Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 03.09.1998 yildagi 375-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 03.09.1998 yildagi 375-son
Date of entry into force
03.09.1998
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 03.09.1998 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
KAPITAL QURILIShDA IQTISODIY ISLOHOTLARNI ChUQURLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kapital qurilishda bozor munosabatlarini shakllantirishning tashkiliy, iqtisodiy va huquqiy shart-sharoitlarini yaratish, qurilish sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, bozor prinsiplari va mexanizmlari asosida qurilish majmuini boshqarish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim yoʻnalishlari deb hisoblansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pudrat qurilish tashkilotlar va qurilish industriyasi korxonalarini xususiylashtirish va aksiyalashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, qurilish boshqaruv tuzilmalarini ixchamlashtirish va monopoliyadan chiqarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xususiy qurilish firmalari tashkil etilishini ragʻbatlantirish, qurilish sohasida oʻrta va kichik korxonalar va tashkilotlarni, bozor infratuzilmasini rivojlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kapital qurilish pudrat va loyiha ishlari bozorini shakllantirish, qurilish faoliyatida shartnoma munosabatlarining ahamiyatini kuchaytirish, buyurtmalarni joylashtirishda hamma joyda tender savdolarini joriy etish, ustun darajada foydalanishga tayyor holda qurish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslarini tayyorlash darajasini oshirish hamda ularni shakllantirish, koʻrib chiqish va tasdiqlash tartibini takomillashtirish, qurilishning meʼyoriy-texnik negizini yangilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarmoqni boshqarishning barcha boʻgʻinlarida institutsional islohotlarni amalga oshirish, boshqarishning ustun darajada bir-ikki boʻgʻinli tizimiga oʻtgan holda qurilish majmuini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
brigada pudratini joriy etish, ishning tugallangan bosqichlari boʻyicha haq toʻlash asosida pudrat qurilish tashkilotlarida ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etish shakllari va mexanizmini takomillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish ishlari muddatlarini qisqartirish va tannarxni pasaytirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 1998—2000-yillarda qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish dasturi 1-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kapital qurilish iqtisodiy islohotlar oʻtkazilishini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi 2-ilovaga* muvofiq tarkibda tuzilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 2-ilova berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari raisligida kapital qurilishni isloh qilish boʻyicha hududiy komissiyalar tuzilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Respublikada qurilish sohasida bozor munosabatlarini shakllantirishning tashkiliy-huquqiy asoslarini yaratuvchi qonun hujjatlari qabul qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin (3-ilova*).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 3-ilova berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1998—2000-yillarda qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish dasturini amalga oshirish va chora-tadbirlari 4-ilovaga* muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 4-ilova berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududida kapital qurilishda tanlov savdolari (tender) tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisida nizom 5-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurilishni tashkil etish toʻgʻrisida nizom 6-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurilishni kontrakt asosida tashkil etish toʻgʻrisidagi nizom 7-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bozor munosabatlari sharoitlarida qurilishda shartnomaviy narxlarni belgilash tartibi 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika komissiyasi Vazirlar Mahkamasining Qurilish va uy-joy kommunal sohasi kompleksi, vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda koʻrsatib oʻtilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishini taʼminlasin. Olib borilayotgan ishlarning natijalari toʻgʻrisida har chorakda, hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunidan kechikmay Vazirlar Mahkamasiga axborot bersin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlar oʻtkazilishini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzsanoatxoʻjalikqurilish” davlat korporatsiyasi, “Oʻzjamoaqurilish” uyushmasi, “Oʻzagroqurilish” birlashmasi bilan birgalikda boshqaruvning respublika organlarini tugatgan holda koʻrsatib oʻtilgan tuzilmalar qayta tashkil etilishini nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi qarorining 1999-yil 1-yanvargacha tayyorlansin va tasdiqlash uchun kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzavtoyoʻl” davlat konserni bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi komissiyasi bilan Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasida imzolangan Memorandumga muvofiq tarkibiy qayta oʻzgartirishlar amalga oshirilishini taʼminlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Toshkentuyjoyinvestqurilish” korporatsiyasi, “Oʻzsuv qurilish” konserni, “Oʻzmontajmaxsus qurilish” va “Oʻzbektransmaxsus qurilish” uyushmalari, “Oʻzbekgidroenergiya qurilish” tresti, “Oʻzbekneftgaz qurilish” birlashmasi bilan birgalikda 1999-yil 1-yanvargacha 2 boʻgʻinli tizimga oʻtishni, ortiqcha tuzilmalar tugatilishini, mazkur qarorning 2-bandida nazarda tutilgan Dasturning soʻzsiz bajarilishini koʻzda tutgan holda ularning boshqaruv tizimini takomillashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Qurilishda asosiy birlamchi xoʻjalik boʻgʻini sifatida qurilish trestini boshqarishning namunaviy tuzilmasi 9-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar va idoralarga, kompaniyalar, korporatsiyalar, uyushmalar, mustaqil qurilish trestlariga 1998-1999-yillar mobaynida qurilish trestlarini boshqarishning koʻrsatib oʻtilgan namunaviy tuzilmasiga oʻtkazish tavsiya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Shoʻrtan gaz-kimyo kompleksi, Qoʻngʻirot soda zavodi, Qizilqum fosforit kombinati qurilishi singari muhim xalq xoʻjaligi ahamiyatiga ega boʻlgan yirik qurilishlarda Hukumat qarori bilan belgilangan buyurtmachi va bosh pudratchining tavsiyalari boʻyicha barcha manfaatdor subpudrat tashkilotlarning vakillaridan iborat tarkibda respublika shtab-markazlarini shakllantirish tavsiya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻrsatib oʻtilgan shtab-markazlarning shakllantirilishi va ularning faoliyat koʻrsatishi uchun masʼuliyat bosh vazirning birinchi oʻrinbosari I. H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zaruriyat boʻlganda shtab-markazlar huzurida xarajatlarning umumiy smetasi hisobiga 5—7 kishidan iborat qurilish-montaj ishlarni muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhlar tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kasb-hunar kollejlarini va akademik litseylarni qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha respublika, viloyat ixtisoslashtirilgan qurilish trestlarni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijtimoiy soha obyektlari, birinchi navbatda namunaviy loyihalar boʻyicha qurilayotgan kollejlar va litseylar uchun qurilish konstruksiyalari va materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan qurilish industriyasi korxonalarini tashkil etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1998-yil 1-noyabrgacha ushbu masala boʻyicha qaror qabul qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. “Davarxitektqurilish” qoʻmitasiga quyidagi vazifalarni hal etish yuklansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish, arxitektura va shaharsozlik sohasida davlat siyosatini olib borish, tarmoqni rivojlantirish tamoyilini shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish ishlab chiqarishda, kapital qurilishning axborot negizini yaratishda yagona ilmiy va texnika siyosatini olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish faoliyatini davlat tomonidan boshqarishning shakl va usullarini ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya loyihalari va qurilish ishlari sifatini ekspertiza qilish boʻyicha mustaqil firmalar faoliyati ustidan monitoringni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilishda monitoringni va meʼyoriy-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish faoliyatida standartlashtirish va sertifikatsiyalash, qurilishda narx belgilash tizimini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi makro iqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat mulk qoʻmitasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlari va meʼyoriy hujjatlar ishlab chiqilishi uchun masʼul boʻlgan boʻlinmalar tashkil etilishini nazarda tutgan holda “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining yangilangan tuzilmasini va uning toʻgʻrisidagi nizomini bir oy muddatda ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Toshkent shahar hokimligi va “Toshkentuyjoyinvestqurilish” korporatsiyaning Toshkent shahar kapital qurilish Bosh boshqarmasini va “Toshshaharloyiha” institutining korporatsiya tarkibidan chiqarish va ularni Toshkent shahar hokimligiga boʻysundirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Hukumatning quyidagi qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston SSR agrosanoat kompleksini boshqarish strukturasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1991-yil 11-yanvardagi 5-son qarorining 8-bandi chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining moliya- qurilish korporatsiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 1994-yil 27-dekabrdagi 622-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 1-banddan “Toshshaharloyiha” instituti, Kapital qurilish bosh boshqarmasi va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 1-ilovadagi oxirgi ikkita xatboshi chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududida Kapital qurilishda pudrat savdolari (tendyerlar)ni tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida” 1997-yil 28-fevraldagi 114-son qarorining 2-bandi quyidagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Pudrat savdolari (tendyerlar)ni tashkil etish boʻyicha Respublika boshqarmasiga Oʻzbekiston Respublikasi hududida savdolar oʻtkazish boʻyicha uslubiy rahbarlikni amalga oshirish va koʻrsatmalar berish yuklansin”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Respublikada tugallanmagan ishlab chiqarish qurilishi hajmlarini qisqartirish, ishlab chiqarish obyektlarini rekonstruksiya qilish va ularning bir qismini xalq isteʼmol tovarlari ishlab chiqarishga, qayta ixtisoslashtirishga doir tub chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1990-yil 29-avgustdagi 302-son qarori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududida Kapital qurilishda pudrat savdolari (tendyerlar)ni tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida” 1997-yil 28-fevraldagi 114-son qarorining 1-bandi va unga ilova;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “Qurilishni kontrakt asosida va obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurishni tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomlarni, bozor munosabatlari sharoitlarida qurilishdagi shartnomaviy narxlarni belgilash tartibini tasdiqlash haqida” 1993-yil 21-iyuldagi 369-son qarori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 27-apreldagi 177-f-son farmoyishi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlari va boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlarga mazkur qarorlardan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. T. Sultonov zimmasiga yuklatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1998-yil 3-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
375-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
1998-yil 3-sentabrdagi 375-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1998—2000-yillarda qurilishda iqtisodiy islohotlarning chuqurlashtirishning
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dasturi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 1998— 2000-yillarda qurilishda iqtisodiy islohotlarning chuqurlashtirishning maqsadlari va asosiy yoʻnalishlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish Dasturining maqsadi — kapital qurilishda bozor munosabatlarni shakllantirishning tashkiliy, iqtisodiy va huquqiy shart sharoitlarini yaratish, bozor prinsiplari va mexanizmlari asosida qurilish majmuini boshqarish tizimini takomillashtirishdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar 1998—2000-yillarda qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pudrat qurilishi tashkilotlari va qurilish industriyasi korxonalarini xususiylashtirish va aksiyalashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, qurilishda boshqaruv tuzilmalarini ixchamlashtirish va monopoliyadan chiqarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiy qurilish firmalari tashkil etilishni ragʻbatlantirish, qurilish sohasida oʻrta va kichik korxonalar hamda tashkilotlarni, bozor infratuzilmasini rivojlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kapital qurilishda pudrat va loyiha ishlari bozorini shakllantirish, qurilish faoliyatida shartnoma munosabatlarining ahamiyatini kuchaytirish, buyurtmalarni joylashtirishda hamma joylarda tender savdolarini joriy etish, ustun darajada foydalanishga tayyor holda qurish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Investitsiya loyihalarini texnik-iqtisodiy asoslarini tayyorlash darajasini oshirishi hamda ularni shakllantirish, koʻrib chiqish va tasdiqlash tartibini takomillashtirish, qurilishning meʼyoriy-texnik negizini yangilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqarishning ustun darajada bir-ikki boʻgʻinli tizimiga oʻtgan holda qurilish majmuini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tarmoqni boshqarishning barcha boʻgʻinlarida instutitsional islohotlarni amalga oshirish, boshqaruv apparatini va xarajatlarini qisqartirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Brigada pudratini joriy etish, ishning tugallangan bosqichlari boʻyicha haq toʻlash asosida pudrat qurilish tashkilotlarida ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etish shakllari va mexanizmini takomillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurilish ishlari muddatlarini qisqartirish va tannarxni pasaytirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Pudrat ishlari bozorini shakllantirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishda pudrat ishlari bozorini shakllantirish hal qiluvchi oʻrin tutadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu maqsadlarda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buyurtmachi tomonidan loyiha va qurilish ishlarini bajaruvchi (bosh pudratchi)ni tanlov (tender) asosida tanlab olishni hamma joyda joriy etishga bosqichma-bosqich oʻtish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Investitsiya faoliyatini subyektlarning ishlab chiqarish-xoʻjalik va boshqa oʻzaro munosabatlarini