18.06.2026 yildagi 315-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 18.06.2026 yildagi 315-son
Date of entry into force
22.06.2026
Hujjat 22.06.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QARORI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoqilgʻi quyish shoxobchalari va gaz toʻldirish inshootlarida avariya va noxush hodisalarning oldini olish va inson hayotiga xavf soluvchi omillarni bartaraf etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika hududidagi yoqilgʻi quyish shoxobchalari va gaz toʻldirish inshootlarida avariya va noxush hodisalarning oldini olish, xavfsizlik talablariga rioya etilishini taʼminlash, litsenziyalash, ruxsat etish va tegishli xulosalarni taqdim etish sohasidagi vakolatli davlat organlarining masʼuliyatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) respublikadagi mavjud 6 196 ta suyultirilgan va siqilgan gaz, neft mahsulotlarini quyish shoxobchalarida (keyingi oʻrinlarda — yoqilgʻi quyish shoxobchalari) hamda aholi gaz ballonlariga suyultirilgan gazni toʻldirish stansiyalari va punktlarida (keyingi oʻrinlarda — gaz toʻldirish inshootlari) yongʻinlarning oldini olish hamda insonlar xavfsizligi va mehnat muhofazasini taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar holati xatlovdan oʻtkazilgani;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻtkazilgan xatlov yakunlariga koʻra jami 46 737 ta, shu jumladan, qurilish sohasiga oid 2 218 ta, yongʻin xavfsizligi sohasiga oid 7 949 ta, sanoat va texnika xavfsizligi sohasiga oid 25 341 ta, texnik jihatdan tartibga solish sohasiga oid 3 354 ta va belgilangan texnologik jarayonlarni taʼminlashga oid 7 875 ta qoidabuzarliklar va kamchiliklar aniqlangani;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻtkazilgan xatlov davomida jami 7 166 ta kamchiliklar joyida bartaraf etilgani va 464 ta yoqilgʻi quyish shoxobchasi faoliyati vaqtincha toʻxtatilgani;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Vazirlar Mahkamasining “Tabiiy gaz resurslaridan oqilona foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 6-iyuldagi 387-son qaroriga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tabiiy gaz resurslaridan oqilona foydalanish hamda siqilgan gazni avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari orqali sotishni toʻliq raqamlashtirgan holda, bevosita tarqatish ustunlaridagi (“dispenserlar”) orqali tabiiy gaz hisobini yuritish, avtomobillarning texnik koʻrikdan oʻtganini, yonilgʻi turi mosligini yoki ballon roʻyxatdan oʻtkazilganini tekshirish, shuningdek, ularda noqonuniy foydalanish, avariya va noxush hodisalarning oldini olish maqsadida Davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator “UZINFOCOM” MCHJ (keyingi oʻrinlarda — “UZINFOCOM” MCHJ) tomonidan tabiiy gaz realizatsiyasini hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimi — “U-Gas” apparat-dasturiy majmuasi (keyingi oʻrinlarda — “U-Gas” dasturi) ishlab chiqilgani;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bugungi kunda “U-Gas” dasturida jami 1 553 ta avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari (keyingi oʻrinlarda — AGTKSH) roʻyxatdan oʻtgani, 1 489 tasi bilan tegishli shartnoma tuzilgani hamda 1 459 ta AGTKSHda dastur muvaffaqiyatli joriy etilib, ularning hisobotlarini onlayn kuzatish imkoniyati yoʻlga qoʻyilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoqilgʻi quyish shoxobchalari va gaz toʻldirish inshootlariga yongʻin xavfsizligi qoidalariga ularning muvofiqligi boʻyicha qoʻyiladigan minimal talablar 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoqilgʻi quyish shoxobchalari va gaz toʻldirish inshootlariga texnologik jarayonlar va asbob-uskunalarni texnik jihatdan tartibga solish boʻyicha normativ hujjatlar va qoidalarga ularning muvofiqligi boʻyicha qoʻyiladigan minimal talablar 2-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoqilgʻi quyish shoxobchalari va gaz toʻldirish inshootlariga sanoat xavfsizligi qoidalariga ularning muvofiqligi boʻyicha qoʻyiladigan minimal talablar 3-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoqilgʻi quyish shoxobchalari va gaz toʻldirish inshootlariga ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoidalariga ularning muvofiqligi boʻyicha qoʻyiladigan minimal talablari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki, mazkur qarorga 1 — 4-ilovalarda keltirilgan minimal talablarga rioya etilishi tegishlicha Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi, Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi hamda Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi tomonidan nazorat qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Yoqilgʻi quyish shoxobchalari va gaz toʻldirish inshootlarida ortiqcha bosim ostida ishlaydigan uskunalardan xavfsiz foydalanishni, ularning texnik holati boʻyicha tizimli nazoratni taʼminlash hamda muhandis-texnik xodimlarning kasbiy malakasini muntazam ravishda oshirish maqsadida Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 2026-yil 1-sentabrdan boshlab barcha turdagi yoqilgʻi quyish shoxobchalari va gaz toʻldirish inshootlarida, shu jumladan, yoqilgʻidan oʻz ehtiyoji uchun foydalanadigan obyektlarda belgilangan xizmat muddati tugagan yoki ishlab chiqarilgan sanasi aniq boʻlmagan ortiqcha bosim ostida ishlaydigan uskunalardan foydalanishni 2030-yil 1-yanvarga qadar cheklash choralarini koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda ushbu joriy etilayotgan talablar keng jamoatchilikka va yoqilgʻi quyish shoxobchalari va gaz toʻldirish inshootlarini ekspluatatsiya qiluvchi subyektlariga yetkazilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Raqamli texnologiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda yoqilgʻi quyish shoxobchalari va gaz toʻldirish inshootlarida oʻrnatilgan texnik qurilmalarni sinovdan oʻtkazish muddatlarini onlayn tarzda nazorat qilish mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Ichki ishlar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 2026-yil 1 sentyabga qadar Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining avtomobillarga oʻrnatilgan siqilgan va suyultirilgan gaz ballonlarining texnik koʻrikdan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi nazorat qiluvchi “Avtomatlashtirilgan axborot nazorat platformasi” maʼlumotlarini “Eco-Himoya” axborot platformasi va avtotransport vositalariga oʻrnatilgan siqilgan gaz ballonlarining texnik koʻrikdan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “U-Gas” dasturi bilan integratsiya qilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi bilan birgalikda 2026-yil 1-sentabrga qadar yoqilgʻi quyish shoxobchalari va gaz toʻldirish inshootlari toifasi, yoqilgʻining aylanma hajmi hamda shoxobchaning ishlash rejimiga bogʻliq ravishda muhandis-texnik xodimlar shtatlarining minimal soni boʻyicha belgilanadigan majburiy normativlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning rahbar va muhandis-texnik xodimlarini “Kontexnazoratoʻquv” DMning oʻquv markazlarida bir vaqtni oʻzida sanoat va yongʻin xavfsizligi oʻquv kurslarida oʻqitish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqsin va bajarilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalarida “U-Gas” dasturiy-apparat majmuasini joriy etish, undan foydlanish va uni texnik qoʻllab-quvvatlash boʻyicha maʼmuriy reglament 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) “U-Gas” dasturining joriy etilishi AGTKSHlar orqali gaz sotish faoliyati bilan shugʻullanishda majburiy talab hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“U-Gas” dasturini joriy etish, maʼmuriylashtirish (boshqaruv jarayonlarini, hujjat aylanishini yoki tizimlarni tashkil etish, tartibga solish va nazorat qilish boʻyicha texnik-tashkiliy chora-tadbirlarni bajarish) va texnik qoʻllab-quvvatlash “UZINFOCOM” MCHJ tomonidan amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“U-Gas” dasturining maʼlumotlari tabiiy gazni sotish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi holati toʻgʻrisidagi rasmiy maʼlumotlar hisoblanadi hamda nazorat qiluvchi organlar tomonidan maʼmuriy taʼsir choralarini qoʻllash uchun asos boʻlib eʼtirof etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarining oldini olish maqsadida AGTKSHlarda oʻrnatilgan gaz tarqatish ustunlari orqali sotilgan gaz hajmi gaz taʼminoti korxonasi va shoxobcha oʻrtasida hisob-kitob uchun oʻrnatilgan hisoblagich orqali qabul qilingan gaz hajmidan ortiq boʻlgan hollarda, texnologik yoʻqotishlarni inobatga olgan holda haqiqiy sotilgan gaz miqdorlari boʻyicha toʻlovlar toʻlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 2026-yil 1-sentabrdan boshlab yoqilgʻi quyish shoxobchalari va gaz toʻldirish inshootlarida neft mahsulotlari (benzin va dizel yonilgʻisi), suyultirilgan uglevodorod gazi va siqilgan gazni saqlash sigʻimlari va ularni tarqatish ustunlarini oʻzida jamlagan, bir joyda yonma-yon joylashadigan konteynerlarni oʻrnatishga quyidagi talablar asosida ruxsat beriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanoat xavfsizligi talablariga toʻliq javob beruvchi, zavod usulida tayyorlangan va sertifikatlangan multi-yoqilgʻi (“multi-fuel”) modulli shoxobchalardan foydalanganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suyultirilgan