Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.03.2007 19.10.1998 yildagi 445-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 19.10.1998 yildagi 445-son
Date of entry into force
19.10.1998
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.03.2007
Hujjat 19.10.1998 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA AVTOMOTOTRANSPORT VOSITALARI HAYDOVChILARINI TAYYORLASh, QAYTA TAYYORLASh (MALAKASINI OShIRISh), IMTIHONDAN OʻTKAZISh VA ULARGA MILLIY HAYDOVChILIK GUVOHNOMALARI BERISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasining yangi namunasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 2006-yil 19-dekabrdagi 261-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash (malakasini oshirish), imtihondan oʻtkazish va ularga milliy haydovchilik guvohnomalarini berish ishlarini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida avtomototransport vositalari haydovchiligiga nomzodlarni imtihondan oʻtkazish va ularga milliy haydovchilik guvohnomalarini berish tartibi toʻgʻrisida nizom 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash (malakasini oshirish) tartibi va muddati toʻgʻrisida nizom 2-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida joriy etiladigan avtotransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi yangi nusxadagi milliy haydovchilik guvohnomasining namunasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro harakatlanish xavfsizligi Konvensiyasi talablariga javob beradigan milliy haydovchilik guvohnomalarini tayyorlashga buyurtma berish, ularni seriya raqamlari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahriga taqsimlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1998-yilning oxiriga qadar haydovchilarga beriladigan milliy haydovchilik guvohnomalarini markazlashgan tartibda kompyuter va boshqa texnik jihozlar asosida hisobga olish, uni shakllantirish uchun majburiy maʼlumotnomalar roʻyxatini tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
milliy haydovchilik guvohnomalarini berish va zarur boʻlganda ularni Axborot markazidan qidirib topishning kompyuterlashtirilgan dasturini joriy etish yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” ishlab chiqarish birlashmasiga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi buyurtmasi asosida yuqori sifatli milliy haydovchilik guvohnomalarini yetarli miqdorda tayyorlab berish yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Kommunikatsiyalar kompleksi kotibiyati va Ichki ishlar vaziri Z. Almatovga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1998-yil 19-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
445-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil
19-oktabrdagi 445-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida avtomototransport vositalari haydovchiligiga nomzodlarni imtihondan oʻtkazish va ularga milliy haydovchilik guvohnomalarini berish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. UMUMIY QOIDALAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom qoidalari transport vositalari haydovchilarini Davlat avtomobil nazorati (DAN) tomonidan imtihondan oʻtkazish, haydovchilik guvohnomalarini berish va haydovchilarning turli toifadagi transport vositalarini boshqarishlariga ruxsat etish tartibini belgilaydi va u Oʻzbekiston Respublikasi hududida bajarish uchun yagona va majburiy hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.2. Barcha transport vositalari oʻz turi, vazifasi va boshqarilish xususiyatlariga koʻra “A”, “V”, “S”, “D” va “E”, tramvay, trolleybus, kajavali mototsikllar kabi toifalarga boʻlinadi, ularni boshqarish uchun guvohnomaning tegishli katagida ruxsat beruvchi yoki transport vositasining toifasi yozilgan tamgʻa qoʻyilgan yagona haydovchilik guvohnomasi (bundan keyin “haydovchilik guvohnomasi” deb ataladi) beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.3. Haydovchilik guvohnomasining “A”, “V”, “S”, “D” va “E” katagida ruxsat beruvchi belgisi boʻlgan shaxslar quyidagilarni boshqarishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“A” — mototsikl, motoroller, motochana, moped va boshqa mototransport vositalarini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“V” — toʻla vazni 3500 kilogrammdan va haydovchining oʻrindigʻidan tashqari oʻrindiqlar soni sakkiztadan oshmaydigan avtomobillarni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“S” — toʻla vazni 3500 kilogrammdan ortiq boʻlgan yuk avtomobillarini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“D” — haydovchi oʻrindigʻidan tashqari oʻrindiqlar soni sakkiztadan ortiq boʻlgan va yoʻlovchilar tashishga moʻljallangan avtomobillarni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“E” — toifasi, shatakchisi, “V”, “S” toifalari yoki “D” toifasidagi transport vositalaridan iborat boʻlgan turkumni.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tramvay haydovchisiga faqat tramvay, trolleybus haydovchisiga faqat trolleybus, kajavali mototsikl haydovchisiga faqat kajavali mototsiklni boshqarishga ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoʻlovchilar tashish uchun moʻljallangan avtomobillarga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtobuslar va tegishli oʻrindiqlarga ega boʻlgan alohida kichik avtobuslar, ishlab chiqaruvchi zavodda seriyali tayyorlangan va odamlar tashish (vaxtali brigadada) uchun moʻljallangan yuk avtomobilining shassisidagi avtofurgonlar, shuningdek, odamlar tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.4. “V”, “S” va “D” toifasidagi transport vositalarining haydovchilariga ularni toʻla vazni 750 kilogrammdan koʻp boʻlmagan tirkama bilan ham boshqarishga yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.5. Toʻla vazni 750 kilogrammdan ortiq boʻlgan tirkamali “V”, “S” va “D” toifalaridagi transport vositalarini, shuningdek, boʻgʻimli avtobuslarni boshqarish uchun haydovchining haydovchilik guvohnomasida “E” toifasini ham boshqarishga ruxsat etilganligi belgisi, boʻgʻimli trolleybuslarni boshqarish uchun esa haydovchilik guvohnomasida uni boshqarish huquqini beruvchi belgi boʻlishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. DAVLAT AVTOMOBIL NAZORATIDA IMTIHONLARGA KIRITISh VA TRANSPORT VOSITALARINI BOShQARIShGA RUXSAT BERISh TARTIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.1. Imtihonlardan oʻtkazish va “A”, “V”, “S”, “D”, “E” toifalaridagi transport vositalarini, shuningdek, tramvay, trolleybus va kajavali mototsikllarni boshqarish huquqini beruvchi guvohnomalarni berish Oʻzbekiston Respublikasi IIV DAN Bosh boshqarmasi avtomototransport vositalarini roʻyxatga olish va imtihon qabul qilish boʻlim (boʻlinma)lari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.2. “V”, “S”, “D” va “E” toifalaridagi transport vositalarini, tramvaylar, trolleybuslar boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olishni istagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi IIV DAN Bosh boshqarmasi bilan kelishilgan yagona oʻquv rejasi va dasturi asosida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash oʻquv yurtlarida tayyorgarlikdan oʻtishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“A” toifadagi transport vositalari boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olishni istagan shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi IIV DAN Bosh boshqarmasi bilan kelishilgan yagona oʻquv rejasi va dasturi asosida oʻquv kurslarida tayyorlangan yoki mustaqil tayyorgarlik koʻrgan shaxslarga DAN boʻlinmalarida imtihon topshirishga ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.3. “A”, “V”, “S”, “D” va “E” toifalaridagi transport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash (malakasini oshirish) Oʻzbekiston Respublikasi IIV DAN Bosh boshqarmasi tomonidan ishlab chiqilgan, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, Oʻzbekiston avtomotohavaskorlar jamiyati, “Oʻzavtotrans” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan kelishilgan Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash (malakasini oshirish) tartibi hamda muddati toʻgʻrisida nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.4. Oʻquv rejasi va dasturlariga avtomototransport vositalarini boshqarish fanlari kiritilgan oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlari, texnika bilim yurtlari va umumtaʼlim maktablarining maʼmuriyatlari Oʻzbekiston Respublikasi IIV DAN Bosh boshqarmasi bilan kelishilgan holda, maxsus dasturlar asosida “V”, “VS” toifalaridagi avtotransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi maxsus kurslarni tashkil etadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.5. Sogʻliqni saqlash muassasalari tomonidan qoʻl bilan boshqariladigan yengil avtomobillarni yoki kajavali mototsikllarni boshqarishga layoqatli deb topilgan shaxslarni tayyorlash Oʻzbekiston Respublikasi IIV DAN Bosh boshqarmasi bilan kelishilgan maxsus oʻquv dasturlari asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.6. Tramvay va trolleybus haydovchilarini tayyorlash Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi va “Toshshaharyoʻlovchitrans” davlat uyushmasi ishlab chiqqan va tasdiqlagan hamda Oʻzbekiston Respublikasi IIV DAN Bosh boshqarmasi bilan kelishilgan