Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 05.08.2003 yildagi 342-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 05.08.2003 yildagi 342-son
Date of entry into force
05.08.2003
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻQUV YuRTLARI KUTUBXONALARI VA OMMAVIY KUTUBXONALARNI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASINING YaNGI NAShRI BILAN TAʼMINLASh TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika yoshlarining huquqiy bilimi va madaniyatini oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining norma va qoidalarini mamlakatimiz fuqarolari tomonidan chuqur oʻrganish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi (R. Shogʻulomov) ikkinchi chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi XI sessiyasida Asosiy qonunga kiritilgan tuzatishlar va qoʻshimchalarni hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi matnini 250,0 ming nusxada (200,0 ming nusxa — oʻzbek tilida, 50,0 ming nusxa — rus tilida) nashr etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi oʻquv yurtlari kutubxonalari, Madaniyat ishlari vazirligi va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining ommaviy kutubxonalari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi nashri nusxalari bilan ilovaga* muvofiq bepul taʼminlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Ilova berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (M. Nurmurodov) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining koʻrsatib oʻtilgan kutubxonalarga tekin berish uchun moʻljallangan yangi nashrini bosib chiqarish uchun Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining rezerv fondidan 8698842 soʻm miqdorida mablagʻ ajratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi (R. Joʻrayev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (S. Gʻulomov), Madaniyat ishlari vazirligi (B. Qurbonov) hamda Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi (D. Jahongirova) mazkur qarorda koʻrsatib oʻtilgan kutubxonalarga Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi nashri belgilangan nusxalarda oʻz vaqtida berilishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2003-yil 5-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
342-son