Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 07.10.1998 yildagi 426-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori , 07.10.1998 yildagi 426-son
Date of entry into force
07.10.1998
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 07.10.1998 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XALQARO MOLIYA KORPORATSIYASINING “FAYZ” XOLDING KOMPANIYASIGA INVESTITSIYaLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xorijiy investitsiyalarni fond bozoriga jalb qilish va Oʻzbekiston Respublikasidagi xususiylashtirish jarayonlarini qoʻllab-quvvatlash, shuningdek Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va “Fayz” xolding kompaniyasining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkilamchi emissiya aksiyalari chiqarish yoʻli bilan “Fayz” xolding kompaniyasining ustav fondini 129,2 mln soʻmgacha koʻpaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Fayz” xolding kompaniyasining 500 ming AQSh dollariga teng miqdordagi aksiyalarini Xalqaro moliya korporatsiyasiga sotish hamda ishlab chiqarishni rivojlantirish va kompaniyaning ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarini yangilash uchun Xalqaro moliya korporatsiyasining 1900 ming AQSh dollari miqdoridagi kreditini olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Fayz” xolding kompaniyasi ustav fondi aksiyalarini quyidagi mutanosiblikda: davlat ulushi — 14 foiz, mehnat jamoasi ulushi — 21 foiz, erkin sotish uchun — 25 foiz, xorijiy investorlarga sotish uchun — 40 foiz, shu jumladan “Fayz” kompaniyasi bilan Xalqaro moliya korporatsiyasi oʻrtasida 1998-yil 15-aprelda tuzilgan aksiyalarga yozilish toʻgʻrisidagi Bitimga muvofiq Xalqaro moliya korporatsiyasiga sotish uchun joylashtirish haqidagi taklifiga rozilik berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi “Fayz” xolding kompaniyasi tomonidan Xalqaro moliya korporatsiyasi ishtirokida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihasini Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga belgilangan tartibda kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Fayz” xolding kompaniyasi ustavini xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi ishlab chiqarish korxonasi sifatida qayta roʻyxatdan oʻtkazsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “Oʻzbekinvest” eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasi Xalqaro moliya korporatsiyasi kreditini taʼminlash uchun berilayotgan garovni yiliga 0,2 foiz stavka boʻyicha sugʻurta qilishni taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. “Oʻzgeodezkadastr” bosh boshqarmasi ikki hafta muddatda “Fayz” xolding kompaniyasiga tegishli binolar va inshootlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani haq undirmasdan bersin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. “Fayz” xolding kompaniyasi xorijiy investorlarga sotilayotgan aksiyalarning nominal va sotib olish qiymati oʻrtasidagi farq hisobiga hosil boʻlgan foyda (daromad)dan soliq toʻlashdan, Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan tuzilgan kredit bitimining amal qilish muddati davrida qoʻshilgan sarmoya ishlab chiqarishni yangilashga maqsadli foydalanilishi hisobga olingan holda, ozod qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 18-avgustdagi 405-son qarori 4-bandining “Fayz” xolding kompaniyasi aksiyalari paketini taqsimlashga oid qismiga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirishlar kiritilsin va “Fayz” xolding kompaniyasi tarkibiga kirgan “Shahrisabzmebel” ochiq aksiyadorlik jamiyati 6-ilovadan chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosarlari M. Z. Usmonov va V. A. Chjen zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1998-yil 7-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
426-son