yagona oʻquv rejasi va dasturi asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.7. Haydovchilarning haydovchilar tayyorlash va qayta tayyorlash (malakasini oshirish)dan oʻtganligini tasdiqlovchi hujjat oʻzlari oʻqigan tashkilot tomonidan berilgan belgilangan shakldagi guvohnoma boʻlib xizmat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.8. Haydovchilik guvohnomasini olish uchun fuqarolar doimiy yoki vaqtinchalik (agar doimiy yashash joyi boʻlmasa) turar joylaridagi, majburiy xizmatga chaqirilgan harbiy xizmatchilar esa xizmat joylaridagi DAN RIB (TRIB)larida imtihon topshiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.9. Oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida, hunar-texnika bilim yurtlarida taʼlim olayotgan shaxslardan (agar bu tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan boʻlsa) ularning vaqtinchalik yashab turgan joyidagi RIB (TRIB)larda imtihon olishga ruxsat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.10. Alohida holatlarda imtihon qabul qilish masalasi, istisno tariqasida, IIV DAN Bosh boshqarmasi rahbariyati tomonidan hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.11. “A”, “V”, “S” va “D” toifalaridagi transport vositalari va kajavali mototsikllarni boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomalari DAN RIB (TRIB)larida nazariy va amaliy imtihonlarni, tramvay, trolleybuslarni boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomalari esa nazariy imtihonlarni topshirgan shaxslarga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.12. Boshqa toifalardan “D” va “S” toifalariga qayta tayyorlashda nazariy va amaliy imtihon topshiriladi. “V” va “E” toifalariga qayta tayyorlashda (agar oxirgi 12 oy mobaynida transport vositasini boshqargan boʻlsa) faqat amaliy imtihon topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.13. Nazariy imtihonda imtihon topshiruvchining “Yoʻllarda harakatlanish qoidalari” va dasturda koʻzda tutilgan boshqa fanlar boʻyicha bilimi tekshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.14. Amaliy imtihon haydovchilik guvohnomasi qaysi transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi toifaga olinayotgan boʻlsa, imtihon topshiruvchining faqat shu toifadagi transport vositalarini boshqarish boʻyicha malakasi tekshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.15. Oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarini “Avtotransport muhandisi”, “Avtotransport texnigi” ixtisosligi boʻyicha tugatgan shaxslarga “A”, “V”, “VS” toifali, avtotransport vositalarining tuzilishi boʻyicha dasturda tegishli fanlar koʻzda tutilgan boshqa oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarini bitirgan shaxslarga esa “A”, “V” toifali haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihonlar topshirishga ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.16. Oʻquv muddati yakunida mototransport va kajavali mototsikllarni boshqarishga 16 yoshga toʻlgan yengil va yuk avtomobillarini haydashga 18 yoshga toʻlgan tramvay, trolleybus, taksi va avtobuslarni boshqarishga 21 yoshga toʻlgan shaxslarga ijozat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Majburiy xizmatga chaqirilgan harbiy xizmatchilarga, istisno tariqasida, avtobuslarni boshqarishlariga 19 yoshga toʻlgandan soʻng ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.17. Maxsus tovushli va yorugʻliq signallari bilan jihozlangan yoki xavfli yuklarni tashiydigan transport vositalarini, shuningdek, shaharlararo qatnaydigan va xalqaro yoʻnalishga xizmat qiluvchi avtobuslarni boshqarish uchun tegishli toifadagi transport vositalarida oxirgi uch yil mobaynida muttasil faqat haydovchi sifatida ishlagan shaxslarga ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.18. “S” yoki “D” toifalariga oid transport vositalarini boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasi boʻlgan ayollarga (yuk avtomobillarini yoki avtobuslarni boshqarishga) Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tomonidan belgilangan maʼlum cheklashlar (avtomobillarning yuk koʻtarish quvvati 2,5 tonnadan, avtobuslarda yoʻlovchilarning soni 14 kishidan oshmasligi kerak) asosida ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.19. “VS”, “S” yoki “D” toifali haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlgan, haydovchilik sohasidagi ish faoliyati bir yildan kam boʻlmagan (shaxsiy avtomobil haydovchilari uchun oxirgi 24 oy mobaynida avtomobil boshqargan), oʻquv yurtlarida tegishli dasturga muvofiq qayta tayyorgarlikdan oʻtgan va DAN RIB (TRIB)da amaliy imtihon topshirgan haydovchilarga “E” toifasidagi transport vositalarini boshqarish huquqi beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“E” toifasidagi transport vositalarini boshqarish huquqini olish uchun qayta tayyorgarlikdan oʻtgan, “D” toifasidagi belgini oluvchi haydovchilar amaliy imtihonlarni boʻgʻimli avtobuslarda oʻtkazadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.20. Haydovchilik guvohnomasida “V” yoki “S” toifalariga oid transport vositalarini boshqarish huquqiga ega boʻlgan, ish faoliyati 1 yildan kam boʻlmagan (shaxsiy avtomobil haydovchilari uchun oxirgi 24 oy mobaynida avtomobil boshqargan), oʻquv yurtlarida tegishli dasturga muvofiq qayta tayyorgarlikdan oʻtgan va DAN RIB (TRIB) boʻlinmalarida nazariy va amaliy imtihonlarni topshirgan haydovchilarga “D” toifasidagi transport vositalarini boshqarish huquqi beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Amaliy boshqarish boʻyicha imtihonlar oʻquv tashkilotlari tomonidan taqdim qilingan transport vositalari turkumida olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.21. Har qanday toifadagi (“V”, “S” yoki “D”, “E” toifalaridagi) transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasi boʻlgan shaxslar, bir yildan koʻp vaqt haydovchi boʻlib ishlamagan boʻlsa DAN boshqarmasi RIB (TRIB)larda nazariy va amaliy imtihon topshirganidan, korxona (tashkilot)larda kamida 30 soatlik amaliy boshqarish boʻyicha tajribadan oʻtganidan keyingina ularning transport vositalarini mustaqil boshqarishiga ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.22. Agar tramvay yoki trolleybus haydovchilari shahar elektr transportida haydovchi sifatida bir yildan koʻp vaqt ishlamagan boʻlsalar, RIB (TRIB)larda nazariy imtihon korxona shahodat hayʼati (attestatsiya komissiyasi) tomonidan ularning kasbiy malaka talabi darajasidagi bilimi va boshqarish tajribasi tekshirilib amaliy imtihon olingandan soʻng, shuningdek, ish faoliyati va kasbdagi ish tanaffusining uzoqligini hisobga olgan holda, shahodat hayʼati tomonidan belgilangan (70-140 soatli) yoʻnalishlarda tajribadan oʻtganlaridan keyingina ularning tramvay yoki trolleybusni mustaqil boshqarishlariga ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.23. Barcha transport vositalari haydovchilari, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan muddatda, majburiy ravishda tibbiy koʻrikdan oʻtishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.23.1. Agar Davlat avtomobil nazorati va transport korxonalaridagi mansabdor shaxslarda haydovchining sogʻligiga nisbatan shubha tugʻilgan boʻlsa, unga belgilangan muddatlardan oldin tibbiy koʻrikdan qayta oʻtishi uchun yoʻllanma berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.23.2. Agar haydovchi tibbiy koʻrikdan qayta oʻtishdan boʻyin tovlasa yoki u tibbiy hayʼat tomonidan transport vositalarini boshqarishga noloyiq deb topilsa, undan haydovchilik guvohnomasi DAN xodimi tomonidan belgilangan tartibda olib qoʻyiladi va u RIB (TRIB)larda ikki yil muddat davomida saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Haydovchini tibbiy koʻrikdan qayta oʻtkazish haqidagi qaror DAN boshqarmasi boʻlimi va boʻlinmalari boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari, DAN boshqarmasi boʻlim va boʻlinmalari boʻlmaganda esa ichki ishlar boʻlimi boshligʻi va uning oʻrinbosarlari tomonidan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.24. Haydovchilarni transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilish toʻgʻrisidagi qaror amaldagi qonunlarga muvofiq qabul qilinadi. Transport vositalarini mast holda boshqarganligi uchun haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilingan shaxslarga, mahrum qilish muddatidan qatʼi nazar, ular majburiy tibbiy koʻrikdan qayta oʻtganlaridan hamda nazariy va amaliy imtihon topshirganlaridan keyingina haydovchilik guvohnomasi qaytarib beriladi. Bu holda amaliy imtihon imtihon hayʼatining qaroriga muvofiq haydovchi mahrum qilingan boshqarish huquqiga oid biror toifa boʻyicha olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. TRANSPORT VOSITALARI HAYDOVChILARINI TAYYORLOVChI VA QAYTA TAYYORLOVChI (MALAKASINI OShIRUVChI) OʻQUV YuRTLARI (TAShKILOTLAR)NI ROʻYXATGA OLISh VA ULARNING FAOLIYATINI NAZORAT QILISh
