Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 28.12.2004 yildagi 611-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 28.12.2004 yildagi 611-son
Date of entry into force
28.12.2004
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 10.03.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON TELERADIO KOMPANIYASI TIZIMI UChUN JALB ETILGAN XORIJIY KREDITLARNING TOʻLANIShINI TAʼMINLASh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Teleradio kompaniyasi tizimini texnika bilan qayta jihozlash uchun jalb etilgan xorijiy kreditlarni toʻlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi tarkibiy boʻlinmalari Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Teleradio kompaniyasi tizimini texnika bilan kompleks qayta jihozlash toʻgʻrisida” 1997-yil 25-avgustdagi 412-son qaroriga muvofiq xorijiy kredit hisobiga sotib olingan asbob-uskunalar uchun mulk soligʻi toʻlashdan mazkur asbob-uskunalar boʻyicha mulk soligʻi yuzasidan ilgari berilgan soliq imtiyozlarining amal qilish muddati tugaydigan vaqtdan boshlab besh yil muddatga ozod qilinsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-martdagi 41-sonli qarori tahririda— Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 11-son, 83-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 25-avgustdagi 412-son qaroriga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 2-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Asosiy qarzni, foizlarni, vositachilik haqini va Oʻzbekiston Teleradio kompaniyasi tizimini texnika bilan kompleks qayta jihozlash dasturi boʻyicha jalb etiladigan xorijiy kreditlarga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa xarajatlarni toʻlash qarz bitimlari muddatlari va shartlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi 1998-yil va keyingi yillar uchun markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar limitlarini shakllantirishda avans toʻlovlarini amalga oshirish hamda xorijiy banklar kreditlarini va qarz bitimlari muddatlari va shartlarida ular boʻyicha belgilangan foizlarni toʻlash uchun Oʻzbekiston Teleradio kompaniyasiga mablagʻlar ajratishni nazarda tutsinlar”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.MIRZIYOEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2004-yil 28-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
611-son