16.04.2026 yildagi PF-62-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 16.04.2026 yildagi PF-62-son
Date of entry into force
17.04.2026
Hujjat 17.04.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ayrim toifadagi oilalarning manzilli ijtimoiy himoyasini mustahkamlash hamda pensiya taʼminotiga oid qonunchilik hujjatlarini oʻzaro muvofiqlashtirish maqsadida qaror qilaman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) Afgʻonistondagi harbiy harakatlar chogʻida farzandlari (er yoki xotin) halok boʻlgan ota-onalarga (bevalarga) uy-joy kommunal-xizmatlar toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun kompensatsiya pul toʻlovini joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) pensiya taʼminotiga oid qonunchilik hujjatlarini oʻzaro muvofiqlashtirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Farmon ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2026-yil 16-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-62-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-apreldagi PF-62-son Farmoniga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 14-apreldagi PF-4715-son Farmoni bilan tasdiqlangan Uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha har oyda kompensatsiya pul toʻlovlari beriladigan shaxslarning imtiyozli toifalari roʻyxatining 2-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

2.

1941 — 1945-yillardagi urush oqibatida nogiron boʻlgan shaxslar va uning qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar, shuningdek, Afgʻonistondagi harbiy harakatlar chogʻida farzandlari (er yoki xotin) halok boʻlgan ota-onalar (bevalar)

45

”.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PQ-353-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolarga yoshga doir pensiyalarni proaktiv shaklda tayinlash sxemasining “4 — 6-bosqich” pozitsiyalari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

4-bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi

1. Pensiya yoshiga toʻlgan fuqaroga pensiya tayinlanganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar kelib tushgan taqdirda pensiya tayinlash jarayonini toʻxtatadi.

2. Pensiya yoshiga toʻlgan fuqaroga pensiya tayinlanmaganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar kelib tushgan taqdirda, Ichki ishlar vazirligining “Manzil” axborot tizimiga pensiya yoshiga toʻlgan fuqaroning mahalla fuqarolar yigʻini kesimida yashash joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish uchun axborot tizimi orqali elektron soʻrov yuboradi.

3. Pensiya yoshiga toʻlgan fuqarolarga pensiya tayinlanmaganligi toʻgʻrisida elektron maʼlumotlar kelib tushgan taqdirda, Raqamli texnologiyalar vazirligi axborot tizimiga fuqaroning JSHSHIR raqami va xabar matnini yuboradi.

Elektron maʼlumotlar kelib tushganidan soʻng avtomatik tarzda

5-bosqich

1. Ichki ishlar vazirligi

1. Pensiya yoshiga toʻlgan fuqaroning mahalla fuqarolar yigʻini kesimida yashash joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining “Pensiya” axborot tizimiga yuboradi.

Elektron maʼlumotlar kelib tushganidan soʻng avtomatik tarzda

2. Raqamli texnologiyalar vazirligi

2. Pensiya yoshiga toʻlgan fuqaroning mobil telefon raqamiga xabar matnini yoki mobil telefon raqami rasmiylashtirilmaganligi haqidagi maʼlumotlarni Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining “Pensiya” axborot tizimiga yuboradi.

3. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi

3. Pensiya yoshiga toʻlgan fuqaroning nomiga rasmiylashtirilgan mobil telefon raqamiga pensiya tayinlash masalasi 1 ish kuni ichida koʻrib chiqilishi toʻgʻrisida SMS-xabar yuboradi.

6-bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi

1. “Pensiya” axborot tizimidagi mavjud pensiya yoshiga toʻlgan fuqaroning ish staji, ish haqi, ustama olish huquqini beradigan elektron maʼlumotlar asosida dastlab fuqaroning pensiyaga boʻlgan huquqini aniqlaydi, pensiya miqdorini hisoblaydi va pensiya tayinlaydi.

1. 1 ish kunida

2. Pensiya tayinlangan taqdirda, pensiya yoshiga toʻlgan fuqaroning nomiga rasmiylashtirilgan mobil telefon raqamiga pensiya turi, pensiya miqdori, pensiya tayinlash muddati, pensiya toʻlov shakli va pensiya toʻlash sanasi toʻgʻrisida SMS-xabar yuboradi.

Agar fuqaroning nomiga mobil telefon raqami rasmiylashtirilmagan boʻlsa, pensionerga ushbu maʼlumotlarni uning yashash joyi boʻyicha “Oʻzbekiston pochtasi” AJning Elektron pochta joʻnatmalarining yagona milliy tizimi orqali yetkazadi.

2. Qaror qabul qilingan vaqtda avtomatik tarzda

3. Fuqaro tayinlangan yoshga doir pensiya miqdoridan norozi boʻlganida yoki mehnat faoliyatini davom ettirib, yoshga doir pensiyaga keyinchalik chiqish xohishini bildirgan taqdirda, Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga tashrif buyurgan holda ariza berish orqali yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Davlat xizmatlari markazi yoki Oʻzbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali soʻrovnoma toʻldirgan holda tayinlangan pensiyani rad qiladi.

3. Xabarnoma olingandan soʻng 10 kun ichida

4. Pensiya tayinlash rad etilgan taqdirda, fuqaroning nomiga rasmiylashtirilgan mobil telefon raqamiga rad etish sabablari, qoʻshimcha hujjat taqdim qilish muddati, tartibi va qabul qilingan qaror yuzasidan shikoyat qilish tartibi toʻgʻrisida SMS-xabar yuboradi.

Agar fuqaroning nomiga mobil telefon raqami rasmiylashtirilmagan boʻlsa, pensionerga ushbu maʼlumotlarni uning yashash joyi boʻyicha “Oʻzbekiston pochtasi” AJning Elektron pochta joʻnatmalarining yagona milliy tizimi orqali yetkazadi.

4. Qaror qabul qilingan vaqtda avtomatik tarzda

.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 06/26/62/0374-son)