Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
RESPUBLIKA YOʻL JAMGʻARMASINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-avgustdagi 361-son “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirligi huzuridagi respublika yoʻl jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Avtomobil yoʻllari qurish va foydalanish “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksionerlik konsernini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 1993-yil 5-fevraldagi 58-son qarori asosida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish, qayta qurish, tuzatish, saqlashni mablagʻ bilan taʼminlash, shuningdek, respublika yoʻl tarmoqlarining samarali ishlashini taʼminlash maqsadida “Oʻzavtoyoʻl” konserni tarkibida mustaqil moliya-kredit davlat muassasasi — Respublika yoʻl jamgʻarmasi, avtomobil yoʻllari hududiy davlat-aksionerlik birlashmalari va tuman boshqarmalarida esa — tegishli ravishda viloyat va mahalliy yoʻl jamgʻarmalari tashkil etilsin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi avtomobil yoʻllari tarmoqlarini saqlash va rivojlantirish uchun mablagʻlarni shakllantirish va ulardan foydalanish Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunchiligi bilan belgilanadi.
2. Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilab qoʻyilsinki:
a) yoʻl jamgʻarmalari quyidagi manbalardan shakllanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini tuzatish hamda saqlashga, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar va tashkilotlar, shu jumladan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar va tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladigan mablagʻlar ajratish quyidagi miqdorlarda:
sanoat, transport, qishloq, xoʻjaligi va boshqa korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar, shu jumladan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar va tashkilotlar tomonidan — hisobot yilida bajarilgan ishlar va xizmatlarning, shu jumladan ekspertning haqiqiy jamgʻarmalaridan — 1,2 foiz miqdorida;
qurilish, qurilish-montaj, tuzatish-qurilish, ishga tushirish sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy tashkilotlar tomonidan — hisobot yilida bajarilgan ishlar va xizmatlar hajmidan — 1,2 foiz miqdorida;
tayyorlov, vositachilik, savdo, shu jumladan umumiy ovqatlanish korxonalari, taʼminot-sotish tashkilotlari va korxonalari tomonidan — hisobot yilidagi haqiqiy tovar oborotidan — 0,4 foiz miqdorida;
banklar (Markaziy bank muassasalari bundan mustasno), sugʻurta tashkilotlari (Davlat sugʻurta tashkilotlari bundan mustasno) va ularning boʻlinmalari tomonidan — hisobot yilidagi haqiqiy daromaddan — 1,2 foiz miqdorida;
videosalonlar (videokoʻrsatuv punktlari), kimoshdi savdolari, kazinolar, video va audiokasettalarni koʻpaytirish, ijaraga berishdan, pul yutugʻi boʻlgan oʻyin avtomobillaridan foydalanishdan, lotereya oʻyinlari, ommaviy konsert-tomosha tadbirlarini oʻtkazishdan daromad oladigan korxonalar tomonidan — hisobot yilidagi haqiqiy daromaddan — 1,2 foiz miqdorida;
(qaror 3-bandining “a” kichik bandi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-dekabrdagi 466-son qarori tahririda — OʻR HQT, 1996-y., 12-son, 39-modda)
avtomobil transportiga ega boʻlgan barcha korxonalar va tashkilotlarning avtomobil transportidan va avtotransport vositalaridan foydalanishdan olgan daromadlarning ikki foizi miqdoridagi ajratmalaridan;
Oldingi tahrirga qarang.
sotib olingan transport vositalari qiymatidan yigʻimlar yengil avtomobillarni sotish qiymatidan 5 foiz miqdorida va yuk avtomobillari hamda avtobuslarni, shu jumladan maxsus va texnologik maqsaddagi avtomobillarni sotish qiymatidan 15 foiz miqdorida;
(qaror 3-bandining “a” kichik bandi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-dekabrdagi 466-son qarori tahririda — OʻR HQT, 1996-y., 12-son, 39-modda)
“Oʻzavtoyoʻl” konserni korxonalari va tashkilotlari mol-mulkini sotib olishdan budjetga tushishi kerak boʻlgan mablagʻlar umumiy summasining 50 foizidan;
Oldingi tahrirga qarang.
