17.04.2026 yildagi O‘RQ-1131-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 17.04.2026 yildagi O‘RQ-1131-son
Date of entry into force
19.07.2026
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga soliq va tadbirkorlik sohasidagi huquqiy munosabatlarni takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasi tomonidan 2025-yil 22-aprelda qabul qilingan
Senat tomonidan 2025-yil 28-mayda maʼqullangan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi yillarda mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, soliq siyosatini takomillashtirish, soliq yukini kamaytirish, iqtisodiyotni jadal rivojlantirish borasida izchil islohotlar olib borilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga mazkur islohotlar doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar soliq sohasidagi huquqbuzarliklarning oldini olishga, jinoyat ishlari doirasida tadbirkorlik subyektlarining huquqiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan huquqiy mexanizmlarni yanada takomillashtirish zarurligini koʻrsatmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bundan tashqari soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikni qoʻllash chogʻidagi mavjud kamchiliklar budjet daromadlarining barqarorligini taʼminlashga, soliq maʼmuriyatchiligining samaradorligini oshirishga va raqobat muhitini rivojlantirishga taʼsir koʻrsatmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga soliq sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik kuchaytirilishini, soliqlarni yoki yigʻimlarni toʻlashdan boʻyin tovlaganlik uchun javobgarlikka sabab boʻladigan zararning miqdori oshirilishini, yetkazilgan zararning oʻrni sudga qadar bosqichda va sud muhokamasi davomida toʻliq qoplangan taqdirda javobgarlikdan ozod qilinishni, shuningdek vakolatli organlarning tergovga qadar tekshiruv harakatlarini amalga oshirish hamda maʼmuriy huquqbuzarliklarni koʻrib chiqish bilan bogʻliq vakolatlari aniqlashtirilishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shuningdek ushbu Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga tadbirkorlik subyektlariga nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishlari boʻyicha surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud jarayonida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil yoki Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan tayinlangan vakil jamoat himoyachisi sifatida ishtirok etishini belgilovchi qoidalar kiritilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bundan tashqari Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga va Soliq kodeksiga sud qaror chiqarguniga qadar tergovda qoʻshimcha hisoblanib undirilgan soliqlar va yigʻimlar boʻyicha penya hisoblanmasligini, jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilgan yer uchastkasi boʻyicha toʻlab berilgan kompensatsiya pullari daromad soligʻiga tortilmasligini belgilovchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun soliq sohasidagi huquqbuzarliklarning oldini olishga, soliq tushumlarining barqarorligini taʼminlashga, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun teng raqobat sharoitlarini yaratishga, tadbirkorlarning qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirishga hamda amalga oshirilayotgan islohotlarning huquqiy jihatdan taʼminlanishini takomillashtirishga xizmat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007-yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008-yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 5, 176, 179-moddalar, № 9, 341-modda, № 12, 471, 477-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430-modda, № 10, 679-modda; 2019-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 3, 161-modda, № 5, 259, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 471-modda, № 9, 592-modda, № 11, 787-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 204-modda, № 7, 449-modda, № 10, 593-modda, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 14-moddalar, № 2, 142, 144-moddalar, № 3, 217-modda, 4-songa ilova, № 8, 800, 803-moddalar, № 10, 966, 968, 973-moddalar, № 12, 1193-modda; 2022-yil, № 2, 81-modda, № 3, 215, 216-moddalar, № 4, 337-modda, № 5, 464, 466-moddalar, № 6, 575-modda, № 10, 981-modda; 2023-yil, № 3, 184, 185, 187, 188-moddalar, № 4, 265-modda, № 5, 319-modda, № 10, 798-modda, № 11, 921-modda; 2024-yil, № 1, 8-modda, № 2, 111-modda, № 3, 245-modda, № 8, 818-modda, № 9, 954, 964-moddalar, № 10, 1070, 1071, 1077, 1079, 1083-moddalar, № 11, 1186-modda, № 12, 1280, 1287-moddalar; 2025-yil, № 2, 196-modda, № 3, 376, 377-moddalar) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) 179-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
