14.08.2026 yildagi O‘RQ-1165-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 14.08.2026 yildagi O‘RQ-1165-son
Date of entry into force
14.08.2026
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga iqtisodiy va maʼmuriy sudlarga murojaat qilishda fuqarolar va tadbirkorlar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratishga hamda odil sudlovga erishish darajasini oshirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasi tomonidan 2026-yil 10-fevralda qabul qilingan
Senat tomonidan 2026-yil 18-mayda maʼqullangan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi yillarda mamlakatimizda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga iqtisodiy va maʼmuriy sudlarga murojaat qilishda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan yangi huquqiy institutlarni amaliyotga joriy etish, shuningdek fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida ushbu sudlarning rolini yanada oshirish zaruriyati yuzaga kelmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual, Iqtisodiy protsessual kodekslariga hamda “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga iqtisodiy sudlarning maʼmuriy boshqaruv tizimini soddalashtirishga va ularning samaradorligini oshirishga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi maʼmuriy sud tomonidan nizolarni hal etish jarayonida maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish tartibini nazarda tutuvchi norma bilan toʻldirilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bundan tashqari Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksiga va Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga eksterritorial sudlovga tegishlilikni joriy etishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksiga davlat organining mansabdor shaxsi yoki uning vakili maʼmuriy sudning majlisida majburiy ishtirok etishini taʼminlash tartibini, ishonchning huquqiy himoyasi prinsipini va dastlabki eshituv institutini kiritish nazarda tutilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shuningdek “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatilganligi sababli qarzdorga nisbatan qoʻzgʻatilgan boshqa daʼvolar koʻrib chiqilmagan hollarda, shuningdek dastlabki eshituv natijalariga koʻra ariza koʻrmasdan qoldirilganda toʻlangan davlat boji qaytarib berilishi belgilanmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari uchun sudlarga murojaat qilishda yanada qulay shart-sharoitlar yaratishga, sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga, shuningdek davlat organlari va mansabdor shaxslarning faoliyati ustidan samarali sud nazoratini oʻrnatishga xizmat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010-yil, № 6, 231-modda, № 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, № 12, 477-modda; 2011-yil, № 4, 103, 104-moddalar, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2012-yil, № 1, 3-modda, № 9/2, 244-modda, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 385-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 5-moddalar, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430, 431-moddalar, № 10, 679-modda; 2019-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161-modda, № 5, 259, 267-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469-modda, № 9, 589, 592-moddalar, № 10, 671-modda, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 881, 891-moddalar; 2020-yil, № 3, 204-modda, № 5, 296-modda, № 12, 689-modda; 2021-yil, № 1, 5, 11, 13, 14-moddalar, № 2, 142, 144-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800, 803-moddalar, № 9, 903-modda, № 10, 973-modda, № 12, 1193-modda; 2022-yil, № 2, 81-modda, № 3, 216-modda, № 4, 337-modda, № 6, 575-modda; 2023-yil, № 3, 184, 185-moddalar, № 4, 265, 269-moddalar, № 5, 319-modda, № 9, 713-modda; 2024-yil, № 1, 8-modda, № 2, 115-modda, № 9, 964-modda, № 10, 1070, 1073, 1077, 1083-moddalar, № 12, 1280, 1286, 1292-moddalar; 2025-yil, № 1, 8-modda, № 2, 196, 201-moddalar, № 3, 376-modda, № 6, 727-modda, № 8, 968, 969-moddalar, № 9, 1042-modda; 2026-yil, № 1, 5-modda) 239-moddasi uchinchi qismining 4-bandidagi “tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlarining” degan soʻzlar “tumanlararo iqtisodiy sudlarning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469, 471-moddalar, № 9, 591, 592-moddalar, № 10, 674, 676-moddalar, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 891-moddalar; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 203, 204-moddalar, № 7, 449-modda, № 9, 539, 540-moddalar, № 10, 593, 596-moddalar, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 7, 12, 13, 14-moddalar, № 2, 142-modda, № 3, 217-modda, № 4, 290, 