tartibga solishning yagona shakli sifatida shartnoma munosabatlarini mustahkamlash; pudrat shartnomalarini bajarishda majburiyatlarining taʼminlanishi uchun javobgarlikning turli shakllari va mexanizmlarini joriy etish nazarda tutiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pudrat shartnomalarini bajarishda majburiyatlarning taʼminlanishi uchun javobgarlikning turli shakllari va mexanizmlarini joriy etish nazarda tutiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pudrat ishlarining jadallashgan bozorini shakllantirish maqsadida xususiylashtirish va monopoliyadan chiqarish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, mulkchilikning turli shakllariga asoslangan loyiha va qurilish tashkilotlari oʻrtasida raqobat muhitini yaratish nazarda tutiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat qurilish korxonalarini va tashkilotlarini xususiylashtirish, ishlab chiqarishlarni aksiyalashtirish jarayoni davom ettiriladi, ular 2000-yilning boshida asosan tugallanadi. Bunda faqat mamlakat iqtisodiyoti uchun alohida ahamiyatga ega boʻlgan neft-gaz, energetikaning ayrim yirik qurilish-montaj tashkilotlari va qurilishning boshqa maxsus turlari davlat mulki boʻlib qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurilish biznesi sohasida xususiy kompaniyalar va firmalarni shakllantirish ham yangi korxonalar tashkil etish yoʻli bilan, ham zarar koʻrib ishlayotgan va istiqbolsiz qurilish tashkilotlarini jismoniy va yuridik shaxslarga sotish asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurilish-montaj ishlarini ayrim turlarini va investitsiya-qurilish faoliyati bilan bogʻliq boshqa ishlar ustidan oʻz monopoliyasini oʻrnatib olgan har xil turdagi korxonalar va tashkilotlar birlashmalarini tugatish yoki majburiy ravishda ixchamlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Trestlar negizida qurilishda dastlabki asosiy boʻgʻin sifatida mustaqil qurilish-xoʻjalik tizimlarini tashkil etish, ustqurtma tuzilmalarini tugatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Obyektlarni loyihalashtirish va qurish, shu jumladan obyektlarni foydalanishga tayyor holda topshirish uchun buyurtmalarni tanlov (tender) asosida joylashtirish tizimini joriy etish monopoliyadan chiqarish va raqobat muhitini shakllantirishning boshqa muhim mexanizmlari boʻlib qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hamma joyda pudrat tashkilotlarini tender asosida tanlab olish usuliga amalda oʻtish uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Tender savdolarini oʻtkazish mexanizmi boʻyicha barcha zarur meʼyoriy- huquqiy hujjatlarini 1998-yil oxirigacha ishlab chiqarishni taʼminlash nazarda tutiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Savdolar predmeti xususiyatlariga qarab:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyiha, muhandislik-qidiruv, konstruktorlik va boshqa tayyorgarlik ishlarini bajarishda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishlab chiqarish va noishlab chiqarish ahamiyatiga ega boʻlgan korxonalar, binolar va inshootlarni, shu jumladan foydalanishga tayyor holda qurish va texnika bilan qayta jihozlashda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Texnologik asbob-uskunalar keng toʻplamini, shu jumladan foydalanishga tayyor holda yetkazib berishda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyihani boshqarishda, uning boʻyicha maslahat berishda, uni nazorat qilishda pudratchilarni yoki maslahatchilarni tender asosida tanlab olish uchun hujjatlar ishlab chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Hamma joyda Tender savdolarining oʻtkazilishi uchun qulay sharoitlar yaratilishga yoʻnaltirilgan tashkiliy va meʼyoriy-huquqiy chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Tender savdolarini oʻtkazishda, tender hujjatlarini rasmiylashtirishda, pudrat qurilish tashkilotlari, qurilish materiallari va pudrat ishlariga boʻlgan narxlar toʻgʻrisida maxfiy boʻlmagan axborotlarni berishda, tender savdolarini oʻtkazishda ularning tashkilotchilari sifatida va boshqalarda buyurtmachilarga maslahat yordamida koʻrsatuvchi mustaqil konsalting tashkilotlari tuzish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Davlat boshqaruvi organlari uchun faqat markazlashtirilmagan manbalar hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanadigan davlat buyurtmasi obyektlari boʻyicha ularning buyurtmachi boʻlish huquqini belgilab beruvchi aniq chegaralarni belgilash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pudrat faoliyatida shartnoma munosabatlarini mustahkamlash Investitsiya jarayonining barcha ishtirokchilarini ularning ishlarini pirovard natijalari uchun javobgarliklarini oshirishga yoʻnaltirilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, Qurilishni kontrakt asosida tashkil etish toʻgʻrisidagi va obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurishni tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomlar, buyurtmachi va pudratchining oʻzaro munosabatlari mexanizmini belgilab beruvchi boshqa meʼyoriy hujjatlar shartnoma munosabatlarini shakllantirishning qonuniy asoslari boʻlib xizmat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda shartnoma tuzish, sheriklarni tanlash, majburiyatlarni respublika qonun hujjatlariga zid kelmaydigan oʻzaro xoʻjalik munosabatlarning har qanday boshqa shartlarini belgilash investitsiya faoliyati subyektlarining mutloq vakolatlari hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shartnoma majburiyatlari va u bilan bogʻliq qonunga oid hujjatlar ijro etilmaganda qattiq jazolarni joriy etish nazarda tutiladi. Pudratchilar, tovar ishlab chiqaruvchilar va xizmat koʻrsatuvchilar mahsulot yetkazib beruvchilar oʻrtasida munosabatlarning zarur shakli sifatida kontraktdan oldingi bitimlar tuzish rivojlantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pudrat shartnomalarini bajarishda majburiyatlarni taʼminlashning Shartnoma asosida joriy etiladigan kafillik, banklar va boshqa maxsus moliya institutlari tomonidan beriladigan kafolat, tavakkalchilikni sugʻurtalash, garov, zakalat, neustoyka, mol-mulkni chegirib qolish, taʼminotning boshqa shakllaridan keng foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pudrat ishlari bozorida raqobat darajasini oshirish maqsadida ularda xorijiy loyihalash va qurilish kompaniyalarini keng qatnashishi nazarda tutiladi. Ularning pudrat ishlari bozorida qatnashishi ustun darajada tender asosida amalga oshiriladi. Loyiha yoki qurilish-montaj ishlari uchun tender yoki tanlov eʼlon qilinganda xorijiy ishtirokchi tomonidan tender shartlariga binoan buyurtmanoma beriladi va takliflar tayyorlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yirik yoki maxsus investitsiya loyihalari boʻyicha tender savdolarida qatnashish uchun xorijiy pudrat tashkiloti birinchi klassli xorijiy bankning majburiyatlari bajarilishi yuzasidan kafolat majburiyatini taqdim etishi va respublika hududida pudrat qurilish faoliyatini amalga oshirish huquqini olish uchun vakolatli davlat boshqaruv organidan ruxsat olishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xorijiy tashkilotlar bilan oʻzaro hisob-kitoblar amaldagi qonun hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qurilish materiallari va butlovchi buyumlar bozorini shakllantirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurilish ishlab chiqarishni butlash va uni olib borish uchun ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni jalb qilish sohalarida raqobat yaratish maqsadida quyidagilar moʻljallanmoqda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish materiallari va butlovchi buyumlar ishlab chiqarish sohasida monopoliyadan chiqarishni davom ettirish, qurilish industriyasi korxonalari boʻysunishida idoraviy yondashuvdan voz kechish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pudratchilar tomonidan mamlakatimizdagi va xorijdagi qurilish materiallari yetkazib beruvchilarning bevosita mahsulot ishlab chiqaruvchilar orasidan tender usulida tanlab olinishini keng qoʻllash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish materiallari ulgurchi bozorlarini tashkil etish, yarmarka savdolarini muntazam ravishda oʻtkazish, qurilish materiallari va butlovchi buyumlarni tovar-xomashyo birjalari orqali sotishni kengaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ixtisoslashtirilgan qurilish-investitsiya birjasini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pudratchilarga qurilishning shartnomada belgilangan smeta qiymati doirasida subpudrat tashkilotlari va qurilish materiallari va butlovchi buyumlar, konstruksiyalar va asbob-uskunalar yetkazib beruvchi korxonalarni tanlab olishda toʻliq mustaqillik berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pudrat tashkilotlariga koʻrsatiladigan xizmatlar bozorida, ularning qaysi idoraga qarashliligidan qatʼi nazar, mamlakatimiz qurilish materiallari va konstruksiyalari yetkazib beruvchi korxonalarining, ixtisoslashtirilgan korxonalarining erkin qatnashishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Investitsiya loyihalarini texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish va tasdiqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishli loyiha hujjatlari va mablagʻ bilan taʼminlashning tasdiqlangan manbalarning mavjud boʻlishi qurilish obyektlarini qurishning majburiy sharti hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Investitsiya loyihalari sifatini oshirish investitsiya loyihasining biznes-rejalari va texnik-iqtisodiy asoslarini (TIA) ishlab chiqish jarayonlarini tubdan yaxshilashga asoslanadi. Investitsiya loyihalarining biznes-rejalari va texnik-iqtisodiy asoslari investor (investor-buyurtmachi)lar tomonidan mustaqil ravishda yoki ularning buyurtmasi boʻyicha shartnoma shartlarida konsalting yoki injiniring kompaniyalari tomonidan ishlab chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mablagʻ bilan taʼminlash manbalaridan qatʼi nazar, tegishli yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida rasmiy tashkilotlarning yoki mustaqil ekspert tashkilotining xulosasini joriy etish nazarda tutiladi. Buyurtmachi investor boʻlib hisoblanmagan taqdirda, buyurtmachi investordan faqat ekspert xulosasi mavjud boʻlganda investitsiya loyihasini amalga oshirishga buyurtma qabul qilish mexanizmi kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pudratchi buyurmachi bilan kelishgan holda loyiha-smeta hujjatlarini tuzishga mustaqil ravishda shartnoma tuzishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha kompaniyalarni tanlab olish buyurtmachi (investor-buyurtmachi) tashabbusi boʻyicha tender asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zarur loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun shartnomalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tender savdosida yutib chiqqan pudrat loyiha tashkilotlarining javobgarligini oshirish nazarda tutiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika investitsiya dasturiga kirgan va toʻliq yoki qisman markazlashtirilgan manbalar hisobidan mablagʻ bilan taʼminlanadigan loyiha-smeta hujjatlari yirik investitsiya loyihalari boʻyicha Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Banklarning kredit resurslari hisobiga investitsiya loyihalarini amalga oshiruvchi kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlari uchun loyiha-smeta hujjatlarini ham umumiy belgilangan tartibda, ham injiniring kompaniyalari tomonidan ishlab-chiqilgan va vakolatli banklar ekspert komissiyasi tomonidan maʼqullangan namunaviy loyihalar asosida ishlab chiqish imkoniyati nazarda tutiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Narx belgilash mexanizmini takomillashtirish va qurilish qiymatini takomillashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurilish qiymatini qisqartirish maqsadida pudrat ishlari va ularni bajarish uchun zarur boʻlgan moddiy-texnika resurslari bozor narxlarining oʻz-oʻzini tartibga solishi uchun shart-sharoit yaratish yoʻli bilan qurilishda vujudga kelgan narx belgilash tizimiga jiddiy oʻzgartirishlar kiritish nazarda tutilmoqda, bu zaruratga qarab monopoliyaga qarshi narxni tartibga solishda davlat taʼsirini inkor etmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Obyekt yoki xizmat uchun chegaralangan oxirgi narxni belgilangan holda qurilish, loyihalashtirish, materiallar, konstruksiyalar va asbob-uskunalar xarid qilishga buyurtmalarni tender savdolari tizimi orqali joylashtirishga ustuvor ahamiyat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yakuniy natijalar uchun moliyaviy javobgarlik pudratchiga yuklanadi, qurilishning amaldagi qiymatini pasaytirish natijasida erishilgan mablagʻlar esa uning ixtiyorida qoladi va amaldagi sarf-xarajatlarni va qurilish muddatlarini qisqartirishni ragʻbatlantirish uchun xizmat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pudratchilar bilan hisob-kitoblarni kontrakt qiymatining kontraktlarda kelishib olingan muayayn foizgacha avans toʻlovlari bilan amalga oshirish moʻljallanmoqda. Yakuniy hisob-kitoblarni obyekt qurilishi tugallangandan va u foydalanishga topshirilgandan keyin amalga oshirish nazarda tutilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurilish qiymatini pasaytirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha-qidiruv va pudrat qurilish ishlarini amalga oshirish yuzasidan barcha tender takliflarida loyiha va qurilish ishlarining boshlangʻich qiymati va tender qatnashchilarining tegishli tanlov takliflari faqat chegaralangan miqdorlarda belgilanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2000-yil 1-yanvardan boshlab qurilish qiymatining qimmatlashishi indekslarini qoʻllash toʻliq bekor qilinadi va barcha investitsiya loyihalarining qiymati amaldagi narxlarda belgilanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyurtmachi tomonidan loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish xizmatlari uchun haq toʻlash mustaqil ekspertiza oʻtkazilgandan keyin amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnomalarning oʻz vaqtida bajarilmagani uchun moddiy zarar pudratchi tashkilotlar tomonidan qoplangan holda obyektlarni qurish muddatlarini qatʼiy tartibga solish nazarda tutilmoqda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar buyurtmachining aybi bilan loyiha-smeta hujjatlari oʻz vaqtida taqdim etilmagan va asbob-uskunalar yetkazib berilmagan hamda boshqa majburiyatlar bajarilmagan boʻlsa, unda buyurtmachi javob beradi va pudratchiga yetkazilgan moddiy zararni toʻlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnomalarning muddatida bajarilmagani uchun moddiy zararning miqdori va smetadan ortiq barcha xarajatlar oldingi davrdagi tender savdolarining oʻrtacha narxlari boʻyicha yoxud birja narxlari boʻyicha belgilanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy-madaniy sohalar (turar-joy, sogʻliqni saqlash, taʼlim) obyektlarini qurishda namunaviy loyihalardan keng foydalaniladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ham meʼyoriy bazani takomillashtirish hisobiga, ham qurilish tashkilotlarini boshqarish tuzilmasini tartibga solish hisobiga qurilishda qoʻshimcha xarajatlarni keskin qisqartirish chora-tadbirlari koʻriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurilish muddatlarini qisqartirish maqsadida ishlarning smenaligi cheklanmagan holda vaxta usulini rivojlantirish nazarda tutilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika mintaqalarida qurilish qiymati, qurilish materiallari, konstruksiyalar, transport, qurilish mexanizmlari va ishchi kuchi narxlari aniq darajasini roʻyxatdan oʻtkazish va tahlil qilish boʻyicha maʼlumotlar bankini shakllantirish uchun xoʻjalik hisobidagi axborot-tahlil marketing firmalarining tashkil etish moʻljallanmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurilish materiallari va konstruksiyalariga boʻlgan talabning mavsumiy va texnologik talabning oʻzgarishini hisobga oluvchi, narxlarning oʻzgaruvchan tizimiga ega boʻlgan qurilish materiallari va konstruksiya materiallariga boʻlgan talabning mavsumiy va texnologik talabni oʻzgarishini hisobga oluvchi, narxlarning oʻzgaruvchan tizimiga ega boʻlgan qurilish materiallari bilan savdo qiluvchi ixtisoslashtirilgan ulgurchi taʼminot-savdo firmalari tarmoqlari tashkil etilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Qurilishning meʼyoriy-texnik bazasini takomillashtirish yoʻnalishlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar qurilishning meʼyoriy-texnik bazasini takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilishda loyihalashtirish, texnik-iqtisodiy asoslarni ishlab chiqish, meʼyoriy va texnik hujjatlar milliy meʼyorlari tizimini shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