179-modda. Soxta tadbirkorlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soxta tadbirkorlik, yaʼni tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish maqsadini koʻzlamasdan ssudalar, kreditlar olish, foydani (daromadni) soliqlardan ozod qilish (soliqlarni kamaytirish) yoki boshqacha mulkiy manfaat koʻrish maqsadida tadbirkorlik subyektini tashkil etish, —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud muayyan huquqdan mahrum qilib, bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) 184-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
184-modda. Soliqlarni yoki yigʻimlarni toʻlashdan boʻyin tovlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Foydani (daromadni) yoki soliq solinadigan boshqa obyektlarni qasddan yashirishni, kamaytirib koʻrsatishni, shuningdek soliqlarni yoki yigʻimlarni toʻlashdan qasddan boʻyin tovlashni ancha miqdorda sodir etish, shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin roʻy bergan boʻlsa, —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soliqlarni yoki yigʻimlarni toʻlashdan boʻyin tovlash:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) takroran;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) koʻp miqdorda sodir etilgan boʻlsa, —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soliqlarni yoki yigʻimlarni toʻlashdan boʻyin tovlash juda koʻp miqdorda sodir etilgan boʻlsa, —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qasddan yashirilgan, kamaytirib koʻrsatilgan foyda (daromad) boʻyicha soliqlar va yigʻimlar toʻliq toʻlangan taqdirda, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs soliqlar va yigʻimlar, shu jumladan penyalar va boshqa moliyaviy sanksiyalar tarzida davlatga yetkazilgan zararning oʻrnini tergovga qadar tekshiruv, tergov va birinchi instansiya sudi bosqichida, ammo sud alohida xonaga (maslahatxonaga) kirguniga qadar toʻliq qoplasa, javobgarlikdan ozod qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddada nazarda tutilgan soliqlarni yoki yigʻimlarni toʻlashdan boʻyin tovlashning ancha miqdori — bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan olti yuz baravarigacha, koʻp miqdori — bazaviy hisoblash miqdorining olti yuz baravaridan ming baravarigacha, juda koʻp miqdori — bazaviy hisoblash miqdorining ming baravari va undan ortiq boʻlgan miqdor hisoblanadi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010-yil, № 6, 231-modda, № 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, № 12, 477-modda; 2011-yil, № 4, 103, 104-moddalar, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2012-yil, № 1, 3-modda, № 9/2, 244-modda, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 385-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 5-moddalar, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430, 431-moddalar, № 10, 679-modda; 2019-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161-modda, № 5, 259, 267-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469-modda, № 9, 589, 592-moddalar, № 10, 671-modda, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 881, 891-moddalar; 2020-yil, № 3, 204-modda, № 5, 296-modda, № 12, 689-modda; 2021-yil, № 1, 5, 11, 13, 14-moddalar, № 2, 142, 144-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800, 803-moddalar, № 9, 903-modda, № 10, 973-modda, № 12, 1193-modda; 2022-yil, № 2, 81-modda, № 3, 216-modda, № 4, 337-modda, № 6, 575-modda; 2023-yil, № 3, 184, 185-moddalar, № 4, 265, 269-moddalar, № 5, 319-modda, № 9, 713-modda; 2024-yil, № 1, 8-modda, № 2, 115-modda, № 9, 964-modda, № 10, 1070, 1073, 1077, 1083-moddalar, № 12, 1280, 1286, 1292-moddalar; 2025-yil, № 1, 8-modda, № 2, 196, 201-moddalar, № 3, 376-modda) quyidagi oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) 391-modda birinchi qismining 9-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“9) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning hududiy boʻlinmalari — ularning yurituviga taalluqli ishlar boʻyicha”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) 41-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41-modda. Jamoat birlashmalarini, jamoalarni va tadbirkorlik subyektining jamoat himoyachisi sifatida ishtirok etadigan vakilini jinoyat ishi haqida xabardor qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Surishtiruvchi va tergovchi fuqaroning ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingani haqida uning ish, oʻqish yoki yashash joyidagi jamoaga xabar beradi, sud esa ularga shu ish boʻyicha sud muhokamasi qachon va qayerda oʻtkazilishi haqida xabar beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tadbirkorlik subyektining faoliyati bilan bogʻliq jinoyat ishini ish yurituvga qabul qilganligi haqida tadbirkorlik subyektining jamoat himoyachisi sifatida ishtirok etishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga xabar beradi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) 4-bob quyidagi mazmundagi 441-modda bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