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.1. Barcha avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash (malakasini oshirish) bilan shugʻullanuvchi oʻquv yurtlari (tashkilotlar) DAN boʻlinmalarida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.2. Haydovchi mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash (malakasini oshirish) bilan shugʻullanuvchi yangidan tashkil etilayotgan oʻquv yurtlari (tashkilotlar)ni roʻyxatdan oʻtkazishdan oldin ular Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV, viloyat IIB, Toshkent shahar IIBB, DAN boshqarmasi (boʻlimi) boshliqlari tomonidan tasdiqlangan hayʼat ishtirokida atroflicha tekshirib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.2.1. Tekshiruv hayʼati aʼzolari kamida 5 kishidan iborat boʻlib, uning tarkibiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV, viloyat IIB, Toshkent shahar IIBB DAN boshqarmasi RIBlari boshligʻi yoki uning oʻrinbosari, viloyat (shahar) xalq taʼlimi boshqarmasi, Oʻzbekiston mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, avtomotohavaskorlar jamiyati raisi yoki ularning oʻrinbosarlari, aʼzolikka nomzod oʻquv yurtlari (tashkilotlar) boshliqlari yoki ularning oʻrinbosarlari kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.2.2. Tekshiruv davomida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv yurti (tashkilot) binosining yuzasi 50 kv metrdan ortiq boʻlishi, qishda isitiladigan, keng, yorugʻ oʻquv xonalari bilan taʼminlanganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv transport vositalarini saqlash va tuzatish uchun alohida usti yopiq joy mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv xonalari moddiy-texnika negizining Avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash (malakasini oshirish) tartibi hamda muddati toʻgʻrisidagi Nizom talablari asosida toʻliq taʼminlanganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv yurtining ish rejasida koʻrsatilgan avtomobilni boshqarish boʻyicha amaliy mashgʻulot dasturini toʻliq oʻzlashtirish uchun uning yetarli darajada yonilgʻi-moylash materiallari bilan taʼminlanganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muhandis-oʻqituvchilar, amaliy boshqaruv hamda ishlab chiqarish ustalarining maʼlumoti, bilim darajasi va oʻquv yurti (tashkiloti) transport vositalarining haydovchilar tayyorlash va qayta tayyorlash darslarini oʻtishga tayyorligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
haydovchilikka nomzodlarga amaliy boshqarishni oʻrgatish uchun Nizom talablariga muvofiq jihozlangan yopiq maydoncha mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv transport vositalarining texnik holati, ularning qoʻshimcha pedal hamda taniqlik belgilari bilan jihozlanganligi va boshqa masalalar oʻrganib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.2.3. Tekshiruv natijalari boʻyicha tuzilgan dalolatnoma joylardagi respublika, viloyat, shahar DAN boshqarmasi (boʻlimi) boshliqlari tomonidan tasdiqlanadi, bir vaqtning oʻzida nazariy, amaliy mashgʻulotlarning boshlanishi, oʻquv guruhlarining soni, oʻqish muddati kelishiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.2.4. Dalolatnoma 3 (uch) nusxada tuzilib, uning bir nusxasi IIB (IIV) DAN boshqarmasi (boʻlimi) kotibiyatida, ikkinchisi DAN RIB (TRIB)da, uchinchisi esa yangi tashkil qilingan oʻquv yurtida saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.3. Transport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash (malakasini oshirish) guruhlarida nomzodlar soni 30 kishidan ziyod boʻlmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.4. oʻquv yurtlari tomonidan tuzilgan guruhlarning roʻyxati mashgʻulotlar boshlangandan keyin 20 kun muddatda DAN RIB (TRIB)ga taqdim etilishi va DAN RIB (TRIB)da oʻquv guruhlarini roʻyxatga olish kotibiyatida qayd etilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.5. DAN boʻlinmalarida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan oʻquv yurtlarining faoliyati har yili kamida bir marta atroflicha tekshiriladi. Tekshiruv natijalari boʻyicha dalolatnoma tuzilib, ish faoliyatida yoʻl quyilgan kamchiliklar yuzasidan yuqori tashkilotga hamda mahalliy hokimiyatlarga taqdimnoma yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.5.1. Oʻquv tashkilotlaridan birortasi DAN tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etmay, nazariy bilimi past va transport vositalarini boshqarish boʻyicha amaliy mashgʻulotlarni yaxshi oʻzlashtirmagan nomzodlarni DAN imtihoniga taqdim etishda davom etadigan boʻlsa yoki uning oʻquv moddiy-texnika negizi amaldagi Nizom talablariga javob bermasa, u holda bunday oʻquv tashkiloti guruhlarini roʻyxatdan oʻtkazish toʻxtatiladi va bu haqda oʻquv yurti rahbariyatiga hamda yuqori tashkilotga maʼlum qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.5.2. Bunday tashkilotlarda oʻquv guruhlarini yangidan roʻyxatdan oʻtkazish dalolatnomada koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklar bartaraf etilgandan soʻng amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.6. DAN idoralarida haydovchilar tayyorlash va qayta tayyorlash (malakasini oshirish) bilan shugʻullanuvchi oʻquv tashkilotlari boʻyicha nazorat-kuzatuv jildi yuritiladi. Unga oʻquv tashkilotlarining moddiy negizi, oʻquv avtomobillarining roʻyxati, amaliy mashgʻulot oʻtkaziladigan yoʻl xaritasining nusxasi, oʻquv guruhlaridagi darslarni tekshirish haqidagi maʼlumotlar, tekshirish dalolatnomalari, yil davomida qilingan ishlarning tahlili va boshqalar tikib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. IMTIHONLARNI OʻTKAZISh VA HAYDOVChILIK GUVOHNOMALARINI BERISh TARTIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.1. Barcha toifadagi transport vositalarini boshqarish huquqini berish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni DAN boʻlinmalarining imtihon hayʼati qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nazariy imtihonlarni Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 131-moddasining 2-qismida koʻzda tutilgan yoʻllarda harakatlanish qoidalarini takroran buzgan, shuningdek, bir yildan kam muddatga transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilingan shaxslardan IIV, IIB DAN rahbariyatining qaroriga muvofiq shahar, tuman DAN xodimlaridan tuzilgan hayʼat olishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.2. DAN imtihon hayʼatida, imtihon topshiruvchilarning soniga qarab, ikki va undan ziyod kishi boʻlishi kerak. Imtihon hayʼati raisi RIB (TRIB) boshliqlari tomonidan tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uning tarkibiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
DAN RIB (TRIB) xodimlari (hayʼat raisi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv yurtlarining haydovchilar tayyorlash bilan shugʻullanuvchi oʻqituvchilari, transport vositasini boshqarish boʻyicha ustasi (oʻzi tayyorlagan guruhlar boʻlmasligi kerak), avtotransport korxonasi, mudofaa ishlari boʻlimi va boshqa tashkilot va korxonalarning vakillari kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.3. Imtihon hayʼati aʼzolari yoʻllarda harakatlanish qoidalarini va imtihon olish uslubini bilishi, amaliy imtihon olayotganlar esa, bundan tashqari, boshqarish boʻyicha malakasi tekshirilayotgan toifadagi transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlishi zarur. “S” toifasidagi guvohnomaning boʻlishi “D” toifasidagi imtihonni olish uchun yetarlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.4. Oʻquv guruhlarida mashgʻulotlar tugagandan soʻng DAN xodimlari tomonidan haydovchilikka nomzodlarning oʻquv jarayonida Dasturda koʻrsatilgan barcha fanlarni qay darajada toʻliq oʻzlashtirganliklari tekshirib chiqiladi va nomzodlarning roʻyxati DAN RIB (TRIB)dagi roʻyxat bilan solishtiriladi hamda “haydovchining imtihon varaqasi”da RIB (TRIB) xodimining imzosi bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.5. Transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomalarini olish uchun haydovchilikka nomzodlar DAN RIB (TRIB)ga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ruxsat soʻrayotgan tegishli toifadagi transport vositalarini boshqarish uchun dasturlar boʻyicha oʻqishni tugatganlik haqidagi guvohnomani (ushbu Nizomning 2.2-moddasining ikkinchi xatboshida hamda 2.15-moddasida koʻzda tutilgan shaxslardan tashqari);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diplom va dasturdagi fanlarni oʻtganligi toʻgʻrisidagi diplom varaqasidan koʻchirmaning notarial idoralari tomonidan tasdiqlangan nusxalari (ushbu Nizomning 2.15-moddasida koʻzda tutilgan shaxslar uchun);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻlchami 3.5x4.5 sm boʻlgan fotosurat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sogʻligʻi toʻgʻrisida maʼlumotnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga yoki tegishli banklarga imtihon va haydovchilik guvohnomasi uchun toʻlovlar toʻlanganligi haqidagi toʻlov qogʻozi (toʻlovlar miqdori amaldagi qonunlar asosida Oʻzbekiston Respublikasi IIV tomonidan belgilangan va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan tartibda belgilanadi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv yurti tomonidan toʻldirib tasdiqlangan “haydovchining imtihon varaqasi” va fuqaroning shaxsiy pasporti yoki uning oʻrnini bosuvchi boshqa hujjat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.6. Imtihonlar quyidagi tartibda oʻtkaziladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avval — nazariy, keyin — amaliy.