istiqbolli qurilish materiallarini, tejamli, hajmli-rejalashtirilgan va texnik yechimlarni keng qoʻllash asosida qurilishning resurslarini tejovchi yangi usullari va texnologiyalarini ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kichik va oʻrta tadbirkorlikni birinchi navbatda taʼminlagan holda yangi uslubiy asosda ommaviy qoʻllaniladigan loyiha mahsulotlari fondini qayta tiklash va kengaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish qiymatini arzonlashtirish, sifatini oshirish asosida qurilish ishlarini samaradorligini, mamlakatimiz pudrat qurilish tashkilotlarining raqobatbardoshliligini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha mahsulotlari va materiallari loyihalash, muhandislik-qidiruv ishlarini sertifikatsiyalash markazlarini tashkil etishga koʻmaklashish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Kapital qurilish sifatini va qurilish meʼyorlari va qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyihalashtirish va qurilish-montaj ishlarining sifatini oshirish, xavfsizligini taʼminlash uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya jarayonining barcha bosqichlarida — biznes-reja va TIAni ishlab chiqishdan tayyor qurilish obyektini qabul qilishgacha boʻlgan davrda mustaqil ekspertiza qilish mexanizmini joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish ishlarini bajarish yuzasidan pudrat shartnomasida tayyor obyektlarni qabul qilish davrida qabul komissiyasi tomonidan obyektiv sabablarga koʻra topilmaydigan nosozliklar va boshqa buzilishlarni bartaraf etish boʻyicha pudratchining muddatli kafolat majburiyatlarini joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
meʼyoriy-texnik hujjatlarni, qurilish meʼyorlari va qoidalarini, standartlarini takomillashtirish nazarda tutilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Kapital qurilishda instutitsional islohotlar, uni boshqarishning tuzilmasini takomillashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1998— 2000-yillarda qurilishni davlat va xoʻjalik organlari tomonidan boshqarish funksiyalarini cheklash, maʼmuriy-buyruqbozlik usullariga asoslangan tor idoraviy boshqaruvdan loyiha va qurilish faoliyatini funksional boshqaruvga quyidagi yoʻllar bilan oʻtishni taʼminlash:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Qoidaga koʻra, bir-ikki boʻgʻinli tizimiga oʻtgan holda tarmoqning xoʻjalik boshqaruvi boʻgʻinlarini qisqartirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Markazlashtirishdan chiqarish va pudrat qurilish tashkilotlari hamda qurilish industriyasi korxonalari faoliyatining idoraviy xususiyatlarini bartaraf etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Barcha loyiha tashkilotlariga mustaqil tashkilot maqomini berish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “Davarxitektqurilish” qoʻmitasiga qurilish faoliyatini davlat tomonidan boshqarish boʻyicha kuyidagi asosiy funksiyalarini yuklash:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish, arxitektura va shaharsozlik sohasida davlat siyosatini oʻtkazish, tarmoqni rivojlantirish konsepsiyasini shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish ishlab chiqarishda, kapital qurilishning axborot bazasini yaratishda yagona ilmiy va texnikaviy siyosatni oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish shakllari va usullarini ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya loyihalari va qurilish ishlarining sifatini ekspertiza qilish boʻyicha mustaqil firmalarning faoliyati monitoringini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilishda meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va ularning monitoringini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya loyihalari va qurilish ishlarining sifatini ekspertiza qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda loyihalash, qurilish-montaj, tuzatish va foydalanish ishlari turlarini litsenziyalash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mintaqalarda “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha davlat boshqaruvi organlari funksiyalarini uning hududiy organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimlar vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha esa — ularga boʻysunuvchi kapital qurilish boshqarmalari va boʻlimlari amalga oshiradilar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2000-yilda qurilish tashkilotlarini asosan boshqarishning bir-ikki boʻgʻinli tizimiga oʻtkazish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik-maʼmuriy boshqaruvning respublika va viloyat organlari koʻrinishidagi ustqurtma tuzilmalarni bosqichma-bosqich tugatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilishning ayrim sohalarini monopoliyalashtirib olgan birlashmalar va tashkilotlarni, birinchi navbatda “Oʻzjamoaqurilish” uyushmasi, “Oʻzdehqonchilikqurilish” birlashmasi, “Oʻzsanoatxoʻjalikqurilish” davlat korporatsiyasi tizimlarini tugatish yoki majburiy ravishda ixchamlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ustqurtma tuzilmalari boʻlmagan trestlar negizida mustaqil qurilish-xoʻjalik tashkilotlarini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat korxonalari va tashkilotlari, shu jumladan ishlamaydigan va (yoki) ortiqcha ishlab chiqarish quvvatlari va maydonlari, bankrot boʻlgan zarar koʻrib ishlovchi va surunkali past rentabelli korxonalar negizida xususiy qurilish tashkilotlarini tashkil etish, boshlangʻich qurilish boʻlinmalariga mustaqil yuridik shaxs maqomini berish yoʻli bilan xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pudrat ishlari bozorida faqat respublika emas, balki xorijda ham xorijiy kompaniyalar bilan raqobatlasha oladigan moliya-qurilish guruhlari shaklidagi bank sarmoyasi ishtirokidagi harakatchan qurilish kompaniyalarini shakllantirishga koʻmaklashish moʻljallangan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kuyidagi tashkiliy-huquqiy tuzilmalar pudrat qurilish faoliyatida boshlangʻich xoʻjalik boʻgʻinining asosiy subyektlari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xususiy qurilish firmalari va kichik korxonalar va tashkilotlar shaklidagi boshqa xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aksiyadorlik jamiyatlari, shu jumladan chet el sarmoyasi ishtirokidagi aksiyadorlik jamiyatlari qurilish trestlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tarmoqdagi institutsional islohotlarni oʻtkazish davomida loyihalash va ilmiy-tadqiqot institutlarini respublika tarmoq tuzilmalari boʻysunishidan, ularga loyihalash boʻyicha xizmatlar bozorida mustaqil ishlash huquqini bergan holda, chiqarish moʻljallanmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jahon amaliyotida foydalanilayotgan loyihalarni faol boshqarish (menejment loyihasi) tizimi yanada rivojlanadi. Bunday tizimni shakllantirishda loyiha buyurtmachilariga keng ahamiyat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Istiqbolli qurilish texnologiyalarini takomillashtirish va ularni joriy etish yoʻnalishlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy xomashyo va yuqori samarali texnologiyalaridan yuqori darajada foydalanish asosida respublikada qurilish materiallarining zamonaviy turlarini mamlakatimizda ishlab chiqarishni tashkil etish kapital qurilish sohasida ilmiy va texnik izlanishlarning muhim yoʻnalishi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar istiqbolli texnologiyalarning asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
binolar va inshootlarni monolit usulda qurish hisobiga yigʻma temir-beton konstruksiyalarini qoʻllashning qisqartirish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xususiy qurilish bozorida talabni qondiradigan yengillashtirilgan turdagi konstruksiyalarni joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanitariya-texnika asbob-uskunalarining dizaynini hamda suv taʼminoti va oqovalarni biokimyoviy tozalashning resurs-energiyani tejash koʻrsatkichlarini yaxshilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilishni arzonlashtiradigan va uning sifat tavsifini yaxshilaydigan asosan yangi qurilish materiallarini qoʻllash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi
1998-yil 3-sentabrdagi 375-son qaroriga
5-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududida kapital qurilishda tanlov savdolari (tender) tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nizom
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududida yangi obyektlar qurish, ishlab turgan obyektlarni kengaytirish, texnika bilan qayta jihozlash, rekonstruksiya qilish tuzatish va ilgari toʻxtatib qoʻyilgan obyektlar qurilishini davom ettirish bilan bogʻliq ishlar, xizmatlarning butun kompleksini bajarishga va tovarlar yetkazib berishga tanlov savdolarini tayyorlash, tashkil etish va oʻtkazish tartibi va shartlarini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Kapital qurilishdagi tender savdolari tizimi oʻzida qurilishning kelishilgan qiymati va muddatlari doirasida buyurtmachi (investor)ga qurilish, montaj, tuzatish va boshqa ishlar hajmlari bajarilishini, zarur sifatga ega boʻlgan tovarlar va xizmatlar xarid qilishini, asbob-uskunalar yetkazib berilishi, montaj qilinishi va sozlanishini kafolatlovchi tashkilotni tanlov asosida tanlash usulini ifodalaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur Nizom mablagʻ bilan taʼminlashning markazlashtirilgan manbalari, oʻz mablagʻlari va davlat boshqaruvi ijro etuvchi organlarning, davlat korxonalarining, shuningdek ustav jamgʻarmasida davlat ulushi bor boʻlgan korxonalarning ularga tenglashtirilgan mablagʻlari hisobiga amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini roʻyobga chiqarish uchun tender savdolari oʻtkazishda majburiy hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Nizomda quyidagi atamalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pudrat savdolari — kapital qurilishda buyurtmalarni joylashtirish shakli, bunda ishlarning bajarish, tovarlar yetkazib berish va xizmatlar koʻrsatish uchun bajaruvchi tanlov (tender) asosida tanlab olish nazarda tutiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
savdo predmeti (obyekti) — tanlov savdolari oʻtkaziladigan ishlar, tovarlar va xizmatlarning aniq turlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
savdo qatnashchisi — savdoda, ularni tayyorlash, oʻtkazish va savdo natijalarini tasdiqlashda qatnashish huquqiga ega boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyurtmachi (investor) — davlat hokimiyati yoki boshqaruvi organi, davlat korxonasi yoki u tomonidan vakil qilingan shaxs, investitsiya loyihasini amalga oshiruvchi yuridik shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
savdo tashkilotchisi — buyurtmachi tomonidan savdo oʻtkazish topshirilgan shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tender hujjatlari — savdo obyekti va sohasi haqida texnik, tijorat, tashkiliy va boshqa tavsiflardan, shuningdek savdo shartlari va tartiboti toʻgʻrisida boshlangʻich maʼlumotlardan iborat boʻlgan hujjatlar toʻplami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tender komissiyasi — buyurtmachi (investor) tomonidan ofertani baholash va savdo gʻolibini aniqlash uchun tuziladigan doimiy yoki vaqtinchalik organ;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabgor — oferta roʻyxatdan oʻtkazilgunga qadar savdoda qatnashishga qaror qilgan shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oferta — yetkazib beruvchi, pudratchining savdo tartibotida qatnashish va tender hujjatlarida belgilanadigan shartlarda savdo predmetiga nisbatan kontrakt tuzish yuzasidan yozma taklifi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oferent — uning nomidan oferta taqdim etilgan shaxs.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar — istalgan koʻrinish va tavsifdagi predmet, shu jumladan qattiq , suyuq yoki gazsimon holatdagi xomashyo, buyumlar, asbob-uskunalar va predmetlar, energiyaning barcha turlari, shuningdek yetkazib berilayotgan tovarlar bilan bogʻliq xizmatlar, basharti ularning qiymati tovarlarning oʻzining narxidan ortiq boʻlmasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlar — bino, inshoot yoki obyekt qurilishi rekonstruksiya qilinishi, buzib tashlanishi, tuzatilishi yoki yangilanishi bilan bogʻliq istalgan ish, shu jumladan, qurilish maydonini tayyorlash grunt qazish, inshootni tiklash, asbob-uskuna yoki materiallarni montaj qilish, bezak ishlari, shuningdek qoʻshimcha qurilish xizmatlari, shu jumladan kartografiya, qazish seysmik tadqiqotlar, geodeziya ishlari, yoʻldosh orqali suratga olish va agar ushbu xizmatlarning qiymati qurilishning oʻzining qiymatidan ortiq boʻlmasa, shartnomaga muvofiq koʻrsatiladigan shunga oʻxshash boshqa ishlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xizmatlar — tovarlar va ishlardan tashqari savdoning istalgan predmeti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tender buyurtmasi aksepti — buyurtmachi tomonidan oferentga yuboriladigan uning yutib chiqqan oferetani tan olishi va shartnoma tuzishga roziligi toʻgʻrisidagi yozma bildirishnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tender buyurtmasini taʼminlash — buyurtmachining oferentga tender hujjatlarida nazarda tutilgan istalgan majburiyat topshiriqnoma, zaxira akkreditivlar, cheklar koʻrinishida taʼminlanishi haqidagi bank kafolati taʼminlanishi haqidagi talabi, ular boʻyicha birlamchi majburiyatni bank, depozitlar naqt pulda yoxud taʼminlashning boshqa turlarida bajaradilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnoma (kontrakt) bajarilishini taʼminlash — savdo gʻolibi tomonidan buyurtmachining talabiga koʻra shartnoma (kontrakt)dagi majburiyatlar bajarilishi taʼminlanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