441-modda. Tadbirkorlik subyektining jamoat himoyachisi sifatida ishtirok etadigan vakili
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil yoki Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan tayinlangan vakil tadbirkorlik subyektining faoliyati bilan bogʻliq jinoyat ishida surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud jarayonida tadbirkorlik subyektining talabiga koʻra jamoat himoyachisi sifatida ishtirok etishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoat himoyachisi sifatida ishtirok etadigan vakil ushbu Kodeksning 44-moddasida nazarda tutilgan jamoat himoyachisining huquqlari va majburiyatlariga ega boʻladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469, 471-moddalar, № 9, 591, 592-moddalar, № 10, 674, 676-moddalar, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 891-moddalar; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 203, 204-moddalar, № 7, 449-modda, № 9, 539, 540-moddalar, № 10, 593, 596-moddalar, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 7, 12, 13, 14-moddalar, № 2, 142-modda, № 3, 217-modda, № 4, 290, 293-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800, 802, 803-moddalar, № 9, 903-modda, № 10, 966, 967, 968, 973-moddalar, № 11, 1066-modda; 2022-yil, № 1, 1, 2-moddalar, № 2, 80, 81-moddalar, № 3, 215, 216-moddalar, № 4, 337-modda, № 5, 464, 465, 466, 467-moddalar, № 8, 787-modda, № 10, 981, 984-moddalar, № 12, 1188-modda; 2023-yil, № 3, 184, 185, 188, 189-moddalar, № 4, 265, 266, 268-moddalar, № 5, 319, 320-moddalar, № 7, 533, 534, 535, 537, 539-moddalar, № 8, 634-modda, № 10, 798-modda, № 11, 921, 923, 924-moddalar, № 12, 1004-modda; 2024-yil, № 1, 5, 7, 8, 9-moddalar, № 2, 102, 111, 115, 116-moddalar, № 3, 243, 245-moddalar, № 6, 530, 532-moddalar, № 7, 629-modda, № 8, 826, 829, 831-moddalar, № 9, 954, 964, 965-moddalar, № 10, 1070, 1071, 1073, 1077, 1078, 1083, 1084-moddalar, № 11, 1187, 1188, 1189-moddalar, № 12, 1279, 1280, 1282, 1286, 1287-moddalar; 2025-yil, № 1, 5, 8-moddalar, № 2, 187, 188, 196, 198, 201-moddalar, № 3, 368, 376-moddalar) quyidagi oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) 174-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
174-modda. Soliqlarni yoki yigʻimlarni toʻlashdan boʻyin tovlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Foydani (daromadni) yoki soliq solinadigan boshqa obyektlarni qasddan yashirish, kamaytirib koʻrsatish, shuningdek soliqlarni yoki yigʻimlarni toʻlashdan qasddan boʻyin tovlash, —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan yigirma besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xuddi shunday huquqbuzarlik ancha miqdorda sodir etilgan boʻlsa, —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Daromadlar toʻgʻrisida deklaratsiya taqdim etishdan boʻyin tovlash, deklaratsiyani oʻz vaqtida taqdim etmaslik yoki unda atayin notoʻgʻri maʼlumotlarni taqdim etish, —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddada nazarda tutilgan soliqlarni yoki yigʻimlarni toʻlashdan boʻyin tovlashning ancha miqdori — bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan olti yuz baravarigacha boʻlgan miqdor hisoblanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) 264-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
264-modda. Davlat soliq organlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat soliq organlariga ushbu Kodeks 1591, 168-moddalarida, 174-moddasining uchinchi qismida, 175-moddasining birinchi, ikkinchi, uchinchi, beshinchi va oltinchi qismlarida, 2153-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat soliq organlarining boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari davlat soliq organlari nomidan ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga va maʼmuriy jazo choralarini qoʻllashga haqlidir”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) quyidagi mazmundagi 2643-modda bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2643-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning hududiy boʻlinmalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Kodeks 61, 611, 164, 1651, 170, 1711-moddalarida, 174-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1752, 176, 1793, 1795, 1861, 1931 va 1932-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hamda uning hududiy boʻlinmalarining mansabdor shaxslari maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga koʻrib chiqish uchun yuboriladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 163-I-sonli va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan 256-I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11-12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda, № 9, 494, 498-moddalar; 2007-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 4, 156, 164-moddalar, № 8, 367-modda, № 9, 416-modda, № 12, 598, 608-moddalar; 2008-yil, № 4, 