29.09.1994 yildagi 490-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 29.09.1994 yildagi 490-son
Date of entry into force
29.09.1994
Hujjat 09.01.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XALQ TAʼLIMI XODIMLARI MEHNATIGA HAQ TOʻLASH SHARTLARINI TARTIBGA SOLISH TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumtaʼlim maktablari oʻqituvchilarining mehnatini ragʻbatlantirishga oid tadbirlar toʻgʻrisida” 1994-yil 28-sentabrdagi Farmonini bajarish va xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlashni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.1994-yilning 1-oktabridan boshlab umumtaʼlim maktablari oʻqituvchilari va rahbarlari uchun mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasi boʻyicha hozir amalda boʻlganga nisbatan bir razryadga oshirilgan lavozim maoshlarining yangi miqdorlari joriy qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 1994-yilning 1-oktabridan boshlab xalq taʼlimi xodimlari uchun hozir amalda boʻlgan ustamalar va qoʻshimcha haqlarning ish haqiga nisbatan foiz ifodasida tabaqalashtirilgan yangi miqdorlari belgilansin. Shu maqsadda:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim sohalari xodimlari lavozimlari, qoʻshimcha haqlar turlari va miqdorlarining roʻyxati 1—3-ilovalarga muvofiq;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-apreldagi 109-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 16-son, 218-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-dekabrdagi 312-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2009-y., 50-51-son, 540-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Tasarrufida oʻquv yurtlari boʻlgan vazirliklar va idoralar ish haqining oshirilgan miqdorlarining shu jumladan ustamalar va qoʻshimcha haqlarning oʻz vaqtida toʻlanishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi koʻrsatilgan maqsadlar uchun budjetdan zarur mablagʻlar ajratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosarlari S. S. Saidqosimov va B. S. Hamidovlar zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1994-yil 29-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
490-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 29-sentabrdagi
490-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalq taʼlimi muassasalarining qoʻshimcha haq toʻlanadigan xodimlarining lavozimlari roʻyxati, qoʻshimcha haqning
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
turlari va miqdorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻshimcha haq quyidagicha belgilanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 18-avgustdagi 401-sonli qaroriga muvofiq chiqarilgan — OʻR QHT, 2004-y., 33-son, 374-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 18-avgustdagi 401-sonli qaroriga muvofiq chiqarilgan — OʻR QHT, 2004-y., 33-son, 374-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 18-avgustdagi 401-sonli qaroriga muvofiq chiqarilgan — OʻR QHT, 2004-y., 33-son, 374-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 25-dekabrdagi PQ-1887-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 52-son, 587-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2005-y., 51-son, 379-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻrta maxsus va hunar-texnika oʻquv yurtlari oʻqituvchilariga (hunar-texnika oʻquv yurtlarining umumtaʼlim predmetlari oʻqituvchilaridan tashqari) oʻquv kabinetlari va laboratoriyalariga mudirligi, sikl, predmet va uslubiy komissiyalarga rahbarligi uchun eng kam oylik ish haqining 15 foizi miqdorida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv-kurs kabinetlari (oʻquv punktlari), kurslar oʻqituvchilariga — eng kam oylik ish haqining 15 foizi miqdorida.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻrta maxsus oʻquv yurtlari oʻqituvchilariga kechki, sirtqi boʻlimlarga, mutaxassislik (bitta yoki bir necha turdosh) boʻyicha boʻlimga mudirligi uchun boʻlimda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
100 dan 125 nafargacha oʻquvchi boʻlganda — eng kam oylik ish haqining 20 foizi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
126 dan 150 nafargacha oʻquvchi boʻlganda — 25 foizi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