(qaror 3-bandining “a” kichik bandi oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 3-fevraldagi 55-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR HQT, 1998-y., 2-son, 6-modda)
avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirganligi uchun olinadigan toʻlovlardan (u joriy etilgandan keyin belgilangan tartibda);
tushumlarning boshqa manbalari — lotereyalar, zayomlar va xayriya badallari, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan jarimalar;
Keyingi tahrirga qarang.
b) yoʻl jamgʻarmalari mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi bank muassasalarida: Respublika jamgʻarmasi mablagʻlari — “Oʻzavtoyoʻl” konserni schyotida, viloyat va mahalliy yoʻl jamgʻarmalari avtomobil yoʻllari hududiy davlat aksionerlik birlashmalarining va tuman boshqarmalarining schyotlarida saqlanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
v) yoʻl jamgʻarmalari mablagʻlari respublika davlat budjetining, boshqa jamgʻarmalarning tarkibiga kirmaydi va musodara qilinishi mumkin emas. Joriy yilda foydalanilmagan mablagʻlar keyingi yillarga oʻtkaziladi va ular maqsad boʻyicha sarflanadi.
(qaror 3-bandining “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 3-fevraldagi 55-son qarori tahririda — OʻR HQT, 1998-y., 2-son, 6-modda)
4. Vazirliklar, konsernlar va idoralarga, mulkchilik shaklidan va idoraviy mansubligidan qatʼiy nazar, xoʻjalik tashkilotlariga Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish ulardan foydalanish toʻgʻrisida Nizomga muvofiq barcha korxonalar tomonidan tegishli yigʻimlar, ajratmalar oʻtkazilishini taʼminlash majburiyati yuklatilsin.
5. “Oʻzavtoyoʻl” konserniga Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlarini tasarruf etish, hududiy davlat aksionerlik birlashmalariga va tuman avtomobil yoʻllari boshqarmalariga viloyat va mahalliy yoʻl jamgʻarmalarni tasarruf etish;
tuman avtomobil yoʻllari boshqarmalariga, davlat hududiy aksionerlik birlashmalariga, “Oʻzavtoyoʻl” konserniga, muddati oʻtib ketgan toʻlovlar boʻyicha mablagʻlarni yoʻl jamgʻarmalariga shak-shubhasiz undirib olish huquqi berilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat avtomobil nazorati organlariga xarid qilingan avtotransport vositalari qiymatidan yigʻimlar toʻlanganligi toʻgʻrisidagi kvitansiyasiz transport vositalarini roʻyxatdan, qayta roʻyxatdan va texnik koʻrikdan oʻtkazmaslik yuklatilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasining vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralariga “Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga va mazkur qarorga zid boʻlgan idoraviy normativ hujjatlarni (yoʻriqnomalar, qoidalar, buyruqlarni) qayta koʻrib chiqish va bekor qilish topshirilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining avtomobil yoʻllari masalalari boʻyicha qarorlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari yoʻl organlariga yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlarini yigʻishda hamma joyda yordam koʻrsatsinlar. Bunda yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlaridan umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllariga taalluqli boʻlmagan maqsadlarga ajratish man etilsin.
(qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-dekabrdagi 466-son qaroriga muvofiq 9-band bilan toʻldirilgan — OʻR HQT, 1996-y., 12-son, 39-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1993-yil 5-iyul,
334-son
Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida
NIZOM
1. Umumiy qoidalar
1. “Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga muvofiq, yoʻl ishlarini (umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish, qayta qurish, tuzatish va saqlash) mablagʻ bilan taʼminlash yoʻl jamgʻarmasi hisobidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlari yoʻl organlari tomonidan avtomobil yoʻllarining ahamiyatiga bogʻliq ravishda respublika, viloyat va tuman yoʻl jamgʻapmalapiga oʻtkaziladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 3-fevraldagi 55-son qarori tahririda — OʻR HQT, 1998-y., 2-son, 6-modda)
3. Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlari respublika yoʻl xoʻjaligini rivojlantirish davlat dasturini va fan texnika taraqqiyotini, xodimlar malakasini oshirishni, yoʻl xoʻjaligini oshirishni mablagʻ bilan taʼminlashga sarflanadi. Respublika yoʻl jamgʻapmacidan umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari tarmoqlarining rivojlanish darajasini tenglashtirish va tabiiy ofatlarni bartaraf etish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasiga va viloyatlarga subvensiya va dotatsiyalar ajratilishi mumkin.