valyuta — hisob-kitob qilanadigan pul birligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Savdoni oʻtkazish va uning vaqti toʻgʻrisidagi qaror tasdiqlangan texnik-iqtisodiy asoslar yoki loyiha boʻyicha buyurtmachi (investor) tomonidan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Savdolar oʻtkazish usuliga koʻra ochiq va yopiq boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ochiq savdolarda, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, barcha yuridik va jismoniy shaxslar qatnashishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yopiq savdolar respublikaning buyurtmachi tomonidan oldindan belgilangan tashkilotlari, xorijiy va xususiy firmalar ishtirokida oʻtkaziladi, ularga maxsus bildirishnoma yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pudrat savdolari, odatda ochiq oʻtkaziladi. Yopiq Pudrat savdolari Vazirlar Mahkamasi yoki u tomonidan vakil qilingan ortgan tomonidan belgilangan tartibda favqulodda hollarda oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Pudrat savdosida loyiha va qurilish-montaj ishlarini amalga oshiruvchi mulkchilikning barcha shakllaridagi yuridik va jismoniy shaxslar qurilish mahsulotlari va asbob-uskunalarni tayyorlovchi korxonalar qatnashishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Barcha talabgorlar bir xil sharoitda boʻlishi kerak. Oferentlar doirasi mazkur tumanda qurilish faoliyatini doimiy ravishda amalga oshiruvchi tashkilotlar bilan cheklanmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Savdo qatnashchilari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Buyurtmachi, savdo tashkilotchisi, tender komissiyasi, talabgorlar, oferentlar Pudrat savdolarining asosiy qatnashchilari hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buyurtmachi yoxud u tomonidan tenderni tashkil qilishga vakil qilingan yuridik savdo tashkilotchisi boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Buyurtmachi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, muhandislik maslahat tashkilotlari va boshqa ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni pudrat savdolari tashkilotchisi sifatida jalb qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Savdoni oʻtkazishda buyurtmachi (investor) quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pudrat savdolarini oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va rasmiy farmoyish beruvchi hujjat chiqaradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
savdo tashkilotchisini aniqlaydi va tegishli shartnoma tuzadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
savdo tashkilotchisi ishini nazorat qiladi va tender komissiyasi ishida qatnashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tender hujjatlari tayyorlash uchun shartlarni belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tender komissiyasi tarkibini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tender hujjatlarini va savdolar oʻtkazilishi natijalarini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
savdoga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq barcha xarajatlarni koʻtaradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
savdo gʻolibi bilan kontrakt tuzadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Savdo tashkilotchisi quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
savdo tartibotini belgilash va uning rasmiylashtirilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tender hujjatlari ishlab chiqilishini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eʼlon berish va taklifnomalar yuborish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tender komissiyasi tarkibini tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jalb qilinadigan ekspertlar va maslahatchilar faoliyatini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabgorlarni zarur tushuntirishlar bilan tender hujjatlari bilan tanishtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oferta qabul qilish, ularni saqlanishini taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Savdo tashkilotchisining huquq va majburiyatlari doirasi buyurtmachi tomonidan tenderni tashkil etish va oʻtkazish haqidagi shartnomada belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Tender hujjatlarini ishlab chiqish va ofertani baholash uchun jalb qilinadigan shaxslar ishiga amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq shartnomalar asosida savdo tashkilotchisi tomonidan haq toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Tender komissiyasi buyurtmachi tomonidan tuziladi. Odatda uning tarkibiga buyurtmachining loyihalash, ilmiy-tadqiqot, muhandislik-maslahat, mablagʻ bilan taʼminlovchi, nazorat qiluvchi, tabiatni muhofaza qilish tashkilotlarining hamda joylardagi hokimiyat va boshqaruv organlarining vakillari kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Tender komissiyasi quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichida oferetalar boʻlgan konvertlarni ochadi, ularning baholashni rasmiy mezonlariga (hujjatlar taqdim etilishi, rasmiylashtirishning toʻliqligi va boshqalar) muvofiqligini tekshiradi va konvertlar ochilganligi toʻgʻrisidagi bayonnomani rasmiylashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ofertani oʻrganadi, tahlil qiladi va baholaydi, savdo gʻolibini aniqlaydi yoki boshqa qaror qabul qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
savdo jarayonidagi nizolar va mojarolarni koʻrib chiqadi va tartibga soladi hamda ular boʻyicha xulosa chiqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Savdolarga tayyorgarlik koʻrish va ularni eʼlon qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Pudrat savdosi tegishli moliyaviy hujjatlar (kredit shartnomasi, bank maʼlumotnomasi, ijro etuvchi hokimiyat organi qarori) bilan tasdiqlangan obyektlar va ishlar turlarigagina eʼlon qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Pudrat savdosini tayyorlash investor (buyurtmachi) tomonidan yoki uning topshirigʻiga koʻra savdo tashkilotchisi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Buyurtmachi (investor) yoki uning topshirigʻiga koʻra savdo tashkilotchisi tayyorgarlik davrida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
savdolarning texnikaviy va tijorat shartlari ishlab chiqilishini tashkil etadi, oferentlar tomonidan taqdim etiladigan tender hujjatlarining turlarini, turlari va shakllarini ularni toʻldirish talablariga muvofiq (xususiyatlar va chizmalar) belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qatnashish istagini bildirgan oferentlarning buyurtmalar berish muddatlarini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabgorlarning takliflarini baholash mezonlarini va kontraktlar tuzish tartibini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
savdolarni oʻtkazish usulini (ochiq yoki yopiq va boshqalar) belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pudrat savdosi oʻtkazilishini eʼlon qiladi va uning toʻgʻrisidagi axborotni toʻgʻrisidagi axborotni tarqatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Tender hujjatlari barcha oferentlar uni bir xil tushunadigan etib tuzilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishlarni tavsiflashda umumiy qabul qilingan belgilashlar va nomlashlar qoʻllanilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Ochiq savdoni oʻtkazishda eʼlon respublika matbuotida va mahalliy matbuotda hamda boshqa ommaviy axborot vositalarida eʼlon qiladi, shuningdek takliflar ehtimol tutilgan talabgorlarga bevosita joʻnatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Ochiq savdo toʻgʻrisidagi eʼlon loyihaning texnik murakkabligiga qarab savdo oʻtkazilguncha qadar kamida 1— 3 oy oldin eʼlon qilinishi va unda barcha zarur maʼlumotlar boʻlishi kerak. “Xalq soʻzi”, “Narodnoye slovo” va “Biznes-Vestnik Vostoka” gazetalari ochiq savdo toʻgʻrisidagi barcha eʼlonlar beriladigan rasmiy vaqtli nashrlar hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Yopiq savdo oʻtkazishda buyurtmachi yoki uning topshirigʻiga koʻra savdo tashkilotchisi boʻlajak talabgorlarni oldindan tanlaydi va ularga boʻlajak savdoda ishtirok etish taklif etilgan axborot xati joʻnatiladi. Bunday hollarda tender haqidagi eʼlon matbuotda eʼlon qilinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Yopiq savdo oʻtkazishda qatnashchilar soni tender komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Savdolarni oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Savdolar buyurtmachi joylashgan joyda oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Talabgorlar tomonidan ofertalarni taqdim etish tartibi va muddati tender hujjatlari bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oferentlar tomonidan buyurtmachi (investor)ning tender komissiyasiga taqdim etiladigan hujjatlar tender hujjatlariga qoʻyiladigan talablarga muvofiq boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Talabgorning imzo va muhr bilan tasdiqlangan takliflari savdoni eʼlon qilgan tashkilotning ikki qavatli, muhrlangan konvertida joʻnatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki konvertda savdo obyektini nomi va ofertani qabul qilish uchun belgilangan sana koʻrsatiladi. Tashqi konvertda — takliflarni qabul qilish uchun belgilangan manzil koʻrsatiladi. Barcha yozuvlar tender hujjatlari shartlariga muvofiq bajariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Belgilangan muddatdan soʻng kelib tushgan ofetalar koʻrib chiqilmaydi. Joʻnatish sanasi pochta shtempeliga yoki savdo tashkilotchisi tomonidan talabgorga berilgan bildirishnomaga koʻra aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Taqdim etilgan ofetening saqlanishi uchun savdo tashkilotchisi javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Talabgor savdo ochilishining belgilangan muddatiga qadar, bu haqda yozma ravishda xabar bergan holda, oʻz takliflarini qaytarib olishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Ofetani baholash davri tender hujjatlari bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Tender komissiyasi aʼzolari savdo shartlari bilan belgilangan kunda yigʻilishga toʻplanadilar. Belgilangan vaqtda ofertalar kelgan konvertlar ochiladi, barcha rasmiyatchiliklarga rioya qilinganligi, talab qilingan maʼlumotlar, hujjatlarning mavjudligi tekshirib chiqiladi va tegishli bayonnoma tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Tender komissiyasi shaklga zid boʻlgan va tender hujjatlaridagi kelishilgan shartlarga muvofiq kelmaydigan holda taqdim etilgan takliflarni koʻrib chiqmaslikka, shuningdek tenderni yopish muddatini choʻzishga yoki bekor qilishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Ofertani ochish va eʼlon qilish paytida savdo qatnashchilari yoki ularning ishonchnomalari boʻlgan vakillari qatnashishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Oferentlar tomonidan savdoning boshqa (texnik yoki tijorat) shartlari taklif etilishi mumkin, basharti ular buyurtmachi uchun foydaliroq boʻlgan holda tegishli tushuntirishlar va hisob-kitoblar bilan tasdiqlangan boʻlsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Oferta ochilgandan soʻng oferentning nomi, u tomonidan taklif qilingan tender buyurtmasi bahosi, shuningdek agar bu tender hujjatlarida nazarda tutilgan boʻlsa, talabgorning qoʻshimcha takliflari oʻqib beriladi. Ochiq natijalar tender komissiyasi yigʻilishi bayonnomasiga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Shakl boʻyicha taqdim etilmagan va savdoga qoʻyilmagan takliflar, ularning rad etilishi sabablari koʻrsatilgan holda bayonnomada alohida sanab oʻtiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Tender komissiyasi aʼzolari savdo shartlari bilan belgilangan kunda majlisga yigʻilishadi. Ofertalar bilan tushgan konvertlar belgilangan soatda ochiladi, barcha rasmiyatchiliklar, talab qilingan maʼlumotlar, hujjatlar mavjudligi tekshiriladi va tegishli protokol tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Ofertalarning takliflarini baholashda ishlarning taklif qilinayotgan qiymati (narxi), bajarilish muddatlari va tartibi, malakali subʼyetkazib beruvchi va subpudratchilarni jalb qilish imkoniyatlari va boshqa tijorat, texnik hamda tashkiliy ustuvorliklar eʼtiborga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Ofertani baholash uchun investor (buyurtmachi) tomonidan tender komissiyasida ishlashga qoʻshimcha ravishda ekspertlar jalb qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Tender hujjatlari tekshirish chogʻida xatoliklar aniqlanganda tender komissiyasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
takliflarni baholashda yozma holda koʻrsatilgan yakuniy summa, hatto u unga kiruvchi elementlar yigʻindisi hisoblanmasa ham, u toʻgʻri hisoblanadigan qaror qabul qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xatolar mavjud boʻlganda komissiya qaror qabul qilishi mumkin boʻlgan muqobil qaror tender hujjatlarida qayd qilinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Savdoda yutib chiqqan oferentni aniqlash, savdo turidan qatʼi nazar, hamma vaqt yopiq turda oʻtkaziladi. Savdoni yutib chiqqan oferent oshkora eʼlon qilinadi. Qolgan qatnashchilar esa ularning takliflari rad etilganligi haqida yozma tarzda xabardor qilinadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Tender komissiyasi barcha aʼzolarining imzolari bilan tasdiqlanadigan savdo natijalari bayonnomasi buyurtmachi tomonidan tasdiqlanadi. Bayonnoma tasdiqlanmagan taqdirda sabablari koʻrsatilmagan qaror bilan tender komissiyasiga yuboriladi. Ofertani ochish toʻgʻrisidagi bayonnoma, savdo turidan qatʼi nazar, eʼlon qilinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Savdo natijalari buyurtmachi tomonidan tasdiqlangandan keyin u tugallangan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Savdo tender komissiyasi tomonidan agar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
savdo yopilishi muddati tamom boʻlgunga qadar birorta ham oferta tushmasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taqdim etilgan barcha ofertalarda tender buyurtmasini taʼminlash mavjud boʻlmasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taqdim etilgan barcha oferentlar tender hujjatlari shartlariga muvofiq boʻlmasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oferentlar tomonidan taqdim etilgan eng past narx obyektning buyurtmachi tomonidan belgilangan hisoblab chiqilgan narxidan ancha ortiq boʻlsa savdo boʻlmagan deb eʼlon qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu holda buyurtmachi takroriy savdo tayinlashi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tender komissiyasi oferentlarning eʼtirozlarini qabul qilmaydi va savdo boʻlmadi deb eʼlon qilinganda ular oldida mulkiy yoki yuridik javob bermaydi. Ushbu holda tender buyurtmasini taʼminlash oferentga qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Buyurtmachi tomonidan savdo gʻolibi bilan kontraktni rasmiylashtirish tender hujjatlari bilan nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Savdolarni oʻtkazish va ularda qatnashish bilan bogʻliq xarajatlar hamda tomonlarning masʼuliyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Savdolarni tashkil etish va oʻtkazish buyurtmachi (investor) mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi va ular yuzasidan boʻladigan xarajatlar savdo predmeti qiymatiga kiritiladi. Savdo predmetidan voz kechilgan holda savdoni oʻtkazish xarajatlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