151 dan 200 gacha oʻquvchi boʻlganda — 30 foizi miqdorida;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Sanʼat xodimlari tayyorlash boʻyicha oʻrta maxsus oʻquv yurtlarining hamda pedagogika bilim yurtlarining musiqa boʻlimlari oʻqituvchilariga — boʻlimga mudirligi uchun — boʻlimda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50 dan 100 nafargacha oʻquvchi boʻlganda — eng kam oylik ish haqining 20 foizi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
100 nafardan ortiq oʻquvchi boʻlganda — 30 foizi miqdorida.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(9—11-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2005-y., 51-son, 379-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Yotoqxonalari boʻlgan oʻrta maxsus va hunar-texnika oʻquv yurtlarining direktorlariga hamda tarbiya (oʻquv-tarbiya) ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosarlariga qoʻshimcha haq ularda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
200 gacha oʻquvchi yashaganda — eng kam oylik ish haqining 15 foizi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
200 dan — 400 gacha oʻquvchi yashaganda – 20 foizi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
400 dan koʻp oʻquvchi yashaganda — 80 foizi miqdorida toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(13—14-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2005-y., 51-son, 379-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Direktor lavozimi nazarda tutilmaydigan, 80 nafargacha shaharlarda va ishchi shaharchalarida 100 nafargacha) oʻquvchi boʻlgan kechki (navbatli) oʻrta umumtaʼlim maktablarida, yetti yillik musiqa maktablarida hamda badiiy maktablarda, boshlangʻich maktablarda maktabga (sinflarga) rahbarlik uchun, kunduzgi umumtaʼlim maktablari huzuridagi oʻqitishning kunduzgi-sirtqi shakllaridagi sinflarga rahbarlik uchun oʻqituvchilardan bittasiga qoʻshimcha haq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshlangʻich maktablarda oʻquvchilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
160 nafargacha boʻlganda eng kam oylik ish haqining 15 foizi miqdorida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
161 dan 240 nafargacha boʻlganda — 20 foizi miqdorida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kechki (navbatli) oʻrta umumtaʼlim maktablarida va kunduzgi umumiy taʼlim maktablari huzuridagi oʻqish kunduzgi-sirtqi shaklda boʻlgan sinflarda oʻquvchilar soni:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
60 nafargacha boʻlsa — eng kam oylik ish haqining 15 foizi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
61 dan 80 nafargacha (shaharlarda va ishchilar shaharchalarida 100 gacha) boʻlsa — eng kam oylik ish haqining 20 foizi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquvchilar soni 50 nafargacha boʻlgan yetti yillik musiqa maktablarida va badiiy maktablarda — eng kam oylik ish haqining 15 foizi miqdorida toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Oʻquvchilar soni 150 dan 200 nafargacha boʻlgan hamda oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari lavozimi belgilanmaydigan yetti yillik musiqa maktablari va badiiy maktablarda oʻquv ishlariga rahbarlik qiluvchi oʻqituvchiga eng kam oylik ish haqining 15 foizi miqdoricha qoʻshimcha haq toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Umumtaʼlim maktabi direktorining (direktor lavozimi nazarda tutilmagan boshlangʻich sinflar oʻqituvchisining) lavozim maoshiga maktab huzuridagi internatga mudirlik qilganligi uchun tarbiyalanuvchilar soniga qarab:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarbiyalanuvchilar 20 nafargacha boʻlsa — eng kam oylik ish haqining — 10 foizi miqdorida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21 dan 40 nafargacha boʻlsa — 15 foizi miqdorida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41 dan 75 nafargacha boʻlsa — 20 foizi miqdorida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