uglevodorod gazi va siqilgan gazni qoʻyish shoxobchalarida texnologik qurilmalar (sigʻim, nasos, kompressor, tarqatish ustunlari va boshqa jihozlar) bir-biridan belgilangan xavfsiz masofalarda mustaqil konstruksiya va poydevorlarda sanoat xavfsizligi talablariga javob beruvchi, yongʻinga qarshi himoya toʻsiqlari, ikki qavatli sigʻimlar va avtomatik avariyaviy blokirovka tizimlari bilan jihozlangan tartibda oʻrnatilganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Adliya vazirligi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2027-yil 1-sentabrga qadar yoqilgʻi quyish shoxobchalari va gaz toʻldirish inshootlarida faoliyat yuritayotgan maxsus oʻquv kurslarini tamomlagan va xavfli ishlab chiqarish obyektlarida faoliyatni amalga oshirishga ruxsat beruvchi sertifikatlarga (ruxsatnomalarga) ega boʻlgan muhandis-texnik xodimlar faoliyatini nazorat qilish maqsadida “Litsenziya” axborot tizimi va Yagona milliy mehnat tizimi oʻzaro integratsiya qilinishini hamda ularning mehnat faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (roʻyxatga olingani va chiqarilgani) boʻyicha avtomatik signal berish mexanizmini yoʻlga qoʻygan holda, ushbu qarorning 2-bandida keltirilgan vakolatli organlar tomonidan monitoring qilib borish imkoniyatini yaratsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2027-yil 1-yanvardan boshlab xavfli ishlab chiqarish obyektlarida faoliyatni amalga oshirishga ruxsat beruvchi tegishli sertifikatlarga (ruxsatnomalarga) ega boʻlmagan mutaxassislar bilan faoliyat yuritayotgan yoqilgʻi quyish shoxobchalari va gaz toʻldirish inshootlari faoliyatini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda toʻxtatish choralarini koʻrsin hamda kamchiliklarni bartaraf qilingan kunda avtomatik tarzda faoliyati tiklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2026-yil 1-dekabrga qadar respublikadagi neft va gaz mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi, import asosida olib keluvchi va avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalarida sotayotgan neft va gaz mahsulotlarini onlayn nazorat qilish tizimini joriy etishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Raqamli texnologiyalar vazirligi va “UZINFOCOM” MCHJ bilan birgalikda 2026-yil 1-avgustga qadar respublikada faoliyat koʻrsatayotgan avtomobillarga gaz toʻldirish shoxobchalari va avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalarida avtobenzin mahsuloti va suyultirilgan gaz hisobi boʻyicha bevosita tarqatish ustunlaridagi (“dispenserlar”) maʼlumotlarni real vaqt rejimida toʻplash va yuritish imkonini beruvchi axborot tizimini ishlab chiqish hamda bosqichma-bosqich joriy etish boʻyicha asoslangan takliflarni (moliyalashtirish manbalarini belgilangan holda) Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi, Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2026-yil 1-dekabrga qadar xorijiy tajribani oʻrganish asosida yangi qurilayotgan yoki qayta rekonstruksiya qilinayotgan xavfli ishlab chiqarish obyektlarida mavjud yer ustida suyultirilgan uglevodorod gazini saqlovchi, ortiqcha bosim ostida ishlaydigan sigʻimlarni ikki devorli sigʻimlarga almashtirish, shuningdek, yer ustiga oʻrnatilgan sigʻimlarni bosqichma-bosqich yer ostiga oʻrnatish tartibini belgilovchi shaharsozlik normalari va qoidalariga zarur oʻzgartirish va qoʻshimchalarni ishlab chiqib amaliyotga joriy etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) yoqilgʻi quyish shoxobchalar va gaz toʻldirish inshootlari joylashgan hududlarning himoya maydonlari atrofida qonunchilik hujjatlari, shaharsozlik normalari va qoidalarida belgilangan talablarga muvofiq boʻlmagan obyektlar qurilishi uchun yer uchastkalari ajratilmasligini alohida nazoratga olsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 2026-yil 1-sentabrga qadar insonlar hayoti va sogʻligʻiga xavf tugʻdiradigan, jamoat xavfsizligi va atrof-muhitni muhofaza qilish, sanoat va yongʻin xavfsizligi hamda shaharsozlik normalari va qoidalariga, shu jumladan, belgilangan muhofaza zonalari talablariga javob bermaydigan yoqilgʻi quyish shoxobchalari va gaz toʻldirish inshootlari reyestrini shakllantirsin hamda ularni bosqichma-bosqich xavfsiz hududlarga koʻchirish yuzasidan chora-tadbirlarni ishlab chiqsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoqilgʻi quyish shoxobchalari va gaz toʻldirish inshootlari koʻchirilgan taqdirda, mazkur yer uchastkalariga boʻlgan huquqlari tadbirkorlik subyektlari ixtiyoriga qoldiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
faqat AGTKSHlar xavfsiz hududlarga koʻchirilgan taqdirda, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ularga, istisno tariqasida, gaz tarmoqlariga ulanishga texnik shartlar rasmiylashtirib beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu chora-tadbirlar rejasida belgilangan ishlarni moliyalashtirish Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda kelgusi yillarning hududlarni ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlariga kiritilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda yoqilgʻi quyish shoxobchalari va gaz toʻldirish inshootlari hududida kichik hajmdagi (300 kub metrgacha) qoʻshimcha qurilish ishlarini amalga oshirish uchun loyiha-smeta hujjatlari hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashlari tomonidan majburiy tarzda koʻrib chiqilishi, kelishilishi va davlat ekspertizasidan oʻtkazilishi, shuningdek, shoxobchalar uchun loyiha-smeta hujjatlari murakkablik toifasiga qarab, yuqori malakali loyiha institutlari tomonidan ishlab chiqilishi talablarini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Raqamli texnologiyalar vazirligi 2026-yil 1-sentabrga qadar Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi hamda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi uchun barcha turdagi shoxobchalarda qoʻllanilayotgan oʻlchov vositalarini metrologik qiyoslash muddatlarini nazorat qilish maqsadida Texnik tartibga solish milliy axborot tizimidan (TRIS) foydalanish imkoniyatini yaratishni taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ Adliya vazirligi, Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 2026-yil 1-avgustga qadar birja savdolarining elektron tizimini “Litsenziya” axborot tizimlari majmuasi bilan integratsiya qilish orqali alohida birja savdo seksiyalarida suyultirilgan gazni xarid qilish uchun faqatgina suyultirilgan gazni sotishga tegishli litsenziyasi mavjud boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar ishtirok etish tizimini joriy etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda alohida birja savdo seksiyalarida suyultirilgan gazni xarid qilish uchun litsenziyalanadigan faoliyat turi bilan shugʻullanmaydigan, texnologik ishlab chiqarish va oʻz ehtiyojlari uchun suyultirilgan gazdan foydalanuvchi suyultirilgan gazni qabul qilish, saqlash va tarqatish uchun moddiy-texnik bazaga ega boʻlgan tegishli xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan alohida birja savdo seksiyalarida suyultirilgan gazni xarid qilinishi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan taqdim etiladigan roʻyxatga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi, Energetika vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari hamda sohadagi tegishli tashkilotlar bilan birgalikda ushbu qarorning mazmuni va mohiyatini ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Respublika hududidagi yoqilgʻi quyish shoxobchalari va gaz toʻldirish inshootlarida avariya va noxush hodisalarning oldini olish hamda xavfsizlik va ekologiya talablariga rioya etilishini taʼminlash doirasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi D.A. Isaqulov — yoqilgʻi quyish shoxobchalari va gaz toʻldirish inshootlarida texnologik jarayonlar va asbob-uskunalarni texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va qoidalarga rioya etilishini taʼminlash boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi raisi A.V. Rafiqov — yoqilgʻi quyish shoxobchalari va gaz toʻldirish inshootlarida sanoat xavfsizligi qoidalariga muvofiqligini taʼminlash boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
favqulodda vaziyatlar vaziri A.I. Ikramov — yoqilgʻi quyish shoxobchalari va gaz toʻldirish inshootlarida xavfsizlik talablariga rioya etilishini taʼminlash hamda yongʻin xavfsizligi qoidalariga muvofiqligini taʼminlash boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi — yoqilgʻi quyish shoxobchalari va gaz toʻldirish inshootlarida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoidalariga muvofiqligini taʼminlash boʻyicha masʼul etib belgilansin va ularga belgilangan ishlarni tizimli, oʻz vaqtida amalga oshirish boʻyicha javobgarlik yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2026-yil 18-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
315-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 18-iyundagi 315-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoqilgʻi quyish shoxobchalari va gaz toʻldirish inshootlariga yongʻin xavfsizligi qoidalariga ularning muvofiqligi boʻyicha qoʻyiladigan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MINIMAL TALABLAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Talablar roʻyxati va mazmuni