4. Viloyat va tuman yoʻl jamgʻarmalari mablagʻlari umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini qurish, tuzatish, qayta qurish va saqlashni mablagʻ bilan taʼminlashga sarflanadi.
5. Yoʻl jamgʻarmalari mablagʻlari musodara qilinishi va umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini qurish, tuzatish, qayta qurish va saqlash bilan bogʻliq boʻlmagan ehtiyojlar uchun sarflanishi mumkin emas. Joriy yilda foydalanilmagan mablagʻlar zaxira jamgʻarmasiga oʻtkaziladi va ular kelgusi davrda maqsadga muvofiq sarflanadi.
6. Quyidagilar yoʻl jamgʻarmalarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
korxonalar, xoʻjaliklar, tashkilotlar tomonidan ajratiladigan mablagʻlar;
sotib olingan avtotransport vositalari qiymatidan ajratiladigan yigʻimlar;
avtomobil transportidan olinadigan daromadlarning ikki foizi miqdoridagi ajratmalar;
“Oʻzavtoyoʻl” konserni korxonalari va tashkilotlarning mol-mulkini sotib olishdan budjetga tushishi kerak boʻlgan mablagʻlar umumiy miqdorining 50 foizi;
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 3-fevraldagi 55-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR HQT, 1998-y., 2-son, 6-modda)
xorijiy davlatlar transport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirganligi uchun toʻlovlar (u joriy etilgandan keyin).
Yoʻl jamgʻarmalariga ixtiyoriy badallar, respublika budjetidan ajratmalar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida taqiqlanmagan boshqa manbalardan mablagʻ ajratilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Respublika yoʻl jamgʻarmasiga quyidagilar oʻtkaziladi:
“Oʻzavtoyoʻl” konsernining Toshkent shahri boʻyicha korxona va tashkilotlari mol-mulkini sotib olishdan budjetga tushishi kerak boʻlgan mablagʻlap umumiy miqdorining 50 foizi;
avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishi uchun olinadigan toʻlov tushumlari;
Toshkent shahrida toʻlanadigan quyidagi ajratmalar:
Oldingi tahrirga qarang.
qurilish, sanoat, transport, tayyorlov korxonalari, shu jumladan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan, taʼminot-sotish va boshqa tashkilotlar, umumiy ovqatlanish korxonalari, banklar (Markaziy bank muassasalaridan tashqari), sugʻurta tashkilotlari va ularning boʻlinmalari (Davlat sugʻurta tashkilotlaridan tashqari) tomonidan Vazirlar Mahkamasi belgilangan miqdorlarda;
(7-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-dekabrdagi 466-son qarori tahririda — OʻR HQT, 1996-y., 12-son, 39-modda)
avtotransportga ega boʻlgan barcha korxonalar va tashkilotlarning avtomobil transport va aviatransport vositalaridan foydalanish boʻyicha olgan daromadlarning 2 foizi miqdoridagi ajratmalari.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Viloyat va tuman yoʻl jamgʻarmalarga tegishli hududdagi:
Oldingi tahrirga qarang.
