda, asoslantirilgan xabarnoma shu kunning oʻzida Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali ariza beruvchiga elektron shaklda yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Ushbu Reglamentning 8-bandida belgilangan arizalarni qabul qilish muddati yakunlangandan soʻng Markaz besh ish kuni ichida quyidagi ruxsat berish yoki rad etish toʻgʻrisidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qabul qilingan arizalar soni ajratilgan kvotadan (limitdan) oshmagan taqdirda, talablarga javob beradigan barcha ariza beruvchilarning xalqaro tadbirda ishtirok etishiga ruxsat berish toʻgʻrisida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kelib tushgan arizalar soni ajratilgan kvotadan (limitdan) oshib ketgan taqdirda, ushbu Reglamentga 3-ilovada belgilangan baholash mezoniga muvofiq eng yuqori ball toʻplagan ariza beruvchilarga ruxsat berish toʻgʻrisida.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda ajratilgan kvotadan (limitdan) ortib qolgan, shuningdek, baholash natijalariga koʻra yetarli ball toʻplay olmagan nomzodlarning xalqaro tadbirda ishtirok etishi rad etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar baholash natijalariga koʻra bir nechta ariza beruvchilarning toʻplagan ballari teng boʻlib qolsa va ularning soni ajratilgan kvotadan (limitdan) ortiq boʻlsa, ishtirokchilar davlat xizmatidan foydalanish uchun ariza (soʻrovnoma) yuborilgan vaqtning ketma-ketligiga (soati va daqiqasiga) qarab, oldinroq murojaat qilganlar orasidan aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Xalqaro tadbirda ishtirok etishga ruxsat berish yoxud rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kunning oʻzida uning elektron nusxasi Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali ariza beruvchiga elektron shaklda yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Davlat xizmatini koʻrsatish ariza beruvchining arizasidagi maʼlumotlarning noaniqligi yoki u toʻgʻrisidagi maʼlumotlar haqqoniy emasligi aniqlangan taqdirda rad qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat xizmatini koʻrsatishni boshqa asoslarga koʻra, shu jumladan, maqsadga muvofiq emaslik vaji bilan rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arizadagi maʼlumotlarning toʻgʻriligi va haqqoniyligi uchun ariza beruvchi javobgar hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Ushbu Reglamentning 11-bandiga muvofiq arizani qabul qilish rad etilgan taqdirda, ariza beruvchi rad etishga sabab boʻlgan holatlarni bartaraf etib, mazkur Reglamentning 8-bandida belgilangan arizalarni qabul qilish muddati tugaguniga qadar arizani takroran taqdim etishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Takroran taqdim etilgan ariza Markaz tomonidan u qabul qilingan kundan boshlab ikki ish kuni ichida qayta koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda yangi asoslar boʻyicha rad etish yoki ilgari koʻrsatilgan kamchiliklar bartaraf etilgan taqdirda, qayta rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Ushbu Reglamentning 12-bandiga muvofiq qabul qilingan qarorlar (kvota yoki ball tizimi boʻyicha rad etish) boʻyicha quyidagi tartibda shikoyat qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ariza beruvchi yakuniy rad etish toʻgʻrisidagi qaror ustidan ushbu qarorni olgan kundan boshlab besh ish kuni ichida Markazning yuqori turuvchi organiga belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuqori turuvchi organ shikoyatni u kelib tushgan kundan boshlab besh ish kuni ichida koʻrib chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shikoyatni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qabul qilingan qaror shu kunning oʻzida ariza beruvchiga elektron shaklda yuboriladi. Bunda yuqori turuvchi organ tomonidan shikoyat qanotlantirilganda, ushbu ariza beruvchi kvota doirasida ishtirokchi etib belgilanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ariza beruvchi yuqori turuvchi organning qarori ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Xalqaro tadbirda ishtirok etish uchun turizm sohasi subyektlari quyidagi toifalar boʻyicha aniqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I toifa — turoperatorlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II toifa — joylashtirish vositalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III toifa — transport va aviatsiya tashkilotlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV toifa — ishtirok etish istagini bildirgan turizm sohasida faoliyat yuritadigan boshqa tadbirkorlik subyektlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Turizm sohasida faoliyat yuritadigan boshqa tadbirkorlik subyektlariga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekskursiya va gid (ekskursovod) xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
milliy hunarmandchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va turistlarga taklif etish (realizatsiya qilish) bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suvenir mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
turistlarga umumiy ovqatlanish xizmatlarini koʻrsatuvchi restoran, kafe, choyxona va boshqa umumiy ovqatlanish obyektlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
turizmga oid koʻngilochar, madaniy va rekreatsion xizmatlar koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlari (attraksionlar, etnoqishloqlar, madaniy-tomosha tadbirlari tashkilotchilari va boshqalar).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro tadbirda ishtirok etish uchun ajratilgan joylar soni quyidagi toifalarga boʻlinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
turoperator uchun — 60 foiz;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
joylashtirish vositalari uchun — 15 foiz;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
transport xizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlar uchun — 15 foiz;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
turizm sohasida faoliyat yuritadigan boshqa tadbirkorlik subyektlari uchun — 10 foiz.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Joylashtirish vositalari, transport xizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlar hamda turizm sohasida faoliyat yuritadigan boshqa tadbirkorlik subyektlari tomonidan xalqaro tadbirda ishtirok etish uchun qiziqish bildirilmagan taqdirda, ular uchun ajratilgan oʻrinlar turoperatorlar oʻrtasida taqsimlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Davlat xizmatlari markazi va Markaz oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Turizm sohasi subyektlari Davlat xizmatlari markazi va Markaz xodimlarining xatti-harakatlari ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Ushbu Reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro turizm yarmarkalari va koʻrgazmalarida ishtirok etish uchun turizm sohasi subyektlarini aniqlash boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro turizm yarmarkalari va koʻrgazmalarida ishtirok etish uchun turizm sohasi subyektlarini aniqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

