08.07.2026 yildagi 372-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 08.07.2026 yildagi 372-son
Date of entry into force
09.07.2026
Hujjat 09.07.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QARORI

Oʻzbekiston Respublikasining turistik jozibadorligini filmlar orqali yanada oshirish tizimini keng joriy etishni qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish va turizm sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 19-noyabrdagi PQ-348-son qarori ijrosini taʼminlash hamda kinoturizm sohasidan samarali foydalanish orqali respublikaga turistlar oqimini yanada koʻpaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish va turizm sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 19-noyabrdagi PQ-348-son qaroriga muvofiq respublika hududida oʻz filmlarini yaratishda xorijiy kinokompaniyalarga xarajatlarning bir qismini qaytarish (keyingi oʻrinlarda — “rebate” dasturi) hamda filmlarning bevosita yoki bilvosita Oʻzbekiston Respublikasi turistik jozibadorligi, tarixiy-madaniy merosi va boshqa muhim ijobiy jihatlarini namoyish qiluvchi qismini (epizodini) yaratganlik uchun haq toʻlash tartibini joriy etish belgilangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xorijiy kinokompaniyalarning Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻz filmlarini yaratish bilan bogʻliq xarajatlarining bir qismini qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xorijiy filmlarda Oʻzbekiston Respublikasining turistik jozibadorligini namoyish qiluvchi qismini (epizodini) yaratganlik uchun haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki, Turizm qoʻmitasi huzuridagi Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan quyidagi vazifalarni amalga oshirish uchun mablagʻlar ajratiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2026-yil 1-noyabrga qadar xorijiy kinokompaniyalarga “rebate” dasturi boʻyicha xizmat koʻrsatish, mamlakatning kinolokatsiyalari, infratuzilmasi va kinoturizmga doir maʼlumotlar bazasini nazarda tutuvchi “Film in Uzbekistan” platformasini ishga tushirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy kinolokatsiyalarni xalqaro kino koʻrgazmalarida targʻib qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy kinokompaniyalarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida tasvirga olish ishlariga jalb qilish, ularga filmlarni ishlab chiqarishda koʻmaklashish va “rebate” dasturini amalga oshirish jarayonlarida tashkiliy va konsalting xizmatlarini koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy filmlarda Oʻzbekistonning turistik jozibadorligini namoyish qiluvchi qismini yaratish (“country placement”) dasturini amalga oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Turizm qoʻmitasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 2026-yil 1-oktabrga qadar manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda vazirlik va idoralar, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy hokimliklarga tegishli, filmlarni tasvirga olish uchun jalb etilishi mumkin boʻlgan obyektlar (madaniyat va istirohat bogʻlari, tarixiy yodgorliklar va boshqalar) hamda rekvizitlar (tarixiy liboslar, anjomlar, maxsus texnika va boshqalar) roʻyxatini shakllantirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda davlat obyektlari va rekvizitlarini xorijiy kinokompaniyalar yoki ularga xizmat koʻrsatuvchi mahalliy servis kompaniyalariga vaqtincha foydalanish hamda ijaraga berishning tartibi va tariflarini tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) obyektlar, rekvizitlar va tariflar toʻgʻrisidagi toʻliq maʼlumotlarni “Film in Uzbekistan” platformasiga joylashtirsin hamda ularning doimiy yangilab borilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Madaniyat vazirligi 2026-yilda respublika budjetidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan Turizm qoʻmitasiga xorijiy kinokompaniyalar tomonidan Oʻzbekiston hududida kinofilmlar ishlab chiqarish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun 5 mlrd soʻm yoʻnaltirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda 2027-yildan boshlab mazkur mablagʻlar Turizm qoʻmitasining prognoz koʻrsatkichlariga muvofiq Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda nazarda tutilishi inobatga olinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Turizm qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi raisi A.Oʻ. Aqqulov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2026-yil 8-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
372-son

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 8-iyuldagi 372-son qaroriga
1-ILOVA