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nazariy imtihon topshira olmagan shaxslar amaliy imtihonlarga qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.7. Avtotransport vositalarini boshqarish huquqini olish uchun tayyorlov (qayta tayyorlov)ni oʻquv muassasalarida oʻtagan shaxslardan takroriy imtihonlar kamida 5 kundan soʻng olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Haydovchilik guvohnomasi dublikatini olish, guvohnomadan mahrum qilinganlik yoki uni almashtirish va boshqa shu kabi holatlar uchun DAN RIB (TRIB) imtihoniga kiritilgan fuqarolarning qayta imtihon topshirishlariga bir kundan soʻng ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.8. Nazariy imtihonlarda olingan ijobiy baho uch oy davomida haqiqiy deb hisoblanadi. Agar haydovchilikka nomzod ushbu muddatda amaliy imtihonlarni topshira olmasa, u yana qayta nazariy imtihonga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.9. Ushbu Nizomning 2.2-bandi ikkinchi xatboshi va 2.15-bandiga muvofiq transport vositalarini boshqarish huquqini olish uchun imtihonlarga qoʻyilgan shaxslarga takroriy imtihonlar kamida 15 kundan soʻng belgilanadi. Mustaqil tayyorgarlik koʻrgan haydovchilikka nomzodlar nazariy va amaliy imtihonlarni ikkinchi marotaba topshira olmagan taqdirda ular DAN imtihonlariga oʻquv muassasasini belgilangan tartibda tamomlaganlaridan keyingina qoʻyiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.10. Yoʻllarda harakatlanish qoidalari va amaliy boshqarish boʻyicha imtihon natijalari haydovchining imtihon varaqasiga yoziladi hamda imtihon hayʼatining bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi va u imtihonda qatnashgan barcha hayʼat aʼzolari imzosi bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.11. Nazariy va amaliy imtihonlarni topshirgan shaxslarga mazkur bayonnoma asosida haydovchilik guvohnomasi yozilib, ularning seriyasi va tartib raqami haydovchilik guvohnomasi topshirish kitobiga guvohnomaning tartib raqami boʻyicha yoziladi hamda imtihon varaqasiga qayd etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Haydovchilik guvohnomasining yozuvlari maxsus siyoh, yozuv mashinkasi yoki boshqa texnik vositalar bilan yoziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.12. Haydovchilik guvohnomasi berilishining asosliligi va uning toʻgʻri toʻldirilganligi imtihon hayʼati raisi tomonidan tekshirilib, uning imzosi va RIB (TRIB) muhri bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Haydovchilik guvohnomasi berilganda shaxsning oʻquv yurtini tamomlaganligi haqidagi guvohnomasiga haydovchilik guvohnomasining seriyasi, raqami va uning qachon, kim tomonidan berilganligi yozib qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.13. Haydovchilik guvohnomasidagi boshqarilishi mumkin boʻlgan transport vositalari toifasi kataklariga “RUXSAT” tamgʻali belgi qoʻyiladi. Boshqarilishiga ruxsat berilmagan transport vositalari toifasining boshqa kataklari diagonali boʻyicha chiziq tortilgan tamgʻa qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.14. Tramvay, trolleybus, kajavali mototsikllarni boshqarish huquqiga ruxsat beruvchi haydovchilik guvohnomasini olishda “Alohida belgilar uchun” katagiga transport vositalarining tegishli toifasi koʻrsatilgan yozuvli tamgʻa qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.15. Tibbiy hayʼat belgilagan qayta tekshiruvdan oʻtish muddati cheklangan shaxslarga haydovchilik guvohnomasini berishda “Alohida belgilar uchun” katagiga “Tibbiy maʼlumotnoma majburiy” degan muhr qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.16. Oʻrta maxsus va hunar-texnika bilim yurtini tugatayotgan oʻquvchilar, shuningdek, Mudofaa vazirligi tomonidan transport vositalari haydovchilari mutaxassisligi boʻyicha oʻqishga jalb etilgan chaqiriluvchilar oʻqishni tugatganlaridan soʻng, 18 yoshga toʻlmagan boʻlsalar-da DAN imtihonlariga kiritiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ularga, nazariy va amaliy imtihonlarni topshirganlaridan soʻng, tegishli toifadagi transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasi beriladi. Bunda “Alohida belgilar uchun” katagida uning egasi qaysi muddatdan (18 yoshga toʻlganidan keyin) avtomobil boshqarish huquqiga ega ekanligi koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.17. Haydovchilik guvohnomasi uning egasi pasportinn yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjatni koʻrsatganidan va haydovchilik guvohnomasi beriladigan kitobga shaxsan qoʻl qoʻyganidan keyingina beriladi. Haydovchilik guvohnomasi ishonch qogʻozi bilan berilishiga ruxsat etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.18. Ozodlikdan mahrum qilinganlik tarzidagi jazo muddatini oʻtayotgan va sud hukmi bilan transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilinmagan shaxslarga jazoni ijro etish muassasasining iltimosnomasi bilan mahkum jazo muddatini oʻtayotgan joydagi DAN RIB (TRIB) tomonidan belgilangan tartibda haydovchilik guvohnomasi qaytarib berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. HAYDOVChILIK GUVOHNOMALARINI ALMAShTIRISh VA YOʻQOTIB QUYILGANLARI OʻRNIGA BOShQASINI BERISh TARTIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.1. Haydovchilik guvohnomasi belgilangan tartibda ariza, eski haydovchilik guvohnomasi, haydovchining imtihon varaqasi yoki haydovchilik guvohnomasini bergan IIV, IIB DAN boshqarmasi tasdiqnomasi, tibbiy maʼlumotnoma hamda fuqaroning shaxsiy pasporti yoki uning oʻrnini bosuvchi boshqa hujjat taqdim etilganidan soʻng almashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.2. Transport vositalarini oxirgi 12 oy davomida boshqargan shaxslarning haydovchilik guvohnomalari tegishli imtihonlarsiz almashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.2.1. Quyidagilar transport vositalarini 12 oy mobaynida boshqarganligini tasdiqlovchi hujjatlar boʻlib hisoblanishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlayotgan haydovchilar uchun mehnat daftarchasidan koʻchirma yoki ishlayotgan joyida unga biriktirilgan transport turi koʻrsatilgan maʼlumotnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaxsiy transport haydovchilari uchun ularga tegishli boʻlgan transport vositasining roʻyxatdan oʻtganligi haqidagi hujjat (texpasport, qayd etish guvohnomasi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishonch qogʻozi bilan avtomobil boshqargan shaxslar uchun avtomobil roʻyxatdan oʻtganligi haqidagi hujjat (texpasport, qayt etish guvohnomasi) va uni boshqarish uchun notarial idora tomonidan berilgan ishonch qogʻozi yoki transport vositasiga umumiy mulk sifatida egalik qilish huquqini beruvchi guvohnoma.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.3. Transport vositasini oxirgi 12 oy davomida boshqarmagan shaxslarning haydovchilik guvohnomalari nazariy va amaliy imtihon topshirganlaridan soʻng almashtiriladi. Bunda bir necha toifadagi transport vositalarini, shuningdek, mototsikllarni va transport vositalari turkumini boshqarishga ruxsati boʻlgan shaxslardan imtihon hayʼatining xohishiga koʻra amaliy imtihon “V” yoki “S”, “D” toifalaridagi transport vositalarining faqat bittasi boʻyicha olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.4. “S” “SD”, “SDE”, “SE”, “DE” toifalariga tegishli haydovchilik guvohnomalariga ega boʻlgan va oxirgi 12 oy mobaynida transport vositasini boshqarmagan, qoʻshimcha “V”, “A” toifasini olish uchun murojaat qilgan shaxslarning haydovchilik guvohnomasini almashtirishda, ulardan nazariy imtihon hamda guvohnomada mavjud toifalardan bittasi boʻyicha va “V”, “A” toifadagi transport vositalari boʻyicha amaliy imtihon olinadi. Olingan barcha imtihonlar natijasi imtihon hayʼati bayonnomasiga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.5. Oxirgi 3 yil mobaynida avtomobilni uzluksiz boshqargan “V” “Yollanib ishlash huquqiga ega emas” toifali haydovchilik guvohnomasini nazariy va amaliy imtihon topshirganlaridan soʻng “V” “Yollanib ishlash huquqiga ega” toifali haydovchilik guvohnomasiga almashtirish mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.6. Bir necha transport vositalarini boshqarishga ruxsati boʻlgan shaxs, haydovchilik guvohnomasini almashtirishda, transport vositalari toifalaridan birortasini boshqarish huquqini olishga ruxsat soʻrashi mumkin. Bunda amaliy imtihon soʻralayotgan transport vositasi toifasi boʻyicha olinadi va berilayotgan haydovchilik guvohnomasida faqat ushbu toifaga ruxsat belgisi qoʻyiladi. haydovchining avval ega boʻlgan toifalarini qayta tiklash ushbu Nizomning 5.1.-5,3.- moddalaridagi talablarga muvofiq, uning arizasi asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.7. Yaroqsiz holga kelgan haydovchilik guvohnomalari ushbu Nizomning 5.1.