jamoa xoʻjaliklari, davlat xoʻjaliklari, qurilish, sanoat, kichik, transport, qoʻshma korxonalar va boshqa tashkilotlarning, shuningdek, kooperativlarning — joriy yilda ishlab chiqarilgan mahsulotning haqiqiy hajmidan, tayyorlov savdo korxonalari va tashkilotlarining, shu jumladan, umumiy ovqatlanish korxonalari va ulgurji-savdo, taʼminot-sotish tashkilotlari, tijorat banklari va ular boʻlinmalarining haqiqiy oborotdan (yillik daromaddan) 1,2 foiz miqdoridagi ajratmalari;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-dekabrdagi 466-son qarori tahririda — OʻR HQT, 1996-y., 12-son, 39-modda)
avtotransportga ega boʻlgan korxonalar va tashkilotlarning avtotransport vositalaridan foydalanish boʻyicha daromadlarining ikki foizi miqdoridagi ajratmalar;
“Oʻzavtoyoʻl” konsernining tuman, viloyat hududida joylashgan korxonalari va tashkilotlari mol-mulkini sotib olish mablagʻlaridan 50 foizli ajratmalar;
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 3-fevraldagi 55-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR HQT, 1998-y., 2-son, 6-modda)
sotib olingan avtotransport vositalari qiymatidan yigʻmalar.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Yigʻimlar va ajratmalarni turi hisoblash va ularning oʻz vaqtida toʻlanishi uchun javobgarlik soliq toʻlovchilarga yuklatiladi, ular quyidagilarga majburdirlar:
yigʻim va toʻlovlarning mazkur Nizom bilan belgilangan tartibda va muddatlarda toʻgʻri hisoblab chiqilishini va oʻz vaqtida toʻlanishini taʼminlash;
toʻlov hujjatlarida yigʻim va ajratmalarning turini koʻrsatish;
toʻlangan yigʻimlar va ajratmalar hisobini olib borish;
avtomobil yoʻllari hududiy davlat-aksionerlik birlashmalari va tuman boshqarmalarining xodimlarini, shuningdek, “Oʻzavtoyoʻl” konserni vakillarini ajratmalar va yigʻimlarning toʻgʻri hisoblab chiqilishi va toʻlanishini tekshirish uchun yoʻl jamgʻapmaciga kiritish va ularning talablariga koʻra bu yigʻimlar va ajratmalarni hisoblab chiqish hamda toʻlash bilan bogʻliq zarur hujjatlar va maʼlumotlarni taqdim etish;
oʻzi joylashgan joy boʻyicha yoʻl organlariga yigʻimlar va ajratmalarning summalari toʻgʻpicidagi hisob-kitoblarni “Oʻzavtoyoʻl” konserni tomonidan belgilangan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining huzuridagi Davlat soliq bosh boshqarmasi bilan kelishilgan muddatlarda va shakllar boʻyicha taqdim etish;
Keyingi tahrirga qarang.
mazkur Nizomga muvofiq yoʻl jamgʻarmasiga mablagʻ toʻplash bilan shugʻullanuvchi organlarga bank rekvizitlarini maʼlum qilish.
II. Yoʻl jamgʻarmasiga mablagʻ toʻplashni amalga oshiruvchi organlarning vakolatlari
10. Avtomobil yoʻllari, hududiy davlat-aksionerlik birlashmalari, avtomobil yoʻllari tuman boshqarmalari, “Oʻzavtoyoʻl” konserni;
yigʻimlar va ajratmalar tushishi kerak boʻlgan bank rekvizitlari va schyotlarning nomyerlarini xat yoki ommaviy axborot vositalari orqali maʼlum qilishga;
yigʻim va ajratmalarni hisoblab chiqish tartibi va toʻlash muddatlari boʻyicha oʻzgarishlar toʻgʻrisida yigʻim va ajratmalar toʻlovchilarni xabardor qilishga;
yigʻimlar va ajratmalarning oʻz vaqtida toʻlanishini nazorat qilishga;
yoʻl jamgʻarmalariga tushuvchi yigʻimlar, ajratmalar va boshqa mablagʻlarning hisobini yuritishga majburdirlar.