Xorijiy kinokompaniyalarning Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻz filmlarini yaratish bilan bogʻliq xarajatlarining bir qismini qaytarish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻz filmlarini yaratishda xorijiy kinokompaniyalarga xarajatlarining bir qismini qaytarish (“rebate”) tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) xorijiy kinokompaniyalarga xarajatlarning bir qismini qaytarishni muvofiqlashtiruvchi masʼul davlat organi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻz filmlarini yaratishda xorijiy kinokompaniyalarga xarajatlarining bir qismini qaytarish nazarda tutilgan xarajatlar summasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3 mlrd soʻmgacha boʻlsa — 10 foiz;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3 mlrd soʻmdan 5 mlrd soʻmgacha boʻlsa — 15 foiz;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5 mlrd soʻmdan 10 mlrd soʻmgacha boʻlsa — 20 foiz;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10 mlrd soʻmdan ortiq boʻlsa — 25 foiz, biroq bitta film uchun 4 mlrd soʻmdan oshmagan miqdorda qoplab beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“rebate” dasturi — xorijiy kinokompaniyalarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻz filmlarini yaratishda xarajatlarining bir qismini qaytarish dasturi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy servis kompaniyasi — Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti, xorijiy kinokompaniyalarga shartnoma asosida tashkiliy va ishlab chiqarish xizmatlarini koʻrsatuvchi hamda platformada roʻyxatdan oʻtgan yuridik shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
platforma — xorijiy kinokompaniyalarning arizalarini qabul qilish va mahalliy servis kompaniyalarining reyestrini yuritish uchun moʻljallangan hamda “rebate” dasturi doirasida amalga oshirilgan xarajatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar raqamli shaklda yuklab boriladigan elektron tizim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabgor — Oʻzbekiston Respublikasi hududida film tasvirga olish uchun mustaqil ravishda yuridik shaxs tashkil etuvchi yoki platformada mavjud Oʻzbekiston Respublikasi tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingida kamida “V” darajasidagi mahalliy servis kompaniyalarining biri bilan shartnoma imzolagan xorijiy kinokompaniya;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
film — xorijiy kinokompaniya mablagʻlari hisobidan original ssenariy yoki adabiy asarni ekranlashtirish asosida Oʻzbekiston Respublikasi hududida yaratiladigan audiovizual asar (badiiy toʻliq metrajli, badiiy qisqa metrajli, hujjatli-xronikal, ilmiy-ommabop filmlar, televizion va veb-seriallar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy kinokompaniya — “rebate” dasturi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi hududida film yaratish maqsadida sarflangan xarajatlarning bir qismini qaytarish uchun ariza topshirish istagini bildirgan, film yaratilishini oʻz shaxsiy mablagʻlari yoki Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalar bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlmagan yuridik shaxs.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. “Rebate” dasturi ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. “Rebate” dasturi boʻyicha xarajatlarning bir qismini qaytarish uchun ariza berish va uni koʻrib chiqish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Talabgor platforma orqali “rebate” dasturida ishtirok etish uchun ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda elektron ariza bilan murojaat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Ariza platforma tomonidan muvaffaqiyatli verifikatsiya qilingandan soʻng tizim avtomatik tarzda loyihaga maxsus ID-raqam biriktiradi hamda QR-kod bilan tasdiqlangan elektron bildirishnomani shakllantiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Talabgor tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida tasvirga olish ishlari yakunlangandan soʻng, amalga oshirilgan xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar (shartnomalar, elektron hisob-fakturalar, cheklar, bank toʻlov tasdiqnomalari) 60 kun ichida platformaga kiritilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. “Rebate” dasturi boʻyicha toʻlovlar faqat Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidentlari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslardan sotib olingan tovarlar, bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlar uchun amalga oshirilgan xarajatlar asosida hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda xarajatlarning haqiqiyligi Soliq qoʻmitasining axborot tizimlariga integratsiya qilingan holda aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Talabgor tomonidan tasvirga olish ishlari boʻyicha amalga oshirilgan xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar toʻliq yuklangandan soʻng, har bir film Qoʻmitada tashkil qilinadigan komissiya (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) tomonidan kollegial tarzda uning majlislarida koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiyaning ish tartibi va shaxsiy tarkibi Qoʻmita raisi tomonidan belgilanadi hamda Qoʻmitaning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Filmlarni koʻrib chiqish uchun Komissiyaga kino sohasi mutaxassislari jalb etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Ushbu Nizom talablariga muvofiq Komissiya xarajatlarning “rebate” dasturiga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosani ushbu Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan hujjatlar platformaga kiritilgandan soʻng 15 ish kunida shakllantiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Komissiya tomonidan quyidagi masalalar koʻrib chiqiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arizada koʻrsatilgan film boʻyicha xarajatlarning bir qismini qaytarishning maqsadga muvofiqligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bajarilgan ishlar uchun sarflangan mablagʻlarning asosli ekanligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Arizani oʻrganib chiqish natijasi boʻyicha “rebate” dasturiga muvofiq xarajatlarning bir qismini qaytarish yoki qaytarishni rad etish toʻgʻrisida Komissiya qarori qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Ushbu Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan, platformaga joylashtirilgan hujjatlarni tekshirish jarayonida xato, kamchiliklar yoki nomuvofiqliklar aniqlangan taqdirda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
platforma orqali talabgorga aniqlangan kamchiliklar va ularning sabablari toʻliq koʻrsatilgan elektron bildirishnoma yuboriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabgorga bildirishnoma olingan kundan boshlab 10 kun ichida koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklarni bartaraf etish hamda tasdiqlovchi hujjatlarni platformaga qayta yuklash imkoniyati beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilangan muddat ichida kamchiliklar bartaraf etilmagan taqdirda, ushbu hujjatlar boʻyicha amalga oshirilgan xarajatlar haqidagi maʼlumotlar “rebate” dasturi mablagʻlari toʻlanadigan umumiy bazadan chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. “Rebate” dasturi boʻyicha xarajatlarning bir qismi Komissiyaning ijobiy qaroriga muvofiq 5 ish kuni ichida xorijiy kinokompaniyaning tijorat banklaridagi hisobvaraqlariga oʻtkazib beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Yakunlovchi qoidalar

16. Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻz filmlarini yaratish bilan bogʻliq xarajatlarning bir qismini qaytarish maqsadida xorijiy kinokompaniyalar tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar va hujjatlarning toʻgʻriligiga talabgorlar masʼul hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xorijiy kinokompaniyalarning Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻz filmlarini yaratish bilan bogʻliq xarajatlarining bir qismini qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

Xorijiy kinokompaniyalarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻz filmlarini yaratish bilan bogʻliq xarajatlarning bir qismini qaytarish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Xorijiy kinokompaniya

Platforma orqali elektron ariza topshiradi.

Oʻz xohishiga koʻra

2-bosqich

Platforma

Ariza muvaffaqiyatli verifikatsiya qilingandan soʻng tizim loyihaga maxsus ID-raqamni biriktiradi hamda QR-kod bilan tasdiqlangan elektron bildirishnomani shakllantiradi.

Avtomatik tarzda

3-bosqich

Xorijiy kinokompaniya

Yuridik shaxs tashkil etgan holda yoki mahalliy servis kompaniyalarining biri bilan filmni tasvirga olish toʻgʻrisida shartnoma imzolaydi.

Oʻz xohishiga koʻra

4-bosqich

Talabgor

(xorijiy kinokompaniya)

Amalga oshirilgan xarajatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni platformaga yuklaydi.

Tasvirga olish yakunlangach 60 kun ichida

5-bosqich

Komissiya

1. Tasvirga olish ishlari boʻyicha amalga oshirilgan xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar toʻliq yuklangandan soʻng, har bir filmni kollegial tarzda koʻrib chiqadi.

2. Arizani oʻrganib chiqish natijasi boʻyicha “rebate” dasturiga muvofiq xarajatlarning bir qismini qaytarish yoki qaytarishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

3. Xarajatlar tasdiqlangani yoki kamchiliklar aniqlangani toʻgʻrisida yakuniy xulosa shakllantiradi.

15 ish kuni ichida

6-bosqich

Talabgor

Xato, kamchiliklar yoki nomuvofiqliklar aniqlangan taqdirda, ularni bartaraf etadi hamda tasdiqlovchi hujjatlarni platformaga qayta yuklaydi.

10 kun ichida

7-bosqich

Turizm qoʻmitasi

Xarajatlar boʻyicha toʻlovlarning bir qismini xorijiy kinokompaniyaning tijorat banklaridagi hisobvaraqlariga oʻtkazadi.

5 ish kuni ichida

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xorijiy kinokompaniyalarning Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻz filmlarini yaratish bilan bogʻliq xarajatlarining bir qismini qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

NAMUNA

Xorijiy kinokompaniyalarning Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻz filmlarini yaratish bilan bogʻliq xarajatlarining bir qismini qaytarish (“rebate”) dasturida ishtirok etish uchun

ARIZA

_________________________________________________________________________________________

(xorijiy kinokompaniyaning toʻliq nomi)

_________________________________________________________________________________________

(pochta manzili)

_____________________________________________________________ manzil boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan,

direktori (ishonchli vakil):____________________________________________________ shaxs nomidan

(ariza beruvchi rahbar / ishonchli vakil F.I.O.)

______________________________________________________________________ manzilda joylashgan

(viloyat, tuman, shahar, koʻcha, bino raqami)

_________________________________________________________________________________________

(Prodyuser F.I.O.)

_________________________________________________________________________________________

(Rejissor F.I.O.)

Film turi:

(keraklisi belgilab qoʻyilsin)

□ toʻliq metrajli badiiy filmlar.