-5.5-moddalariga muvofiq almashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.8. Haydovchilik guvohnomasi almashtirilganda yangi berilayotgan guvohnomaning “Alohida belgilari uchun” ajratilgan katagiga birinchi marotaba olgan eski guvohnomaning seriyasi va tartib raqami va berilgan kuni yozib qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.9. Tibbiy koʻrik maʼlumotnomasi, haydovchining varaqasi, oʻquv yurtini tugatganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalarining barcha rekvizitlari toʻldirilgandan soʻng, haydovchilik guvohnomasi bilan qaytarib beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.10. Yoʻqolib qolgan haydovchilik guvohnomasining “Dublikati” haydovchining arizasi, haydovchining imtihon varaqasi, tibbiy maʼlumotnoma, zarur hollarda, oʻqishni tamomlaganligi haqidagi oʻquv yurtining guvohnomasi yoki IIV, IIB DAN boshqarmasi RIB (TRIB) larning tasdiqnomasi asosida beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.11. Haydovchilik guvohnomasining “Dublikati”ni rasmiylashtirish davomida 1 oy muddat bilan vaqtinchalik ruxsatnoma beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.11.1. Istisno tariqasida, DAN RIB (TRIB) boshligʻining ruxsati bilan, yashash joyi oʻzgarishi, xizmat safari, davolanish va boshqa sabablarga koʻra Oʻzbekiston hududidan tashqariga chiqib ketayotgan fuqarolarga haydovchilik guvohnomalarining “Dublikatlari”, DAN boʻlinmalari hamda DAN RIB (TRIB) kartotekalari boʻyicha qayta tekshiruvdan soʻng, koʻrsatilgan muddatidan oldin yozib berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.12. Yoʻqolib qolgan haydovchilik guvohnomasining “Dublikati” “Yoʻllarda harakatlanish qoidalari” boʻyicha nazariy imtihon topshirgandan hamda transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etilgan haydovchilik guvohnomalari kartotekasi boʻyicha tekshirilgandan soʻng beriladi. Tabiiy ofatlar: yongʻin, suv toshqini va shu kabi boshqa sabablarga koʻra yoʻqolgan hamda tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan hollar bundan mustasnodir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.13. Guvohnomaning “Dublikati” rasmiylashtirilayotgan vaqtda berilgan vaqtinchalik ruxsatnoma alohida daftarga qayd etiladi va guvohnoma nusxasi berilgandan keyin ushbu ruxsatnoma asos boʻlgan hujjatlarga tikiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.14. Haydovchilik guvohnomasi oʻrniga dublikat guvohnoma berilganidan keyin, yoʻqolgan guvohnoma topilgan taqdirda, u haqiqiy emas deb hisoblanadi va DAN RIB (TRIB)ga yoʻq qilib yuborish uchun topshirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.15. Eski nusxadagi haydovchilik guvohnomalari yagona nusxadagi haydovchilik guvohnomalariga umumiy asoslarda almashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.16. Professional (1977-yilgacha olingan “VS” toifali) haydovchilarda 1977-yil 1-sentabr kunigacha guvohnomasi (malaka taloni) boʻlib, malakasi oshirilganligi tasdiqlangan hollarda bu guvohnomalar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-klass boʻlsa, eski nusxadagi yoki 1977-yildan avval berilgan haydovchilik guvohnomalarini yagona nusxadagi guvohnomaga “V”, “S”, “E” yoki “V”, “S”, “D” toifalariga ruxsat beruvchi belgilari bilan almashtiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-klass boʻlsa, eski nusxadagi haydovchilik guvohnomasini yangi, yagona nusxadagi guvohnomaga “V”, “S”, “D” va “E” toifalariga ruxsat beruvchi belgilari bilan almashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu ikkala holda ham guvohnomalar avtobus yoki tirkamali transport vositalari tarkibida amaliy imtihon topshirilgandan soʻnggina almashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.17. 1977-yil 1-sentabrdan 1987-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatga birinchi yoki ikkinchi klass guvohnomasiga ega boʻlgan yoki bunday guvohnomaga ega boʻlmay oxirgi 15 yilda uzluksiz haydovchi boʻlib ishlagan “VS” toifali haydovchilarning, haydovchilik guvohnomasini VSD, VSE yoki VSDE toifaga almashtirish “D” toifaga 15 soat avtobusda, “E” toifaga 10 soat tirkamali avtomobilda qoʻshimcha amaliy boshqarishni oʻtaganliklari haqida oʻquv korxonalaridan berilgan maʼlumotnoma va haydovchining mehnat daftarchasidan koʻchirma asosida hamda avtobusda yoki tirkamali avtomobilda amaliy imtihon topshirganlaridan soʻng amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.18. Xalqaro haydovchilik guvohnomalari Oʻzbekiston Respublikasi hududida avtomototransport vositalarini boshqarish uchun haqiqiy hisoblanadi. 1968-yilgi yoʻl harakati Konvensiyasi talablariga javob beradigan milliy haydovchilik guvohnomalari Oʻzbekiston Respublikasi hududida ularning tasdiqlangan tarjimasi mavjud boʻlganda haqiqiy hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.19. Oʻzbekiston Respublikasidagi xorijiy diplomatik idoralar va vakolatxonalarning xizmatchilari, xorijiy matbuotning doimiy vakillari va boshqa xorijiy tashkilotlarning xizmatchilari (oʻzaro kelishuv asosida) hamda boshqa davlatlarning doimiy vakillari va ularga tenglashtirilgan toifadagi shaxslarning Konvensiya talablariga javob bermaydigan milliy haydovchilik guvohnomalari tibbiy koʻriksiz va imtihonlarsiz almashtirib beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddada koʻzda tutilgan vakolatxona va tashkilotlarning xodimlariga transport vositalari haydovchisining guvohnomasi Oʻzbekicton Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi iltimosnomasi asosida beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.20. Boshqa xorijiy fuqarolar va fuqarosiz shaxslarning Konvensiya talablariga javob bermaydigan milliy haydovchilik guvohnomalari tibbiy koʻrikdan oʻtgach va nazariy hamda amaliy imtihonlarni topshirgandan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi milliy haydovchilik guvohnomalariga almashtirib beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.21. Birinchi marotaba haydovchilik guvohnomalarini olish uchun murojaat qilgan barcha xorijiy fuqarolarga haydovchilik guvohnomalarini berish ushbu Nizomda koʻzda tutilgan umumiy qoida asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro yoʻl harakatida ishtirok etadigan haydovchilarning haydovchilik guvohnomasi fuqaroning yozma arizasi, belgilangan toʻlovlar toʻlanganligi haqidagi toʻlov qogʻozi asosida, ikki tilda — oʻzbek (lotin alifbosida) va ingliz tilida maxsus siyoh bilan qoʻlda, kompyuterda yoki yozuv mashinkasida yoziladi va oʻzbek harflarida qayd etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. AVTOMOTOTRANSPORT HAYDOVChILIK GUVOHNOMALARINI HAMDA BOShQA BLANKLARNI TAYYORLASh, TAʼMINLASh VA ASOS BOʻLADIGAN HUJJATLARNI SAQLASh TARTIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.1. Avtomototransport haydovchilik guvohnomalarining blanklari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining moddiy-texnik va harbiy taʼminot Bosh boshqarmasi (MT va HTBB) buyurtmanomasiga asosan tayyorlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.2. Haydovchilik guvohnomalarining blanklari Oʻzbekiston Respublikasi IIV MT va HTBB tomonidan, joylardan tushgan buyurtmanomalarga asosan, Ichki ishlar vazirligining DAN Bosh boshqarmasi orqali taʼminlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.3. Haydovchilik guvohnomalari hujjatlari blanklarining kirimi va chiqimining hisobi, qatʼiy hisobot blanklari va raqam belgilarining kirim va chiqimlari hisobot daftarida qayd etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.4. Haydovchilik guvohnomalari blanklari qatʼiy hisobot hujjatlari tariqasida saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.5. Toʻldirish jarayonida buzilgan haydovchilik guvohnomalari qayta ishlatmaslik uchun uning raqami va seriyasi qirqib olinib navbatdagi taftishda kuydirish yoʻli bilan yoʻq qilinadi va ushbu haqda tuzilgan dalolatnomaga qirqib olingan haydovchilik guvohnomaning seriya raqami yopishtirib qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.6. Tibbiy koʻrik asosida transport vositalarini boshqarish huquqidan chetlatilgan, topib olinganining oʻrniga yangisi berilgan, mahrum etilgan muddatdan ikki yil davomida talab qilib olinmagan, halok boʻlgan fuqarolarning haydovchilik guvohnomalari navbatdagi taftishda belgilangan tartibda yoʻq qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqa DAN boʻlinmalari tomonidan berilgan haydovchilik guvohnomalarini bekor qilinganligi haqida ularga dalolatnoma joʻnatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.7. Nizom va nazariy imtihon oʻtkazish tartibi uchun, avtomobilni boshqarish boʻyicha imtihon oʻtkazish tartibi uchun koʻzda tutilgan blanklar ichki ishlar boshqarmasi (boʻlinmalari), joylardagi xoʻjalik boshqarmalari (boʻlinmalari) tomonidan tayyorlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.8. Haydovchilik guvohnomasini berish uchun asos boʻlgan hujjatlar (ariza, eski haydovchilik guvohnomasi, toʻlov qogʻozlari va boshqalar) hamda oʻquv guruhlaridagi oʻquvchilarning roʻyxati alohida ish hujjatlari sifatida tiqiladi va belgilangan tartibda ikki yil saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Haydovchilik guvohnomasining oʻrniga yangisi berilganda, eskisiga”Bekor qilinadi” shtampi qoʻyilib boshqa asos boʻluvchi hujjatlar bilan birga tikiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Imtihon hayʼati bayonlarini saqlash muddati 10 yil, haydovchilik guvohnomalari berish daftari — 60 yil saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bayonlar va daftarlar DAN boʻlinmalarida belgilangan tartibda saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Haydovchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash (malakasini oshirish), imtihondan oʻtkazish, haydovchilik guvohnomalarini berish bilan bogʻliq boʻlgan barcha ish yuritish hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunalar asosida olib boriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil
19-oktabrdagi 445-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash (malakasini oshirish) tartibi va muddati toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZoM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. UMUMIY QOIDALAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash (malakasini oshirish) uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi barcha xalq xoʻjaligi tarmoqlari, Qurolli Kuchlar hamda shaxsiy avtomobil egalarini haydovchilik kasbiga tayyorlaydigan (malakalarini oshiradigan) barcha vazirliklar va muassasalarga taalluqli yagona nizomdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Xalq xoʻjaligi, Qurolli Kuchlar, xususiy kompaniyalar (shaxslar) va jamoat tashkilotlari uchun avtomototransport vositalariga haydovchilar tayyorlash (“D” toifasiga tayyorlashdan tashqari) va qayta tayyorlash (malakalarini oshirish) ishlari oʻquv-moddiy negizi zamonaviy talabga javob beradigan va Ichki ishlar vazirligi DAN Bosh boshqarmasi tomonidan ruxsat berilgan vazirliklar va muassasalarning oʻquv yurtlarida olib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“D” toifasidagi avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash faqat “Oʻzavtotrans” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi va “Toshshaharyoʻlovchitrans” davlat uyushmasi oʻquv yurtlarida tashkil qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirliklar va muassasalar ushbu Nizom kuchga kirgunga qadar avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlaydigan va qayta tayyorlaydigan (malakasini oshiradigan) oʻquv yurtlariga ega boʻlmasalar, ular haydovchilar tayyorlash uchun oʻquv-moddiy negiz tashkil qilingandan soʻng Ichki ishlar vazirligining DAN Bosh boshqarmasiga murojaat qilishlari va uning qaroriga asosan ish yuritishlari zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. AVTOMOTOTRANSPORT VOSITALARI HAYDOVChILARINI TAYYORLASh VA QAYTA TAYYORLASh (MALAKASINI OShIRISh)NI TAShKIL QILISh
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash (malakasini oshirish) quyidagi taʼlim tizimidan iboratdir:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) “A”, “V”, “VS” va “D” toifalaridagi avtomototransport vositalarini boshqarish uchun shaxslarni alohida toifaga tayyorlash oʻquv rejasi va dasturlarida koʻrsatilgan muddat boʻyicha olib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sogʻligi maxsus tibbiy talablarga javob bergan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maʼlumoti 9-sinfdan kam boʻlmagan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv muddati yakunida “A” toifa olishlari uchun — 16 yosh, “V” va “VS” toifalari uchun — 18 yosh va yengil avtomobil (“taksi”, avtobus, tramvay, trolleybus)larni boshqarish uchun — 21 yoshga toʻladigan shaxslar bilan olib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) “V”, “S”, “D” va “E” toifasidagi avtotransport vositalarini boshqaruvchi haydovchilarni alohida toifaga qayta tayyorlash (malakalarini oshirish) hamda yangi avtomobil texnikalarini, tashish texnologiyalarini oʻrganish va avtomobilni boshqarish malakasini takomillashtirish oʻquv rejasi va dasturlarida koʻrsatilgan muddat boʻyicha tashkil qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) “V” toifasidagi avtotransport vositalarini boshqarish uchun qayta tayyorlash (malakalarini oshirish) “S”, “D” toifalaridagi avtotransport vositalari haydovchilaridan va (yollanib ishlash huquqiga ega boʻlmagan) shaxsiy yengil avtomobil haydovchilaridan tashkil qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) “S” toifasidagi avtotransport vositalarini boshqarish uchun qayta tayyorlash (malakasini oshirish) “V”, “D” toifalaridagi avtotransport vositalari haydovchilaridan va yollangan holda ishlash huquqiga ega boʻlmagan “V” toifasi bor shaxsiy yengil avtomobil haydovchilaridan tashkil qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ayollarni “VS” va “D” toifalariga tayyorlash va qayta tayyorlash (malakasini oshirish) quyida koʻrsatilgan ayrim cheklanishlarni hisobga olgan holda tashkil qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuk avtomobillarining yuk koʻtarish quvvati 2.5 tonnadan va avtobuslarning yoʻlovchilar tashish uchun ruxsat etilgan soni 14 kishidan oshmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Haydovchilar birinchi marotaba avtobuslarda va yengil taksomotorlarda mustaqil ravishda ish boshlashlari oldidan avtoxoʻjaliklarda belgilangan tartibga asosan tajriba (malaka oshirish) muddatini oʻtashlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻquv tarmoqlarida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash (malakasini oshirish) ishlari Ichki ishlar vazirligi DAN Bosh boshqarmasi bilan kelishilgan va respublika Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlangan yagona oʻquv rejasi va dasturlariga asosan ishdan ajralgan yoki ajralmagan holda olib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida talabalar va oʻquvchilarni “V” va “VS” toifalaridagi avtotransport vositalarini boshqarishga oʻqitish ishlari Ichki ishlar vazirligi DAN Bosh boshqarmasi bilan kelishilgan va yuqori tashkilotlar tomonidan tasdiqlangan oʻquv rejasi va dasturlari asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash (malakasini oshirish) ishlari oʻquv yurtlari (tashkilotlar) tomonidan belgilangan tartib asosida tashkil etiladi, qayta tuziladi va toʻxtatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash (malakasini oshirish)ga ixtisoslashgan oʻquv yurtlari (tashkilotlar)ni tashkil qilish uchun ular ushbu Nizom talablariga javob avtomototransport vositalari beradigan oʻquv-moddiy negizi va zarur muhandis-oʻqituvchi kadrlar bilan taʼminlangan boʻlishi va mahalliy DAN (boshqarmasi) boʻlimida roʻyxatdan oʻtishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻquvchilarni oʻquv yurtlari (tashkilotlar)ga oʻqishga qabul qilish quyidagi hujjatlarga asosan tashkil etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) “A”, “V”, “VS” toifalaridagi avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxonalar, tashkilotlar, muassasalar yoʻllanmasi (ular tomonidan oʻqishga yuborilgan shaxslar uchun);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sogʻligʻi va kerakli toifalardagi transport vositalarini boshqarish kasbiga yaroqliligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3,5x4,5 santimetrli, oʻng burchagi oq, boʻlgan 3 dona fotosurat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pasport yoki shaxsini tasdiqlaydigan boshqa hujjat (koʻrsatiladi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) haydovchilarni “V”, “S” toifalaridagi avtotransport vositalarini “boshqarish uchun qayta tayyorlash (malakasini oshirish)da, ular tomonidan “a” bandida koʻrsatilgan hujjatlardan tashqari haydovchilik guvohnomasi ham koʻrsatiladi;”D”, “E” toifalariga qayta tayyorlash (malakalarini oshirish)da yuqorida qayd etilgan hujjatlardan tashqari, qoʻshimcha ravishda ularning haydovchi sifatidagi 1 yillik ish muddatini tasdiqlash uchun mehnat daftarchasidan koʻchirma topshiriladi;shaxsiy avtomobil haydovchilari esa — ikki yil davomida avtotransport vositalarini boshqarganliklarini tasdiqovchi hujjat topshirishlari kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻquvchilarni oʻqishga qabul qilish, guruhdan guruhga oʻtkazish, ularni roʻyxatdan chiqarish va taʼlim yakuni oʻquv yurtining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Avtomobil transporti vositalari haydovchilarini tayyorlovchi va qayta tayyorlovchi (malakasini oshiruvchi) oʻquv guruhlarining soni 30 kishidan ziyod boʻlmasligi kerak. Oʻquv yurtlari oʻqish boshlanishi bilan 20 kun ichida guruhlardagi oʻquvchilarning roʻyxatini tuzishlari va ularni maxsus shaklda DAN RIB (TRIB)larining roʻyxatidan oʻtkazishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻquv-tarbiya jarayoni nazariy hamda laboratoriya-tajriba mashgʻulotlari, avtotransport vositalarini boshqarish mashqlari va ishlab chiqarish tajribalarini oʻrganishdan iborat boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv-tarbiya jarayonining tuzilishi va mazmuni oʻquv rejasi va avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash (malakasini oshirish) dasturi bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻquv rejasi va dasturlarida koʻzda tutilgan barcha mashgʻulotlar tasdiqlangan dars jadvaliga asosan, avtomobilni boshqarish esa avtotransport vositalarini boshqarish mashgʻulotlarining tadrijiy jadvali boʻyicha oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Barcha mashgʻulotlar maxsus jurnallarda qayd etiladi, avtotransport vositalarini boshqarish esa, bundan tashqari yoʻl varaqalari, avtotransport vositalarini boshqarishni va avtotrenajyorlarda oʻtkazilgan mashgʻulotlarni hisobga olish “Shaxsiy kitobcha”sida qayd etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. AVTOTRANSPORT VOSITALARI HAYDOVChILARINI TAYYORLASh VA QAYTA TAYYORLASh (MALAKASINI OShIRISh)NI TAShKIL ETISh