markazlashtirilgan manbalar hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanadigan obyektlar — tegishli budjet hisobiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxonalar va tashkilotlarning oʻz mablagʻlari va jalb qilingan mablagʻlar hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanadigan obyektlar boʻyicha — ushbu tashkilotlarning asosiy faoliyati hisobiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aralash manbalar hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanadigan obyektlar boʻyicha — ushbu tashkilotlarning asosiy faoliyati hisobiga qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Ochiq savdolar oʻtkazilganda tender hujjatlari, odatda haq toʻlash evaziga taqdim etiladi, uning miqdori buyurtmachi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Talabgor savdoda qatnashgan taqdirda tender buyurtmasi taʼminlanishi taqdim etishi kerak, u savdo shartlari bilan belgilanadigan muddat tamom boʻlgunga qadar qaytarib olinishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tender buyurtmasi taʼminlanishini qaytarish yoki undan keyinchalik foydalanish shartlari amaldagi qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda sud organlari tomonidan koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Savdo natijalari boʻyicha paydo boʻladigan eʼtirozlar va savdo natijalarini haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi nizolar sud organlari tomonidan amaldagi qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Buyurtmachi va savdoning boshqa qatnashchilari mazkur Nizomda belgilangan savdolarni oʻtkazishga oid qoidalar va tartibotlarga rioya qilinishi uchun va savdo natijalarini xolisligi uchun amaldagi qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
1998-yil 3-sentabrdagi 375-son qaroriga
6-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurishni tashkil etish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1. Mazkur Nizom obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurilishda investitsiya jarayoni qatnashchilari oʻrtasidagi oʻzaro tashkiliy-iqtisodiy va huquqiy munosabatlarni tartibga soladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurish usuli foydalanish yoki xizmat koʻrsatish uchun topshirishga tayyorlab qoʻyilgan obyektlarni investitsiya jarayonining barcha bosqichlarini boshqarish funksiyalarini bir tashkiliy tuzilmada toʻplash asosida qurilishini taʼminlashni nazarda tutadi va u tayyor qurilish mahsuloti (loyihalash-qurilish-montaj ishlarini bajarish, shu jumladan qurilishlarni texnologik va muhandislik uskunalari bilan butlash, — foydalanishga topshirish) yaratishning yagona uzluksiz kompleksi jarayoni sifatida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurilishni kontrakt asosida tashkil etish toʻgʻrisidagi nizom va mazkur Nizom asosida, shuningdek pudrat savdolari natijalari boʻyicha tuziladigan foydalanishga tayyor holda qurish kontrakti obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurishda investitsiya jarayoni qatnashchilari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarning asosi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurishdagi investitsiya jarayoni qatnashchilari hisoblanadilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bundan buyon “buyutmachi” deb ataladigan obyektlar qurilishi boʻyicha buyurtmachilar (mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar) — vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalari, xorijiy investorlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bundan buyon “bosh pudratchilar” deb ataladigan bosh pudratchi tashkilotlar (mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar) — qurilish korporatsiyalari, konsernlar, uyushmalar, trestlar loyihalash-konstruktorlik institutlari va tashkilotlari, qurilish va injiniring firmalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bundan buyon “subpudratchilar” deb ataladigan, loyihalarda nazarda tutilgan maxsus ish turlarini bajarish uchun bosh pudratchi tomonidan kontrakt asosida jalb qilingan (mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar) subpudratchi qurilish tashkilotlari, ixtisoslashtirilgan qurilish, qurilish-montaj, ishga tushirish-sozlash tashkilotlari va boshqa tashkilotlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh pudratchi buyurtmachi oldida, subpudratchi esa bosh pudratchi oldida investitsiya jarayonining barcha bosqichlaridagi ishlar kompleksini amalga oshirish boʻyicha kontraktning bajarilishi uchun iqtisodiy javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Obyektni foydalanishga tayyor holda qurish uchun pudrat kontrakti buyurtmachi bilan bosh pudratchi oʻrtasida tuziladi, amaldagi meʼyoriy hujjatlarga muvofiq “loyihalash-qurilish, montaj va maxsus qurilish ishlari, uskunalarini yetkazib berish va montaj qilish, shuningdek mahsulot chiqarish bilan ishga tushirish-sozlash ishlari” jarayonining bajarilishini nazarda tutadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurish chogʻidagi investitsiya jarayoni qatnashchilarining oʻzaro munosabatlari kapital qurilish sohasidagi amaldagi meʼyoriy hujjatlar, qurilishni kontrakt asosida tashkil etish toʻgʻrisidagi nizom, shuningdek mazkur Nizom bilan tartibga solinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurishni tashkil etish shakllari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Uy-joylarni va boshqa ijtimoiy obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurishga oʻtishdan oldin investitsiya jarayoni qatnashchilarining zarur tarkibi va vazifasi jihatidan qayta quriladi. Bunda investitsiya jarayonini boshqarish samaradorligini oshirish maqsadida boshqaruvning tashkiliy shakllari — loyiha hujjatlarini ishlab chiqishdan boshlab foydalanishga topshirish yoki xizmat koʻrsatish uchun tayyorlab qoʻyilgan obyektlarni buyurtmachilarga topshirishgacha boʻlgan barcha jarayonlarni mustaqil ravishda amalga oshira oladigan loyihalash-qurish birlashmalari tashkil etilishini taʼminlash zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻtkazish quvuri, temir yoʻl, avtomobil transporti, aloqa, energetika, suv xoʻjaligi qurilish obyektlarini foydalanishga tayyor holda qurishga oʻtish tarmoqning pudratchi va boshqa tashkilotlarini shu usulda ishlashga oʻtkazish asosida tarmoq prinsipi boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tanlab olingan koʻlamga koʻra ixtisoslashtirilgan qurilish birlashmalari, loyihalash-qurish birlashmalari, qurilish-montaj (ixtisoslashtirilgan) trestlari va boshqalar pudratning yangi turiga oʻtkazilishi mumkin. Shu bilan bir vaqtda tarmoq (korxona, birlashma)ning investitsiya jarayoni qatnashchilari faoliyatini tashkiliy, tarkibiy va vazifasi jihatidan qayta qurish, shuningdek manfaatdor hokimliklar ishtirokida oʻzlariga qarashli tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qilish masalalarini tartibga solish amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Vazifalarni buyurtmachilar va bosh pudratchilar oʻrtasida taqsimlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurish tizimi asosida vazifalarni buyurtmachilar va bosh pudratchilar oʻrtasida quyidagicha taqsimlashni nazarda tutadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buyurtmachi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh pudratchiga obyektlar qurilishi, rekonstruksiya qilinishi va qayta jihozlanishiga tasdiqlangan loyiha hujjatlarini, mikrorayonlar, dahalar, shaharsozlik komplekslari, posyolkalar va qishloq aholi yashash joylari qurilishning loyihalarini va boshqa loyiha hujjatlarini bazaviy narxlarda taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Foydalanuvchi tashkilotlar bilan birgalikda xomashyo, materiallar, yonilgʻi-energetika resurslari oʻz vaqtida yetkazib berilishini, amaldagi meʼyoriy hujjatlarda nazarda tutilgan ishga tushirish-sozlash ishlarini amalga oshirishda zarur boʻlgan foydalanuvchi qadrlarni qabul qilish va toʻldirishni taʼminlaydi. Zarur boʻlgan hollarda koʻrsatib oʻtilgan kadrlarni kelishilgan muddatlarga bosh pudratchi (subpudratchi) tashkilotlar tarkibiga beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh pudratchidan qurilishi tugallangan obyektni qabul qilib olishni taʼminlaydi va qabul qilib olingan obyektlarni foydalanib oluvchi tashkilotlar balansiga topshirishni amalga oshiradi, shuningdek tugallangan qurilishlar boʻyicha hisob-kitoblarni bajaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh pudratchi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishchi loyiha-smeta hujjatlari oʻz kuchi bilan yoki tashqi loyiha qidiruv tashkilotlari bilan shartnoma boʻyicha ishlab chiqilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishchi hujjatlarni texnologik izchillikni va qurilishning aniq shartlarini hisobga oluvchi hajmlarda va muddatlarda mustaqil topshirishni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish-montaj va maxsus qurilish ishlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini, qurilishlarni texnologik va muhandislik uskunalari, konstruksiyalar va materiallar bilan butlashni taʼminlaydi, obyektni foydalanishga topshirish uchun zarur boʻlgan ishga tushirish-sozlash ishlarini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
obyekt buyurtmachiga tasdiqlangan loyiha va kontraktda kelishib olingan talablarga muvofiq kontrakt majburiyatlari bilan belgilangan muddatlarda topshirilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Buyurtmachi, bosh pudratchi va subpudratchi tomonidan bajariladigan har bir funksiya boʻyicha vazifalarni aniq taqsimlash tegishli pudrat va subpudrat kontraktlarini tuzish chogʻida qurilishning aniq sharoitlariga qarab aniqlashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Investitsiya jarayoni qatnashchilari oʻrtasidagi shartnomaviy munosabatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Buyurtmachi bosh pudratchi bilan obyektni foydalanishga tayyor holda qurish yuzasidan kontrakt tuzadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Kontraktga kiritilgan ishlarning qiymati qurilishdagi shartnomaviy narxlarni belgilash tartibiga muvofiq aniqlanadigan shartnomaviy narx boʻyicha qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Foydalanishga tayyor holda qurishni amalga oshirayotgan bosh pudratchi loyiha va smetalarda belgilangan ehtiyojlarga muvofiq moddiy-texnika resurslari, uskunalar bilan taʼminlashni tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurilishlarni texnologik asbob-uskunalar, buyumlar va materiallar bilan butlash qurilishni kontrakt asosida tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Bosh pudratchi obyektlarni foydalanishga topshirishni taʼminlash uchun ishga tushirish-sozlash ishlari boʻyicha kontrakt tuzadi. Ishga tushirish-sozlash ishlarining qiymati alohida smeta bilan aniqlanadi va asosiy faoliyat mablagʻlari hisobiga buyurtmachi tomonidan toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Qurilishni mablagʻ va kredit bilan taʼminlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Bosh pudratchining obyektni buyurtmachiga foydalanishga tayyor holda qurib topshirgungacha qilgan xarajatlari bosh pudratchining mablagʻlari, buyurtmachining avanslari yoki banklarning kreditlari hisobiga qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurishni mablagʻ bilan taʼminlash butun davr mobaynida normativ muddatlar doirasida qurilishni tashkil etish loyihasiga toʻla muvofiq ravishda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pudratchiga foydalanishiga tayyor holda qurishga berilgan bank krediti uchun foizlar toʻlashga mablagʻlar qurilishning normativ muddatlaridan kelib chiqqan holda shartnoma narxida nazarda tutiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Buyurtmachi bosh pudratchi bilan mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat koʻrsatishga tayyorlab qoʻyilgan qurilishi tugallangan obyektni dalolatnoma boʻyicha qabul qilib olgandan soʻng shartnoma narxlari boʻyicha hisob-kitob qilishni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh pudratchi subpudratchi bilan uzil-kesil hisob-kitoblarni shartnoma narxlari belgilanadigan tegishli ish turlari komplekslari subpudratchi tomonidan nihoyasiga yetkazilgandan soʻng amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurishda nihoyasiga yetkazilmagan qurilishlar boʻyicha sarf-xarajatlar obyekt foydalanishga topshirilgunga qadar bosh pudratchi tomonidan bajariladigan faoliyatning barcha turlari boʻyicha hisob-kitob va hisobot Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Foydalanishga tayyor holda qurishda bosh pudratchi tomonidan bajariladigan faoliyatning barcha turlari boʻyicha hisob-kitob va hisobot Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
1998-yil 3-sentabrdagi 375-son qaroriga
7-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurilishni kontrakt asosida tashkil etish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom kapital qurilish (kengaytirish, rekonstruksiya qilish, texnikaviy qayta jihozlash, toʻliq taʼmirlash) yuzasidan kontraktlarni tuzish va bajarish tartibini, buyurtmachilar va pudratchilarning huquqlari va majburiyatlarini, ularning qabul qilingan majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash boʻyicha javobgarligini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kontrakt investitsiya faoliyati subyektlari oʻrtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi asosiy huquqiy hujjat hisoblanadi, pudratchi unga koʻra buyurtmachining topshirigʻi boʻyicha muayyan ishni aniq muddatda bajarish majburiyatini oladi, buyurtmachi esa ishni qabul qilish va shartlashilgan narxda hamda belgilangan muddatda uning haqini toʻlash majburiyatini oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kontrakt obyektlar qurilishining butun davri, ishlarning alohida turlari yoki komplekslari uchun tuziladi, bunda qurilish muddatlarining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan qurilishning normativ muddatlarini aniqlash tartibiga muvofiq normativ muddatlardan oshmasligi kerakligi, bajarilgan ishlar uchun uzil-kesil hisob-kitoblar esa faqat kontraktda nazarda tutilgan qurilish obyekti belgilangan tartibda buyurtmachiga topshirilgandan keyingina amalga oshirilishi koʻzda tutiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kontrakt tomonlarning majburiyatlari va javobgarligini belgilash, tashkiliy-texnologik taqsimlash va yuridik jihatdan mustahkamlash maqsadida tuziladi. Kontraktlarning turi va shakllari har xil boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Investitsiya faoliyatidagi kontrakt munosabatlari quyidagilar asosida quriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitishuvni tuzishda, uning mazmunini, shartlarini va oʻzaro majburiyatlarni belgilashda ahdlashayotgan tomonlarning mustaqilligi, bunda qonun hujjatlari hamda respublika Hukumati qarorlarida nazarda tutilgan yoki kontraktni tuzuvchi tomonlarning oʻzaro roziligi boʻlgan hollardan tashqari, har qanday organlarning va mansabdor shaxslarning aralashmasligini eʼtiborda tutish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kontrakt munosabatlarini huquqiy taʼminlash tizimi, xoʻjalik tavakkalchiliklarini sugʻurtalash, kafolatlar berish, kafillik hamda Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga zid boʻlmagan boshqa chora-tadbirlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmolchi (buyurtmachi) manfaatlarini ustuvorligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Kontrakt quyidagilarni nazarda tutishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tomonlarning mulkiy