O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING “O‘ZBEKISTON FARMATSEVTIKA SANOATI (“O‘ZFARMSANOAT”) DAVLAT- AKSIONERLIK KONSERNINI TASHKIL ETISH VA UNING FAOLIYATI MASALALARI TO‘G‘RISIDA” 1993-YIL 17-IYUNDAGI 290-SON QARORIGA O‘ZGARTIRISHLAR KIRITISH HAQIDA
[Ko‘chirma]
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Importning o‘rnini bosuvchi va eksportga mo‘ljallangan tibbiy mahsulotlar ishlab chiqarishini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Toshkent “Izotop” korxonasi “Maxsusqotishma” respublika tashkiloti tarkibidan “O‘zfarmsanoat” davlat konserni tarkibiga berilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston farmatsevtika sanoati (“O‘zfarmsanoat”) davlat-aksionerlik konsernini tashkil etish va uning faoliyati masalalari to‘g‘risida” 1993-yil 17-iyundagi 290-son qaroriga 1-ilovaning I bo‘limiga “Toshkent “Izotop” korxonasi” qo‘shimchasi kiritilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 20-noyabr,
482-son