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yagona amaliy koʻrsatmalarni va avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash (malakasini oshirish) tarmogʻi faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi IIV DAN Bosh boshqarmasi tomonidan boshqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash (malakasini oshirish) ishlari vazirliklar va muassasalar (tashkilotlar), tarmoq-oʻquv yurtlari hamda joylardagi DAN RIB (TRIB)lar tomonidan nazorat qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash (malakasini oshirish) bilan shugʻullanuvchi vazirlik va muassasalar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash (malakasini oshirish)ga boʻlgan talabni aniqlaydilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv yurtlarida (tashkilotlarda) avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash (malakasini oshirish) ga rahbarlik qiladilar, davlat tomonidan belgilangan topshiriqlarning bajarilishi uchun javob beradilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomototransport vositalari haydovchilarining oʻqish sifatini oshirish va taʼlim-tarbiya tadbirlarini amalga oshiradilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash (malakasini oshirish) oʻquv yurtlarini kengaytirish va yangi oʻquv yurtlari binolarini qurish, oʻquv-moddiy negizlarni mustahkamlash, avtomototransport vositalarini tuzatish va texnik qarovini taʼminlash ishlarini tashkil etadilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash (malakasini oshirish)ni mukammallashtirish uchun ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qilish va tavsiyanomalar tayyorlashda ishtirok etadilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birlashmada va oʻquv yurtlarida xodimlarni, muhandis-oʻqituvchilarni, ustalarni va boshqa mutaxassis xodimlarni tanlaydilar, ularni joy-joyiga qoʻyadilar hamda ularning malakalarini oshirish ishlarini tashkil qiladilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv yurtlari (tashkilotlar)ning avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash (malakasini oshirishi)da erishilgan yutuqlarini oʻrganadilar va targʻib qiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rahbar xodimlar, oʻqituvchi-muhandislar va ishlab chiqarish ustalarining asosiy vazifalari malaka tavsifnomalarida aks ettirilib, tasdiqlangan qoida va yoʻriqnomalarda ifoda etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻquv yurtlari faoliyati ushbu Nizom, buyruqlar, yoʻriqnomalar va yuqori tashkilotlar topshiriqlari asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Laboratoriya-tajriba mashgʻulotlarini oʻtkazish uchun ishlab chiqarish ustalari lavozimiga oliy va oʻrta maxsus avtomototransport-traktorchi mutaxassisligiga ega boʻlgan yoki yuqori darajada ishlab chiqarish tajribasiga ega boʻlgan shaxslar tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtomobilni boshqarish amaliy mashgʻulotlarini oʻrgatuvchi ustalar lavozimiga bilimi oʻrta maʼlumotdan kam boʻlmagan, maxsus toifadagi avtomototransport vositasida uch yillik ish tajribasiga ega va avtomobilni boshqarishni oʻrgatish metodikasini oʻqib tugatganligi haqida guvohnomasi boʻlgan shaxslar tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtomototransport vositalarining tuzilishi va ularni tuzatish, texnik qarovini oʻtkazish fanlaridan dars beruvchilar avtotransport mutaxassisligi boʻyicha oliy va yuqori tajribaga, oʻrta-maxsus maʼlumotga ega boʻlishlari kerak. Yoʻl harakati xavfsizligi, avtotransportni boshqarish asoslari va harakat xavfsizligi fanlaridan dars beruvchi oʻqituvchilar, qoʻshimcha ravishda, avtomototransport vositalarini boshqarish huquqiga yoki shu fanlardan dars berish huquqiga, DAN tomonidan ilgari berilgan guvohnomaga ega boʻlishlari kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻquv yurtlarining oʻqituvchi-muhandislarining malakasini oshirish vazirliklar va muassasalar tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzavtotrans” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi, “Toshshaharyoʻlovchitrans” davlat uyushmasi va boshqa vazirliklarning avtokorxonalari, viloyatlardagi jamoa xoʻjaliklarining barcha haydovchilari hamda yoʻlovchilar tashish bilan shugʻullanuvchi shaxsiy avtobus egalari har ikki yilda bir marta yoʻl harakati qoidalari va harakat xavfsizligi fanidan 30 soatlik dastur asosida mashgʻulot oʻtishlari majburiy deb belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. OʻQUV-METODIK NEGIZ
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻquv yurtlari (tashkilotlar) avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash (malakasini oshirish) uchun oʻquv xonalariga, zamonaviy jihozlangan, amaliy tajriba mashqlari oʻtkaziladigan laboratoriyalarga, ustaxonalar, oʻquv-texnik uskunalar, oʻquv koʻrgazmalari, oʻquv avtodromi (avtotransportni boshqarish mashqlarini oʻtkazish uchun yopiq maydon) va oʻquv transport vositalariga ega boʻlishlari kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻquv yurtlari zamonaviy avtotransport vositalari, yonilgʻi-moylash materiallari, uskunalar, avtomobil ehtiyot qismlari va asboblari bilan taʼminlash ishlarini amalga oshiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻquv yurtlari moddiy negizining namunali normativlari respublika IIV DAN Bosh boshqarmasining metodik tavsiyalari asosida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻquv yurtlariga qarashli barcha avtomototransport vositalari DAN tomonidan, maʼlum tartibda, roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. BITIRISh IMTIHONLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻquvchilarning bilim darajasini aniqlash, amaliy tajribaga ega boʻlganliklarini va mustaqil ishlashga tayyor ekanliklarini belgilash uchun oʻquv dasturini tugatgan oʻquvchilar avval oʻquv yurtida imtihonlardan oʻtadilar, soʻng DAN RIB (TRIB)larda imtihon topshiradilar (“A” toifasidan tashqari). Imtihon topshirish haqida DANga 15 kun oldin xabar beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muayyan ravishda avtomototransport vositalari haydovchilarini sifatli tayyorlab kelgan oʻquv yurtlari, yuqori tashkilotlarning tavsiyasiga koʻra, Davlat avtomobil nazoratining qaroriga muvofiq nazariy imtihonlarni oʻquv yurtining oʻzida olishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻquv yurtida imtihon qabul qilish uchun rahbar buyrugʻi bilan Rais va ikki kishidan iborat imtihon komissiyasi tuziladi. Qoʻshimcha ravishda komissiya aʼzolari tarkibiga muhandis-oʻqituvchilar, ishlab chiqarish ustalari, agar haydovchilar korxona uchun tayyorlanayotgan boʻlsa, shu korxonaning vakili ham kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Imtihonga qoʻyiladigan oʻquvchilar tasdiqlangan oʻquv dasturi, oʻquv rejasini toʻla oʻqib tugatgan va hamma fanlardan qoniqarli yakunlovchi baho olgan boʻlishlari kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Barcha toifadagi avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash oʻquv guruhlarining nazariy imtihonlari DAN ruxsat bergan va tasdiqlagan imtihon biletlariga asosan oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻquvchilarning olgan bilimi, egallagan mahorati va tajribasi toʻrt ballik baho mezoni bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Imtihonlardan oʻta olmagan oʻquvchilar, oʻquv yurtida qoʻshimcha tayyorgarlik koʻrgach, qaytadan imtihon topshiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Imtihonlar natijasi haqida imtihon komissiyasi raisi va aʼzolari tomonidan bayonnoma toʻldiriladi, soʻngra oʻquv yurti rahbari tomonidan imzolanadi hamda RIB (TRIB) muhri bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻquv yurtining imtihon va sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan oʻquvchilarga imtihon komissiyasi bayonnomasiga asosan oʻqishni bitirganlik haqidagi guvohnoma beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bu hujjat rasmiy hujjat boʻlib, bosma usulda, roʻyxat raqamiga ega boʻlgan oʻquv yurtining yuqori tashkiloti tomonidan markazlashgan holda tayyorlangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻquvchilarning avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash (malakasini oshirish) oʻquv dasturini tugatganligi haqidagi guvohnoma avtomototransport vositalarini boshqarishga ruxsat bermaydi. Bu guvohnoma DAN imtihonlarini topshirish uchun beriladi. DAN imtihonlaridan oʻtgan oʻquvchilar maʼlum toifadagi avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi guvohnoma oladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻqigan guruhlarning oʻquv hujjatlari va imtihon komissiyasi bayonnomasi belgilangan muddatgacha oʻquv yurtida saqlanadi. Guvohnoma yoʻqolib qolgan hollarda oʻquv yurti ariza va imtihon bayonnomasiga asosan guvohnomaning dublikatini beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Haydovchilar tayyorlash (malakasini oshirish) guvohnomasini berishda, haydovchilarga avtomototransport vositalarini boshqarishga ruxsat beriladigan yoʻllanma va boshqalarda ish yuritish hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlangan Nizomga asosan olib boriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
1998-yil 19-oktabrdagi 445-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Milliy haydovchilik guvohnomasining namunasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

