Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.05.2020 11.07.1998 yildagi 296-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 11.07.1998 yildagi 296-son
Date of entry into force
11.07.1998
Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.05.2020
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON AVTOMOBIL VA DARYo TRANSPORTI AGENTLIGINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 1-fevraldagi PF-5647-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuk va yoʻlovchi tashish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 6-martdagi PQ-4230-son qarori)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtomobil va daryo transportini boshqarishni tashkil etish darajasini oshirish va bu faoliyat ustidan nazoratni kuchaytirish, avtotransport xizmatlari koʻrsatish bozorida raqobatni rivojlantirish, harakat xavfsizligi va ekologik talablarni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Respublika “Oʻzavtolitsenziya” boshqarmasi bazasida, uni “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi tarkibidan ajratgan holda, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz tizimiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boʻlimlarni oladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-martdagi 118-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2004-y., 10-son, 120-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-martdagi 118-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 10-son, 120-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligiga mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlarga ular tomonidan avtomobil va daryo transportida yuk va yoʻlovchilar tashish faoliyati amalga oshirilishi uchun maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish huquqi berilsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-martdagi 118-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 10-son, 120-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Belgilansinki, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq oʻz vakolatlari doirasida chiqaradigan normativ hujjatlari, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, avtomobil va daryo transporti xizmatlari koʻrsatuvchi yoki ulardan foydalanuvchi barcha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi xarajatlari:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomobil va daryo transportida faoliyatni amalga oshirishga litsenziyalar berganlik uchun davlat boji mablagʻlarining bir qismi;
(7-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-avgustdagi 360-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 15-16-son, 131-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomobil va daryo transportida faoliyat turlarini amalga oshirishga litsenziyalar berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqqanlik uchun yigʻim.
(7-bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-avgustdagi 360-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 15-16-son, 131-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslardan soliqlar va yigʻimlar undirishni tartibga solish toʻgʻrisida” 1997-yil 23-oktabrdagi 483-son qaroriga muvofiq jismoniy shaxslar tomonidan yoʻlovchilar va yuk tashish huquqi amalga oshirilishiga litsenziya berilganligi uchun davlat boji summasining 10 foizi miqdoridagi ajratmalar hisobiga amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining xarajatlar smetasi har yili Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Agentlik boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Toshkent shahar, Amir Temur koʻchasi, 1-tor koʻchadagi 6-uyga joylashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlariga mazkur qarordan kelib chiqib kiritaladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari L.A.Axmetov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-iyul 1998-yil,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
296-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-martdagi 118-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 10-son, 120-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 2-oktabrdagi 422-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 2-oktabrdagi 422-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-martdagi 118-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 10-son, 120-modda)