14.08.2026 yildagi PQ-295-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 14.08.2026 yildagi PQ-295-son
Date of entry into force
17.08.2026
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Samarqand viloyatida elektr energiyasini taqsimlash tarmoqlarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish va boshqarish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholini va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash, elektr energiyasini taqsimlash tarmoqlaridagi yoʻqotishlarni kamaytirish hamda sohaga xususiy operatorlarni jalb etish orqali ilgʻor xalqaro tajribalarni joriy etish maqsadida qaror qilaman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Maqsadlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar ushbu qarorni qabul qilishdan koʻzlangan asosiy maqsadlar etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) elektr energetika tarmogʻiga xususiy operatorlarni jalb etish orqali davlat xarajatlarini kamaytirish hamda iqtisodiyotda davlat ishtiroki ulushini qisqartirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) elektr energetika tizimida sogʻlom raqobat muhitini yaxshilash orqali isteʼmolchilarni uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan taʼminlash hamda xizmat koʻrsatish sifatini yanada oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) Samarqand viloyatida elektr energiyasini taqsimlash tarmoqlaridagi yillik energiya yoʻqotishlarini izchil kamaytirish, jumladan, davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim shartlariga asosan texnik audit natijalariga koʻra aniqlangan yillik yoʻqotish darajasi 20 — 25 foiz oraligʻida boʻlganda, operatsion davrda uni har yili 1,4 foizga, 15 — 20 foiz oraligʻida boʻlganda esa har yili 0,6 foizga pasaytirishni taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Elektr energiyasini taqsimlash tarmoqlari boshqaruviga xususiy operatorlarni jalb etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Xalqaro moliya korporatsiyasining moliyaviy va texnik koʻmagida Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Qonuni asosida oʻtkazilgan xalqaro tender natijalariga koʻra:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) “Samarqand viloyatida elektr energiyasini taqsimlash tarmoqlarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish va boshqarish” loyihasini (keyingi oʻrinlarda — loyiha) moliyalashtirish, qurish, boshqarish, unga texnik xizmat koʻrsatish va undan foydalanish boʻyicha “AKSA Elektrik Perakende Satış A.Ş.” (Turkiya) kompaniyasi tender gʻolibi (keyingi oʻrinlarda — tender gʻolibi) deb topilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) tender gʻolibi tomonidan loyihani amalga oshirish uchun xususiy sherik sifatida Oʻzbekiston Respublikasida “AKSA Samarqand Electricity Distribution” MCHJ (keyingi oʻrinlarda — xususiy sherik) taʼsis etilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) Oʻzbekiston Respublikasi nomidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda tender gʻolibi nomidan xususiy sherik oʻrtasida 2026-yil 29-yanvarda davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi bitim imzolanganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(g) davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq tender gʻolibi va xususiy sherik Samarqand viloyatida loyiha muddatining dastlabki 12 yili davomida 357 million AQSH dollari miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya jalb etishi, bunda loyihani amalga oshirish davrida xususiy sherik elektr energiyasini taqsimlash tarmoqlarining mavjud taqsimlash tizimini kengaytirishi, investitsiya kiritishi, modernizatsiya va rekonstruksiya qilishi, boshqarishi va ekspluatatsiya qilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(d) xususiy sherik va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ (keyingi oʻrinlarda — davlat sherigi) oʻrtasida 2026-yil 29-yanvarda davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim imzolanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Majburiyat va imtiyozlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki, davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) xususiy sherikka Samarqand viloyatida elektr energiyasini taqsimlash tarmoqlarini boshqarish va ularni ekspluatatsiya qilish huquqi beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) xususiy sherik davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimda hamda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan shartlar, xalqaro ilgʻor amaliyot talablari, qoidalari va standartlariga toʻliq rioya qilgan holda Samarqand viloyatida elektr energiyasini taqsimlash tarmoqlarini isteʼmolchilarni ulash uchun kengaytirish, quvvatlarni oshirish, investitsiyalar kiritish, modernizatsiya va rekonstruksiya qilish, boshqarish va ekspluatatsiya qilish majburiyatini oladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) xususiy sherik 2 yillik oʻtish davrida 27 mln AQSH dollaridan kam boʻlmagan miqdorda va keyingi davrlar uchun tasdiqlangan besh yillik investitsiya va rivojlanish rejalari hamda yillik investitsiya rejalariga muvofiq zarur investitsiyalarni kiritish, faoliyat samaradorligini oshirish, yoʻqotishlarni kamaytirish hamda zamonaviy boshqaruv usullarini joriy etish majburiyatini oladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(g) xususiy sherik oʻz majburiyatlari lozim darajada bajarilishining taʼminoti sifatida dastlabki ikki yil davomida 5 mln AQSH dollari miqdorida va keyingi davrlar uchun ham 5 mln AQSH dollari miqdorida yoki tasdiqlangan besh yillik investitsiya va rivojlanish rejalaridagi investitsiya miqdorining 5 foizi miqdoridan qaysi biri koʻp boʻlsa (yuqori boʻlsa), oʻsha qiymat boʻyicha bank kafolatini taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(d) davlat sherigi tomonidan taqdim etilgan xodimlarning toʻliq roʻyxati va ularning malakasi, ish tajribasi hamda joriy lavozimlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida xususiy sherik mavjud mehnat shartnomalarida nazarda tutilgan sharoitlardan kam boʻlmagan shartlarda va Oʻzbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligiga muvofiq, davlat sherigining ish taklifi berilgan va bu taklifni qabul qilgan xodimlari boʻyicha oʻz tanlovini taqdim etadi. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) davlat sherigi Oʻzbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligiga muvofiq xususiy sherikning ish takliflarini qabul qilgan xodimlar bilan mehnat munosabatlarini bekor qiladi hamda barcha ishdan boʻshatish nafaqalarini va boshqa majburiy toʻlovlarni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ii) xususiy sherik faqat oʻzi tomonidan bekor qilingan mehnat shartnomalari boʻyicha ishdan boʻshatish nafaqalari hamda mehnat munosabatlarini tugatish bilan bogʻliq boshqa toʻlovlar, talablar va huquqiy jarayonlar uchun javobgar boʻladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(j) davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq xususiy sherik tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar uchun unga ushbu bitim shartlariga muvofiq belgilangan daromadni olish kafolatlanadi. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) xususiy sherik tomonidan elektr energiyasini taqsimlash tarmoqlarini modernizatsiya qilish va kengaytirish uchun sarflangan xarajatlar davlat sherigi tomonidan oylik toʻlovlar davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimda belgilangan davr mobaynida chet el valyutasida denominatsiyalangan qiymat boʻyicha milliy valyutada toʻlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ii) xususiy sherikka elektr energiyasini taqsimlash tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish uchun toʻlovlar belgilangan narx boʻyicha milliy valyutada toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga xususiy sherik tomonidan loyihani amalga oshirish doirasida imzolangan bitimlar boʻyicha majburiyatlar bajarilmaganligi natijasida davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim bekor qilingan taqdirda, xususiy sherik va tender gʻolibining huquq va majburiyatlarini loyihani moliyalashtirishda ishtirok etadigan boshqa kreditorlarga oʻtkazish boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri bitimlar tuzish huquqi berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Quyidagilarga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) ”Hududiy elektr tarmoqlari” AJga xususiy sherik bilan birgalikda davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimda belgilangan tartib-taomillarga muvofiq loyihani amalga oshirish uchun xalqaro mustaqil injiniring kompaniyasi va boshqa maslahatchilarni toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzgan holda jalb qilishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) yangi tegishli milliy standartlar qabul qilinib, kuchga kirguniga qadar davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq investitsiya xarajatlari doirasida materiallar va xizmatlarni xalqaro standartlar asosida xarid qilishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) loyiha doirasidagi tavakkalchiliklarni davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimda belgilangan reyting talablariga javob beradigan qayta sugʻurta tashkilotlarida qayta sugʻurtalashga ruxsat berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Loyihani amalga oshirishni jadallashtirish chora-tadbirlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Loyihani amalga oshirish doirasida 2026-yil 29-yanvarda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) Oʻzbekiston Respublikasi nomidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda xususiy sherik oʻrtasida imzolangan davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi bitim tasdiqlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va xususiy sherik oʻrtasida imzolangan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Belgilansinki, davlat sherigiga quyidagi vazifa va huquqlar beriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda Samarqand viloyatidagi elektr tarmoqlarini va davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimda koʻrsatilgan barcha aktivlarni, shu jumladan, Samarqand viloyatida elektr tarmoqlari infratuzilmasi bilan bogʻliq barcha uskunalar, inshootlar, axborot va texnologiya tizimlarini xatlovdan oʻtkazish orqali, xususiy sherikka mulk qilib olish va tasarruf etish huquqini bermagan holda, tekin foydalanish asosida ekspluatatsiya qilish huquqini berish hamda Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligida roʻyxatdan oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimda belgilangan muddat ichida loyiha uchun xususiy sherik tomonidan ishga taklif etilishi mumkin boʻlgan davlat sherigining amaldagi xodimlari toʻgʻrisidagi roʻyxat va zarur maʼlumotlarni xususiy sherikka taqdim etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq davlat sherigining barcha zarur shartnomalari va kelishuvlari xususiy sherikka oʻtkazilishini va topshirilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(g) xususiy sherik tomonidan Samarqand viloyatida mavjud elektr tarmoqlarini kengaytirish va yangi aktivlar yaratish uchun, zarur hollarda, belgilangan tartibda xususiy sherikka yer uchastkalarini ijaraga berish yoki ijaraga olishni tashkil etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Belgilab qoʻyilsinki, xususiy sherikka barcha soliqlar va yigʻimlar toʻlangan holda loyihani moliyalashtirish doirasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) kredit va chet el valyutasida mablagʻlar olish hamda ulardan foydalanish (shu jumladan, chet el valyutasida kredit tushumlari) uchun chet eldagi xorijiy banklarda bank hisobvaraqlari ochish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida boʻlgan chet el pudrat tashkilotlari, yetkazib beruvchilar yoki chet el kreditorlariga toʻlovlarni Oʻzbekiston Respublikasidagi bank hisobvaraqlari orqali oʻtkazmasdan toʻgʻridan-toʻgʻri toʻlash huquqlari beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Samarqand viloyati hokimligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) Energetika vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda xususiy sherik bilan birgalikda zaruratga koʻra, loyihani amalga oshirish uchun Samarqand viloyatida elektr tarmoqlarini kengaytirish va yangi aktivlar yaratish uchun zarur yer uchastkalarini tanlab olsin hamda ularning chegaralariga aniqlik kiritib, tegishliligi boʻyicha ommaviy servitut belgilash va yer fondi toifasini oʻzgartirish yuzasidan Hukumat komissiyasiga takliflar kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) xususiy sherik tomonidan taqdim etiladigan loyiha hujjatlari asosida tanlangan yer uchastkalari Energetika vazirligiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilishini taʼminlasin. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) Energetika vazirligi oʻziga berilgan tegishli yer uchastkalari xususiy sherikka Samarqand viloyatida elektr tarmoqlarini kengaytirish va yangi aktivlar yaratish uchun loyiha muddatiga teng davrga ijaraga berilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ii) xususiy sherik tomonidan yer uchastkalari uchun toʻlanadigan ijara toʻlovi miqdori yer soligʻi miqdoriga tenglashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Xususiy sherikka “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bilan kelishgan holda davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimda nazarda tutilgan ikki yillik oʻtish bosqichini kutmasdan muhim infratuzilmani modernizatsiya qilish va kengaytirish uchun zarur investitsiyalarni kiritishni boshlashga ruxsat berilsin. Bunda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ ushbu investitsiya dasturlarini Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Energetika vazirligi hamda Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi bilan kelishishni taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Energetika vazirligi, Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi hamda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ xususiy sherik tomonidan ishlab chiqilgan besh yillik investitsiya va rivojlanish rejalari Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlanishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Tender gʻolibi va xususiy sherikning buyurtmanomasiga binoan loyihani amalga oshirish doirasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) Tashqi ishlar vazirligi — jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislar hamda ularning oila aʼzolari uchun kirish vizalari, zarur hollarda, I. Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) Ichki ishlar vazirligi — jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislar hamda ularning oila aʼzolariga koʻp martalik viza berilishi va uning muddati uzaytirilishini, shuningdek, turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinishi va uning muddati uzaytirilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi — xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) belgilangan tartibda taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Energetika vazirligi bilan birgalikda davlat-xususiy sheriklik bitimi doirasida jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislarning cheklangan sonini belgilasin. Bunda bitimda mahalliy xodimlarni asossiz ishdan boʻshatishga yoʻl qoʻymaslik, xorijiy ishchilarning qatʼiy kvotasini oʻrnatish hamda ular tomonidan mahalliy kadrlarga tajriba oʻrgatish majburiyati nazarda tutilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Energetika vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi loyihaning amalga oshirilishi, shuningdek, tomonlar oʻrtasidagi bitimlar doirasidagi majburiyatlar bajarilishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi hamda boshqa vakolatli organlar loyihani amalga oshirish uchun xususiy sherikka zarur boʻlgan barcha litsenziyalar, ruxsatnomalar va tasdiqlarni, jumladan, elektr taʼminoti tarmoqlari faoliyatini amalga oshirish litsenziyasini oʻz vaqtida berishni, shuningdek, zarur boʻlgan barcha qoʻllab-quvvatlash xizmatlarini koʻrsatishni taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Adliya vazirligi loyihani amalga oshirish doirasida davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi bitim hamda uning qoidalariga muvofiq imzolanadigan bitimlar yuzasidan yuridik xulosalar bersin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi loyiha hujjatlari belgilangan tartibda ekologik ekspertizadan oʻtkazilishini va loyihani amalga oshirishda tabiatni muhofaza qilishga oid qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsan javobgar etib energetika vaziri Sh.X. Xodjayev belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Ushbu qaror ijrosi uchun masʼul vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2026-yil 14-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-295-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2026-y., 07/26/295/0852-son)