HAYDOVChILIK GUVOHNOMASI
‎PERMIS DE CONDUIRE

OʻBEKISTON RESPUBLIKASI UZ REPUBLIC OF UZBEKISTAN‎‎

1. Familiyasi________________________________________‎‎

‎‎‎‎‎‎‎‏
‎‎‎‎‎‎‎‏11. Boshqarish huquqi berilgan transport vositalarining toifalari
‎‎

‎‏
‎‏ruxsat belgilari

2. Ismi_____________________________________________‎‎
Otasining ismi______________________________________‎‎
3. Tugʻilgan joy va sanasi______________________________‎‎

A‎

‎‎‎‎Mototsikllar‎

‎‎8. AAA
‎№ 000000

V‎

A toifasiga kirmaydigan, toʻla vazni 3,5 tonnagacha boʻlgan va haydovchi oʻrnidan tashqari oʻrindigʻi 8 dan oshmaydigan avtomobillar‎‎



‎‎‏S. J.

‎‎4.____________________________________‎

S‎

‎‎‎‎D toifasiga kirmaydigan toʻla vazni 3,5 tonnadan ortiq boʻlgan yuk avtomobillari‎

‎‎Yashash joy

D‎

Yoʻlovchi tashishga moʻljallangan, haydovchi oʻrnidan tashqari oʻrindigʻi 8 dan ortiq avtomobillar‎‎
‎‎5. ____________________________________

E‎

‎‎tirkamali transport vositalarini boshqarish huquqiga ega

‎‎Berilgan joy

‎‎Fuqarolik shaxsiy kodi

‎‎6.____________________________________ ‎‎

M. Oʻ.‎

‎‎7.____________________________________

‎‎Haqiqiylik muddati

‎‎10._______________________ ‎‎9.________________________‎ ‎‎

‎‎shaxsiy imzo‎

‎‎Imtihon hayʼati raisi imzosi‎

‎‎