27.03.2026 yildagi PQ-117-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 27.03.2026 yildagi PQ-117-son
Date of entry into force
28.03.2026
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jazoni ijro etish muassasalaridagi yoshlarni zamonaviy kasblarga oʻqitishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jazoni ijro etish muassasalaridagi yosh mahkumlarni zamonaviy raqamli kasblarga oʻqitish, ozodlikka chiqqanidan soʻng jamiyatda oʻz oʻrnini topishga yordam berish, bandligini taʼminlash, kelgusida takroran jinoyat sodir etishlarining oldini olish hamda jamiyatga muvaffaqiyatli integratsiya qilish maqsadida qaror qilaman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Asosiy maqsadlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar jazoni ijro etish muassasalarida ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtayotgan 18 — 30 yoshdagi mahkumlarni (keyingi oʻrinlarda — jazoni oʻtayotgan yoshlar) zamonaviy raqamli kasblarga oʻqitishning asosiy maqsadlari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) jazoni oʻtayotgan yoshlarni oʻz dunyoqarashiga ega boʻlgan va mustaqil fikrlaydigan shaxs sifatida shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) tasdiqlangan oʻquv dasturlari doirasida jazoni oʻtayotgan yoshlar sifatli bilim olishi va zamonaviy raqamli kasblarga ega boʻlishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) jazoni oʻtayotgan yoshlar zamonaviy raqamli kasblarni egallashi uchun ularni zarur darajada xorijiy tillarga (ingliz, rus, xitoy va boshqalar) oʻqitish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(g) jazoni oʻtayotgan yoshlar jazodan ozod etilganidan soʻng ularni jamiyatga integratsiya qilish maqsadida mehnat bozorida talab etiladigan kasblarni egallashi uchun ularda mehnat qilish koʻnikmalarini shakllantirish va mustahkamlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(d) jazoni oʻtayotgan yoshlarni kasbga yoʻnaltirish orqali individual rivojlantirish, ularda jamoada ishlash va muloqot madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Ustuvor chora-tadbirlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ichki ishlar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Kasbiy taʼlim agentligi va Yoshlar ishlari agentligining jazoni oʻtayotgan yoshlarni zamonaviy kasblarga oʻqitishga qaratilgan “Ikkinchi imkon” ijtimoiy reabilitatsiya milliy loyihasi (keyingi oʻrinlarda — Loyiha)ni amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki, Loyiha doirasida dastlabki bosqichda 2026-yil 1-iyundan boshlab Toshkent, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlaridagi, 2027-yil 1-martdan boshlab respublikaning boshqa hududlaridagi jazoni ijro etish muassasalarida ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtayotgan yoshlarni zamonaviy raqamli kasblarga oʻqitish (keyingi oʻrinlarda — oʻquv kurslari) tizimi yoʻlga qoʻyiladi. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) oʻquv kurslari 8 — 12 oylik intensiv oʻquv dasturlari asosida jazoni ijro etish muassasalarida tashkil etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) oʻquv kurslariga ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan, uncha ogʻir boʻlmagan va ogʻir jinoyatlarni sodir etgan jazoni oʻtayotgan yoshlar jalb qilinadi, bundan axborot texnologiyalari yordamida jinoyat sodir etgan shaxslar mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) oʻquv kurslariga jalb qilinganlar xorijiy tillarni (ingliz, rus, xitoy va boshqalar) oʻrganish boʻyicha yagona intensiv dasturlar asosida ham oʻqitiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(g) oʻquv kurslari jazoni oʻtayotgan yoshlarning qiziqishlari va isteʼdodidan kelib chiqqan holda guruhlarda tashkil etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(d) jazoni oʻtayotgan yoshlarning qiziqishlari va isteʼdodi Raqamli texnologiyalar vazirligi, Kasbiy taʼlim agentligi, Yoshlar ishlari agentligi vakillari hamda sohaning boshqa mutaxassislaridan iborat tarkibda tuziladigan ishchi guruhning oʻrganishlari natijasida aniqlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(j) oʻquv kurslari yakuni boʻyicha tegishli dasturlarni oʻzlashtirgan jazoni oʻtayotgan yoshlarga elektron shakldagi sertifikatlar beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Loyiha doirasida jalb etiladigan mutaxassislar va pedagog xodimlarning mehnatiga haq toʻlash, oʻquv xonalarini kompyuter jihozlari, elektron doskalar, mebel, inventar va boshqa uskunalar bilan jihozlash, oʻquv dasturlari boʻyicha kutubxona fondlarini zarur oʻquv-uslubiy adabiyotlar bilan taʼminlash bilan bogʻliq barcha xarajatlarni oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshirish toʻgʻrisidagi “Unicon-Soft” MCHJning tashabbusi qoʻllab-quvvatlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) oʻquv kurslarida internet tarmogʻiga ulanish hamda foydalanish bilan bogʻliq xarajatlar Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasidan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) oʻquv kurslari binolarini saqlash (kommunal xizmatlar, joriy taʼmirlash va boshqa xarajatlar) bilan bogʻliq xarajatlar jazoni ijro etish muassasalarining budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Ichki ishlar vazirligi quyidagilarga masʼul etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) sertifikatlarga ega boʻlgan iqtidorli yoshlarni egallagan kasblari boʻyicha jazoni ijro etish muassasasi va buyurtmachilar oʻrtasida tuziladigan shartnomalar asosida xizmatlar koʻrsatishga jalb qilish choralarini koʻrib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi va “Unicon-Soft” MCHJ bilan birgalikda sertifikatlarga ega boʻlgan iqtidorli yoshlarni jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilganidan soʻng ish bilan taʼminlashga koʻmaklashib borish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Tashkiliy chora-tadbirlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Raqamli texnologiyalar vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) Ichki ishlar vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda oʻquv kurslarini tashkil etish uchun xavfsiz internet muhiti va maxsus lokal taʼlim platformalaridan foydalanilishini hamda boshqa axborot xavfsizligiga oid chora-tadbirlar amalga oshirilishini belgilangan tartibda taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) Kasbiy taʼlim agentligi, Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda oʻquv kurslarida oʻqitiladigan kasblarning roʻyxati va oʻquv kurslarining oʻquv dasturlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Ichki ishlar vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) oʻn kun muddatda oʻquv kurslarini tashkil etish uchun jazoni ijro etish muassasalaridan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, standartlarga mos binolar (xonalar) ajratilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) 2026-yil 1-mayga qadar “Unicon-Soft” MCHJga jazoni ijro etish muassasalarining oʻquv kurslari oʻtkaziladigan bino (xona)larini tayyorlash bilan bogʻliq barcha tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlasin hamda kelgusida oʻquv kurslarini oʻtkazish bilan bogʻliq masalalarda har tomonlama koʻmaklashib borsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan yolgʻiz yoshlarni jamiyatga muvaffaqiyatli integratsiya qilishni taʼminlash maqsadida ularning ijtimoiy muammolarini, shu jumladan, uy-joyga boʻlgan ehtiyojlarini oʻrgansin hamda vaqtinchalik uy-joy bilan taʼminlash boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(g) Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsan javobgar etib ichki ishlar vaziri A.A. Tashpulatov belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departament boshligʻi D.B. Kadirov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2026-yil 27-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-117-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.03.2026-y., 07/26/117/0284-son)