293-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800, 802, 803-moddalar, № 9, 903-modda, № 10, 966, 967, 968, 973-moddalar, № 11, 1066-modda; 2022-yil, № 1, 1, 2-moddalar, № 2, 80, 81-moddalar, № 3, 215, 216-moddalar, № 4, 337-modda, № 5, 464, 465, 466, 467-moddalar, № 8, 787-modda, № 10, 981, 984-moddalar, № 12, 1188-modda; 2023-yil, № 3, 184, 185, 188, 189-moddalar, № 4, 265, 266, 268-moddalar, № 5, 319, 320-moddalar, № 7, 533, 534, 535, 537, 539-moddalar, № 8, 634-modda, № 10, 798-modda, № 11, 921, 923, 924-moddalar, № 12, 1004-modda; 2024-yil, № 1, 5, 7, 8, 9-moddalar, № 2, 102, 111, 115, 116-moddalar, № 3, 243, 245-moddalar, № 6, 530, 532-moddalar, № 7, 629-modda, № 8, 826, 829, 831-moddalar, № 9, 954, 964, 965-moddalar, № 10, 1070, 1071, 1073, 1077, 1078, 1083, 1084-moddalar, № 11, 1187, 1188, 1189-moddalar, № 12, 1279, 1280, 1282, 1286, 1287-moddalar; 2025-yil, № 1, 5, 8-moddalar, № 2, 187, 188, 196, 198, 201-moddalar, № 3, 368, 376-moddalar, № 4, 517, 521-moddalar, № 5, 643, 644-moddalar, № 6, 729-modda, № 7, 828, 829, 832-moddalar, № 8, 968, 971-moddalar, № 11, 1233, 1236, 1237-moddalar, № 12, 1322, 1327, 1328, 1329-moddalar; 2026-yil, № 1, 6-modda) quyidagi mazmundagi 24513-modda bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“24513-modda. Maʼmuriy sudlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼmuriy sudlar maʼmuriy ishlarning muhokamasi chogʻida maʼmuriy huquqbuzarliklar aniqlangan hollarda ushbu Kodeksning 180 va 181-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqadi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-yanvarda qabul qilingan OʻRQ-461-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 2-ilova, № 7, 433-modda, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda, № 5, 261, 266-moddalar, № 9, 592-modda, № 10, 671-modda, № 11, 791-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 198-modda, № 10, 593-modda; 2021-yil, № 1, 10-modda, 4-songa ilova, № 8, 803-modda, № 9, 903-modda; 2022-yil, № 3, 216-modda, № 5, 463-modda, № 6, 577-modda, № 8, 787-modda; 2023-yil, № 4, 269-modda, № 12, 1008-modda; 2024-yil, № 2, 111-modda, № 9, 964, 969-moddalar, № 12, 1280, 1286-moddalar; 2025-yil, № 3, 373-modda, № 6, 729-modda, № 9, 1042-modda, № 10, 1153-modda, № 11, 1237-modda, № 12, 1328-modda) quyidagi oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) 32-moddaning birinchi qismidagi “tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlari” degan soʻzlar “tumanlararo iqtisodiy sudlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchi qismidagi “tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudga” degan soʻzlar “tumanlararo iqtisodiy sudga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oltinchi qismidagi “tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudiga” degan soʻzlar “tumanlararo iqtisodiy sudga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) 38-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ushbu Kodeksning 33 va 34-moddalarida belgilangan sudlovga tegishlilik taraflarning kelishuviga koʻra oʻzgartirilishi, shu jumladan eksterritorial sudlovga tegishlilik tanlanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Eksterritorial sudlovga tegishlilik boʻyicha kelishuv mavjud boʻlgan taqdirda, daʼvo arizasi ushbu Kodeksning 33 yoki 34-moddalarida nazarda tutilgan sudga taqdim etiladi. Ishni koʻradigan sudni aniqlash avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali ushbu Kodeksning 33 va 34-moddalarida koʻrsatilgan sudning tanlanishi istisno etiladigan tartibda amalga oshiriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) 49-moddaning birinchi qismidagi “Tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlariga” degan soʻzlar “Tumanlararo iqtisodiy sudlarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) 151-modda quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Sudlovga tegishlilik taraflarning kelishuviga koʻra oʻzgartirilgan, shu jumladan eksterritorial sudlovga tegishlilik tanlangan taqdirda, daʼvo arizasiga taraflarning bunday kelishuvi mavjudligini tasdiqlovchi hujjat ham ilova qilinadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) 260-moddaning ikkinchi xatboshisidagi “tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlarining” degan soʻzlar “tumanlararo iqtisodiy sudlarning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7) 283-moddaning ikkinchi xatboshisidagi “tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlarining” degan soʻzlar “tumanlararo iqtisodiy sudlarning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8) 307-modda birinchi qismining birinchi xatboshisidagi “tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlarining” degan soʻzlar “tumanlararo iqtisodiy sudlarning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 25-yanvarda qabul qilingan OʻRQ-462-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 3-ilova, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 5, 261-modda, № 9, 592-modda, № 11, 791-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 198-modda; 2021-yil, № 1, 9-modda, 4-songa ilova, № 8, 800, 803-moddalar, № 9, 903-modda; 2022-yil, № 8, 787-modda, № 12, 1188-modda; 2023-yil, № 3, 185-modda, № 4, 269-modda, № 11, 923-modda, № 12, 1009-modda; 2024-yil, № 2, 115-modda, № 9, 964, 969-moddalar, № 12, 1286-modda; 2025-yil, № 3, 373-modda, № 6, 729-modda, № 9, 1042-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Qonunchilik bilan sudlarning vakolatiga kiritilgan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrish natijalari boʻyicha qaror qabul qilinadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi qismi beshinchi qism deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) quyidagi mazmundagi 111-modda bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“111-modda. Ishonchning huquqiy himoyasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vijdonan harakat qiluvchi shaxsning maʼmuriy organning qarori (mansabdor shaxsning harakati) qonuniy ekanligiga boʻlgan ishonchi qonun bilan qoʻriqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishonchni huquqiy himoya qilish asoslari va tartibi qonunchilik hujjatlarida belgilanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ushbu Kodeksning 32-moddasida belgilangan sudlovga tegishlilik arizachining eksterritorial sudlovga tegishlilikni tanlash haqidagi iltimosnomasiga koʻra oʻzgartirilishi mumkin. Bunday iltimosnoma mavjud boʻlgan taqdirda, ariza (shikoyat) ushbu Kodeksning 32-moddasida yoki mazkur moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan sudga taqdim etiladi. Ishni koʻradigan sudni aniqlash avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali ushbu Kodeksning 32-moddasida va mazkur moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan sudning tanlanishi istisno etiladigan tartibda amalga oshiriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi va uchinchi qismlari tegishincha uchinchi va toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) 105-modda quyidagi mazmundagi 21-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“21) dastlabki eshituv natijasi boʻyicha arizachi arizani koʻrmasdan qoldirish haqida arz qilgan boʻlsa”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) 130-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Eksterritorial sudlovga tegishlilik tanlanganida arizaga (shikoyatga) arizachining shu mazmundagi iltimosnomasi ham ilova qilinadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) 17-bobning nomi “muhokamasiga tayyorlash” degan soʻzlardan keyin “va dastlabki eshituv” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7) 139-moddaning ikkinchi qismi “ajrimda bayon etilishi mumkin” degan soʻzlardan keyin “bundan dastlabki eshituv oʻtkaziladigan hollar mustasno” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8) 140-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Dastlabki eshituv oʻtkazilgan hollarda ishni sud muhokamasiga tayyorlash muddati yigirma kundan oshmasligi kerak”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9) 17-bob quyidagi mazmundagi 1401-modda bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“1401-modda. Dastlabki eshituv
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼmuriy organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining qonunchilikka mos kelmaydigan hamda fuqarolar yoki yuridik shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzadigan qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi ishni sud muhokamasiga tayyorlash jarayonida dastlabki eshituv oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudya dastlabki eshituvni ariza sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran yigirma kundan kechiktirmay oʻtkazadi, ushbu muddat sud muhokamasi uchun belgilangan muddatga kiritilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dastlabki eshituvni oʻtkazish chogʻida sudya:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) arizachining talablarini va javobgarning eʼtirozlarini aniqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) arizadagi kamchiliklarni bartaraf etish choralarini koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) talablarni isbotlash uchun arizachiga zarur dalillarni hamda javobgarga fikrini yozma ravishda taqdim etish boʻyicha tushuntirishlar beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) arizadagi talablarga va ishdagi dalillarga dastlabki huquqiy baho (ishga daxldor boʻlmagan taraflarni almashtirish, qoʻshimcha javobgarni jalb qilish va boshqalar) beradi. Bunda koʻrilayotgan ishning mazmunan hal etilishi boʻyicha yakuniy fikr bildirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dastlabki eshituv boʻyicha majlisning vaqti va joyi toʻgʻrisida taraflar buyurtma xat orqali yoki xabardor qilinganligi fakti qayd etilishini taʼminlaydigan aloqa vositalaridan foydalangan holda xabardor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dastlabki eshituv boʻyicha majlis oʻtkazilganligi toʻgʻrisida bayonnoma tuzilib, unda quyidagilar koʻrsatiladi: majlis oʻtkazilgan sana va joy; ishni yuritayotgan sudning nomi; sudyaning va majlis kotibining (sudya yordamchisining yoki katta yordamchisining) familiyasi hamda ismi-sharifining bosh harflari; taraflar va ularga protsessual huquq va majburiyatlari tushuntirilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; taraflar tomonidan berilgan tushuntirishlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taraflar kelmagan taqdirda, sudya ushbu Kodeksning 140-moddasida koʻrsatilgan harakatlarni amalga oshiradi. Bunday holda dastlabki eshituv boʻyicha bayonnoma tuzilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dastlabki eshituv natijasiga koʻra arizani koʻrmasdan qoldirish yoki kelishuv bitimini tasdiqlash yoxud ish boʻyicha sud muhokamasini tayinlash toʻgʻrisida ajrim chiqariladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10) quyidagi mazmundagi 1481-modda bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“1481-modda. Maʼmuriy organ mansabdor shaxsining yoki uning vakilining sudga kelmaganligi oqibatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼmuriy organning qarori yoki uning mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) ustidan berilgan arizani (shikoyatni) koʻrishda mansabdor shaxsning yoki uning vakilining sud majlisidagi ishtiroki majburiy hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu arizani (shikoyatni) koʻrishda mansabdor shaxs yoki uning vakili sud majlisida ishtirok etmagan taqdirda sud muhokamasi keyinga qoldiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼmuriy organ mansabdor shaxsining yoki uning vakilining sud muhokamasida ishtirok etmaganligi sud tomonidan uzrli deb topilmagan taqdirda, sud mansabdor shaxsga nisbatan sud jarimasini qoʻllashga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼmuriy organ mansabdor shaxsining yoki uning vakilining ishtiroki ishning har tomonlama, toʻliq va toʻgʻri hal qilinishiga toʻsqinlik qilmagan taqdirda, ish davlat organi mansabdor shaxsining yoki uning vakilining ishtirokisiz koʻrib chiqilishi mumkin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nomi “Xususiy ajrim” degan soʻzlardan keyin “va qaror” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi oltinchi, yettinchi va sakkizinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ishni koʻrishda mansabdor shaxsning yoki fuqaroning xatti-harakatlarida, ularning ishda ishtirok etishidan qatʼi nazar, maʼmuriy huquqbuzarlik alomatlari aniqlansa, agar ushbu maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish qonunda mazkur sudning vakolatiga kiritilgan boʻlsa, sud ularni maʼmuriy javobgarlikka tortish masalasini koʻrib chiqadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼmuriy javobgarlikka tortish toʻgʻrisida sud qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qaror ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12) 188-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Maʼmuriy organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish toʻgʻrisidagi ish ustidan shikoyat qilinayotgan qarorni qabul qilgan yoki ustidan shikoyat qilinayotgan harakatni (harakatsizlikni) sodir etgan organning yoki mansabdor shaxsning vakillari ishtirokida koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilingan fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining mansabdor shaxsi yoki uning vakili kelmaganligi ishni koʻrish uchun toʻsqinlik qilmaydi. Biroq sud ushbu shaxslarning sud majlisiga kelishini majburiy deb topishi va ularni tushuntirishlar berish uchun sud majlisiga chaqirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼmuriy organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish chogʻida sud ustidan shikoyat qilinayotgan qaror yoki uning ayrim qismlari, harakatlar (harakatsizlik) qonuniyligini, ustidan shikoyat qilinayotgan qarorni qabul qilgan yoxud ustidan shikoyat qilinayotgan harakatni (harakatsizlikni) sodir