76 dan 120 nafargacha boʻlsa — 25 foizi miqdorida qoʻshimcha haq belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Maktablarning sirtqi boʻlimlarining, sirtqi maktablarning, oʻqitish kunduzgi-sirtqi shaklda olib boriladigan kechki (navbatli) oʻrta umumiy taʼlim maktablarining oʻquv-maslahat punktlariga mudirlik qilganlik uchun oʻquv-maslahat punktlarida sirtdan oʻquvchilar soni:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30 dan 60 nafargacha boʻlsa — eng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdorda (qoʻshimcha haq faqat qishloq joylardagi punktlarda beriladi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
61 dan 100 nafargacha boʻlsa — 15 foizi miqdorida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
101 dan 200 nafargacha boʻlsa (faqat sirtqi boʻlimlar va sirtqi maktablar punktlarida) — 20 foizi miqdorida qoʻshimcha haq beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻr va yaxshi koʻrmaydigan, kar va yaxshi eshitmaydigan oʻquvchilar uchun — oʻquv — maslahat punktlarida sirtdan oʻquvchilar 15 dan 60 nafargacha boʻlsa — eng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdorida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sirtdan oʻquvchilar 61 dan 100 nafargacha boʻlsa — 15 foizi miqdorida qoʻshimcha haq toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Boʻlimga rahbarlik qiluvchi (boʻlimning ixtiyorida bir ixtisoslikdagi kamida 10 ta toʻgarak mavjud boʻlsa) maktabdan tashqari muassasaning toʻgarak rahbariga eng kam oylik ish haqining 30 foizi miqdorida haq toʻlanadi. Boʻlimda mudir lavozimi mavjud boʻlgan taqdirda koʻrsatib oʻtilgan qoʻshimcha haq toʻlanmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2005-y., 51-son, 379-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Kechki (navbatli) oʻrta umumtaʼlim maktablarida va maktablar huzuridagi internatlarda (ularda xoʻjalik mudiri lavozimi nazarda tutilmagan hollarda) xoʻjalik ishlari boʻlimi boʻyicha direktorlarning yordamchilariga yoki xoʻjalik mudirlariga va (shtatda bu lavozimlar mavjud boʻlmaganda) umumtaʼlim maktablarining boshqa xodimlariga xoʻjalikni yuritganliklari uchun kechki (navbatli) oʻrta umumtaʼlim maktablarida sinflar soni:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10 dan 20 tagacha boʻlsa — eng kam oylik ish haqining 20 foizi miqdorida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20 dan koʻp boʻlsa — 30 foizi miqdorida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumtaʼlim maktablari huzuridagi maktablarda, oʻrta musiqa va badiiy maktablarda tarbiyalanuvchilar soni:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40 dan 120 nafargacha boʻlsa — 15 foizi miqdorida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
120 nafardan koʻp boʻlganda — 20 foizi miqdorida qoʻshimcha beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2005-y., 51-son, 379-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Maktablar, barcha tur va nomdagi maktab-internatlar kutubxonachilariga yoki boshqa xodimlarga darsliklarning kutubxona fondi bilan shugʻullanganliklari uchun eng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdorida qoʻshimcha haq toʻlanadi.
(23-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-avgustdagi 165-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 31-32-son, 303-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi har bir 1500 nusxa darsliklar uchun 5 foiz, biroq eng kam oylik ish haqining 30 foizidan miqdorda koʻp boʻlmagan qoʻshimcha haq toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Yordamchi xoʻjalikka ega boʻlgan barcha tur va nomdagi maktab-internatlar va bolalar uylari direktorlariga hamda direktorlarning yordamchilariga, (oʻrinbosarlariga) (xoʻjalik mudirlariga) shuningdek, oʻquv xoʻjaligiga ega boʻlgan hunar-texnika oʻquv yurtlarining direktorlariga, oʻquv-ishlab chiqarish ishi boʻyicha direktorlarning oʻrinbosarlariga, katta masterlarga yordamchi (oʻquv) xoʻjaligiga rahbarlik qilganliklari uchun yuqori tashkilotlarining qarori bilan yordamchi (oʻquv) xoʻjaliklari oʻz faoliyatlaridan oladigan mablagʻlar hisobidan qoʻshimcha haq belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Kunduzgi oʻrta maktablarning ayni bir vaqtda kechki (navbatli) umumtaʼlim maktablarining fizika va kimyo kabinetlari laboranti vazifasini bajaruvchi laborantlariga, agar kechki (navbatli) oʻrta umumtaʼlim maktablarida 10 va undan ortiq sinf mavjud boʻlishi hamda shtatda laborant lavozimi