1.

Qurilishi tugallangan obyektni foydalanishga qabul qilish haqidagi Davlat qabul komissiyasi dalolatnomasining mavjudligi.

2.

Davlat yongʻin nazorati organlarining yozma koʻrsatmalarida (dalolatnoma, tavsiyanomalar maʼlumotnomasi) taklif etilgan yongʻinga qarshi tadbirlarning bajarilgani.

3.

Obyekt meʼyor talablariga asosan yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari bilan taʼminlangani.

4.

Obyektda mavjud boʻlgan yongʻin oʻchirish texnikalarining (motopompa) texnik holati va yongʻin oʻchirish anjomlari bilan toʻliq jihozlangani.

5.

Bino va inshootlar yongʻin avtomatikasi tizimi bilan jihozlangani va sozligi.

6.

Ishchi xizmatchilar statik elektr toki hosil qilmaydigan maxsus kiyim bosh bilan taʼminlangani.

7.

Obyektda amaldagi standartga muvofiq yongʻin xavfsizligi boʻyicha belgilar (ogohlantiriluvchi bildirishnomalar va rasmli tasvirlar bilan ifodalangan axborot stendlar) oʻrnatilgani.

8.

Yongʻinga qarshi suv taʼminotining mavjudligi va ishchi holatda boʻlish.

9.

Rahbar tomonidan tasdiqlangan yongʻin xavfsizligi boʻyicha yoʻriqnomalar ishlab chiqilgani va barcha ishchi-xizmatchilarga tanishtirilgani, ular yongʻin sodir boʻlganda harakatlanish tartiblarini bilishlari.

10.

Rahbarning buyrugʻi bilan yongʻin xavfsizligini taʼminlash uchun javobgar shaxslar tayinlangani.

11.