javobgarligi va majburiyatlarni zarur darajada bajarmaganlik tufayli yetkazilgan zararlarni, shu jumladan boy berilgan foyda oqibatida koʻrilgan bilvosita zarar va ziyonlarni toʻlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kontraktni bajarish chogʻida vujudga keladigan muammolarni, ularning paydo boʻlish manbalaridan qatʼi nazar, kelishilgan holda hal etishga tomonlarning intilishi, bunda xoʻjalik sudlari amaliyotini hisobga olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitishuv qatnashchilari malakasini ularning ishlab chiqarish, texnik va moliyaviy imkoniyatlari boʻyicha tasdiqlash, shuningdek bitishuvni banklar, sugʻurta tashkilotlari yoki boshqa muassasalar tomonidan kafolatlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kontrakt (loyiha)da nazarda tutilgan materiallar, buyumlar, konstruksiyalar, asbob-uskunalar, mashinalar, mexanizmlarni, ularning qurilish jarayonida qoʻllanishiga koʻra, sertifikatsiyalash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy investorlar, pudratchilar, loyihachilarning birgalikdagi faoliyatini tartibga solish hamda pudrat boʻyicha majburiyatlarni bajarishda ularning javobgarligiga doir qoidalarga amal qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Yangi qurilish, korxonalarni kengaytirish, rekonstruksiya qilish va texnikaviy qayta jihozlash, qoidaga koʻra, tanlov asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqa qurilishlar (obyektlar) boʻyicha kontraktlar tanlov asosida ham, shuningdek buyurtmachi va pudratchining muzokaralari asosida ham tuzilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tanlov shartlari buyurtmachi tomonidan belgilanadi. Buyurtmachi tomonidan tanlov eʼlon qilinadigan vaqtgacha qurilishning loyiha hujjatlarini, uni mablagʻ bilan taʼminlash manbalarini tayyorlash masalalari hal etilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Qurilishda kontraktlar tizimi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tomonlarning oʻzaro munosabatlariga va javobgarligi taqsimotiga koʻra kontraktlarning quyidagi turlaridan foydalanishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Toʻgʻridan-toʻgʻri kontraktlar, asbob-uskunalar va materiallarni yetkazib bergan yoki bermagan holda, kompleksning tarkibiy qismi boʻlgan alohida obyektlarda qurilish, montaj yoki maxsus ishlar hajmlarini bajarish yuzasidan tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toʻgʻridan-toʻgʻri kontrakt boʻyicha pudratchi faqat oʻzining toʻgʻridan toʻgʻri majburiyatlari, oʻz ishlari va xizmatlari uchun javob beradi, obyekt (umuman kompleks) qurilishni tugallash uchun hamda barcha ishlarni muvofiqlashtirish uchun javobgarlik buyurtmachi zimmasida qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toʻgʻridan-toʻgʻri kontrakt 1991-yilgi bazaviy narxlarda belgilangan qiymatga ega boʻlgan tasdiqlangan loyiha asosida tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Loyiha-qurilish kontrakti obyektni loyihalash va qurish boʻyicha majburiyatlarni bosh pudratchi zimmasiga yuklashni nazarda tutadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Obyektni loyihalash, loyihalash institutlarining kuchi bilan ham va pudratchining litsenziyaga ega boʻlgan loyihalash boʻlinmalari kuchi bilan ham va uning rahbarligida bajarilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. “Tayyor holda foydalanishga topshirish” kontrakti loyiha-qurilish kontraktini rivojlantirilishi hisoblanadi. Bunda bosh pudratchi buyurtmachining barcha anʼanaviy funksiyalarini, shu jumladan ishga tushirish-sozlash va ishga tushirish ishlarini oʻz zimmasiga oladi. Obyekt buyurtmachiga doimiy foydalanishga toʻliq tayyor holda topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻllanish sohasi: ijtimoiy soha obyektlari, namunaviy texnologiyaga ega boʻlgan sanoat obyektlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pudratchi (buyurtmachining roziligi yoki uningsiz, agar bu kontraktda aks etgan boʻlsa) bosh pudratchi rolini bajaradi va ishlarining bir qismini yoki turini bajarish uchun boshqa tashkilotlarni (subpudratchilarni), ular bilan subpudrat kontraktlari tuzgan holda jalb etishi mumkin. Ushbu kontrakt kontraktlarning toʻgʻridan toʻgʻri turlariga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Etkazib beruvchi zavodlar bilan kontraktlar, qoidaga koʻra, faqat murakkab va noyob asbob-uskunalarni yaratishda yoki asbob-uskunalarni toʻplash holida yetkazib berish yuzasidan tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Uch tomonlama kontrakt uchinchi shaxslar (sugʻurta kompaniyasi yoki mablagʻ bilan taʼminlovchi bank va tarkibiga pudratchi kiradigan pudratchi tashkilotlar uyushmasi) ishtirokida tuziladi, ular buyurtmachiga yoki bosh pudratchiga nisbatan (agar ulardan biri iqtisodiy nochor boʻlib qolsa) kafil sifatida chiqishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh pudratchining kafili bosh pudratchi iqtisodiy nochor boʻlib qolganda buyurtmachining manfaatlarini himoya qilishni kafolatlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pudratchi majburiyatlarini bajarmay qolgan taqdirda iqtisodiy javobgarlikni oʻz zimmasiga oladigan sugʻurta kompaniyasi, bank yoki yuqori tashkilot kafillikka oluvchi boʻlishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pudratchi oʻzining kafillikka oluvchilarini buyurtmachiga tavsiya qiladi, buyurtmachi esa ushbu tavsiyani qabul qilish yoki rad etish huquqiga egadir. Kontraktda kafillikka oluvchining vazifalari va uning iqtisodiy majburiyatlari koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh pudratchining iqtisodiy nochorligi tufayli buyurtmachi kontraktni bekor qilishga majbur boʻlgan taqdirda kafillikka oluvchi obyekt toʻliq qurib boʻlgungacha qurilishni davom ettirish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi. Bunda u buyurtmachiga yetkazilgan zararni qoplash boʻyicha muayyan xarajatlarni oʻz zimmasiga oladi, bu xarajatlar unga bosh pudratchining qarz majburiyatlari bilan kompensatsiya qilinadi. Ushbu summa kontraktda kelishib olinadi va ishlarni kontraktga muvofiq bajarish boʻyicha bosh pudratchining pul kafolati hisoblanadi va u pulni kafillikka oluvchining schyotiga oʻtkazadi. Kafillikka oluvchi ishni oʻz kuchi bilan yoki oʻz xohishiga koʻra istalgan pudratchini jalb qilgan holda tugallashi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buyurtmachining kafili buyurtmachi iqtisodiy nochor ahvolga tushib qolgan taqdirda iqtisodiy majburiyatlarni bajarishini kafolatlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mablagʻ bilan taʼminlovchi bank, sugʻurta kompaniyasi yoxud boshqa muassasa kafillikka oluvchi boʻlishi mumkin. Kontrakt buyurtmachi aybi bilan toʻxtatilgan taqdirda kafillikka oluvchi bosh pudratchi tomonidan bajarilgan ishlar qiymatini va kontrakt toʻxtatilgan kunda qilingan asosli xarajatlarni toʻlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Kontrakt bahosini belgilash shartlariga koʻra kontraktlar quyidagi turlarga boʻlinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qatʼiy, qurilish oxirigacha oʻzgarmaydigan, savdoda yoki buyurtmachi bosh pudratchining yakka tartibdagi muzokaralari belgilangan narx asosida kontrakt;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bozor munosabatlari sharoitlarida qurilishda shartnomaviy narxlarni belgilash tartibiga binoan bosh pudratchi va buyurtmachi tomonidan belgilanadigan, 1991-yilgi smeta narxlaridagi ochiq shartnomaviy narx asosidagi kontrakt;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bajarilgan ishlarning haqiqiy qiymati, narxlar oʻzgarishini hisobga olgan holda, buyurtmachi va pudratchi tomonidan har oyda (har chorakda) belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Kontraktlarni tuzish tartibi va shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Yakka tartibdagi muzokaralar asosida buyurtmachi tomonidan bosh pudratchi tanlangandan keyin tomonlarga dastlabki (kontraktdan oldingi) bitim tuzish tavsiya qilinadi. Unda buyurtmachi va bosh pudratchining qurilish yuzasidan kontraktning mazmuni boʻyicha maqsadi, shartlashilgan muddatlarda kontraktni tuzishni va ishlarni bajarishni boshlashni taʼminlovchi dastlabki tadbirlar belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Dastlabki bitim quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
obyektning nomi va unga doir asosiy maʼlumotlar (bosh pudratchining quvvati, ishlarining bazaviy narxlaridagi hajmi, qurilishning normativ muddatlari va qurilishni boshlanishining moʻljaldagi muddati);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha-smeta hujjatlari tarkibi, hajmi va ularni berish muddatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish maydonini bosh pudratchiga topshirish muddatlari va imoratlarni buzish zarurati tugʻilgan taqdirda uni boʻshatish shartlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilishni asbob-uskunalar, materiallar, konstruksiyalar va buyumlar bilan taʼminlash tartibi va shartlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kontrakt turini (anʼanaviy, loyiha-qurilish yoki “tayyor holda topshirish”) tanlash va uni tuzish muddatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilishni mablagʻ bilan taʼminlash manbai;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tomonlarning kontraktni tuzishdan oldingi bitimni buzganlik uchun javobgarligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Dastlabki bitim kontrakt tuzish uchun zamin boʻlib xizmat qiladi va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishni prognozlash, konstruksiyalar, buyumlar, asbob-uskunalar tayyorlashga buyurtmalarni joylashtirishni hozirlash, subpudratchi tashkilotlar, yetkazib beruvchilar bilan kontraktlarni tayyorlash va shu kabilar uchun asos hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Dastlabki bitim bank ixtiyoriga koʻra bosh pudratchi faoliyatini kreditlash asos boʻlib xizmat qilishi mumkin va ayni bir vaqtda kontrakt imzolangungacha tomonlar manfaatlarini himoya qilishi uchun hujjat boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Qurilish yuzasidan kontrakt tuzishning dastlabki bitimda kelishilgan muddatlari boshlanganda buyurtmachi bosh pudratchiga kontraktni tayyorlash uchun yetarli boʻlgan quyidagi texnik hujjatlarni berishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilishning tasdiqlangan titul roʻyxati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan tartibda tasdiqlangan texnik-iqtisodiy asoslar, loyiha va smetalarni ishlab chiqish boʻyicha yoʻriqnomalar va koʻrsatmalarda nazarda tutilgan qurilish qiymatining yigʻma smeta hisob-kitobi bilan birga loyiha yoki ishchi loyiha — 2 nusxa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilishning birinchi yili uchun asbob-uskunalar va materiallar berish jadvali, agar bu qurilishning uzluksiz texnologiyasida koʻzda tutilgan va ular bilan taʼminlash buyurtmachi zimmasiga yuklangan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yerdan foydalanish huquqini beruvchi hujjat nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish chiqindilarini va ortiqcha tuproqni tashlash joyini ajratish toʻgʻrisidagi ruxsatnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
etishmagan tuproqni qazib olish uchun karyerlar ochish uchun ruxsatnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yerlarni unumdor qilishga moʻljallangan unumdor tuproq qatlamini uyish uchun joy ajratishga ruxsatnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kengaytirish, rekonstruksiyalash va texnikaviy qayta jihozlashga moʻljallangan ishlab turgan korxonalar, bino hamda inshootlarning holatini va mustahkamligini tasdiqlovchi materiallar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Obyekt qurilishi ikki va undan koʻproq bosh pudratchilar tomonidan amalga oshirilgan taqdirda buyurtmachi mazkur hujjatlarni har qaysi bosh pudratchiga oʻzlari bajaradigan ish hajmi uchun kontrakt tayyorlash uchun beradi. Bunda barcha bosh pudratchilar uchun umumiy boʻlgan hujjat turlari boʻyicha hujjatlar koʻchirmalari va nusxalari beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Pudratchi ushbu Nizomning 14-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni buyurtmachidan olgan kunidan boshlab 20 (kalendar) kun muddatda ularni subpudratchi tashkilotlar bilan birgalikda koʻrib chiqishga, qurilish davom etishining normativ muddatlarini hamda ishga tushiriladigan komplekslar, texnologik bosqichlar, alohida obyektlar va inshootlar boʻyicha topshiriqlarni hisobga olgan holda umuman qurilish boʻyicha ishlarni bajarish jadvali bilan kontrakt loyihasini buyurtmachiga berishga majburdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Buyurtmachi pudratchidan kontrakt loyihasini olgan kunidan boshlab 10 (kalendar) kun muddatda uni koʻrib chiqishga, imzolashga va pudratchiga qaytarishga majburdir. Eʼtirozlar mavjud boʻlgan taqdirda buyurtmachi kelishmovchiliklar boʻyicha protokol tuzishga va uni xuddi muddatda imzolangan kontrakt bilan birga pudratchiga qaytarishga majburdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Pudratchi kelishmovchiliklar boʻyicha protokol bilan imzolangan kontraktni buyurtmachidan olgan kunidan boshlab 15 (kalendar) muddatda buyurtmachi bilan kelishmovchiliklarni tartibga solishga majburdir. Agar kelishuvga erishilmasa, u holda bahsli masalalar hal etish uchun buyurtmachi va bosh pudratchining yuqori tashkilotlariga beriladi. Agar bahslar ushbu tashkilotlar tomonidan ham hal etilmasa, ular xalq sudiga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bahsli masalalar yuqori tashkilotlar tomonidan 15 kun muddatda berilmasa, u holda buyurtmachining takliflari taklif qilingan, kontrakt esa tuzilgan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar kelishmovchiliklar koʻrib chiqish uchun pudratchi tomonidan ushbu organlarga koʻrsatilgan muddatda berilmasa, u holda buyurtmachining takliflari qabul qilingan, kontrakt esa tuzilgan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Kontrakt tuzilgandan keyin buyurtmachi tegishli nazorat organlari va tashkilotlarning kuyidagi ishlarni amalga oshirish yuzasidan ruxsat toʻgʻrisidagi hujjatlarni kontrakt alohida shartlarida nazarda tutilgan muddatlarda bosh pudratchiga berishga majburdir:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektr quvvati uzatish va aloqa havo liniyalari hududida, shahar yoʻllarining qatnov qismida, temir yoʻl va avtomobil yoʻllari shoxobchalaridagi foydalaniladigan uchastkalarda ishlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoʻl qoplamlarini koʻchirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer osti va qurilish maydonida joylashgan inshootlar va kommunikatsiyalar (kabel, gaz, suv quvurlari, kanalizatsiya) mavjud joylarda ishlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqaro uy-joy obyektlari boʻyicha qurilish ishlarini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrmon daraxtlarini kesish va koʻchirib oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilishga xalaqit beradigan imoratlar va inshootlarni koʻchirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv va yerlardan maxsus foydalanish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Buyurtmachi obyekt qurilishi boshlangungacha 10 kundan kechikmay geodezik rejalash asosiga va qurilish hududidagi birkitilgan ushbu reja punktlari va belgilariga (ularning naturadagi