□ badiiy qisqa metrajli, hujjatli-xronikal, ilmiy-ommabop filmlar, televizion va veb-seriallar.

_________________________________________________________________________________________

(film nomi)

Oʻzbekiston Respublikasi hududida film yaratilishida sarflanishi rejalashtirilayotgan mablagʻ miqdori (AQSH doll)

__________________________

Bank rekvizitlari va hisobvaragʻi:

_____________________________________________________________

Aloqa maʼlumotlari

(tel/faks raqami, elektron pochta manzili):

_____________________________________________________________

_____________________________________________________________

_____________________________________________________________

_____________________________________

(ariza beruvchining lavozimi, F.I.O.)

20____ yil ___________

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xorijiy kinokompaniyalarning Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻz filmlarini yaratish bilan bogʻliq xarajatlarining bir qismini qaytarish (“rebate”) tartibi talablari bilan tanishdik.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 8-iyuldagi 372-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xorijiy filmlarda Oʻzbekiston Respublikasining turistik jozibadorligini namoyish qiluvchi qismini (epizodini) yaratganlik uchun haq toʻlash tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom nufuzli xorijiy kinokompaniyalarning filmlarida bevosita yoki bilvosita Oʻzbekiston Respublikasining turistik jozibadorligi, tarixiy-madaniy merosi va boshqa muhim ijobiy jihatlarini namoyish qiluvchi qismini (epizodini) yaratganlik (“country placement”) uchun haq toʻlash tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) xorijiy filmlarda Oʻzbekiston Respublikasining turistik jozibadorligini namoyish qiluvchi qismini yaratganlik uchun haq toʻlashni muvofiqlashtiruvchi masʼul davlat organi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasining turistik jozibadorligini namoyish qiluvchi qismini yaratganlik uchun xorijiy kinokompaniyalarga haq toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar Qoʻmita huzuridagi Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“country placement” dasturi — nufuzli xorijiy kinokompaniyalar bilan muzokaralar oʻtkazish orqali xorijiy film ssenariysiga Oʻzbekistonning turistik brendi, lokatsiyalari yoki madaniy merosini integratsiya qilish hamda mamlakatni targʻib qiluvchi qismini (epizodlarni), shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida, xorijiy pavilyonlarda yoki kompyuter grafikasi yordamida yaratganlik uchun Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan haq toʻlash tizimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya — “country placement” dasturi boʻyicha taqdim etilgan filmlarni koʻrib chiquvchi va ularga haq toʻlash toʻgʻrisida qaror qabul qiluvchi Jamgʻarma kengashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyiha ofisi — yirik xorijiy kinoloyihalarni aniqlash va ularga mamlakat salohiyatini integratsiya qilish maqsadida nufuzli xorijiy kinokompaniyalar bilan muzokaralar olib boruvchi hamda loyihalarni tashkiliy-texnik jihatdan amalga oshiruvchi “Turistik mahsulotlarni rivojlantirish boʻyicha loyiha ofisi” davlat muassasasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
film — xorijiy kinokompaniya mablagʻlari hisobidan original ssenariy yoki adabiy asar asosida yaratiladigan, kinoteatrlar va striming platformalarida namoyish etishga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining turistik jozibadorligini namoyish qiluvchi audiovizual asar (badiiy toʻliq metrajli filmlar va badiiy seriallar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy kinokompaniya — xorijiy davlatda roʻyxatdan oʻtgan, yaratilayotgan filmning mualliflik huquqiga ega boʻlgan hamda filmning bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi hududida tasvirga olish uchun taklif etilayotgan yuridik shaxs yoki uning rasmiy vakili.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Filmlarni aniqlash, koʻrib chiqish va haq toʻlash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Loyiha ofisi jahon kino bozorini doimiy monitoring va tahlil qilish orqali istiqbolli filmlarni ssenariy va tayyorgarlik bosqichida aniqlaydi hamda ularning tashabbuskorlari bilan muzokaralarni oʻtkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Loyiha ofisi xorijiy kinokompaniya bilan oʻtkazilgan muzokaralar ijobiy yakunlangan taqdirda, Komissiyaga koʻrib chiqish uchun loyihaviy takliflarni kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Loyihaviy taklifga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy kinokompaniya toʻgʻrisida maʼlumot, filmning qisqacha mazmuni (sinopsis), ijodiy guruh tarkibi, asosiy aktyorlar roʻyxati va rejalashtirilayotgan premyera sanasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekistonning turistik salohiyati namoyish etiladigan qism (epizod)ning batafsil tavsifi va dialoglari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston lokatsiyalarining ekranda qanday koʻrinishini aks ettiruvchi eskizlar yoki dastlabki videomateriallar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
filmning jahon prokatiga chiqishi yoki striming platformalarida namoyish etilishini tasdiqlovchi hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kutilayotgan media-samaradorlik tahlili;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soʻralayotgan mablagʻ miqdori toʻgʻrisida xorijiy kinokompaniyaning rasmiy murojaati.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. “Sountry placement” dasturida ishtirok etuvchi film syujetida Oʻzbekiston Respublikasi turistik jozibadorligi, tarixiy-madaniy merosi va boshqa muhim ijobiy jihatlar qamrab olinishi, boshqa oʻylab topilgan yoki uchinchi davlat sifatida emas, balki aynan Oʻzbekiston sifatida tanib olinadigan darajada namoyish etilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu bazaviy talab toʻliq bajarilgan holatda, Komissiya tomonidan haq toʻlash toʻgʻrisida qaror qabul qilinishi uchun film qoʻshimcha ravishda ushbu Nizomga ilova bilan belgilangan mezonlardan kamida bittasiga muvofiq kelishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Komissiya Loyiha ofisi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni 15 ish kuni ichida koʻrib chiqadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Film uchun toʻlanadigan haq miqdori Komissiya tomonidan har bir loyiha uchun alohida belgilanadi va ijobiy qaror bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Qoʻmita va xorijiy kinokompaniya oʻrtasida filmga haq toʻlash boʻyicha shartnoma tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Shartnoma boʻyicha toʻlovlar Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bosqich — Oʻzbekistonning turistik salohiyati koʻrsatilgan epizodlarning suratga olinishi (shu jumladan, montaj yoki kompyuter grafikasi jarayonlari) yakunlanib, videomateriallar ushbu Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan talab hamda ushbu Nizomga ilova bilan belgilangan mezonlardan kamida bittasiga muvofiqligi tasdiqlanganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bosqich — film jahon prokatiga chiqqanda yoki kelishilgan xalqaro striming platformalarida rasman premyera qilinganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Xorijiy kinokompaniya tomonidan shartnoma shartlari bajarilmagan taqdirda, mablagʻlar Jamgʻarmaga qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Ushbu Nizomni qoʻllash jarayonida yuzaga keladigan nizo va kelishmovchiliklar muzokaralar orqali, oʻzaro toʻxtamga kelinmagan taqdirda esa Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi yoki shartnomada belgilangan xalqaro arbitraj sudi tartibida hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xorijiy filmlarda Oʻzbekiston Respublikasining turistik jozibadorligini namoyish qiluvchi qismini (epizodini) yaratganlik uchun haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xorijiy filmlarda Oʻzbekistonning turistik jozibadorligini namoyish etganlik uchun haq toʻlashga asos boʻluvchi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MEZONLAR