nazarda tutilgan boʻlishi sharti bilan har bir kabinet uchun har oyda eng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdorida qoʻshimcha haq toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. “Xizmat koʻrsatgan sport ustasi” faxriy unvoniga ega boʻlgan shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqining 20 foizi miqdorida qoʻshimcha haq toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Mazkur ilova bilan oʻrta umumiy taʼlim maktablarining oʻqituvchilari uchun nazarda tutilgan qoʻshimcha haq gimnaziyalar va litseylarning oʻqituvchilariga joriy etiladi, oʻrta maxsus va hunar-texnika oʻquv yurtlarining oʻqituvchilari uchun nazarda tutilgan qoʻshimcha haq esa kollejlar, hunar litseylari, oliy hunar va texnika oʻquv yurtlari oʻqituvchilariga joriy etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 29-sentabrdagi
490-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus taʼlim-tarbiya muassasalaridagi alohida mehnat sharoitlari uchun qoʻshimcha haq belgilangan pedagog xodimlar lavozimlari roʻyxati, mazkur toʻlovlarning
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
turlari va miqdorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Taʼlim-tarbiya jarayoni bilan bevosita shugʻullanuvchi rahbar xodimlar, pedagogik xodimlar, ruhshunoslar, ishlab chiqarish taʼlimi ustalari, mehnat taʼlimi instruktorlari va tarbiyachilarning yordamchilari stavkalari hamda lavozim maoshlariga quyidagi miqdorlarda qoʻshimcha toʻlovlar belgilanadi:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) umumiy turdagi maktab-internatlarda — oyiga 15 foiz;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) iqtidorli bolalar gimnaziyalari, kollejlari, maktab-internatlari (sinflari, guruhlari)da (bunday sinflar kamida 50 foizni tashkil qilsa, rahbar xodimlar uchun) — oyiga 20 foiz;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) litseylar (sinflar, guruhlar)da — umumtaʼlim maktablari va hunar-texnika oʻquv yurtlaridagi xuddi shunday xodimlarga nisbatan 20 foiz, litsey-internatlar va yotoqxonasi boʻlgan litseylarda shu toifadagi maktab-internatlar va hunar oʻrgatuvchi litseylar xodimlariga nisbatan (bunday sinflar, guruhlar kamida 50 foizni tashkil qilsa, rahbar xodimlar uchun) — 50 foiz;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) jismoniy va aqliy rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan, alohida tarbiya sharoitlariga yoki uzoq muddat davolanishga muhtoj boʻlgan bolalar va oʻsmirlar ruhiy rivojlanishda orqada qolgan bolalar (shu jumladan, bunday bolalarni yakka tartibda oʻqitganda) maktablari, maktab-internatlari, oʻrta maxsus hamda hunar-texnika oʻquv yurtlarida; balogʻatga yetmaganlarni qabul qilish-taqsimlash joylari va mehnat-tarbiya koloniyalarida; axloq tuzatish-mehnat muassasalari huzuridagi maktablarda; maxsus hunar-texnika bilim yurtlari, bolalar uylari, uy-internatlar, musiqa taʼlimi beruvchi maktablar (maktab-internatlar), yetim bolalar va ota-ona qarovisiz qolgan bolalar maktab-internatlarida; militsiya bolalar xonalari tomonidan yuboriladigan tarbiyasi qiyin bolalar uchun tashkil etiladigan maktabdan tashqari muassasalarda; bolalar uylarida; maxsus sogʻliqni saqlash muassasalaridagi pedagog xodimlarga; bolalar kasalxonalari (boʻlinmalari) sanatoriylari va shu kabilarda — oyiga 50 foiz.
(1-bandning “g” kichik band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-yanvardagi 10-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2018-y., 09/18/10/0533-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izohlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus maqsadli (alohida rejimli) sinflari va guruhlari boʻlgan Umumiy maqsaddagi muassasalarda ish haqi stavkasi (lavozim maoshi)ga qoʻshimcha toʻlov faqat ana shunday sinflar (guruhlar)da ishlangan vaqt uchungina, rahbar xodimlarga esa — koʻrsatilgan sinflar yoki guruhlar muassasada kamida 50 — foizni tashkil qilgandagina toʻlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yetim bolalar, ota-onalar qarovisiz qolgan bolalar uchun alohida guruhlar (sinflar) tashkil etilgan umumiy turdagi yoki maxsus maqsadli maktablar va maktab-internatlar xodimlariga koʻrsatilgan toʻlovlar toʻlanmaydi.