tasdigʻi bilan) doir texnik hujjatlarni dalolatnoma boʻyicha bosh pudratchiga berishga majburdir. Geodezik rejalash tarkibi va hajmlari qurilish boʻyicha normativ hujjatlar talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Qurilish tugallangach bosh pudratchi koordinatlar joylashish sxemasini va katalogini hamda qurilishlar davridagi geodezik rejalash ishlari vaqtida oʻrnatiladigan va u tugallangungacha saqlanadigan geodezik belgilar balandligini buyurtmachiga berishga majburdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Qurilish yuzasidan kontrakt tuzishda buyurtmachi va bosh pudratchi kontraktning alohida shartlarida boshqa oʻzaro majburiyatlarni ham nazarda tutadilar. Bunda ular amaldagi qonunchilikka, ushbu Nizomga, qurilish normalariga, qoidalariga amal qiladilar va qurilishni tashkil etish hamda ishlarni amalga oshirish loyihalaridan va obyektni qurishning aniq shart-sharoitlaridan kelib chiqadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Qurilishni materiallar, konstruksiyalar, buyumlar va texnologik asbob-uskunalar bilan taʼminlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Qurilishni materiallar, konstruksiyalar va qurilish-montaj ishlarini bajarish uchun zarur boʻlgan buyumlar, shuningdek erkin sotib olinadigan barcha namunaviy asbob-uskunalar va apparatlar bilan taʼminlash bosh pudratchi va subpudratchining vazifasi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurilishni nostandart, texnologik va energetika asbob-uskunalari, shuningdek maxsus materiallar bilan taʼminlash buyurtmachining vazifasi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tomonlarning kelishuviga koʻra buyurtmachi materiallar va asbob-uskunalar yetkazib berish yuzasidan tayyorlovchi zavodlar yoki boshqa yetkazib beruvchilar (sotuvchilar) bilan tuzilgan shartnoma kontraktlarini amalga oshirishni bosh pudratchiga berishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buyurtmachining yetkazib berish hajmlari va nomenklaturasi vedomost bilan rasmiylashtiriladi. U qurilish kontraktga ilova hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buyurtmachi tomonidan qurilish maydoniga texnologik va nostandart asbob-uskunalar, armaturalar, maxsus materiallar yetkazib berish bosh pudratchi bilan kelishilgan jadval boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Pudratchi zarurat boʻlganda buyurtmachi bilan kelishib olish uchun namunalarni, sifat sertifikatsiyalarini, pol materiallari uchun prospektlarni, devor va shift qoplamlarini, santexnika va elektrotexnika asbob-uskunalarini, mebel hamda boshqa materiallar va buyumlarni beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Bosh pudratchi buyurtmachining roziligi bilan qurilish-montaj ishlarini bajarishda binolar va inshootlarni qismlarga boʻlishda olingan materiallar hamda konstruksiyalardan yoki tegishli buyumlardan foydalanishga haqlidir. Ushbu materiallar va konstruksiyalarning yaroqliligini buyurtmachi, pudratchi va loyihalovchilar bilan birgalikda aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Buyurtmachi yetkazib bergan, montaj qilinadigan asbob-uskunalar va materiallar qurilishni tashkil etish loyihasida nazarda tutilgan obyektlar yonidagi omborlarda dalolatnomalar boʻyicha, kompleks holida, standartlar va texnik shartlar talablariga muvofiq, toʻliq soz holatda hamda tomonlar kelishib olgan qurilish jadvalida koʻzda tutilgan muddatlarda bosh pudratchiga yoki uning ishonchnomasiga koʻra subpudratchiga topshiriladi. Ogʻir vaznli va yirik oʻlchamli asbob-uskunalarni buyurtmachi obyekt yonidagi omborda yoki kelishuvga koʻra montaj hududida yoki yiriklashtirish (yigʻuv) maydonchasida topshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar yirik oʻlchamli asbob-uskuna uni tayyorlash boʻyicha texnik shartlarga muvofiq qurilish maydonchasiga alohida qismlarga ajratib yetkazib berilsa, u holda uni yigʻib berish buyurtmachining vazifasi hisoblanadi. Yirik oʻlchamli asbob-uskunani yigʻish va taxt qilib berish buyurtmachi bilan toʻgʻridan toʻgʻri kontrakt boʻyicha subpudratchi montaj tashkiloti tomonidan buyurtmachi mablagʻlari hisobiga amalga oshirilishi yoki bu ishni subpudratchining oʻzi bajarishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Asbob-uskunalarni omborda saqlash shartlari standartlar talablariga, qurilish normalari va qoidalariga muvofiq boʻlishi kerak. Asbob-uskunalar normativdagi muddatdan ortiqcha saqlangan taqdirda montaj qilishdan oldin ular ushbu muddatning yuzaga kelishida aybdor boʻlgan tashkilot mablagʻlari hisobiga taftishdan oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Qabul qilib olish, montaj qilish yoki sinab koʻrish chogʻida bosh pudratchi va subpudratchi tomonidan asbob-uskunalarning but emasligi va buzilganligi aniqlangan taqdirda bosh pudratchi yoki subpudratchi bu toʻgʻrida buyurtmachini xabardor qilishga hamda, agar bu yetkazib berish kontraktida nazarda tutilgan boʻlsa, texnik jihatdan mumkin boʻlgan qisqa muddatda ushbu asbob-uskunani but qilish yoki but holdagisi bilan almashtirish talabi bilan tayyorlagan zavodga yoki uni yetkazib beruvchi eʼtiroz bildirish uchun tegishli dalolatnoma (reklamatsiya) tuzishda qatnashishga majburdirlar. Dalolatnoma (reklamatsiya) tuzish yetkazib berish kontraktini tuzgan tomonlar vazifasiga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Obyektlarni qurish kompleks import asbob-uskunalar bazasida yoki kompensatsion bitimlar asosida amalga oshirilgan taqdirda buyurtmachi asbob-uskunalarni yetkazib berish va montaj qilish shartlarini xorijiy firma bilan kelishib olish uchun bosh pudratchini hamda montaj qiluvchi tashkilotlarni jalb qilishga majburdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Buyurtmachi tomonidan bosh pudratchiga beriladigan materiallar, buyumlar va asbob-uskunalar uchun hisob-kitoblar hamda ularni qabul qilib olish, saqlash va tashish boʻyicha bosh pudratchining xarajatlarini qoplash qurilish kontraktiga alohida shartlarda belgilangan, tomonlar kelishgan narxlar va shartlar boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Bosh pudratchi va subpudratchi obyektni butlash uchun oʻzlariga berilgan asbob-uskunalarning (obyektni buyurtmachiga topshirgungacha kompleks sinab koʻrish maqsadida) saqlanishi uchun javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish shart-sharoitlarini taʼminlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Buyurtmachi buziladigan, koʻchiriladigan yoki rekonstruksiya qilinadigan binolarda yashovchi shaxslarni koʻchirishga hamda qurilishni tashkil etishga xalaqit beradigan bino va inshootlarni tomonlar bilan kelishilgan muddatlarda buzishni yoki qurilish maydonchalaridan koʻchirishni taʼminlashga majburdir. Qurilish qiymati yigʻma smeta hisob-kitobida nazarda tutilgan va qurilish maydonchasini tomonlar bilan kelishilgan muddatlarda boʻshatish bilan bogʻliq shartnomaviy narxlar tarkibiga kirgan qurilish-montaj ishlari pudratchi tashkilot tomonidan bajariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Buyurtmachi bosh pudratchi bilan kelishilgan muddatlarda oʻz kuchi bilan asbob-uskunalarni, texnologik quvurlarni, texnologik quvurlarni, apparaturalarni, mexanizmlar va qurilmalarni demontaj qilishga, buziladigan, koʻchiriladigan yoki rekonstruksiya qilinadigan obyektlardagi ishlab turgan tarmoqlarni ishlashdan toʻxtatishga majburdir. Tomonlarning kelishuviga koʻra, koʻrsatib oʻtilgan ishlarni bajarish, tegishli haq toʻlagan holda, bosh pudratchiga topshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Ishlab turgan korxonalarni kengaytirish, rekonstruksiya qilish va texnikaviy qayta jihozlash chogʻida qurilish maydonini ajratib qoʻyish mumkin boʻlmagan hollarda buyurtmachi pudratchiga ish koʻlamini yaratishga, bosh pudratchi va subpudratchining ish maydonini va joyini ishlarni bajarishga xalaqit beradigan barcha inshootlardan, ombor binolardan, tashlandiqlardan bosh pudratchi bilan kelishilgan tartibda va muddatlarda boʻshatishga, shuningdek korxonalarning asosiy faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan qurilishdagi texnika xavfsizligi boʻyicha tadbirlarni (himoya qurilmalari oʻrnatishni, yongʻindan saqlash va qoʻriqlashni) oʻz hisobiga taʼminlashga majburdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Zarurat boʻlganda qurilish maydonini oʻzlashtirish jarayonida yoki qurilish davomida mavjud yer osti qurilmalarini va konstruksiyalarini ochish, loyiha yechimlariga muvofiq va foydalanuvchi tashkilot nazorati ostida, bosh pudratchi tomonidan amalga oshirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Qurilishni tashkil etish loyihasiga muvofiq buyurtmachi qurilish ehtiyojlari uchun foydalanishi mumkin boʻlgan oʻzining asosiy fondlaridan bino va inshootlarni, amortizatsiya ajratmalari normalari boʻyicha toʻlov bilan bosh pudratchiga ijaraga beradi, shuningdek bosh pudratchiga oʻz ustaxonalardan hamda boshqa yordamchi ishlab chiqarishlaridan foydalanish imkonini beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Bosh pudratchi buyurtmachi uchun barpo etilayotgan bino va inshootlarni toʻliq pardozlash va unga topshirishga boʻlgan davrda, ushbu binolar va inshootlar shartnomadagi muddatlarda toʻliq soz holatda topshirilgan taqdirda, ulardan ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun vaqtinchalik va haq toʻlamasdan foydalanishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Buyurtmachi qurilgan bino va inshootlardan obyekt qurilishi toʻliq tugallangunga qadar, agar bu bosh pudratchining kelgusidagi ishlariga xalaqit bermasa, foydalanishga haqlidir. Bu holda buyurtmachi ushbu bino va inshootlarni bosh pudratchidan dalolatnoma boʻyicha qabul qilib olishga va obyekt toʻliq topshirilgungacha (qabul qilib olgungacha) ularning saqlanishi uchun javob berishga majburdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Buyurtmachida oʻzining suv, gaz, bugʻ va elektr bilan taʼminlash obyektlari va boshqa yordamchi qurilmalari mavjud boʻlgan taqdirda u bosh pudratchiga ulardan amaldagi narxlar va taʼriflar boʻyicha foydalanish huquqini beradi. Agar amaldagi narxlar va taʼriflar smetadagi narxlardan yuqori boʻlsa, buyurtmachi qiymatidagi tafovutni kompensatsiya qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shahar va aholi punktlari tashqarisida, shuningdek oʻzlashtirilmagan hududlarda joylashgan, qurilishi yangidan boshlangan obyektlarda qurilish ehtiyojlarini suv, gaz, issiqlik va elektr energiya bilan taʼminlash obyektlar va qurilmalar barpo etish bosh pudratchi tomonidan buyurtmachining qurilish smetalarida nazarda tutilgan mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Buyurtmachi ilgari ishlab chiqarishga berilgan loyiha-smeta hujjatlariga oʻzi kiritgan oʻzgarishlar bilan bogʻliq barcha xarajatlar va zararlarni oʻzgartirilgan hujjatlar bosh pubdratchiga berilgandan keyin 10 kun muddatda tuzilgan dalolatnoma asosida bosh pudratchiga toʻlashga majburdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Buyurtmachi tomonidan butun obyekt qurilishini konservatsiyalash yoki toʻxtatish zarurligi toʻgʻrisida qaror qilingan taqdirda qurilish kontrakti bekor qilinadi, alohida obyektlar qurilishi konservatsiya qilinganda yoki toʻxtatilganda esa u kontraktga qoʻshimcha bitim bilan aniqlashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Qurilish kontrakti quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakolatli organlar qaroriga koʻra va tomonlar tashabbusi bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilishning kelishilgan jadvalida nazarda tutilgan qurilish-montaj ishlarini bajarish muddatlari bosh pudratchi tomonidan muttasil buzilgan va ishlar sifati past boʻlgan taqdirda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tomonlar amaliy hamkorlik qilishdan doimiy ravishda bosh tortgan taqdirda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyurtmachi kontraktda nazarda tutilgan majburiyatni muttasil buzgan taqdirda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mablagʻ bilan taʼminlovchi bank buyurtmachini toʻlovga qodir emas deb eʼlon qilgan taqdirda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Qurilish kontrakti buyurtmachi va bosh pudratchiga bogʻliq boʻlmagan quyidagi sabablarga koʻra bekor qilinishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika Hukumati qaroriga koʻra;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
materiallar va asbob-uskunalarni tashishdagi uzilishlar tufayli;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish obyektining vayron boʻlishiga yoki toʻliq yoʻq boʻlishiga olib kelgan tabiiy ofat roʻy berganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa fors-major holatlari tufayli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Qurilish kontrakti tuzilgach va kontraktda kelishilgan muddatlarda mablagʻ bilan taʼminlash ochilgach buyurtmachi kontraktda tomonlar kelishgan miqdordagi, biror qurilish shartnomaviy qiymatining 15 foizidan kam boʻlmagan miqdordagi avansni bosh pudratchining hisob-kitob schyotiga oʻtkazadi. Avansni toʻlash kontraktda belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Tomonlar kontraktda, tomonlarning xoʻjalik tavakkalchiliklari xarakteriga, ularning moliyaviy ahvoli va boshqa hollariga koʻra toʻlov hamda hisob-kitoblarning boshqa shartlari va tartibini nazarda tutishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Kontrakt boʻyicha kelishmovchiliklarning hal qilish va mulkiy javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Ishlarning toʻxtatish yoki kontraktning buzilishiga olib keluvchi nizoli holatlar paydo boʻlgan taqdirda tomonlar yuqorida qayd qilingan oqibatlarni bartaraf etish uchun ushbu holatlarni muzokaralar yoʻli bilan hal qilishga intilishlari kerak
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar kelishmovchiliklarni hal qilishga erishilmasa, ular tegishli xoʻjalik sudida hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Dastlabki (kontraktdan oldingi) bitim buzilgan va qurilish kontraktini tuzishdan bosh tortilgan taqdirda aybdor tomon ikkinchi tomonga kontraktdan oldingi bitimda kelishilgan miqdorda jarima toʻlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Ushbu Nizomning 14 va 18-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlarni berish muddatlarini buzganlik, qurilish kontraktni 16 va 17-bandlarida nazarda tutilgan muddatlarda taqdim etishni kechiktirganlik uchun aybdor tomon ikkinchi tomonga kechiktirilgan har bir kun uchun eng kam oylik ish haqining 3 baravari miqdorida jarima toʻlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Buyurtmachi kontrakt boʻyicha quyidagi majburiyatlarga rioya qilmaganlik yoki ularni zarur darajada bajarmaganlik uchun bosh pudratchi oldida mulkiy javob beradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Nizomning 19-bandida nazarga tutilgan ishlarni amalga oshirishga tegishli nazorat organlari va tashkilotlarning ruxsati haqidagi hujjatlarni kechiktirganlik hamda geodeziya rejalarini hamda qurilish hududida birkitilgan punktlar va ushbu reja belgilarini berishni kechiktirganlik uchun — kechiktirilgan har bir kun uchun eng kam oylik ish haqining 2 baravari miqdorida jarima;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