11. Yigʻimlar va ajratmalarni belgilangan muddatlarda yoʻl jamgʻarmasiga toʻlashdan bosh tortilgan hollarda bu mablagʻlap avtomobil yoʻllari hududiy davlatga aksionerlik birlashmalari yoki tuman boshqarmalari, “Oʻzavtoyoʻl” konserni tomonidan shak-shubhasiz undirib olinadi. Muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun toʻlanmagan summaning 0,2 foizi miqdorida penya toʻlanadi.
12. Yigʻim va ajratmalarni toʻlovchilar bilan avtomobil yoʻllari hududiy davlat-aksionerlik birlashmalari, tuman boshqarmalari oʻrtasida paydo boʻladigan nizolar xoʻjalik sudi tomonidan hal etiladi.
13. Yigʻimlar va ajratmalarni valyuta oʻrniga soʻmlarda toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi banklari tomonidan belgilanadigan chet el valyutasining amaldagi kursi boʻyicha amalga oshiriladi.
III. Yoʻl jamgʻarmasiga mablagʻlar ajratish
14. Yoʻl jamgʻarmalariga mablagʻlar ajratish summasi, keyinchalik buxgalteriya va statistika maʼlumotlari boʻyicha oʻsib boruvchi yakun bilan haqiqatda bajarilgan hajm yuzasidan yilning xar choragida qayta hisob-kitob qilingan holda, rejalashtirilayotgan yil uchun nazarda tutilgan mahsulotlar ishlab chiqish bajarilgan ishlar, xizmatlar va oborot hajmiga, daromadga nisbatan hisoblab chiqish orqali belgilanadi.
Rejali toʻlovlar avtomobil yoʻllari hududiy davlat-aksionerlik birlashmalari, tuman boshqarmalari schyotlariga har oyining 15-kunidan kechikmay yil choragi summasining uchdan bir miqdori hajmida oʻtkaziladi.
Ajratmalar summasini haqiqatda bajarilgan hajmlarga nisbatan qayta hisoblab chiqish natijasida aniqlangan qoʻshimcha toʻlov hisobot choragidan keyingi oyning 15-kuniga qadar boʻlgan muddatda toʻlanadi. Ortiqcha toʻlangan summa toʻlovchiga qaytariladi yoki navbatdagi toʻlovlar oʻrniga hisobga olinadi.
Toʻlash, subyektlarning moliya-xoʻjalik faoliyati natijalaridan qatʼi nazar, amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Korxonalar va tashkilotlarning yuridik shaxs hisoblanmagan, ammo mustaqil hisob-kitob schyotiga ega boʻlgan tarkibiy boʻlinmalari pul mablagʻlapini oʻzlari joylashgan joydagi hududiy yoʻl jamgʻapmaciga oʻtkazadilar bunday boʻlinmalarning bank muassasalarida schyotlari mavjud boʻlmagan taqdirda pul mablagʻlari oʻtkazishni ularning yuqori tashkilotlari amalga oshiradilar.
16. Xorijiy firmalar bilan birgalikda tashkil etilgan korxonalar va tashkilotlar yoki ularning filiallari, vakolatxonalari hamda hisob-kitoblarni erkin almashtiriladigan valyutada amalga oshiruvchi ularga tenglashtirilgan tashkilotlar, mulkchilik shaklidan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashganliklaridan qatʼi nazar, ajratmalarni 14-bandda koʻrsatilgan muddatlarda soʻmlarda yoki erkin almashtiriladigan valyutada amalga oshiradilar.
17. Yigʻim va ajratmalarni toʻlovchilarning pul mablagʻlari mavjud boʻlmagan taqdirda ular avtomobil yoʻllari hududiy davlat-aksionerlik birlashmalarining, tuman boshqarmalarining roziligi bilan ajratmalarni ishlar hajmini bajarish, binokorlik materiallari, konstruksiyalar, detallar, mashina va mexanika jismlarni, ularni mahsulotlar (ishlar, xizmatlarni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibiga kiritgan holda, ekvivalent qiymati boʻyicha tayyorlash va yetkazib berish bilan almashtirishlari mumkin.