(1-band izohlarining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-yanvardagi 10-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2018-y., 09/18/10/0533-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) jismoniy yoki aqliy rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan, uzoq muddatli davolanishga muhtoj boʻlgan; ruhiy rivojlanishda orqada qolgan bolalar kontingent boʻlgan bolalar uylarida, bolalar uy-internatlarida, yetim bolalar va ota-onalar qarovisiz qolgan bolalar maktab-internatlarida, bolalar uylari (sinflari guruhlari) da — oyiga 60 foiz.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. I-bandning “g” kichik bandida koʻrsatilgan muassasalar (yetim bolalar va ota-onalar qarovisiz qolgan bolalar muassasalaridan tashqari) oʻzlarining shu xususiyatlari boʻyicha ushbu muassasalarning oʻquvchilari yoki tarbiyalanuvchilari bilan bevosita muloqotda boʻladigan boshqa xodimlariga qoʻshimcha haqlar lavozim maoshining 35-50 foizi miqdorida belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Lavozim maoshining 35-50 foizi miqdorida qoʻshimcha haq belgilanishi mumkin boʻlgan xodimlarning aniq roʻyxati va ushbu qoʻshimcha haqlarining miqdorlari, kasaba uyushmalari bilan kelishgan holda jismoniy yoki aqliy rivojlanishida kamchiligi boʻlgan, uzoq muddat davolanishga yoki alohida sharoitlarda tarbiyalanishga muhtoj boʻlgan oʻquvchilar (tarbiyalanuvchilar) bilan munosabatda boʻlish darajasi va davom etishiga qarab muassasalarning rahbarlari tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. I-bandda sanab oʻtilmagan yetim bolalar va ota-onalar qarovisiz qolgan bolalar uylari va maktab-internatlarning xodimlariga qoʻshimcha haq 50 foiz miqdorida belgilanadi, ota-onalar qarovisiz qolgan, jismoniy yoki aqliy rivojlanishida kamchiligi boʻlgan, uzoq vaqt davolanishga muhtoj boʻlgan, ruhiy rivojlanishda orqada qolgan bolalari boʻlgan bolalar uylarida, yetim bolalar maktab-internatlarida esa — oyiga 60 foiz miqdorida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
(IV band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 52-son, 690-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izohlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Jismoniy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar va oʻsmirlar uchun moʻljallangan taʼlim-tarbiya muassasalariga:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eshitish qobiliyati yomonlashgan (kar-soqov), zaif eshituvchi, koʻr, (koʻr-kar), zaif koʻruvchi, gʻilay va ambliopiya, nutqi zaif; tayanch-harakat aʼzosida nuqsoni boʻlgan, paralich va boshqa kasalliklar bilan ogʻrigan tarbiyalanuvchi oʻquvchilar uchun maktablar, maktab — internatlar, bolalar uylari, hunar-texnika oʻquv yurtlari (sinflar, guruhlar); Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tizimidagi nogiron bolalar uchun logopedik boʻlimlar, muassasalar kiradi.
(3-band izohlarining 1-kichik bandning ikkinchi xatboshisiOʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-yanvardagi 10-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2018-y., 09/18/10/0533-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Aqliy rivojlanishda nuqsoni boʻlgan bolalar uchun moʻljallangan taʼlim-tarbiya muassasalariga: aqlan zaif, koʻr va aqlan zaif, ruhiy rivojlanishda orqada qolgan, tafakkurida nuqsoni boʻlganlar uchun moʻljallangan maktablar, maktab-internatlar, bolalar uylari, (sinflar, guruhlar); Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi shunday bolalar muassasalari kiradi.
(2-kichik band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-yanvardagi 10-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2018-y., 09/18/10/0533-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Uzoq muddat davolanishga muhtoj boʻlgan bolalar oʻquv-tarbiya muassasalariga: ruhiy asab kasalliklariga (psixonevrotika), sil kasalligi va uning shakllariga, yurak-tomir tizimi kasalliklari, markaziy asab tizimining buzilishiga, ruhiy nuqsoni boʻlgan; yuqumli gepatit bilan ogʻrigan oʻquvchilar (tarbiyalanuvchilar) uchun; skolioz kasalligiga chalingan bolalar uchun moʻljallangan hunar-texnika oʻquv yurtlari, maktablar, maktab-internatlar, bolalar uylari, (sinflar, guruhlar); sogʻliqni saqlash muassasalari; ixtisoslashtirilgan bolalar uylari, bolalar kasalxonalari (boʻlimlari), sanatoriylar va boshqalar kiradi.