etgan organning yoki mansabdor shaxsning vakolatlarini tekshiradi, shuningdek ustidan shikoyat qilinayotgan qaror yoki uning ayrim qismlari yoxud harakatlar (harakatsizlik) arizachining huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzganligini aniqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Manfaatdor shaxsning ishonchi himoya qilinishi lozim boʻlgan hollarda, sudning hal qiluv qarori asosida ommaviy huquqiy munosabatlar tugatilishi ushbu shaxs oʻz mulkidan mahrum boʻlishiga yoki boshqa ogʻir oqibatlarga olib kelmasligi kerak”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvarda qabul qilingan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi OʻRQ-600-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 201-modda, № 5, 298-modda, № 10, 593-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 13-modda, 4-songa ilova, № 7, 661-modda, № 8, 800, 803-moddalar, № 10, 968-modda; 2022-yil, № 2, 76-modda, № 3, 214, 216-moddalar, № 4, 340-modda, № 5, 463, 464, 467-moddalar, № 12, 1186-modda; 2023-yil, № 2, 103-modda, № 3, 186-modda, № 4, 265, 269-moddalar, № 6, 444, 445-moddalar, № 7, 538-modda, № 9, 710-modda; 2024-yil, № 1, 5, 6, 7-moddalar, № 2, 101, 105, 107, 108, 111, 112-moddalar, № 7, 628-modda, № 8, 819, 823, 831-moddalar, № 9, 958-modda, № 10, 1076, 1079-moddalar, № 11, 1191-modda, № 12, 1279, 1280, 1285-moddalar; 2025-yil, № 1, 4, 6-moddalar, № 2, 188, 189, 195, 197-moddalar, № 4, 519, 520-moddalar, № 5, 648-modda, № 7, 828-modda, № 8, 968, 971-moddalar, № 10, 1153-modda, № 11, 1237-modda, № 12, 1322, 1328-moddalar; 2026-yil, № 1, 2, 4-moddalar) 18-moddasining birinchi qismiga quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi 91-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“91) agar javobgarga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatilgan boʻlsa va javobgarga nisbatan taqdim etilgan talab qonunga koʻra toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish doirasida koʻrilishi lozim boʻlsa, ariza koʻrmasdan qoldirilganda”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi 141-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“141) dastlabki eshituv natijalariga koʻra ariza koʻrmasdan qoldirilganda”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 28-iyulda qabul qilingan “Sudlar toʻgʻrisida”gi OʻRQ-703-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 7, 663-modda; 2024-yil, № 2, 117-modda, № 8, 823-modda, № 9, 964-modda; 2025-yil, № 1, 8-modda, № 6, 727-modda, № 8, 969-modda, № 12, 1329-modda) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) 2-modda birinchi qismining toʻqqizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“tumanlararo iqtisodiy sudlar”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) 4-bobning nomidagi “Tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudi” degan soʻzlar “Tumanlararo iqtisodiy sud” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nomidagi “tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudining” degan soʻzlar “tumanlararo iqtisodiy sudning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi qismidagi “Tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudi” degan soʻzlar “Tumanlararo iqtisodiy sud” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

nomidagi “tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudi” degan soʻzlar “tumanlararo iqtisodiy sud” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi qismining birinchi xatboshisidagi “tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudi” degan soʻzlar “tumanlararo iqtisodiy sud” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi qismidagi “tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudining” degan soʻzlar “tumanlararo iqtisodiy sudning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi qismidagi “tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudi” degan soʻzlar “tumanlararo iqtisodiy sud” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nomidagi “tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudi” degan soʻzlar “tumanlararo iqtisodiy sud” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi qismining birinchi xatboshisidagi “tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudi” degan soʻzlar “tumanlararo iqtisodiy sud” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi qismidagi “tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudi” degan soʻzlar “tumanlararo iqtisodiy sud” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2026-yil 14-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻRQ-1165-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2026-y., 03/26/1165/0841-son)