18. Quyidagilar korxonalar va xoʻjalik tashkilotlari tomonidan yoʻl jamgʻarmalariga mablagʻ ajratishdan ozod qilinadilar:
davlat budjetida boʻlgan tashkilotlar va muassasalar, tomosha korxonalari, sanatoriylar, dam olish uylari va pansionatlar umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini qurish, tuzatish, qayta qurish va saqlashni amalga oshiruvchi yoʻl xoʻjaligi tashkilotlari uy-joylardan foydalanish idoralari va uy boshqarmalari, Markaziy bank muassasalari, davlat sugʻurta organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining tashqi savdo birlashmalari davlat, kooperativ va jamoat tashkilotlarining respublika va mahalliy boshqaruv organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Ichki ishlar vazirligining korxonalari va tashkilotlari (ularga boʻysunuvchi xoʻjalik hisobidagi xoʻjalik tashkilotlaridan tashqari).
Keyingi tahrirga qarang.
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini qurish, tuzatish va saqlashni amalga oshiruvchi korxonalar va tashkilotlarga ixtisoslashtirilgan yoʻl korxonalari va tashkilotlaridan tashqari avtomobil yoʻllari hududiy davlat-aksionerlik birlashmalari, avtomobil yoʻllari tuman boshqarmalari, shuningdek, “Oʻzavtoyoʻl” konserni bilan umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari qurish, tuzatish va saqlashga ular tomonidan bajariladigan qurilish-montaj ishlari umumiy hajmining kamida 75 foizi summasida bajarish uchun shartnoma (kontrakt) tuzgan yuridik shaxslar ham tegishli boʻladi.
IV. Sotib olingan avtotransport vositalari qiymatidan olinadigan yigʻimlar
Oldingi tahrirga qarang.
19. Sotib olingan avtotransport vositalari qiymatidan olinadigan yigʻimlarni bu vositalarni sotib oluvchilar (mulkchilik shaklidan qatʼi nazar) roʻyxatga olingunga qadar, avtotransport vositasi egasi oʻzgargan holda esa avtotransport vositalarini qayta roʻyxatdan oʻtkazish chogʻida sotib olingan yengil avtomobil (avtomobil — pikaplar, yengil furgonlar, tirkama va yarimtirkamalar ham shu jumlaga kiradi) narxining 5 foizi ularning qayerda sotib olinganligidan qatʼi nazar, boshqa avtotransport vositalari (yuk avtomobillari, avtobuslar, maxsus avtomobillar) narxining, 15 foizi miqdorida toʻlaydilar, tekin berilgan hollarda esa — qoldiq balans qiymatdan mana shu stavka boʻyicha toʻlanadi.
Sotib olingan avtotransport vositalari qiymatidan olinadigan yigʻimlar summasi yigʻimlarni toʻlovchi korxonalar tomonidan mahsulotlar, ishlar, xizmatlarni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibiga kiritiladi.
(19-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-dekabrdagi 466-son qarori tahririda — OʻR HQT, 1996-y., 12-son, 39-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
20. Avtotransport vositalari, ularni sotib olganlik yoki qayta sotganlik yigʻimi toʻlanganligi haqidagi hujjat taqdim etilmasa, roʻyxatga, qayta roʻyxatga olinmaydi va texnik nazoratdan oʻtkazilmaydi.