(3-kichik band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-yanvardagi 10-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2018-y., 09/18/10/0533-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Uyda quyidagi surunkali kasalliklarga chalingan bolalar yakka tartibda oʻqitiladi: suyak sili, poliomiyelit, serebral spatik paralich, Littil kasalligi, psixopat, tutqanoq va boshqa kasalliklar kasal boʻlgan bolalar, faqat tegishli tibbiyot xulosasi mavjud boʻlgan taqdirda; bolalar kasalxonalari (klinikalari) da va kasalxonalarning bolalar boʻlimida uzoq muddat davolanishda boʻlgan bolalar uchun yakka tartibdagi yoki guruhli oʻqitish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 29-sentabrdagi
490-son qaroriga
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taʼlim muassasalarining qoʻshimcha toʻlovlar belgilangan pedagog xodimlari lavozimlari roʻyxati, mazkur toʻlovlarning
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TURLARI VA MIQDORLARI
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-apreldagi 109-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 16-son, 218-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻshimcha toʻlovlar quyidagilarga belgilanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-dekabrdagi 312-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 50-51-son, 540-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Tibbiyot oliy oʻquv yurtlari, shifokorlar malakasini oshirish institutlari va tibbiyot fakultetlarining professor-oʻqituvchilariga sogʻliqni saqlash idoralarining klinikalari va klinik baza boʻlgan boshqa muassasalarida davolash-tashxis ishlarini bajarganliklari uchun quyidagi miqdorlarda qoʻshimcha haq toʻlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kafedra mudirlari, professorlar va dotsentlarga — lavozim maoshining 20 foizi miqdorida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
assistentlarga — lavozim maoshining 25 foizi miqdorida.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu toifadagi xodimlarga — bemorlarni operatsiya qiluvchi jarrohlarga, operativ faoliyatni, reanimatsiya tadbirlarini va jadal terapiya usullarini qoʻllovchi anesteziolog va reanimatologlarga, davolash tadbirlarini amalga oshiruvchi endoskopchilarga qoʻshimcha toʻlovlar ularning lavozim maoshining 25 va 30 foizi miqdorida belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Taʼlim muassasalarining chet tillar, xorijiy filologiya, chet tili va tarjima yoʻnalishlarining kasbiy va maxsus fanlari professor-oʻqituvchilari va oʻqituvchilariga qishloq joylarda joylashgan taʼlim muassasalarida — lavozim maoshlariga bazaviy lavozim maoshining (tarif stavkasining) 30 foizi miqdorida, qolgan taʼlim muassasalarida — bazaviy lavozim maoshining (tarif stavkasining) 15 foizi miqdorida oylik ustamalar belgilanadi, bunda quyidagilar majburiydir:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
asosiy ishidan ajralgan holda kamida 144 soat davom etadigan dastur boʻyicha belgilangan tartibda malaka oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli taʼlim muassasasida pedagogik faoliyat olib borish uchun zarur malaka va chet tilini bilishni aniqlash boʻyicha Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlaridan oʻtish. Test sinovlarini oʻtkazish tartibi Davlat test markazi tomonidan belgilanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka oshirish toʻgʻrisidagi davlat namunasidagi sertifikat mavjudligi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-apreldagi 109-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 16-son, 218-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan oliy taʼlim muassasalarida professor-oʻqituvchilar tarkibiga (chet tillar, xorijiy filologiya, chet tili va tarjima yoʻnalishlarining kasbiy va maxsus fanlari oʻqituvchilari bundan mustasno), shu jumladan mehnatga soatbay haq toʻlash shartlarida oʻquv mashgʻulotlari olib boruvchi professor-oʻqituvchilar tarkibiga chet tilida ayrim maxsus oʻquv fanlarini oʻqitganlik uchun fanni oʻqitish kursining davomiyligiga va chet tilini oʻqitish kasb mahoratiga qarab budjet mablagʻlari hisobiga ularning lavozim maoshlariga bazaviy lavozim maoshining (mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorining) 25 foizidan 40 foizigacha boʻlgan miqdorda oylik ustamalar belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shtatdagi professor-oʻqituvchilar tarkibi uchun chet tilida oʻquv fanini oʻqitish kursining davomiyligi bir semestrda kamida 36 soatni tashkil etishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Professor-oʻqituvchilar tarkibining lavozim maoshlariga yuqorida koʻrsatib oʻtilgan ustamalar tegishli fakultetlarning dekanlari taqdimnomalari boʻyicha oliy taʼlim muassasasining rektori (direktori) tomonidan belgilanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-apreldagi 109-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2013-y., 16-son, 218-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-dekabrdagi 312-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 50-51-son, 540-modda)