Rahbar tomonidan tasdiqlangan obyekt hududidan odamlar va transport vositalarini evakuatsiya qilish rejasi mavjudligi.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 18-iyundagi 315-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoqilgʻi quyish shoxobchalari va gaz toʻldirish inshootlariga texnologik jarayonlar va asbob-uskunalarni texnik jihatdan tartibga solish boʻyicha normativ hujjatlar va qoidalarga ularning muvofiqligi boʻyicha qoʻyiladigan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MINIMAL TALABLAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Talablar roʻyxati va mazmuni

1.

Faoliyatning litsenziyalanadigan turini amalga oshirish uchun foydalaniladigan muhandislik kommunikatsiyalari va texnologik asbob-uskunalarga egalik huquqini (kadastr, davlat roʻyxatdan oʻtganligi) va boshqa ashyoviy huquqni (notarial va davlat roʻyxatidan oʻtganligi) tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligi.

2.

Qurilishi tugallangan obyektni foydalanishga qabul qilish haqida Davlat qabul komissiyasi dalolatnomasining mavjudligi.

3.

Shoxobchaning texnik pasporti va tasdiqlangan texnologik sxemasi mavjudligi.

4.

Shoxobcha loyihasi “Xavfi yuqori boʻlgan obyektlarni hamda potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish” boʻyicha maxsus litsenziyaga ega boʻlgan loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgani.

5.

Shoxobcha loyihasiga mutasaddi korxona tomonidan berilgan ekspert xulosasining mavjudligi hamda buyurtmachi korxona tomonidan tasdiqlangani.

6.

Shoxobchada oʻrnatilgan texnologik asbob-uskunalar, agregatlar hamda boshqa uskuna va jihozlarning loyihaga muvofiqligi, nazorat va oʻlchash vositalarining holati va metrologiya tekshiruvidan oʻtkazilgani, mahsulot saqlovchi sigʻimlarni tashqi atmosfera taʼsiridan himoyalangani.

7.

Shoxobchada yoqilgʻi miqdorlari boʻyicha hisob-kitob tizimi yaratilgani va hisoblash uskunasining yaroqliligini tasdiqlovchi mutasaddi korxonalar tomonidan berilgan hujjatlar mavjudligi.

8.

Shoxobchada belgilangan tartibda kelishilgan gaz toʻldirish reglamentining mavjudligi*.

9.

Shoxobchada mahsulotni qabul qilish, saqlash va tarqatishda oʻz ehtiyoji va texnologik yoʻqotishlar miqdori boʻyicha vakolatli korxona tomonidan ishlab chiqilgan uslubiy qoʻllanma (metodika) mavjudligi.

10.

Shoxobchada mahsulotlarning sifati texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiqligini nazorat qilish kimyo laboratoriyasi mavjudligi va ularni kerakli sinov, oʻlchash vositalari, standart namunalari bilan taʼminlangani yoki Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan texnik jihatdan malakalangani maʼqullangan kimyo laboratoriyasi bilan tuzilgan shartnomalarning mavjudligi hamda sotiladigan yoqilgʻi mahsulotlarining sifat koʻrsatkichlari boʻyicha muvofiqlik sertifikatining mavjudligi.

11.

Shoxobchada ishlayotgan muhandis-texnik xodimlarning malakasi oshirilgani toʻgʻrisida guvohnomalari mavjudligi.

12.

Neft mahsulotlarini vagon-sisternalardan qabul qilish uchun boshi berk temir yoʻlning mavjudligi, vagon-sisterna yoki avtotsisternalardan alohida-alohida qabul qilib olishda texnologik jihozlar bilan taʼminlangani, ularning loyihaga muvofiqligi.*

13.

Shoxobchada mahsulotlarni qabul qilish va tarqatishda qizdirish moslama va qurilmalarning mavjudligi.*

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Ushbu talablar korxonalarning faoliyat turiga qarab tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 18-iyundagi 315-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoqilgʻi quyish shoxobchalari va gaz toʻldirish inshootlariga sanoat xavfsizligi qoidalariga ularning muvofiqligi boʻyicha qoʻyiladigan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MINIMAL TALABLAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Talablar roʻyxati va mazmuni

1.

Xavfli ishlab chiqarish obyekti loyiha hujjatlarining sanoat xavfsizligi ekspertiza xulosasi mavjudligi.

2.

Xavfli ishlab chiqarish obyektini identifikatsiyalash boʻyicha ekspertiza xulosasi mavjudligi.

3.

Xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya sodir boʻlganda, boshqa shaxslarning hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof-muhitga zarar yetkazganlik uchun fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi mavjudligi.

4.

Bosim ostida ishlovchi sigʻimlar pasportlarining mavjudligi.

5.

Bosim ostida ishlovchi sigʻimlarda manometrlarning oʻrnatilganligi va metrologiya tekshiruvidan oʻtkazilgani.

6.

Bosim ostida ishlovchi sigʻimlarning navbatdagi ichki koʻrik va gidravlik sinovdan oʻtkazilgani.

7.

Nazorat oʻlchov asbobi siferblatida ruxsat etilgan ishchi bosim, sarf va harorat va boshqalarga mos boʻlgan shkalani boʻlib oʻtuvchi qizil chiziq mavjudligi.

8.

Bosim ostida ishlaydigan sigʻimlarni ortiqcha bosimdan muhofaza qilish klapanining pasporti mavjudligi.

9.

Bosim ostida ishlaydigan sigʻimlarni ortiqcha bosimdan muhofaza qilish klapanining sozligi va belgilangan muddatda tekshirilgani.

10.

Muhandis texnik xodim, gaz toʻldiruvchi, operator, gaz xoʻjaligi boʻyicha ishchi-xodim va chilangarlarning xavfsiz ish yuritish usullari boʻyicha oʻqitilib, attestatsiya va davriy bilim sinovlaridan oʻtkazilgani.

11.

Bosim ostida ishlovchi idishlarning sozligi va xavfsiz ishlatilishini taʼminlash boʻyicha javobgar shaxslarning (muhandis-texnik xodim) tayinlangani toʻgʻrisida buyruq rasmiylashtirilgani.

12.

AGQSH gaz oʻtkazgichlari, sigʻimlari (rezervuar) va uskunalarida oʻrnatilgan saqlovchi prujinali klapanlarning sozligi va taʼsir kuchi, bir oyda kamida bir marta, ularni qisqa muddatli ochib turish yoʻli bilan tekshirilgani.

13.

Sigʻimlarning (rezervuar) saqlovchi tashlama klapanlari — 6 oyda kamida bir marta, qolgan tashlama klapanlar — joriy taʼmirlashni oʻtkazish paytida bir yilda kamida bir marta tekshirilgani.

14.

Sinashdan keyin klapanlarning tamgʻalanishiga, tekshirish natijalari umumiy qabul qilingan dalolatnoma shaklida rasmiylashtirilgani hamda navbatdagi sinov muddati koʻrsatilgan temircha (birka) osib qoʻyilgani.