21. Quyidagilar yigʻimdan ozod qilinadilar:
motokolyaskalar va avtomobillarga ega boʻlgan hamda ularni sotib oluvchi barcha guruhlarga tegishli nogironlar;
Oldingi tahrirga qarang.
ixtisoslashtirilgan tarmoqdan “OʻzDEUavto” qoʻshma korxonasida ishlab chiqarilgan avtomobillarni sotib oluvchi fuqarolar.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-maydagi 184-son qaroriga muvofiq uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR HQT, 1996-y., 5-son, 16-modda)
transport vositalari orqali yoʻlovchilar tashishni amalga oshiruvchi umumiy foydalanishdagi avtotransport korxonalari (taksidan tashqari);
umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini qurish, qayta qurish, tuzatish va saqlashni amalga oshiruvchi korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar;
40 tonnadan ortiq yuk koʻtaradigan, kon ishlarida foydalaniladigan avtosamosvallarni sotib oluvchi korxonalar.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq yoʻlovchilar tashish uchun belgilangan namunadagi litsenziyaga ega boʻlgan avtokorxonalar umumiy foydalanishdagi yoʻlovchilar tashish transporti korxonalariga tegishli boʻladi. Litsenziyalashtirish joriy etilgunga qadar “Oʻzavtotrans” korporatsiyasi va “Toshshahartranskorxona” uyushmasining yoʻlovchilar tashish transporti korxonalari mana shunday korxonalar jumlasiga tegishli boʻladi.
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini saqlash, tuzatish, qayta qurish va qurishni amalga oshiruvchi korxonalar va tashkilotlarga ixtisoslashtirilgan yoʻl korxonalari va tashkilotlaridan tashqari avtomobil yoʻllar hududiy davlat-aksionerlik birlashmalari, avtomobil yoʻllari tuman boshqarmalari, shuningdek, “Oʻzavtoyoʻl” konserni bilan ana shu ishlarni ular tomonidan bajariladigan ishlar umumiy hajmining kamida 75 foizi summasida bajarish uchun shartnoma (kontrakt) tuzadigan yuridik shaxslar ham tegishli boʻladi.
V. Avtomobil transporti daromadlaridan ikki foiz miqdorida mablagʻ ajratish
Keyingi tahrirga qarang.
22. Oʻzbekiston Respublikasi hududida avtomobil transportiga ega boʻlgan korxonalar, birlashmalar, tashkilotlar, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, avtomobil transportidan foydalanish jarayonida olinadigan daromadlarning ikki foizi miqdoridagi ajratmani yoʻl jamgʻarmasiga toʻlaydilar, ular qayd etib oʻtilgan ajratmalarni avtomobilda tashish tarifiga kiritadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Avtomobil xoʻjaligiga (avtotransportga) ega boʻlgan, mustaqil balansga oʻtkazilmagan hamda avtotransportdan foydalanishdan olinadigan daromadlarning alohida hisobini yuritmaydigan korxonalar va tashkilotlar ikki foizi ajratma summasini tashiladigan yuk hajmi yoki yoʻlovchilar sonidan, tashishning oʻrtacha masofasi va tarif stavkasidan kelib chiqqan holda hisoblab, yoʻl organlari bilan kelishuv boʻyicha belgilaydilar.
Oʻz avtotransportini saqlash xarajatlarini tannarxga yoki muassasa smetasi hisobiga oʻtkazish bu korxonalar va tashkilotlarni qayd etib oʻtilgan daromadlarni toʻlashdan ozod qilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
24. Rejali toʻlovlar, shuningdek, ajratmalar va qoʻshimcha toʻlovlarni qayta hisoblab chiqish mazkur Nizomning III boʻlimida belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi.
25. Xorijiy firmalar bilan birgalikda tashkil etilgan korxonalar va tashkilotlar, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, yoki ularning filiallari va vakolatxonalari, hisob-kitoblarni erkin almashtiriladigan valyutada amalga oshiruvchi ularga tenglashtirilgan boshqa tashkilotlar, boshqa davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi yuridik shaxslari ajratmalarni soʻmlarda yoki erkin almashtiriladigan valyutada toʻlaydilar.
26. Quyidagilar avtomobil transportidan olingan daromadlardan ikki foizli ajratmalar toʻlashdan ozod qilinadilar:
davlat budjetida boʻlgan tashkilotlar va muassasalar;
umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini, shu jumladan, mahalliy yoʻllarni qurish, qayta qurish, tuzatish va saqlashni amalga oshiruvchi, yoʻl tashkilotlari bilan ular tomonidan bajariladigan ishlar umumiy hajmining kamida 75 foizi miqdorida qurish, qayta qurish, tuzatish va saqlash ishlarini bajarishga shartnoma (kontrakt) tuzgan korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar.