montaj qilish uchun asbob-uskunalar, materiallar va buyumlarni, shu jumladan asbob-uskunalarni montaj qilish uchun zarur boʻlgan materiallar va buyumlarni berish muddatlarini buzganlik uchun — muddatida yetkazib bermagan asbob-uskunalar, materiallar va alohida nomi boʻyicha buyumlar qiymatining 1 dan 4 foizgacha miqdorda jarima;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
montaj qilish uchun toʻliq but boʻlmagan asbob-uskunalar berilganda, agar toʻliq but emaslik ushbu asbob-uskunani montaj qilishlik toʻsqinlik qilganda — berilgan toʻliq boʻlmagan asbob-uskuna qiymatining, shu jumladan yetishmagan qismlar (detallar) qiymatining 5 foizi miqdorida jarima;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilayotgan obyekt boʻyicha tuzilgan kontraktga qoʻshimcha bitimni tayyorlash uchun loyiha-smeta hujjatlarini berishni kechiktirganlik uchun — kechiktirilgan har bir kun uchun eng kam oylik ish haqining 2 baravari miqdorida jarima;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilishni tashkil etish loyihasiga muvofiq mavjud manbalardan suv, gaz, bugʻ va elektr energiyasi olish hamda ulardan foydalanish huquqiga ega boʻlish uchun tegishli tashkilotlarning ruxsati toʻgʻrisidagi hujjatlarni ishlar boshlanishidan oldin kamida bir oy oldin berishni kechiktirganlik uchun — kechiktirilgan har bir kun uchun eng kam oylik ish haqining 2 baravari miqdorida jarima;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buziladigan binolarni berishni va qurilish maydonidan qurilishga ajratilgan maydondagi magistral elektr uzatish liniyalarini, temir yoʻllarni, yer osti tarmoqlarini va kommunikatsiyalarini koʻchirishga ruxsatnomalarni berishni kechiktirganlik uchun — kechiktirgan har bir kun uchun eng kam oylik ish haqining 2 baravari miqdorida jarima;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilishi tugallangan, mahsulot ishlab chiqarishga va xizmatlar koʻrsatishga tayyorlangan obyektni uning alohida navbatini, ishga tushiriladigan kompleksni, binolar, inshootlarni qabul qilib olishni boshlashni ularni topshirishga taqdim etish toʻgʻrisida bosh pudratchining xabarnomasi olingan kundan boshlab 5 kundan ortiq kechiktirilganlik uchun — kechiktirilgan har bir kun uchun bazaviy shartnoma narxining 0,15 foizi miqdorida, biroq kuniga eng kam oylik ish haqining kamida 5 baravari penya;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
obyektlar qurilishi tufayli vaqtincha toʻxtatilgan yoki toʻxtatilgan qurilishlarni hamda ularning tarkibiga kiruvchi bino va inshootlarni, moddiy boyliklarni qabul qilib olishni hamda bosh pudratchi tomonidan bajarilgan qurilish-montaj ishlari uchun hisob-kitob qilishni kechiktirganlik uchun — kechiktirilgan har bir kun uchun shartnomaviy narxning 0,15 foizi, biroq kuniga eng kam oylik ish haqining 5 baravari miqdorida penya;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mablagʻ bilan taʼminlashni ochishni qurilish kontrakti tuzilgan kundan boshlab 15 kundan ortiq kechiktirganlik uchun — kechiktirilgan har bir kun uchun eng kam oylik ish haqining 5 baravari miqdorida jarima.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Kontrakt boʻyicha majburiyatlarni buzganlik uchun bosh pudratchining buyurtmachi oldidagi mulkiy javobgarligi turlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahsulot ishlab chiqarishga yoki xizmatlar koʻrsatishga tayyorlangan obyektni, uning navbatini, ishga tushiriladigan kompleksni, binolarni, inshootlarni qurishni oʻz vaqtida tugallamaslik — kechiktirilgan har bir kun uchun bazaviy narxning 0,15 foizi, biroq ularni buyurtmachiga tushirgungacha kuniga eng kam oylik ish haqining 15 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorida penya;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buyurtmachi bilan tuzilgan kontrakt boʻyicha montaj qiluvchi va boshqa ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladigan asbob-uskunalar montaj qilinadigan maydonlarni topshirish muddatlarini buzganlik — kechiktirilgan har bir kun uchun asbob-uskunalar qiymatining (bazaviy smeta narxlari boʻyicha) 0,15 foizi, biroq kuniga eng kam oylik ish haqining 5 baravaridan koʻp boʻlmagan penya;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha-smeta hujjatlari asosida pudrat kontraktining alohida shartlarida belgilangan yerlarni obod qilish muddati va hajmlarini buzganlik uchun — kechiktirilgan har bir kun uchun eng kam oylik ish haqining 5 baravari miqdorida jarima;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bosh pudratchi tomonidan ish va konstruksiyalarda yoʻl qoʻyilgan qurilish jarayonida yoki oraliq qabul qilib olishda buyurtmachining mualliflik nazorati bilan va nazorat organlari tomonidan aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlarni nazarda tutilgan koʻpi bilan 30 kundan iborat har qaysi muddat oʻrniga kechiktirilganlik uchun — kechiktirilgan har bir kun uchun eng kam oylik ish haqining 5 baravari miqdorida jarima.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar pudratchi nuqsonlarni tomonlar belgilangan muddatda bartaraf etmasa, buyurtmachi yoki foydalanuvchi tashkilot (nuqsonini bartaraf etish ishlari qiymatining 50 foizi miqdorida vaqtida bajarmaganlik jarimasi undirgan holda) nuqsonni oʻz kuchi bilan pudratchining hisobiga bartaraf etishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Bosh pudratchi nuqsonlarni kontraktda yoki uning alohida shartlarida koʻrsatilgan kafolatli muddat mobaynida, qurilishi tugallangan obyektlarning hamda qurilish va montaj ishlari turlarini dalolatnoma boʻyicha buyurtmachiga toʻliq topshirgandan keyin oʻz hisobiga bartaraf etishga majburdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Bajarilgan ishlar, ikkinchi tomonga berilgan materiallar yoki koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlarni toʻlash muddatlari bank tizimlarida belgilanganidan kechiktirib yuborilgan taqdirda aybdor tomon ikkinchi tomonga kechiktirilgan har bir kun uchun 0,15 foiz miqdorida penya toʻlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toʻlov hujjatlari akseptini asossiz ravishda toʻliq yoki qisman rad etish tomon rad etgan akseptining 5 foizi miqdorida ikkinchi tomon (kreditor) foydasiga jarima toʻlanishiga olib keladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53. Qurilish yuzasidan kontrakt tuzishda tomonlar qoida buzilganligi uchun amaldagi qonunchilik va ushbu Nizom bilan jazolar belgilanmagan boshqa majburiyatlar bajarilmagani uchun javobgarlikni nazarda tutishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54. Kontraktni buzgan tomon, kontrakt boʻyicha majburiyatlarni bajarmaganlik uchun ushbu Nizomda nazarda tutilgan jazolardan tashqari, ikkinchi tomonga uning xarajatlarida, mulkining yoʻqolishida yoki shikastlanishida ifodalangan, vaqtida bajarilmaganlik jarimasi (jarima penya) bilan qoplanmagan summadagi haqiqiy zararlarni ham toʻlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55. Majburiyatlarni bajarmaganlik yoki zarur darajada bajarmaganlik uchun vaqtida bajarmaganlik jarimasi (jarima penya)ni toʻlash, shuningdek koʻrilgan zararlarni oʻrnini qoplash tomonlarni majburiyatlarni naturada bajarishdan ozod qilmaydi. Qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
1998-yil 3-sentabrdagi 375-son qaroriga
8-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bozor munosabatlari sharoitlarida qurilishda Shartnomaviy narxlarni belgilash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Tartib Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar va tashkilotlar tomonidan obyektlar qurilishi yuzasidan shartnomaviy narxlarni shakllantirishda yagona metodologiyani taʼminlash uchun moʻljallangan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Shartnomaviy narxlar bozorda vujudga kelgan shart-sharoitlarni, materiallar, qoʻllaniladigan mashina va mexanizmlar qiymati konyunkturasini, Pudrat tashkilotini foyda bilan, shu jumladan takroriy ishlab chiqarishni kengaytirish uchun zarur boʻlgan foyda bilan taʼminlashni hisobga olgan holda shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Buyurtmachi va pudratchining qaroriga koʻra qurilish mahsulotiga shartnomaviy narxlarni kuyidagi ikki turi qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilishning butun davrida oʻzgarmaydigan qatʼiy yoki uzil-kesil shartnomaviy narx. Narxning bunday turi qurilishi koʻpi bilan bir yil davom etadigan, texnik jihatdan murakkab boʻlmagan obyektlar uchun tavsiya qilinadi. Ushbu narxlar tarkibida ahdlashuvchi tomonlar hisoblab chiqargan va kelishib olgan prognoz qilinayotgan sababli tuzatishlar, indekslar va koeffitsiyentlarni qoʻllash yoʻli bilan pudratchining tavakkalchiligini kompensatsiya qilishni taʼminlovchi mablagʻlar hisobga olinishi mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilishda foydalaniladigan materiallar narxlarning, mehnatga haq toʻlash shartlarining oʻzgarishi hamda shartnomaviy narxlarda hisobga olinmagan boshqa xarajatlarning paydo boʻlishi munosabati bilan qurilish davomida kontrakt shartlariga muvofiq aniqlashtiriladigan ochiq shartnomaviy narx.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ochiq narx kontrakt boʻyicha tomonlar belgilaydigan cheklangan aniq darajaga ega boʻlishi mumkin. Narx kontraktga muvofiq cheklangan darajadan oshirmagan holda, qurilish jarayonida pudratchining asoslovchi hujjatlari asosida aniqlashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Qurilish mahsulotiga shartnomaviy narxlarni obyektlar boʻyicha shartnomaviy narxlar asosida butun qurilish uchun shakllantirish maqsadga muvofiqdir. Alohida hollarda ixtisoslashtirilgan qurilish sharoitlarida shartnomaviy narxlarni tegishli ish hajmlari uchun mahalliy smetalar boʻyicha aniqlashga yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Qurilish mahsulotiga shartnomaviy narxlar buyurtmachi (investor) va pudratchi tomonidan teng huquqli asosda, kapital qurilish, rekonstruksiya qilish, zamonaviylashtirish va toʻliq taʼmirlash yuzasidan kontrakt tuzish chogʻida belgilanadi hamda smeta qiymatining bazaviy darajasi, mehnat va moddiy resurslarning, mashina va mexanizmlar mashina-soatlarining smeta-normativ xarajatlari hamda pudrat tashkilotlarining bozor munosabatlari tufayli qilgan qoʻshimcha xarajatlari asosida shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Qurilish smeta qiymatining bazaviy darajasi Oʻzbekiston Respublikasida qurilish shart-sharoitlari uchun smeta normalari baholarini qoʻllash boʻyicha umumiy qoidalariga (SniR-91 Uz) hamda Vazirlar Mahkamasining 1992-yil Vazirlar Mahkamasi martdagi 126-son qaroriga muvofiq aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Yigʻma smeta hisob-kitobi boʻyicha bazaviydan yuqori qiymatda pudratchi tashkilotlarning bozor munosabatlarini shakllantirish tufayli paydo boʻlgan quyidagi qoʻshimcha xarajatlari (kompensatsiyalar) hisobga olinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish ishlab chiqarishda band boʻlgan ishchilar asosiy ish haqining koʻpayishi. U 1991-yilgi narxlarda hisoblangan eng kam ish haqi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan joriy davr uchun belgilangan eng kam ish haqi oʻrtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi. Tafovutga ijtimoiy sugʻurtaga ajratmalar qoʻshiladi. Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish jamgʻarmasiga ajratmalar asosiy ish haqidan, uning koʻpayishini hisobga olgan holda, amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
smeta normativlariga asos qilib olingan 1991-yilgi narxlar oʻrniga erkin (bozor) narxlari boʻyicha sotib olinadigan moddiy resurslarning qimmatlashishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pudrat shartnomasi (kontrakt)ni tuzish vaqtida asosiy materiallar va konstruksiyalar qiymatini koʻrsatish tavsiya qilinadi. Koʻrsatilgan qiymat faqat buyurtmachi bilan kelishib oshirilishi mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish mashina va mexanizmlarini ishlatish qiymatining qimmatlashishi, u 1991-yilgi bazaviy narx bilan joriy reja hisob-kitob narxlari boʻyicha haqiqiy qiymat oʻrtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻshimcha xarajatlarni Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 12-martdagi 126-son qarorida qabul qilingan bazaviy darajaga nisbatan koʻpayishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan normalar bilan qoplanmaydigan uy-joy kommunal xoʻjaligi zararlarini qoplash hamda ijtimoiy soha obyektlarini, sogʻlomlashtirish lagyerlarini va shu kabilarni saqlash xarajatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vaqtinchalik bino va inshootlarga qoʻshimcha xarajatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qish vaqtidagi qurilish-montaj ishlariga qoʻshimcha xarajatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pudratchi tashkilotlarning mahsulotlarni ishlab chiqarish (ishlar, xizmatlarni amalga oshirish) boʻyicha mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga kiritiladigan xarajatlar tarkibi toʻgʻrisida nizomga hamda Hukumat va tegishli iqtisodiyot idoralari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga muvofiq boshqa xarajatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tomonlarning qaroriga koʻra qurilish mahsuloti shartnomaviy narxlar tarkibida hisobga olinadigan boshqa xarajatlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuqorida keltirilgan qoʻshimcha xarajatlar qoʻshimcha xarajatlarni, rejali jamgʻarmalarni va limitlangan xarajatlarni qoʻshmasdan aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurilish mahsuloti shartnomaviy narxi yakuni va qurilish qiymatining yigʻma hisob-kitobidan keyin, qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovi boʻyicha xarajatlarni qoplash mablagʻlari koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu bandda sanab oʻtilgan xarajatlardan tashqari, buyurtmachi tomonidan shartnomaviy narx tarkibida elektr energiyasi va ishlarning qoʻshma xarakteri (ishchilarni tashish) qiymatidagi tafovutga bosh pudratchining xarajatlari ham kompensatsiya qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Bajarilgan qurilish-montaj va taʼmirlash-qurish ishlari uchun hisob-kitoblar haqiqiy qilingan xarajatlar boʻyicha, asoslovchi hujjatlarni (yetkazib beruvchilar schyotlarini, toʻlov topshiriqnomalari bilan birga yetkazib berish shartnomalarini, tayyorlovchi zavodlar kalkulatsiyalarini va shu kabilarni) taqdim etgan holda hamda keyinchalik chiqarilgan narx hosil qilishni tartibga soluvchi qonunchilik va normativ hujjatlarni hisobga olib amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Qurilish mahsulotiga erkin (shartnomaviy) narxlarni aniqlashning ushbu Tartibini, idoraviy boʻysunishidan va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasi hududida qurilish va toʻliq taʼmirlashni amalga oshiruvchi barcha tashkilotlarga tatbiq etish tavsiya qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Shartnomaviy narxlarni hisoblab chiqarishni “ qurilish qiymatini aniqlashning resurs usuli” hamda Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining qurilish va montaj ishlari qiymatini bazaviy, joriy va prognoz narxlarda aniqlash boʻyicha uslubiy tavsiyalari asosida amalga oshirish tavsiya etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
1998-yil 3-sentabrdagi 375-son qaroriga
9-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurilish trestining namunaviy tuzilmasi (ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati shaklida)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element