15.

Kompressor va nasoslarning bosimi haydash yoʻllaridagi belgilangan ishchi bosimidan koʻtarilib ketganda, elektrokontaktli manometrlar orqali elektrdvigatellarni avtomatik ravishda oʻchirish tizimining mavjudligi.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 18-iyundagi 315-son qaroriga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoqilgʻi quyish shoxobchalari va gaz toʻldirish inshootlariga ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoidalariga ularning muvofiqligi boʻyicha qoʻyiladigan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MINIMAL TALABLAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Talablar roʻyxati va mazmuni

1.

Barcha rejalashtiriladigan ishlarni bajarish uchun, xususan, ob-havoning noqulay sharoitlaridan himoya qilishni taʼminlangani.

2.

Oqava suvlarni toʻplanmasligi uchun sharoitlarning yaratilgani.

3.

Sigʻimlarning germetikligining taʼminlangani.

4.

Suyultirilgan uglevodorod gazi saqlanadigan sigʻimlar va quvurlardagi ehtimoliy chiqish nuqtalarini muntazam tekshirish hamda yoriq yoki shikastlanish aniqlanganda zudlik bilan bartaraf etish choralarining koʻrilgani.

5.

Ombor hududida atrof-muhitga zararli taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan moddalarning tuproqqa yoki suv manbalariga tushishini oldini olish uchun toʻsiq va izolyatsiya choralarining taʼminlangani.

6.

Ombor hududida yer osti va yer usti suvlarini ifloslantirmaslik uchun yogʻin suvlari va texnologik oqovalarni toʻplash, tozalash hamda neytrallash inshootlarining mavjudligi va samarali ishlashi.

7.

Suv havzalariga yoki yer osti suv qatlamlariga suyultirilgan uglevodorod gazi, neft mahsulotlari yoki boshqa ifloslantiruvchi moddalarning tushishini oldini olish maqsadida gidroizolyatsiyalangan zaxira hovuzlar va avariyaviy toʻsiq tizimlari oʻrnatilgani.

8.

Hosil boʻlgan ishlab chiqarish va maishiy chiqindilarni vaqtincha saqlash joylarini tashkil etilgani va oʻz vaqtida olib chiqib ketilishi taʼminlangani.

9.

Davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi olingani va xulosa talablarining bajarilishi taʼminlangani.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 18-iyundagi 315-son qaroriga
5-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalarida “U-Gaz” dasturiy-apparat majmuasini joriy etish, undan foydalanish va uni texnik qoʻllab-quvvatlashning
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MAʼMURIY REGLAMENTI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Reglament avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalarida (keyingi oʻrinlarda — AGTKSH) “U-Gaz” apparat-dasturiy majmuasini (keyingi oʻrinlarda — dasturiy majmua) joriy etish, undan foydalanish va uni texnik qoʻllab-quvvatlash tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Reglament talablari tegishli litsenziya asosida AGTKSH orqali siqilgan gazni sotish faoliyati bilan shugʻullanuvchi, shuningdek, mazkur faoliyatni amalga oshirish uchun birinchi marta litsenziya olishni rejalashtirayotgan yuridik shaxslar, Davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator va nazorat qiluvchi vakolatli organlar uchun majburiy hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“U-Gaz” apparat-dasturiy majmuasi — Davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator “UZINFOCOM” MCHJ tomonidan ishlab chiqilgan va AGTKSHlar orqali siqilgan gazni sotishda uning hisob-kitobini real vaqt rejimida bevosita shoxobchadagi dispenserlar orqali nazorat qilish hamda qonunchilik hujjatlari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablar va qoidalar buzilish holatlarini aniqlash imkonini beruvchi tizim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydalanuvchi — AGTKSH orqali siqilgan gazni sotish faoliyati bilan shugʻullanuvchi yoki mazkur faoliyatni amalga oshirishni rejalashtirgan hamda dasturiy majmuani “UZINFOCOM” MCHJ bilan tuziladigan shartnoma asosida oʻrnatish (ishga tushirish) istagini bildirgan yuridik shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
integrator — dasturiy majmuani oʻrnatib beruvchi (ishga tushiruvchi), uning uzluksiz ishlashini taʼminlovchi hamda foydalanuvchilarga shartnoma asosida tegishli xizmatlarni koʻrsatuvchi — “UZINFOCOM” MCHJ;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nazorat qiluvchi vakolatli organ — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi va qonunchilik hujjatlari bilan vakolat berilgan boshqa organ;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼminotchi — tabiiy gazni gaz uzatish tashkilotidan qabul qiluvchi va taqsimlash tarmoqlari orqali AGTKSHda siqilgan gazni sotish faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar bilan tuzilgan shartnoma asosida yetkazib beruvchi tashkilot.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Foydalanuvchilarning obyektlarida “U-Gaz” apparat-dasturiy majmuasini oʻrnatish va ishga tushirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Foydalanuvchilarga tegishli boʻlgan AGTKSHlarda dasturiy majmua ushbu Reglamentga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq oʻrnatiladi va ishga tushiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Foydalanuvchi dasturiy majmuani AGTKSHda oʻrnatish va ishga tushirish uchun integratorga elektron shaklda elektron kalit orqali imzolangan arizani yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Taqdim etilgan arizalar integrator tomonidan bepul asosda qabul qilinadi va koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq toʻlovchining STIR guvohnomasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydalanuvchining nizomi (ustavi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
AGTKSHning kadastr hujjatlari (ilovalari va chizmalari bilan birga);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
AGTKSH orqali siqilgan gazni sotish huquqini beruvchi litsenziya;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya yuz bergan taqdirda, boshqa shaxslarning hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof-muhitga zarar yetkazganlik uchun fuqarolik javobgarligi sugʻurta qilingani toʻgʻrisidagi elektron sugʻurta polisi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli litsenziyaga (ruxsatnoma) ega boʻlgan tashkilot (elektr-texnik laboratoriya) tomonidan foydalanuvchining obyektidagi elektr qurilmalarga (zaminlagichga) taqdim etilgan muvofiqlik hujjatlari dalolatnomasi, kuch transformatorining sinov dalolatnomasi va boshqalar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
AGTKSH ijara shartnomasi (agar AGTKSH ijara shartnomasi asosida foydalanilayotgan boʻlsa);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
AGTKSHning umumiy koʻrinishi aks etgan 2 dona fotosurat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
AGTKSHdagi dispenserlarni boshqarish uchun oʻrnatilgan operator xonasidagi pult qurilmasi aks etgan fotosurat (operator xonasining ichki tomonidan olingan);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
AGTKSHdagi dispenser, ularning birkalari hamda ichki qismidagi platalarning fotosuratlari (har biri alohida olingan boʻlishi kerak);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydalanuvchining obyektida internet aloqa tarmogʻi mavjudligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
AGTKSHda foydalanadigan ortiqcha bosimda ishlaydigan qurilmalar (shlanglar) navbatdagi sinovdan oʻtkazilgani haqida dalolatnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ortiqcha bosimda ishlaydigan qurilmalar xavfsizlik klapanlarning tarirovka (kalibrovka) qilingani toʻgʻrisidagi dalolatnoma.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Foydalanuvchi tomonidan dasturiy majmuani AGTKSHda oʻrnatish va ishga tushirish uchun integratorga yuborilgan ariza uch ish kuni ichida koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan ariza va unga ilova qilingan hujjatlarda kamchiliklar aniqlangan taqdirda, ushbu kamchiliklarni koʻrsatgan holda, ularni bartaraf etish uchun integrator arizani foydalanuvchiga darhol qaytaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Kamchiliklar bartaraf etilgandan soʻng foydalanuvchi tomonidan ariza qayta taqdim etilgan taqdirda, ariza integrator tomonidan bir ish kuni ichida koʻrib chiqiladi. Bunda arizani qoʻshimcha aniqlangan kamchiliklar bilan qaytarishga qoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Foydalanuvchi tomonidan kiritilgan ariza ijobiy baholangan taqdirda, integrator bir ish kuni ichida foydalanuvchiga elektron shaklda shaxsiy kabinet orqali tegishli xabarnoma va shartnoma loyihasini (ommaviy oferta) imzolash uchun yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Moderatsiya jarayoni muvaffaqiyatli yakunlangach, shartnoma elektron hujjat aylanish tizimida avtomatik tarzda shakllantiriladi hamda tomonlarning elektron raqamli imzosi (ERI) bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shartnoma tomonlarning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan kundan boshlab rasman tuzilgan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Shartnoma rasman tuzilgan kundan boshlab 5 ish kuni ichida integrator dasturiy majmuani oʻrnatish, ishga tushirish va sozlash ishlarini amalga oshiradi hamda uning doimiy ravishda uzluksiz va barqaror ishlashini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Foydalanuvchi va integrator oʻrtasida dasturiy majmuadan foydalanish bilan bogʻliq munosabatlar tuzilgan shartnoma asosida tartibga solinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Integrator nazorat qiluvchi vakolatli organga (hududiy boshqarmalarga) dasturiy majmuaning barcha funksional imkoniyatlaridan foydalanish, shuningdek, doimiy nazorat va monitoringni amalga oshirish hamda hisobotlarni shakllantirish uchun zarur sharoitlarni yaratib beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Integrator dasturiy majmuadagi maʼlumotlarni saqlash va uzatishni himoyalaydi, uning barqaror va xavfsiz ishlashini, shuningdek, nazorat qiluvchi vakolatli organga real vaqt rejimida ishonchli maʼlumotlar taqdim etilishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. “U-Gaz” dasturiy-apparat majmuasini joriy etish, doimiy ekspluatatsiya qilish va nazoratni amalga oshirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Foydalanuvchilarga tegishli boʻlgan AGTKSHlar orqali sotiladigan siqilgan gaz hisobi hamda qonunchilik hujjatlari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablar va qoidalar buzilish holatlarini dasturiy majmuasi orqali nazorat qilish sxemasi ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Foydalanuvchi oʻziga tegishli boʻlgan AGTKSHda dasturiy majmuani joriy etish (montaj qilish, ishga tushirish va sozlash ishlari doirasida) uchun integratorga quyidagi sharoitlarni yaratib berish majburiyatini oladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
integrator vakillarini AGTKSH hududiga toʻsqinliksiz kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
AGTKSHda oʻrnatilgan dispenserlardagi dasturiy majmuaga maʼlumotlarni uzluksiz uzatish uchun moʻljallangan kontrollerlar, kommunikatsiya shlyuzlari va boshqa zavod toʻplamiga kiruvchi jihozlar toʻliqligini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarurat tugʻilganda, AGTKSH elektr taʼminotini va (yoki) dispenserlar orqali siqilgan gazni sotilishini vaqtincha toʻxtatib turish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dasturiy majmuani joriy etish doirasida boshqa talab etiladigan vazifalarni (montaj qilish, ishga tushirish va sozlash ishlari) amalga oshirish choralarini koʻrish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Integrator dasturiy majmuaning avtomatlashtirilgan monitoring tizimi orqali AGTKSHlardagi quyidagi qoidabuzarliklarni aniqlaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
AGTKSHdagi dispenserlar orqali siqilgan gazni sotish vaqtida gaz ballonlariga ruxsat etilgan bosimdan ortiqcha miqdorda (20 MPa dan yuqori) gaz toʻldirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
siqilgan gazda harakatlanishga moslashtirilgan, lekin navbatdagi texnik koʻrikdan oʻtmagan transport vositalarini gaz ballonlariga siqilgan gazni toʻldirib berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
siqilgan gazda harakatlanishga moslashtirish uchun tegishli ruxsatnomaga ega boʻlmagan, texnik pasportda koʻrsatilgan yonilgʻi turi talablariga mos kelmaydigan transport vositalariga oʻzboshimchalik bilan oʻrnatilgan gaz ballonlariga siqilgan gaz toʻldirib berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
integrator xizmati uchun mavjud qarzdorlik sababli dasturiy majmua bilan bir ish kunidan ortiq vaqt mobaynida sinxronizatsiya jarayoni amalga oshirilmayotgan AGTKSHlar yoki ulardagi dispenserlarni aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
siqilgan gazni sotishda gaz hajmlarini qasddan dasturiy majmuadan yashirishga urinish (integrator tomonidan oʻrnatilgan uskunalarni oʻchirib qoʻyish, demontaj qilish, tizimni aylanib oʻtish yoʻllarini joriy etish, loyihadan tashqari dispenserlar oʻrnatish, internet aloqasini qasddan oʻchirish va boshqalar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
AGTKSH operatorining markaziy dispetcherlik uskunalaridan yoki dispenserlardan toʻgʻridan-toʻgʻri maʼlumot olish orqali sotilayotgan siqilgan gaz narxlarini sunʼiy ravishda oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dasturiy majmua imkoniyati doirasidagi hamda nazorat qiluvchi vakolatli organ vakolatlariga kiruvchi va amaldagi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa qoidabuzarliklar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Integrator dasturiy majmua monitoring tizimi orqali aniqlangan qoidabuzarliklar toʻgʻrisidagi real vaqt rejimida nazorat qiluvchi vakolatli organlarga va foydalanuvchiga elektron shaklda shaxsiy kabinet orqali tegishli xabarnoma yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Foydalanuvchi zudlik bilan yoʻl qoʻyilgan qoidabuzarliklarni bartaraf etishi va nazorat qiluvchi vakolatli organga mazkur qoidabuzarliklar toʻliq bartaraf etilgani toʻgʻrisida bir kun muddat ichida elektron shaklda shaxsiy kabinet orqali tegishli xabarnoma yuborishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Foydalanuvchi belgilangan muddatda qoidabuzarliklarni bartaraf etish choralarini koʻrmagan va nazorat qiluvchi vakolatli organga xabarnoma yubormagan taqdirda, nazorat qiluvchi vakolatli organ foydalanuvchiga tegishli boʻlgan AGTKSHda qonunchilikda belgilangan tartibda tekshirish oʻtkazishga hamda chora koʻrishga haqli boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Taʼminotchi ushbu koʻrsatmani olgan vaqtdan boshlab 24 soat ichida foydalanuvchiga tegishli boʻlgan AGTKSH tabiiy gaz taʼminotini toʻxtatish chorasini koʻradi va bu haqida nazorat qiluvchi vakolatli organni xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Nazorat qiluvchi vakolatli organ koʻrsatmasini bajarmaslik taʼminotchiga nisbatan amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlik choralarini koʻrishga asos boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Foydalanuvchi qoidabuzarliklar toʻliq bartaraf etilgandan soʻng nazorat qiluvchi vakolatli organga AGTKSHning gaz taʼminotini tiklashga ruxsat soʻrab xabarnoma yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Nazorat qiluvchi vakolatli organ foydalanuvchining xabarnomasiga koʻra bir ish kuni ichida dasturiy majmua orqali foydalanuvchiga tegishli boʻlgan AGTKSHda tekshirish oʻtkazilgan kundan keyingi davrda qoidabuzarlik holatlari qayd etilgan yoki qayd etilmaganini koʻrib chiqadi va tegishli xulosa tayyorlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Nazorat qiluvchi vakolatli organ tomonidan dasturiy majmua orqali foydalanuvchiga tegishli boʻlgan AGTKSHda tekshirish oʻtkazilgan kundan keyingi davrda qoidabuzarlik holatlari qayd etilmagan boʻlsa, u holda mazkur AGTKSHning gaz taʼminotini tiklash yuzasidan bir ish kuni ichida taʼminotchiga elektron shaklda koʻrsatma yuboradi va bu haqida foydalanuvchini xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Taʼminotchi nazorat qiluvchi vakolatli organning tegishli xulosasi asosida tayyorlangan koʻrsatmaga muvofiq koʻrsatmani olgan vaqtdan boshlab 24 soat ichida foydalanuvchiga tegishli boʻlgan AGTKSH tabiiy gaz taʼminotini qayta tiklaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Foydalanuvchi oʻz faoliyatini vaqtincha toʻxtatgan yoki toʻliq tugatgan taqdirda, bu haqida taʼminotchi hamda integratorga 5 kun ichida elektron shaklda shaxsiy kabinet orqali tegishli xabarnoma yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Foydalanuvchiga tegishli boʻlgan AGTKSH mulkdori oʻzgarganda yoki AGTKSH ijara shartnomasi asosida uchinchi shaxslarga foydalanishga topshirilganda, bir kun muddat ichida foydalanuvchi bu haqida nazorat qiluvchi vakolatli organ, integrator va taʼminotchini belgilangan tartibda xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Ushbu Reglament talablarining buzilishida belgilangan tartibda aybdor shaxslar amaldagi qonunchilikdagi talablarga muvofiq javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalarida “U-Gaz” dasturiy-apparat majmuasini joriy etish, undan foydalanish va uni texnik qoʻllab-quvvatlashning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“U-Gaz” apparat-dasturiy majmuasini oʻrnatish va ishga tushirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddati

1-bosqich

Foydalanuvchi

“U-Gaz” dasturiy-apparat majmuasini AGTKSHda oʻrnatish va ishga tushirish uchun integratorga elektron shaklda elektron kalit orqali imzolangan ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlarni yuboradi.

Oʻz ixtiyoriga koʻra

2-bosqich

Integrator

“U-gaz” elektron tizimi orqali yuborilgan arizani bepul asosda qabul qiladi va koʻrib chiqadi. Kamchiliklar aniqlangan taqdirda, ularni bartaraf etish uchun foydalanuvchiga qaytaradi.

Uch ish kuni davomida

3-bosqich

Foydalanuvchi

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etgan holda tizimga arizani qayta kiritadi.

Oʻz ixtiyoriga koʻra

4-bosqich

Integrator

Qayta kiritilgan arizani moneliksiz koʻrib chiqadi. Ijobiy deb topilgan taqdirda foydalanuvchiga elektron tarzda shartnoma hamda oferta yuboradi.

Bir ish kuni davomida

5-bosqich

Foydalanuvchi

Oferta bilan tanishib, tasdiqlagandan soʻng shartnoma avtomatik tarzda tuziladi.

Oʻz ixtiyoriga koʻra

6-bosqich

Integrator

Shartnoma rasman tuzilgan kundan boshlab “U-Gaz” dasturiy-apparat majmuasini oʻrnatish, ishga tushirish va sozlash ishlarini amalga oshiradi

Shartnoma tuzilgandan soʻng 5 ish kuni ichida

7-bosqich

Himoyalangan maʼlumotlarni saqlash, uzatish, tizimning xavfsiz ishlashini taʼminlaydi.

Doimiy

8-bosqich

Nazorat qiluvchi vakolatli organga (hududiy boshqarmalarga) “U-Gaz” dasturiy-apparat majmuasining barcha funksional imkoniyatlaridan foydalanish, shuningdek, doimiy nazorat va monitoringni amalga oshirish hamda hisobotlarni shakllantirish uchun zarur sharoitlarni yaratib beradi.

Shartnoma tuzilgandan soʻng

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalarida “U-Gaz” dasturiy-apparat majmuasini joriy etish, undan foydalanish va uni texnik qoʻllab-quvvatlashning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
AGTKSHlar orqali sotiladigan siqilgan gaz hisobi hamda qonunchilik hujjatlari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablar va qoidalar buzilish holatlarini “U-Gaz” dasturiy-apparat majmuasi orqali nazorat qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddati

1-bosqich

Integrator

“U-Gaz” dasturiy-apparat majmuasining avtomatlashtirilgan monitoring tizimi orqali AGTKSHlarda Reglamentning 18-bandida koʻrsatilgan qoidabuzarliklarni aniqlaydi.

Doimiy ravishda

2-bosqich

Integrator

Aniqlangan qoidabuzarliklar toʻgʻrisidagi real vaqt rejimida nazorat qiluvchi vakolatli organlarga va foydalanuvchiga elektron shaklda shaxsiy kabinet orqali tegishli xabarnoma yuboradi.