Keyingi tahrirga qarang.
VI. “Oʻzavtoyoʻl” konserni korxonalari, birlashmalari va tashkilotlari daromadlaridan mablagʻ ajratish
Oldingi tahrirga qarang.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 3-fevraldagi 55-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR HQT, 1998-y., 2-son, 6-modda)
28. Yoʻl jamgʻarmasining boʻsh mablagʻlari yoʻl jamgʻarmasiga qoʻshimcha mablagʻ olish uchun mazkur Nizomda nazarda tutilgan faoliyat bilan bogʻliq tadbirkorlikka shu jumladan, yoʻl xoʻjaligini rivojlantirishda qatnashuvchi korxonalar va boshqa yuridik shaxslarning xarajatlari uchun qarz berishga sarflanishi mumkin.
29. “Oʻzavtoyoʻl” konserni yoʻl jamgʻarmasining yillik budjetidan foydalanilganligi toʻgʻrisida har yili Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot beradi. Yoʻl jamgʻapmasi mablagʻlaridan foydalanish mazkur Nizomga muvofiq kelmay qolgan taqdirda Vazirlar Mahkamasi ularning gʻayriqonuniy sarflanishini toʻxtatib qoʻyadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining avtomobil yoʻllari masalalari boʻyicha oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti va Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “1959-1965-yillarda Oʻzbekiston SSR avtomobil yoʻllari qurilishi rejasi toʻgʻrisida” 1959-yil 5-maydagi 320-son qarorining 7-bandi.
2. “KPSS Markaziy Komiteti va SSSR Ministrlar Sovetining “SSSRda yoʻl qurilishini yanada rivojlantirish toʻgʻrisida” 1968-yil 5-avgustdagi 599-0014-son qarori” yuzasidan Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti va Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1968-yil 14-oktabrdagi 453-son qarori 7-bandining “b” kichik bandi (OʻzSSR QT, 1968-y.,7-son, 56-modda).
3. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “1986—1990-yillarda avtomobil yoʻllari qurilishiga maqsadli ajratmalar toʻgʻrisida” 1985-yil 22-iyuldagi 381-son qarori.
4. Oʻzbekiston SSJ Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy avtomobil yoʻllarini qurish va remont qilishga kolxozlar, sovxozlar, sanoat, transport, qurilish va boshqa korxonalar hamda xoʻjalik tashkilotlari tomonidan mablagʻlar ajratish tartibi toʻgʻrisida” 1989-yil 7-avgustdagi 250-son qarori.
5. “Oʻzbekiston SSJ Vazirlar Kengashining “Mahalliy avtomobil yoʻllarini qurish va remont qilishga kolxozlar, sovxozlar, sanoat, transport, qurilish va boshqa korxonalar hamda xoʻjalik tashkilotlari tomonidan mablagʻlar ajratish tartibi toʻgʻrisida” 1989-yil 7-avgustdagi 250-son qaroriga oʻzgartishlar kiritish haqida” Oʻzbekiston SSJ Vazirlar Kengashining 1990-yil 17-avgustdagi 295-son qarori.
6. Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Kengashining “Oʻzbekiston SSR Vazirlar Kengashining 1989-yil 7-avgustdagi 250-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 1991-yil 8-yanvardagi 1-son qarori.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1989-yil 7-avgustdagi 250-son qaroriga qoʻshimchalar kiritish haqida 1991-yil 5-noyabrdagi 281-son qarori.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1985-yil 22-iyuldagi 381-son qarorining amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida” 1992-yil 6-apreldagi 180-son qarori.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini tuzatish va saqlashni mablagʻ bilan taʼminlash tartibini oʻzgartirish toʻgʻrisida” 1992-yil 31-oktabrdagi 504-son qarori.