20.04.2026 yildagi O‘RQ-1135-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 20.04.2026 yildagi O‘RQ-1135-son
Date of entry into force
20.04.2026
Hujjat 20.04.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kam taʼminlangan shaxslarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasi tomonidan 2025-yil 5-avgustda qabul qilingan
Senat tomonidan 2025-yil 31-oktabrda maʼqullangan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi yillarda mamlakatimizda insonning huquqlari va qonuniy manfaatlarini soʻzsiz taʼminlashga, fuqarolarning odil sudlovga boʻlgan ishonchini oshirishga hamda ularning malakali yuridik yordam olishga boʻlgan huquqlari kafolatlarini kuchaytirishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususan, “Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinib, fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida kafolatlangan malakali yuridik yordam olish huquqidan toʻliq foydalanish imkoniyati yaratildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga kam taʼminlangan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudiga murojaat etganda ularga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish zaruriyati yuzaga kelmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Qonun bilan “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi va “Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga kam taʼminlangan shaxslarga muayyan ishda sud tomonidan oʻziga nisbatan qoʻllanilgan qonunning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudiga murojaat etganda davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqini belgilashga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun fuqarolarning konstitutsiyaviy odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga hamda davlat hisobidan malakali yuridik yordam olish huquqini taʼminlashga xizmat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 27-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-687-sonli Konstitutsiyaviy Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 4, 292-modda; 2024-yil, № 1, 4-modda, № 2, 117-modda) 41-moddasi quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Konstitutsiyaviy sud shikoyat bilan murojaat etgan fuqaroning iltimosiga koʻra, “Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatning ishtirok etishini taʼminlash choralarini koʻradi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 16-iyunda qabul qilingan “Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-848-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2023-yil, № 6, 447-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) 9-moddaning 1-bandi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“muayyan ishda sud tomonidan oʻziga nisbatan qoʻllanilgan qonunning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudiga murojaat etganlar”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi — beshinchi xatboshilari tegishincha uchinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) 11-moddaning birinchi qismi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi xatboshisi “jismoniy shaxslarga” degan soʻzlardan keyin “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudiga” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“muayyan ishda sud tomonidan oʻziga nisbatan qoʻllanilgan qonunning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligi haqidagi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi — sakkizinchi xatboshilari tegishincha uchinchi — toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) 17-moddaning birinchi qismi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudiga shikoyat bilan murojaat etgan fuqaroning iltimosiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi tomonidan”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi — sakkizinchi xatboshilari tegishincha uchinchi — toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2026-yil 20-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻRQ-1135-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2026-y., 03/26/1135/0389-son)