1-bosqich bajarilgandan soʻng darhol

3-bosqich

Foydalanuvchi

Yoʻl qoʻyilgan qoidabuzarliklarni bartaraf etish va nazorat qiluvchi vakolatli organga mazkur qoidabuzarliklar toʻliq bartaraf etilgani toʻgʻrisida elektron shaklda shaxsiy kabinet orqali tegishli xabarnoma yuboradi.

Bir kun muddat ichida

4-bosqich

Nazorat qiluvchi vakolatli organ

Aniqlangan qoidabuzarlikni belgilangan muddatda bartaraf etish chorasini koʻrmagan va nazorat qiluvchi vakolatli organga xabarnoma yubormagan taqdirda, foydalanuvchiga tegishli boʻlgan AGTKSHda qonunchilikda belgilangan tartibda tekshirish oʻtkazadi hamda tegishli chora koʻradi.

5 ish kuni ichida

5-bosqich

Nazorat qiluvchi vakolatli organ

Foydalanuvchiga tegishli boʻlgan AGTKSHga vaqtincha tabiiy gaz yetkazib berilishini toʻxtatish boʻyicha elektron shaklda taʼminotchiga koʻrsatma yuboradi.

Bir ish kuni ichida

6-bosqich

Taʼminotchi

Nazorat qiluvchi vakolatli organning koʻrsatmasiga muvofiq foydalanuvchiga tegishli boʻlgan AGTKSHda tabiiy gaz taʼminotini toʻxtatish chorasini koʻradi va bu haqida nazorat qiluvchi vakolatli organni xabardor qiladi.

Koʻrsatmasi olingan vaqtdan boshlab 24 soat ichida

7-bosqich

Foydalanuvchi

Qoidabuzarliklar toʻliq bartaraf etilgandan soʻng nazorat qiluvchi vakolatli organga AGTKSHning gaz taʼminotini tiklashga ruxsat soʻrab xabarnoma yuboradi.

Oʻz xohishiga koʻra

8-bosqich

Nazorat qiluvchi vakolatli organ

“U-Gaz” dasturiy-apparat majmuasi orqali foydalanuvchiga tegishli boʻlgan AGTKSHda tekshirish oʻtkazilgan kundan keyingi davrda qoidabuzarlik holatlari qayd etilmagan taqdirda, mazkur AGTKSHning gaz taʼminotini tiklash yuzasidan taʼminotchiga elektron shaklda koʻrsatma yuboradi va bu haqida foydalanuvchini xabardor qiladi.

Bir ish kuni ichida

9-bosqich

Taʼminotchi

nazorat qiluvchi vakolatli organning tegishli xulosasi asosida tayyorlangan koʻrsatmaga muvofiq foydalanuvchiga tegishli boʻlgan AGTKSH tabiiy gaz taʼminotini qayta tiklaydi.

Koʻrsatmani olgan vaqtdan boshlab 24 soat ichida

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 18-iyundagi 315-son qaroriga
6-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Sanoat xavfsizligini ekspertizadan oʻtkazish va ekspertiza xulosasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2018-yil 2-oktabrdagi 784-son qarori bilan tasdiqlangan Sanoat xavfsizligini ekspertizadan oʻtkazish va ekspertiza xulosasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-bandining “b” kichik bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“xizmat muddati tugaganligi boʻyicha (bunda, avtomobillarga gaz quyish (propan) va avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor (metan) shoxobchalari, gaz toʻldirish stansiyalari (GTS) va punktlarida (GTP) oʻrnatilgan xizmat muddati tugagan bosim ostida ishlaydigan sigʻimlar ekspertizadan oʻtkazilmaydi va foydalanishdan chiqariladi);”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida” 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 40-band quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“litsenziya berishda kelishiladigan organlar tomonidan oʻz vakolatlari doirasida oʻtkaziladigan oʻrganishlar jarayonida litsenziya va ruxsat etish sohasidagi talab va shartlar buzilish holatlari aniqlangan taqdirda, bir ish kuni ichida bu haqidagi xabarnoma va asoslovchi hujjatlar litsenziyalovchi organga taqdim etilganda”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 25-ilova 9-pozitsiyasining uchinchi ustunida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“a” kichik band “litsenziat tomonidan neft, gaz (shu jumladan, siqilgan tabiiy va suyultirilgan uglevodorod gazini) hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga, shuningdek, amaldagi” soʻzlaridan soʻng “shaharsozlik” soʻzi bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“z” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“z) siqilgan tabiiy yoki suyultirilgan uglevodorod gazda ishlashga moslashtirilganligi toʻgʻrisida tegishli ruxsat etuvchi hujjatlari mavjud boʻlmagan va (yoki) navbatdagi texnik koʻrikdan oʻtmagan yoxud oʻzboshimchalik bilan siqilgan va suyultirilgan gaz ballonlari birga oʻrnatilgan avtotransport vositalariga, foydalanish muddati oʻtib ketgan yoki navbatdagi sinovdan oʻtkazilmagan gaz ballonlariga gaz toʻldirmaslik;*”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“l” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“l) AGTKSH orqali sotiladigan siqilgan gaz sarfi hisobini, bevosita gaz tarqatish ustunlaridagi (dispenserlar) maʼlumotlarni real vaqt rejimida toʻplash va yuritish imkonini beruvchi Davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator “UZINFOCOM” MCHJ tomonidan ishlab chiqilgan tizim faol holatda boʻlishi*”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 26-ilovaning 9-pozitsiyasi “i” kichik bandi chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining “Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida” 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga 4-ilova 9-pozitsiyasining “t” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-martdagi 169-son qarori bilan tasdiqlangan Jismoniy va yuridik shaxslarga xulosalar berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning yagona maʼmuriy reglamentida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 2-ilovaning 9-pozitsiyasi uchinchi ustuni quyidagi mazmundagi “g” kichik band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“g) Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 30-iyundagi 152-son qarori bilan tasdiqlangan Texnogen xavf yuqori boʻlgan zonalar davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq texnogen xavfi yuqori boʻlgan zonalar kadastr pasporti ishlab chiqilganligi va davlat reyestridan oʻtkazilganligi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 3-ilovaning 9-pozitsiyasi uchinchi ustuni quyidagi mazmundagi “g” kichik band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“g) Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 30-iyundagi 152-son qarori bilan tasdiqlangan Texnogen xavf yuqori boʻlgan zonalar davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq texnogen xavfi yuqori boʻlgan zonalar kadastr pasporti ishlab chiqilganligi va davlat reyestridan oʻtkazilganligi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.06.2026-y., 09/26/315/0614-son)