192-modda, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2010-yil, № 9, 335, 337, 340-moddalar; 2011-yil, № 12/2, 363, 364, 365-moddalar; 2012-yil, № 4, 106, 109-moddalar, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar; 2016-yil, № 4, 125-modda; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 9, 510-modda, № 12, 773-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda, № 7, 433-modda, № 10, 673-modda; 2019-yil, № 3, 161, 166-moddalar, № 5, 267-modda, № 10, 671-modda, № 12, 880, 886-moddalar; 2020-yil, № 1, 3, 4-moddalar, № 10, 593-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 8, 801-modda, № 10, 968-modda; 2022-yil, № 2, 79-modda, № 3, 217, 218-moddalar, № 4, 340-modda, № 5, 464-modda, № 6, 570, 577-moddalar, № 11, 1061, 1062-moddalar; 2023-yil, № 10, 795-modda, № 11, 921-modda; 2024-yil, № 2, 111, 114-moddalar, № 6, 530-modda, № 9, 960-modda, № 11, 1193-modda; 2025-yil, № 2, 188, 194-moddalar, № 3, 370-modda) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) 539-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Koʻchmas mulk ijarasi shartnomasi davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi va soliq organlarida hisobga qoʻyilishi lozim, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno. Koʻchmas mulk ijarasi shartnomalarini soliq organlarida hisobga qoʻyish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) 574-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Fuqarolar va (yoki) yuridik shaxslar oʻrtasida tuzilgan binoni yoki inshootni yoxud uning bir qismini ijaraga berish shartnomasi davlat soliq organlarida hisobga qoʻyilishi lozim, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-dekabrda qabul qilingan OʻRQ-599-sonli Qonuni bilan yangi tahrirda tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, 12-songa 1-ilova; 2020-yil, № 3, 198-modda, № 10, 593-modda, № 11, 652-modda, № 12, 690, 691-moddalar; 2021-yil, № 1, 6-modda, № 4, 294-modda, 4-songa ilova, № 8, 800-modda, № 9, 901-modda, № 10, 968, 969, 972, 973-moddalar, № 12, 1199-modda; 2022-yil, № 2, 79-modda, № 3, 215, 216-moddalar, № 5, 461, 464, 467-moddalar, № 6, 570-modda, № 7, 664, 666-moddalar, № 12, 1190-modda; 2023-yil, № 6, 444, 446-moddalar, № 7, 540-modda, № 12, 1011-modda; 2024-yil, № 2, 106, 110, 111-moddalar, № 4, 346-modda, № 5, 458, 459-moddalar, № 8, 822, 831-moddalar, № 9, 958-modda, № 10, 1076-modda, № 11, 1190-modda, № 12, 1283, 1284, 1296, 1297-moddalar; 2025-yil, № 2, 188, 194-moddalar) quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) 110-moddaning yettinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Penyalar soliq monitoringini oʻtkazish jarayonida soliq organining soliq toʻlovchiga yuborilgan asosli fikrini bajarishi natijasida soliq toʻlovchida hosil boʻlgan soliq boʻyicha qarz summasiga hamda qoʻshimcha hisoblangan soliqlar va yigʻimlar boʻyicha undirilgan mablagʻlar tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarning depozit hisobvaraqlaridan budjetga oʻtkazilgan kunga qadar shu mablagʻlar summasiga hisoblanmaydi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Agar jismoniy shaxs tomonidan sodir etilgan soliqqa oid huquqbuzarlikda maʼmuriy huquqbuzarlik yoki jinoyat alomatlari mavjud boʻlmasa, bu huquqbuzarlik uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan javobgarlik kelib chiqadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi — yettinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi — sakkizinchi qismlar deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sakkizinchi qismi “soliq organlarining” degan soʻzlardan keyin “yoki bunday huquqbuzarliklarni aniqlagan vakolatli organlarning” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) 243-modda birinchi qismining 6-bandidagi “realizatsiya qilinadigan tovarlar va xizmatlarni” degan soʻzlar “realizatsiya qilinadigan ishlab chiqarilgan tovarlarni, koʻrsatilgan xizmatlarni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) 369-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi 11-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“11) egalik qilish, doimiy foydalanish yoki vaqtinchalik foydalanish huquqiga asosan tegishli boʻlgan yer uchastkasi yoki uning bir qismi jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi natijasida mulkdorlarga yer uchastkasiga boʻlgan huquq hamda ushbu yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektlari uchun toʻlangan kompensatsiya summasi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) 428-modda birinchi qismining oʻn birinchi xatboshisidagi “Ushbu bandga muvofiq” degan soʻzlar “Ushbu xatboshiga muvofiq” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Soliq qoʻmitasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2026-yil 17-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻRQ-1131-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2026-y., 03/26/1131/0377-son)