“Milliy PR-markazi” DM (Markaz)

Xalqaro turizm yarmarkasi va koʻrgazmasi (keyingi oʻrinlarda — xalqaro tadbir) oʻtkazilishi haqida oʻzining rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon joylashtiradi, shuningdek, Oʻzbekistonning yagona milliy stendida ijara maydonidan kelib chiqib joylar sonini (limitni) belgilaydi.

Xalqaro tadbir oʻtkazilishidan kamida 120 kalendar kun oldin

2-bosqich

Ariza beruvchi

(turizm sohasi subyekti)

Davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) roʻyxatdan oʻtgan holda soʻrovnomani toʻldiradi.

Viza talab etilsa: tadbirdan kamida 100 kalendar kun oldin;

Viza talab etilmasa: tadbirdan kamida 30 kalendar kun oldin

3-bosqich

Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP

Ariza beruvchi nomidan (shaxsan kelganda) yoki mustaqil ravishda (YIDXP orqali) elektron soʻrovnoma toʻldiradi va avtomatlashtirilgan tizim orqali Markazga yuboradi.

Real vaqt rejimida

(soʻrovnoma toʻldirilishi bilan)

4-bosqich

Markaz

1. Kelib tushgan ariza va maʼlumotlarni koʻrib chiqadi.

Ariza kelib tushgan kundan boshlab 3 ish kuni ichida

2. Ularning Reglament talablariga muvofiqligi yuzasidan arizani qabul qilish yoxud kamchiliklar sababli rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va xabarnoma yuboradi.

Qaror qabul qilingan kunning oʻzida

5-bosqich

Ariza beruvchi va Markaz (Takroriy murojaat)

1. Birinchi bosqichda arizasi rad etilgan ariza beruvchi kamchiliklarni bartaraf etib, arizani takroran taqdim etadi.

2. Markaz takroriy arizani qayta koʻrib chiqadi.

Arizalarni qabul qilish muddati yakunlanganiga qadar 2 ish kuni ichida

6-bosqich

Markaz

Ariza qabul qilish muddati yakunlangach, quyidagi qarordan birini qabul qiladi:

ajratilgan kvotadan (limitdan) oshmagan taqdirda, talablarga javob beradigan barcha ariza beruvchilarga ruxsat berish toʻgʻrisida;

ajratilgan kvotadan (limitdan) oshib ketgan taqdirda, Reglamentga 3-ilovadagi mezonlar boʻyicha baholab, I-IV toifadagi eng yuqori ball olganlarga ruxsat berish, yetarli ball toʻplay olmagan nomzodlarni esa rad etish toʻgʻrisida.

Arizalarni qabul qilish muddati yakunlangan kundan boshlab 5 ish kuni ichida

7-bosqich

Markaz

Xalqaro tadbirda ishtirok etishga ruxsat berish yoxud rad etish toʻgʻrisidagi qarorning elektron nusxasini Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali ariza beruvchiga elektron shaklda yuboradi.

Qaror qabul qilingan kunning oʻzida

8-bosqich

Ariza beruvchi va Markaz

Ishtirokchi sifatida aniqlangan turizm faoliyati subyektlari bilan milliy stenddagi qoʻshimcha xizmatlarni koʻrsatish boʻyicha shartnoma tuzadi.

Kelishuvga muvofiq

(tadbir boshlanguniga qadar)

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro turizm yarmarkalari va koʻrgazmalarida ishtirok etish uchun turizm sohasi subyektlarini aniqlash boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro turizm yarmarkalari va koʻrgazmalarida ishtirok etish uchun
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SOʻROVNOMA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

I. Ariza beruvchi — jismoniy shaxs toʻgʻrisida maʼlumot

1.1. Familiyasi:

1.2. Ismi:

1.3. Otasining ismi:

1.4. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR):

II. Ariza beruvchi — yuridik shaxs toʻgʻrisida maʼlumot

2.1. Yuridik shaxsning STIR:

2.2. Yuridik shaxsning nomi:

2.3. Yuridik shaxsning joylashgan joyi (pochta manzili):

2.4. Bank MFO:

2.5. Bank nomi:

2.6. Bankdagi hisobvaragʻi:

2.7. Elektron pochta manzili:

2.8. Yuridik shaxs telefon raqami:

III. Ariza beruvchi toifasi

Quyidagilardan birini tanlang:

☐ Turoperator

☐ Joylashtirish vositasi

☐ Transport xizmatlarini koʻrsatishga ixtisoslashgan tashkilot

☐ Boshqa tashkilot (koʻrsating):______________________

IV. Ariza beruvchining faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

4.1. Rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarda sahifalari mavjudligi:

☐ mavjud

☐ mavjud emas

4.2. Xodimlarning chet tillarini bilish darajasi (milliy/xalqaro sertifikatlar) hamda amaldagi turoperator yoki gidlik sertifikatiga ega xodimlar sonini belgilang:

☐ 1 — 3 nafar xodim

☐ 4 — 6 nafar va undan ortiq xodim

☐ malakali xodim mavjud emas

4.3. Oxirgi bir kalendar yil davomida jalb qilingan turistlar sonini belgilang:

☐ 100 nafardan 500 nafargacha

☐ 501 nafardan 800 nafargacha

☐ 801 nafardan 1000 nafargacha

☐ 100 nafardan kam

4.4. Har bir amaldagi va tasdiqlangan turistik mahsulotlar (turpaketlar) soni:

4.5. Barqaror va ekologik turizm standartlariga rioya etilishi, tegishli xalqaro yoki milliy muvofiqlik sertifikati mavjudligi:

☐ mavjud

☐ mavjud emas

V. Xalqaro tadbir toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

5.1. Ishtirok etiladigan xalqaro turizm yarmarkasi yoki koʻrgazmasi nomi:

5.2. Oʻtkazilish sanalari:

____ / ____ / ______ dan ____ / ____ / ______ gacha

5.3. Oʻtkazilish joyi (shahar, mamlakat):

VI. Imzolovchi shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

6.1. F.I.O.:

6.2. Lavozimi:

6.3. Arizani qaysi asosda imzolayapsiz?

☐ Tashkilot rahbariman

☐ Rahbar emasman, vakolatni tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi

6.4. Aloqa uchun masʼul shaxs (agar imzolovchidan boshqa boʻlsa):

F.I.O.:_________________________________________

Telefon: _______________________________________

Elektron pochta: _________________________________

VII. Tasdiqlash va rozilik

☐ Soʻrovnomada koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻgʻri va ishonchli ekanligini tasdiqlayman.

☐ Notoʻgʻri maʼlumot taqdim etilgan taqdirda, qonunchilikda belgilangan javobgarlikni tushunaman.

☐ Shaxsiy maʼlumotlarimni amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq qayta ishlashga rozilik beraman.

VIII. Elektron tasdiqlash

Mazkur soʻrovnoma my.gov.uz portali orqali elektron raqamli imzo (ERI) bilan tasdiqlanadi.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Soʻrovnoma faqat elektron shaklda toʻldiriladi. Ariza beruvchidan “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olinadigan maʼlumotlar talab etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro turizm yarmarkalari va koʻrgazmalarida ishtirok etish uchun turizm sohasi subyektlarini aniqlash boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro turizm koʻrgazmalari va yarmarkalarida ishtirok etish uchun turizm sohasi subyektlarini baholash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MEZONLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Baholash mezoni

Koʻrsatkichlar

Maksimal ball

1.

Veb-sayt va ijtimoiy tarmoqlardagi faollik

Rasmiy veb-sayt va ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarning mavjudligi:

rasmiy veb-sayt va sahifalar mavjud boʻlsa — 5 ball;

sahifalar faol yuritilsa (soʻnggi 1 oyda muntazam yangilangan boʻlsa) — 10 ball;

mavjud emas — 0 ball.

15

2.

Kadrlar salohiyati va professional kvalifikatsiya

Xodimlarning chet tillarini bilish darajasi (milliy/xalqaro sertifikatlar) hamda amaldagi turoperator yoki gidlik sertifikatiga ega xodimlar soni:

13 nafar xodim mavjud boʻlsa — 5 ball;

4 — 6 nafar va undan ortiq xodim mavjud boʻlsa — 10 ball;

xodim mavjud boʻlmasa — 0 ball.

10

3.

Jalb qilingan turistlar

Oxirgi bir kalendar yil davomida jalb qilingan turistlar soni:

100 nafardan 500 nafargacha — 5 ball;

501 nafardan 800 nafargacha — 8 ball;

801 nafardan 1000 nafargacha — 10 ball;

100 nafardan kam boʻlsa — 0 ball.

10

4.

Turistik mahsulotlar (turpaketlar) xilma-xilligi

Turpaketlar soni:

har bir amaldagi va tasdiqlangan turpaket uchun — 1 balldan;

turpaketlar mavjud boʻlmasa — 0 ball

10

5.

Barqaror va ekologik turizm (Green Tourism) tamoyillari

Barqaror va ekologik turizm standartlariga rioya etilishi, tegishli xalqaro yoki milliy muvofiqlik sertifikati mavjudligi:

sertifikat mavjud boʻlsa — 10 ball

sertifikat mavjud boʻlmasa — 0 ball

10

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Har bir mezon belgilangan talablar asosida baholanadi va umumiy maksimal ball 55 ballni tashkil qiladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2026-y., 09/26/467/0899-son)