1. Film kamida 1 mln nafar pulli obunachiga ega boʻlgan xalqaro striming platformasida namoyish etilishi kafolatlangan boʻlishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Filmning jahon miqyosida yoki kamida 3 ta xorijiy davlat hududida keng kinoteatral prokatga chiqarilishi hamda umumiy hisobda 1 000 tadan kam boʻlmagan kinoekranlarda namoyish etilishi toʻgʻrisidagi rasmiy distribyutorlik shartnomalari mavjud boʻlishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Filmning rejissori, bosh prodyuseri yoki bosh rol ijrochilaridan biri “Oskar” (Academy Awards), “Oltin Globus” (Golden Globe) yoki BAFTA (Britaniya kino va telekoʻrsatuvlar sanʼati akademiyasi) mukofotlari sovrindori (gʻolibi) boʻlishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Filmning rejissori, bosh prodyuseri yoki bosh rol ijrochilaridan biri xalqaro kinoprodyuserlar federatsiyasi (FIAPF) tomonidan akkreditatsiyadan oʻtgan “A” toifasidagi (Competitive Feature Film Festivals) xalqaro kinofestivallarning asosiy tanlov dasturida gʻolib boʻlgan yoki maxsus sovrinlar bilan taqdirlangan boʻlishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 8-iyuldagi 372-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI

1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻz filmlarini yaratishda xorijiy kinokompaniyalarga xarajatlarining bir qismini qaytarish (“rebate”) tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2020-yil 19-sentabrdagi 568-son qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida” 2021-yil 20-apreldagi OʻRQ-682-son Qonuni)” 2022-yil 4-apreldagi 153-son qaroriga ilovaning 909-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2025-yil 1-martdagi 135-son qaroriga 1-ilovaning 77-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2026-y., 09/26/372/0712-son)